Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq xusanov Asadbek



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə1/6
tarix28.02.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#101636
  1   2   3   4   5   6
xusanov asadbek

ER QA’RIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ

Xusanov Asadbek

REJA:

  • SOLIQ TO`LOVCHILARI
  • SOLIQ OBYEKTI
  • SOLIQ BAZASI
  • SOLIQ STAVKALARI
  • SOLIQNI HISOBLAB CHIQARISH, SOLIQ HISOBOTLARINI TAQDIM ETISH VA SOLIQNI TO‘LASH TARTIBI

SOLIQ TO`LOVCHILARI


O‘zbekiston Respublikasi hududida yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olishni va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olishni (bundan buyon ushbu bo‘limda foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) deb yuritiladi) amalga oshiruvchi
yuridik shaxslar
jismoniy shaxslar

SOLIQ TO`LOVCHILARI EMAS !


Qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism bo‘yicha soliq to‘lovchilar bo‘lmaydi.

Soliq solish obyekti


Foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) solish obyektidir.
Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning hajmi qazib olish (ajratib olish), birlamchi ishlov berish, qayta ishlash va transportda tashishning butun texnologik sikli doirasida yuzaga keladigan texnologik yo‘qotishlarni hisobga olgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida, bunday normalar mavjud bo‘lmaganda esa — soliq to‘lovchi tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida aniqlanadi.
Foydali qazilmalarni qazib olishning (ajratib olishning) va foydali qazilmalarga birlamchi ishlov berishning (ularni qayta ishlashning) texnologik sikli doirasidagi yo‘qotishlar texnologik yo‘qotishlar deb e’tirof etiladi, xususan:
foydali qazilmalarni qazib olish chog‘idagi yo‘qotishlar, shu jumladan ularning qoldiqlari (ajratib olib bo‘lmaydigan zaxiralari);
uglevodorodlarni dastlabki sanoat maqsadida qayta ishlash chog‘idagi yo‘qotishlar;
qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni yopiq texnologik sikl doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi.
Soliq solish obyekti foydali qazilmaning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə