Ergashgan qo`shma gaplar turi, qolipi, bog`lovchi vositasini aniqlang



Yüklə 50,51 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü50,51 Kb.
#161828
Ergashgan qo‘shma gap turini aniqlang.



Ergashgan qo`shma gaplar turi, qolipi, bog`lovchi vositasini aniqlang.
1. Olim bo`lsang, olam seniki
2. Kamtar bo`l, chunki kamtarlik insonni kamolotga boshlaydi.
3. Agar qiz bo`lsang, otingni Kimsanoy qo`taman, agar og`il bo`lsang, Kimsanboy qo`yaman
4. Men bilgan yovuz kishilar u yerda bor, shuning uchun men bormayman.
5. Hunar ado bo`lmas bo`likdir, shu sababli yoshlik chog`idan boshlab biron-bir hunarni o`eganish payida bo`l.
6. Chin do`st yurakdan so`zlar, chunki u sening yomon bo`lishingni also xohlamaydi.
7. To`g`ri so`z qilichdan o`tkir, shuning uchun hamisha rost so`zlashga odatlan
8. Olloyorning eng zo`r sifati shuki, uning qo`lida yig`layotgan chaqaloqlar birdan yupandi-qoldi.
9. Ot xo`rsinsa,bir falokat yuz beradi.
10. Piyoladan bug` chiqib turmasa, choy ichganday bo`lmayman.
11. Majilis vaqtida boshlanmadi,chunki rais ushlanib qoldi.
12. Tilagim shuki, barcha bilan yaxshi muomalada bo`ling.
13. Ortiqcha g`urur obroyingni yo`q qilur, shuning uchun o`zingni boshqalardan baland tutma
14. Suni unitmanki, g`alvirda suv turmas.
15. Kimda aql oz bo`lsa,undagi shuhratparaslik shunchalik kuchayar.
16. Qo`rqoq keta turib maqtansa, jasur qayta turib maqtanadi.
17. Oraga shunday jimlik cho`kdiki,yuragi guppulab urayotgani aniq eshitila boshladi.
18. Vatanimizning kelajagi shuning uchun ham buyukki, unda yashayotganaholining katta qismini yoshlar 
tashkil etadi.
19. Erta eksang, erta o`rasan.
20. Arqondan qo`llari chiqib ketsa, to tuman tarqalmaguncha yo`l topolmay sarson bo`lib yuraveradi
21. Shuni mamnuniyat bilan ta`kidlaymanki, mening kasb tannlashimga otamning do`mbirasi sababchi bo`lgan.
22. Topgan obro`ni yo`qotmaslik shart, chunki obro` ko`ylak emaski, yangisini bozordan olsang.
23. Birinchi qaldirg`och parvozini ko`rgan kishi qanday sevinsa, Avaz ham bundan shunday quvonadi.
24. Fikr tiniq bo`lsa, nutq ravon va chiroyli bo`ladi.
25. Shuni bilingki, bunday odamlar ko`pincha maqtonchoq va yolg`onchi bo`ladi.
26. Shuni bilingki, bitta so`zning tig`i yuzta shamshirdan o`tkirroqdir.
27. Katta arava qaysi yo`lga yursa, kichik arava ham xuddi shu yo`ldan yuradi.
28. Sevgi shunday navbahorki, u tikondan gul qilur.
29. Bu suvni ichgandan so`ng kim yolg`on so`zlasa, uning qulog`i o`sib ketarmish.
30. Masalaning mohiyati shu ekanki, bosh vrach qabulxonasiga kichkina telefonagramma tushibdi.
31. Har kim g`azabini ichiga yutsa, u gunohkorning gunohidan o`tadi.
32. Bilingki, jim turib salomat bo`lish gapirib malomatga qolishdan afzal
33. Qalbingiz nimani buyursa, siz menga shuni buyuring.
34. Odamlar ishdan qolmasin deb, marosimni soat besh yarimga qoldirdik
35. Soy qanchalik tez oqsa, u shunchalik sayoz bo`ladi.
36. Anvarga shunisi qiziq tuyuldiki, bu yerda hamma daraxtlar bir chiziq ustida saf tortib turadi.
37. Bu savollardan ma’lum bo`ldiki, aybnoma uydirma emas.
38. Kim alam chekmabdi umrida bir bor, U meni anglamas, anglamas also.
39. Badanda nimaiki quvvat bo`lsa, u tozalik va pokizalikdandir.
40. Saxiylikni odat qilgan bo`lsa kim, Qo`lidan davlati ketmasin uning.
41. Buning natijasi shu bo`ldiki To`laganning qanshariga musht tushdi
43. Ko`ziga nima ko`rinsa, shu uni qiziqtira boshladi
44. Odam bolasi borki, u shu ranglardan birini o`ziniki qilib oladi.
45. Shu narsa ayonki, tabiat ham shu rang ta’siriga tushib qoladi.
46. Bolalarim haftada bir marta xabar olishsa, yetti kun uyim to`ladi
47. Bahor osmonida chaqnasa chaqin, Ko`ksingdan otilar olovli nafas.
48. Shunday yashaylikki, hamma havas qilsin.
49. Kimning ko`ngli ochiq bo`lsa, uning el o`rtasida martabasi ulug` bo`ladi.
50. Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o`shaniki bo`ladi.
51. Qaysi narsaga o`z mehnating bilan erishsang, o`sha narsa sen uchun qadrli bo`ladi.
52. Kimning yuragida o`t-olov bo`lsa, o`sha odamning ishlarida tashabbus bo`ladi.
53. Kimning aqli ko`p bo`lsa, ayblari yashirin va do`stlari ko`p bo`ladi.


54. Nimaiki senga zarar keltirsa, o`sha narsani boshqalarga ham ravo ko`rma.
55. Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga ham hech kim rahm-u shafqat qilamaydi.
56. Kimki o`zining yaxshi ishidan quvonsa, yomon ishidan xafa bo`lsa, demak, u, haqiqiy mo`mindir.
57. Oybek shu qadar qizg`in ilhom bilan qalam tebratdiki, olti oy badalida milliy ozodlik harakatidagi xalqning
hayoti tasvirlangan “Qutlug` qon” romani yaratdi.
58. Vatanning sevishimning boisi shuki, u mening kindik qonim to`kilgan muqaddas zamindur.
59. Shundan ehtiyot bo`lingki, birovning ota-onasini haqorat qilgan odam o`zining ota-onasini ham
haqoratlagan bo`ladi
60. U shunday qobiliyatga ega ediki, bir marta eshitgan narsani hech o`zgarishsiz qayta hikoya qilib
beraverdi.
61. Yoshligidan tabiiy fanlarga shunday mehr qo`ydiki, bu fanlarning sirli olami uning butun borlig`ini
chulg`ab oldi.
62. Har narsaki bevafo bo`lsa, u muhabbat qo`yishga noravodir.
63. Senga sir emaski gul bebaho, guliston bevafodir.
64. Go`zallik shundan iboratki, u insonga mehr-muhabbat ,shodlik,erkinlik va shuhratga o`xshash tuyg`ularni
uyg`ota olish
65. Jahonda nimaiki oq bo`lsa, unga ona timsol.
66. Unutmangki, tanbal,daqqi, bezori kishi ma’naviy nogirondir.
67. Insonlar ustidan hokimlik qilmoq istagi shunday shirin ekanki, uning niyati pokligiga kim ishonadi 
emasdir, kishi nazdida ul mard emasdir.
79. Sen doim hayotga tabassum bilan boqsang, ana shunda hayot senga do`stona qo`l cho`zadi.
80. Qarz tovush chiqarmasa ham, u uxlagani qo`ymaydi.
81. Kimki birovga choh qazisa, o`shaning o`zi tushadi.
82. Kim mehnatdan qochmasa, unga tole kulib boqadi.
83. Bobolarning an’anaviy ishlarini ijodiy rivojlantira olsang, sen baxtlisan.
84. Toleim shulki, Vatanda bir guliston tanladim..
85. Ko`ziga nima ko`rinse, shu .
68. Shuni bilingki, bitta so`zning tig`i yuzta shamshirdan o`tkirroqdir.
69. Kimning yuragida yaxshilik bo`lsa, u shunchalik maqtovga loyiqdir.
70. Til tinch bo`lsa, bosh salomat bo`ladi.
71. Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim.
72. Tilagimiz shuki, tog`a, ayam bilan ukalarim kishilarga muhtoj bo`lmasin.
73. Kimki dushmani bilan olishganda ham insonparvarlikni unutmasa, u,albatta, yengadi.
74. Shamol qay tarafga essa, maysa ham o`sha tomonga egiladi.
75. Misralarda so`zlar gavhar kabi yonadi, go`yo yangi ranglar, yangi jilvalar bilan porlaydi.
76. Bu masalani sinfda keng muhokama qilamiz, toki boshqa takrorlanmasin.
77. Har kimki hayotga xo`mrayib bo`sa, hayot ham unga zarda bilan qaraydi.
78. Kishi dardiga kim hamdard uni qiziqtira boshladi.
86. Ayrim muammolar borki, ularni butun jahon xalqlari birgalashib hal qilishi kerak
87. Kimki so`zni qadrlasa har qachon ,O`z-o`zini qadrlagay begumon.
88. Kamtarin bo`l, hatto bir qadam o`tma g`urur ostonasidan, Piyolani shuning-chun inson o`par doim 
peshonasidan.
89. Nima ro`zg`orga kerak bo`lsa, dadam o`shani bozordan keltiraverar edi.
90. Shohga ma’lum qildilarki, navkarlar boshqa bir puldor beklar xizmatiga o`tib ketadi.

Yüklə 50,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə