Eshchanova xusnibonuning zoologiya fanidan yozgan


II. 4. Ko`poyoqlilar (Myriopoda) sinfi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə9/10
tarix25.05.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#87928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ESHCHANOVA

II. 4. Ko`poyoqlilar (Myriopoda) sinfi
Ko`poyoqlilar tanasi chuvalchangsimon bo`lib, yaxlit bosh, bo`g`imlarga bo`lingan gavdadan iborat. Tana bo`g`imlari soni har xil bo`ladi. Tuban ko`poyoqlilar gavda bo`g`imlari gomonom bo`ladi. Ko`poyoqlilar oyoqlari ham bir xil tuzilgan bo`g`imlarga bo`lingan. Yurish oyoqlari uchki qismi tirnoqqa aylangan. Laboyoqlilarning birinchi juft oyoqlari yirik, asosiy bo`g`imi yo`g`on, uchki bo`g`imi ilmoqqa o`xshash bo`ladi. Jag`oyoqlar, ya'ni laboyoqlar deb ataladigan bu oyoqlar asosida zahar bezi bo`ladi. Bu oyoqlar yordamida hayvon o`z o`ljasini tutadi va zaharlaydi. Ko`poyoqlilar kutikulasida himoya vazifasini bajaruvchi juda ko`p teri bezlari bo`ladi.
Ichki tuzilishi. Hazm qilish sistemasi to`g`ri nay shaklidagi ichakdan iborat. Og`iz teshigi boshining ostki tomonida, og`iz bo`shlig`iga uch juft so`lak bezlari ochiladi. O`rta ichagi ancha uzun, orqa ichagi kalta bo`ladi. Ko`pchilik turlari yirtqich, ayrimlari o`txo`r yoki saprofit.
Ayirish sistemasi tana bo`shlig`ida joylashgan ikki juft uchi berk malpigi naychalaridan iborat. Naychalarning ikkinchi uchi ichak bo`shlig`iga o`rta va orqa chegarasida ochiladi. Qorin tomiri bo`ylab joylashgan limfatik bezlar va tana bo`shlig`idagi yog` tanachalari qattiq mahsulotlarni ajratadi.
Nafas olish sistemasi traxeya havo naychalaridan iborat. Traxeyalar shoxlanib, barcha to`qimalarga boradi. Qorin tomonda traxeyalar alohida teshik stigma bilan tashqariga ochiladi. Har bir tana bo`g`imda odatda bir juftdan, ba'zan ikki juftdan (ikki juft oyoqlilar) yoki har ikki bo`g`imda bir juftdan (laboyoqlilar) bo`ladi.


Qon aylanish sistemasi ichakning ustida joylashgan naysimon ko`p kamerali yurakdan va yurak kameralaridan chiqadigan qon tomirlaridan iborat. Gemolimfa qon tomirlaridan tana bo`shlig`i suyuqligiga quyiladi, u yerdan ostiylar orqali yana yurakka keladi.
Nerv sistemasi bosh miya (halqumusti gangliy), halqumni o`rab olgan konnektiva va qorin nerv zanjiridan iborat. Har bir bo`g`imda 1-2 juft gangliy bo`ladi. Antennalar tuyg`u va hid bilish vazifasini bajaradi. Ko`pchilik ko`poyoqlilar mo`ylovlari asosida temeshvar organlar xemoreseptorlar, boshida 2-4 ta yoki ko`proq oddiy ko`zchalar, ayrimlarida fasetkali ko`zlar rivojlangan.
Ko`poyoqlilar ayrim jinsli. Ko`pchilik erkaklarida kopulyativ organi bo`lmaydi, urug`larini bir tomchi suyuqlikka yoki spermatoforga qo`yadi. Urg`ochilari esa uni jinsiy yo`liga solib qo`yib, tuxumini tuproqqa qo`yadi. Kostyankalar tuxumini tanasi bilan o`rab oladi. Laboyoqlilar o`zgarishsiz rivojlanadi. Ayrim laboyoqlilar va ikki juft oyoqlilar anamorfoz orqali rivojlanadi, ya'ni tuxumdan chiqqan lichinkasining tana bo`g`imlari to`liq bo`lmaydi.
Ko`poyoqlilarning 15000 dan ortiq turi bor. Ular kechasi faol hayot kechiradi; kunduzi toshlar, po`stloq ostida yoki tuproqda yashirinib yotadi. Tropik turlarining uzunligi 28 sm ga yetadi. Bu sinf simfillar, pauropodlar, ikki juft oyoqlilar, laboyoqlilar kenja sinflariga bo`linadi.
Simfillar (Simphila) bir necha mm uzunlikda, ko`zlari rivojlanmagan, tanasi 15 bo`g`imdan iborat. Vakili skolopendrella. Markaziy Osiyo, Janubiy Yevropada tarqalgan.
Pauropodlar (Pauropoda) juda mayda (1-2 mm) bo`lib, chirindida, tuproq yuza qatlamda, barglar ostida keng tarqalgan. Tanasi 7-10 ta bo`g`imdan iborat. Mo`ylovlari ikki shoxli.
Ikki juft oyoqlilar (Diplopoda) tana segmentlari juft-juft bo`lib qo`shilgan. Boshida bir juft kalta mo`ylovlari, 2 juft jag`lari va ko`zlari bo`ladi. Boshdan keyingi tana bo`g`imida oyoqlar bo`lmaydi, oxirgi 1-3 bo`g`imlarida bir juftdan, qolgan bo`g`imlarida 2 juftdan oyoqlari bor. Ko`pchiligi chiriyotgan o`simlik qoldiqlari, ayrim turlari o`simlik to`qimalari bilan oziqlanadi. Ularning dushmandan himoya qiluvchi zahar bezlari bo`lib, 3000 ga yaqin turi ma'lum. Ulardan har xil kivsyaklar keng tarqalgan. Kivsyaklar tuproqda katta ahamiyatga ega. Ayrim yillarda juda tez ko`payadi.
Laboyoqlilar (Chilopoda) ancha yirik, tunda o`lja qidiradi. Tanasi yassi, boshida mo`ylovlari, ko`pincha oddiy yoki fasetkali ko`zlari bor. Ularning oxirgi yurish oyoqlari nisbatan uzun. Laboyoqlilar kenja sinfi geofillar, skolopendrlar, qattiq qalqonlilar, pashshatutarlar (uzun oyoqlilar) turkumlariga ajratiladi.
Geofillar (Geophilomorpha), ya'ni mingoyoqlilar tanasi uzun ingichka tasmaga o`xshash, sarg`ish, 31 tadan 177 tagacha bo`g`imlardan iborat. Ko`zlari yo`q, tuproqda yomg`ir chuvalchanglarini qidirib topib, qonini so`radi. 7-15 sm kattalikdagi sariq mingoyoq janubda keng tarqalgan, tuproqqa 1-1,5 m chuqurlikkacha kiradi.
Skolopendralar (Scolopendromorpha), ya'ni qirqoyoqlar yirik, uzunligi 10-26 sm gacha, tanasi 21-23 bo`g`imdan iborat. Hasharotlar va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi. Janubiy Amerika va Yamaykada tarqalgan gigant skolopendra baqa, kaltakesak va qushlarga hujum qiladi. Janubda tarqalgan halqali qirqoyoq partenogenez ko`payadi, tuxumini o`z tanasi bilan o`rab oladi. Skolopendralar zaharli bo`lib, janubda tarqalgan cho`l so`qir qirqoyog`i 4 sm kattalikda bo’ladi.
Qalqondorlar (Lithobiomorpha) o`simlik qoldiqlari orasida uchraydi, hasharotlar va ular lichinkasi bilan oziqlanadi. Erkaklari spermatoforini to`rga osib qo`yadi. Lichinkasi oyoqlari to`liq bo`lmaydi, anamorfoz orqali rivojlanadi. Markaziy Osiyoda oddiy qalqondor zax va qorong`i joylarda yashaydi.
Pashshatutarlarning (Scutigeramorpha) 15 juft oyog`i bor. Nafas teshiklari tanasining orqa tomonida joylashgan, oyoqlari uzun. Ular tuproq ustida yashaganligi uchun ko`zlari rivojlangan. Urg`ochisi tuxumini ochiq joyga qo`yadi, lichinkasi anamorfoz orqali rivojlanadi. Oddiy pashshatutar O`rta Osiyo, Kavkaz va Qrimda tarqalgan.
Xulosa
Bo'g'imoyoqlilar (Arthropoda)- umurtqasiz hayvonlar tipi. B.ning ajdodi tuban tuzilgan dengiz halqali chuvalchanglari hisoblansada, ularning bitta yoki bir necha umumiy ajdodlardan kelib chiqqanligi to'g'risidagi muammo hozirgacha uzilkesil hal etilmagan.Eng qad. Bo'g'imoyoqlilardan trilobitasimonlar quyi kembriy qatlamlaridan boshlab uchraydi. Ordovik va silur davrida B. quruqlikka chiqishgan. B.ning tanasi va oyoqlari bo'g'imlariga bo'lingan (B. nomi ham ana shundan olingan ), ikki tomonlama simmetriyali. Tanasi qattiq xitin kutikula bilan qoplangan. Xitin qoplog'ich tashqi skelet funksiyasini ham bajaradi, unga ichki tomondan muskullar birikadi.Tana bo'g'imlari geteronom, ya'ni ularning shakli va kattaligi har xil bo'ladi. B. tanasi, odatda, bosh, ko'krak va qorin bo'limlaridan iborat. Lekin ba'zan tananing turli bo'limlari o'zaro har xil tarzda birikib ketishi mumkin.B.ning bosh bo'limi bosh bo'lagi – akrondan va 4 tana bo'g'imlarning qoshilishidan hosil bo'ladi. Ko'krak va qorin bo'limlardagi bo'g'imlar har xil sitematik guruhlarda bir xil bo'lmaydi.B. tanasidagi har bir bo'g'im dastlab bir juftdan nayga oxshash o'simtaga ega bo'lgan, keyinchalik bu o'simtalar jag'lar, yurish oyoqlari, suzgich organlar, so'rg'ichlar, o'rgimchak bezlari va boshqa organlarga aylangan yoki yo'qolib ketgan. Bo'g'imoyoqlilar jabra, traxeya yoki o'pka orqali nafas oladi.
Nafas olish organlari - jabra, o‘pka yoki traxeyalar. Jabralar - birlamchi suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar, traxeya va o‘pkalar - quruqlik bo’g’imoyoqlilari uchun xos organlar. Suv bo‘g‘imoyoqlilarining ayirish organlari halqalilar metanefridiylari o‘zgarishidan hosil bo‘lgan bir juft naysimon koksal bezlardan iborat. Quruqlik bo‘g‘imoyoqlilarida malpigi naychilari rivojlangan. Naychalar keyingi ichakning oldingi qismiga ochiladi.
Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarga o‘xshash tuzilgan bo‘lib, bir juft bosh nerv tugunlari, ya‘ni bosh miya, halqumni aylanib o‘tuvchi nerv tomiri — qonnektiva va qorin nerv zanjiridan iborat. Odatda bosh miya prototserebrum, deytotserebrum, tritotserebrum bo‘limlarga bo‘ linadi. Bo‘g‘imoyoqlilar boshqa umurtqasiz hayvonlardan nerv sistemasi va sezgi organlarining ancha murakkab tuzilganligi va murakkab turq-atvori bilan farq qiladi. Ko‘zlari bitta linzali oddiy va Ko‘p linzali murakkab, ya‘ni fasetkali bo‘ lishi mumkin. Ularda ovoz chiqarish, eshitish, hid bilish, muvozanat saqlash va tuyg‘u organlari rivojlangan.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə