Eri bilan tasdiqlangan, Xujjat kodi: B3422204853/K


IV. TOMONLARNING HUQUQLARI



Yüklə 205,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix23.12.2022
ölçüsü205,41 Kb.
#97748
1   2   3   4   5
PrintContractPdf(22)

IV. TOMONLARNING HUQUQLARI
4.1. Ta’lim muassasasi huquqlari:
O‘quv jarayonini mustaqil ravishda amalga oshirish, “Ta’lim oluvchi”ning oraliq va yakuniy nazoratlarni 
topshirish, qayta topshirish tartibi hamda vaqtlarini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, “Ta’lim muassasasi” nizomi hamda mahalliy normativ-huquqiy 
hujjatlarga muvofiq “Ta’lim oluvchi”ga rag‘batlantiruvchi yoki intizomiy choralarni qo‘llash.

Agar “Ta’lim oluvchi” o‘quv yili semestrlarida yakuniy nazoratlarni topshirish, qayta topshirish natijalariga 
ko‘ra akademik qarzdor bo‘lib qolsa uni kursdan-kursga qoldirish huquqiga ega.

“Ta’lim muassasasi” “Ta’lim oluvchi”ning qobiliyati, darslarga sababsiz qatnashmaslik, intizomni buzish, 
“Ta’lim muassasasi”ning ichki tartib qoidalariga amal qilmaganda, respublikaning normativ-huquqiy 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sabablarga ko‘ra hamda o‘qitish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida 
amalga oshirilmaganda “Ta’lim oluvchi”ni talabalar safidan chetlashtirish huquqiga ega.

4.2. Ta’lim oluvchining huquqlari:
O‘quv yili uchun kontrakt summasini semestrlarga yoki choraklarga bo‘lmasdan bir yo‘la to‘liqligicha 
to‘lash mumkin.

Ta’lim oluvchi mazkur kontrakt bo‘yicha naqd pul, bank plastik kartasi, bankdagi omonat hisob raqami 
orqali, ish joyidan arizasiga asosan oylik maoshini o‘tkazishi yoki banklardan ta’lim krediti olish orqali 
to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

Professor-o‘qituvchilarning o‘z funksional vazifalarini bajarishidan yoki ta’lim muassasasidagi shart-
sharoitlardan norozi bo‘lgan taqdirda ta’lim muassasasi rahbariyatiga yozma shaklda murojaat qilish.

V. KONTRAKTNING AMAL QILISH MUDDATI, UNGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR 
KIRITISH HAMDA BEKOR QILISH TARTIBI


5.1. Ushbu kontrakt ikki tomonlama imzolangandan so‘ng kuchga kiradi hamda ta’lim xizmatlarini taqdim etish 
o‘quv yili tugagunga qadar amalda bo‘ladi.
5.2. Ushbu kontrakt shartlariga ikkala tomon kelishuviga asosan tuzatish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi 
mumkin
5.3. Kontraktga tuzatish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar faqat yozma ravishda “Kontraktga qo‘shimcha bitim” 
tarzida kiritiladi va imzolanadi.
5.4. Kontrakt quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
Tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan.

“Ta’lim oluvchi” talabalar safidan chetlashtirganda “Ta’lim muassasasi” tashabbusi bilan bir tomonlama 
bekor qilinishi mumkin.

Tomonlardan biri o‘z majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda.

Uzrli sabablar bilan, “Ta’lim oluvchi”ning tashabbusiga ko‘ra.

Ta’lim muassasasi tugatilganda, ta’lim oluvchi bilan o‘zaro qayta hisob-kitob qilinadi.

5.5. Ta’lim muassasasi tugatilganda, Ta’lim oluvchi bilan o‘zaro qayta hisob-kitob qilinadi.

Yüklə 205,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə