Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57

146
Yuksak o‘simliklarning kasalliklarga chidamliligi gen vositasida
nazorat qilinadi. Biffen (1905) tomonidan bug‘doyning zang
zamburug‘iga chidamliligi Mendel qonuniga amal qiladi deb
ko‘rsatilgan. Haqiqatan ham har qanday o‘simlik navi
yaratilishida fitopatologlar va genetiklar hamkorligi muhim
ahamiyatga ega.
Har qanday o‘simlikning kasalliklarga chidamliligi bir necha
genlar asosida amalga oshadi. Ko‘p genga ega bo‘lgan
o‘simliklarda ko‘p kasalliklarga chidamlilik hosil bo‘ladi. Bunda
kasallik qo‘zg‘atuvchilarininng fiziologik rassalari  asosiy rol
o‘ynaydi. Har bir rassa mustaqil parazit hisoblanib, o‘simlikning
unga ma’lum bir chidamlilik fiziologik yoki biokimyoviy
xususiyatlari paydo bo‘ladi. Masalan, g‘o‘zaning vilt kasalligiga
c h i d a m l i   n a v l a r n i   y a r a t i s h   j a r a y o n i d a   t u p r o q d a g i
mikroorganizmlarni ham seleksiya qilib boriladi. Vaqt o‘tishi
bilan hosil bo‘lgan rassalar yangi navni ham zararlash
xususiyatiga ega bo‘ladi.
Kasallikning keng tarqalishi asosan qulay ekologik sharoit va
infeksiya manbaining ko‘payib ketishiga sabab bo‘ladi. Ma’lum
bir paytda bir xil navdagi o‘simlikni surunkasiga yetishtirish
kasallikning keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. Masalan, kartoshkada
fitoftoroz, g‘alla ekinlarida zang, uzumning mildyu kasalligi,
g‘o‘zada vilt kasalliklari keng tarqalgandan ular orasida
kasalliklarga chidamli o‘simliklarni ajratib olish seleksiya
ishlaridagi dastlabki bosqich hisoblanadi. Shunday usulda tanlab
olingan o‘simliklar mavjud navlardan tanlab olingan chidamli
navlar bilan o‘zaro chatishtiriladi. Masalan, zang kasalligiga
chidamli bo‘lgan kungaboqarni Zelenka navi, fitoftorozga
chidamli bo‘lgan kartoshkaning Chempion, fuzariozga
chidamli bo‘lgan kanopning Bizon navlari chidamli navlar
ichidan tanlab olingan o‘simliklarni chatishtirish asosida hosil
qilingan. Bu navlarni yetishtirish jarayonida ular ham ma’lum
muddatdan keyin yana kasalliklarga chidamliligini yo‘qotib, turli
miqdorda kasallana boshlaydi. Kasallikning keng tarqalishi
oldini olish maqsadida seleksiya, urug‘chilik, navlarni
rayonlashtirish ishlari amalga oshirila boshlaydi. Bu masalani
muvaffaqiyatli hal qilishda konvergent navlarni yaratish, ko‘p
liniyali va poligen chidamli navlar yaratish ishlari muhim
ahamiyatga ega.


147
Konvergent navlarning xususiyati. Konvergent navlar
kasallikka nisbatan bir necha chidamli genlarga ega bo‘lib, bu
genlar ma’lum fiziologik rassalarga chidamlilik xususiyatini
namoyon qiladi. Bunday chidamlilikni monogen chidamlilik
deyiladi. Monogen chidamlilik o‘simliklarni kasalliklardan
himoya qilishi mumkin edi, lekin ko‘pgina patogen organizmlarga
xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik tufayli yangi rassalar hosil bo‘lib
turadi.
Har qanday yangi nav gen va gen nazariyasiga asosan
o‘simliklarning chidamlilik xususiyatiga nisbatan patogenning
a g r e s s i v l i k   x u s u s i y a t i n i   n a m o y o n   q i l a d i .   L e k i n   b u
agressivlikning kelib chiqishiga 4—5 yil o‘tishi mumkin. Yangi
nav yaratilishi bilan yangi rassalar hosil bo‘ladi va u ma’lum
vaqtdan keyin turlicha zararlanadigan bo‘lib qoladi. Shuning
uchun konvergent navlarni yaratish rejalashtirilganda navbatdagi
yangi muddatda yana yangi nav yaratish rejalashtirib qo‘yilishi
kerak.
Ko‘p liniyali navlar. Bu o‘simlikning agronomik belgilari bir
xil bo‘lsa-da, har xil chidamlilik xususiyatlari bilan farq qiladi.
Ya’ni ko‘p liniyali navlar har xil kasalliklarga nisbatan har xil
chidamlilikka ega bo‘lgan genoti plar  yig‘indisidir. Bunday navlar
bug‘doyni un shudring, sariq zang kasalligidan saqlashda keng
foydalaniladi. Ular Meksikada keltirib chiqarilgan bo‘lib, 10 yil
davomida muvaffaqiyatli yetishtirilmoqda.
Poligenli chidamlilik. Poligenli chidamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan
o‘simliklar barcha patogenlarning rassasiga chidamlilik qiladi. Bu
turdagi chidamlilik gorizontal yoki daladagi chidamlilik deyiladi.
Poligen chidamlilikning hosil bo‘lishi zamburug‘larning kirib
kelishiga chidamlilik, tarqalishiga chidamlilik, inkubatsion davriga
chidamlilik turiga bo‘linadi. Zamburug‘larning kirib kelishiga
to‘sqinlik qiluvchi faktorlar quyidagilar:
1. Bargning tashqi tomonidan tuk bilan qoplanganligi;
2. Bargning ustki  qismida mumli qavatning mavjudligi;
3. Ustitsalar soni va kutikulaning qalinligi;
4. Patogenning o‘sishini tezlashtiradigan yoki to‘xtatadigan
moddalarning mavjudligi.
Infeksiyaning o‘simlik to‘qimalarida tarqalishiga chidamlilik
o‘simlikning quyidagi xususiyatlariga bog‘liq ravishda amalga
oshadi:


148
1. O‘simlik a’zolarining yuzasida kollenxima va sklerenxima
qavatning bo‘lishi.
2. O‘simlik hujayrasi tarkibida parazit uchun zararli
moddalarning bo‘lishi.
3. O‘simlik hujayrasi tarkibida parazit uchun zarur oziqa
moddalarining bo‘lmasligi.
Poligen chidamlilik o‘simlik mikroorganizmlarining kirib
kelishiga, uning tarqalishiga, spora hosil qilishining kamayishiga
olib keladi. Natijada o‘simlikning mikroorganizmlar bilan
zararlanishi kechikib, u normal rivojlanib, hosil miqdorini saqlab
qoladi.
 Savollar
O‘simliklar kasalliklarga chidamlilik darajasiga qarab qanday turlarga
bo‘linadi?
O‘simliklarning kasalliklarga chidamlilik genetikasining mohiyati
qanday?
O‘simliklarning kasalliklarga chidamliligi va uning keng tarqalishining
ahamiyati nimadan iborat?
O‘simliklarning kasalliklarga chidamli navlarini hosil qilish yo‘llarini
tushuntiring?
Konvergent navlarning xususiyati qanday?
Ko‘p liniyali navlarning xususiyati qanday?
Poligenli chidamlilik deb qanday chidamlilikka aytiladi?


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə