Eshmurodov sirojiddinning mikroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Iste′molchi talabining alohida xususiyatlari



Yüklə 113,97 Kb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü113,97 Kb.
#133686
1   2   3   4   5
Eshmurodov sirojiddinning mikroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan m

2. Iste′molchi talabining alohida xususiyatlari

Ratsional iste′molchiga xos tanlovning umumiy qoidalari bilan birga ayrim iste′molchilarning didi va afzal ko`rishlari ta′sirida shakllanadigan alohida tanlov xususiyatlari ham mavjud. Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda iste′molchi talabi funksional va nofunksional guruhlarga ajratiladi (5-rasm).



5-rasm. X. Leybenstayn bo`yicha iste′molchi talabining turkumlanishi 1
Funksional talab iqtisodiy ne′matning o`ziga (tovar yoki xizmat turiga) xos bo`lgan iste′mol xususiyatlari ta′sirida shakllanadi. Nofunksional talab iqtisodiy ne′matga xos bo`lmagan iste′mol xususiyatlari ta′sirida shakllanadi. Unga ijtimoiy, spekulyativ va noratsional omillarni kiritish mumkin. Ijtomoiy omillar iste′molchilarning ne′matga bo`lgan munosabati bilan uzviy bog`liqlikka ega. Ayrim iste′molchilar ko`pchilikka taqlid qilishni yoqtiradi va ko`pchilik nimani xarid qilsa, o`shani olishni ma′qul ko`radi. Ikkinchi turdagi iste′molchilar boshqalardan ajralib turishni xohlashadi va nihoyat yana bir toifasi yuqori darajadagi turmush farovonligi ta′sirida obru-e′tibor talab namoyishkorona iste′molni xush ko`radi. Shundan kelib chiqib amerikalik iqtisodchi X. Leybenstayn ijtimoiy omillar ta′sirida shakllanadigan talabni uch toifaga ajratgan:
1. Ko`pchilikka ergashish samarasida iste′molchi atrofdagilar va modadan ortda qolmaslikka tirishib, ko`pchilik nimani ma′qul ko`rsa shuni xarid qilishga moyil bo`ladi. Bunda uning xaridga oid hatti-harakati boshqalarning fikriga bevosita bog`liq bo`lib qoladi. Ko`pchilikka ergashish samarasi deganda iste′molchining umum qabul qilingan normalar ta′sirida ko`pchilik xarid qiladigan ne′matlarga talabini oshishi bilan bog`liq samara tushuniladi. Bunda talab elastikligi yuqori va talab chizig`i yotiq bo`ladi.
2. Snob samarasida iste′molchining atrofdagilardan ajralib turishga ishtiyoqi baland boladi. Bu yerda ham uning tanlovi atrofdagilar hattiharakatiga bog`liq, ammo bu teskari bog`liqlik. Snob samarasi boshqa insonlar shu ne′matni iste′mol qilishi ta′sirida talabda yuz beradigan teskari o`zgarishni ifodalaydi. Ya′ni, agar atrofdagilar shu ne′matga talab hajmini oshirsa, snob uni qisqartiradi yoki umuman iste′moldan voz kechadi. Snob samarasida talab elastikligi past bo`ladi.
3. Veblen samarasi (T. Veblen nomidan olingan) obru-e′tibor ketidan quvib unutilmas taassurot qoldirish maqsadini ko`zlovchi namoyishkorona iste′molni nazarda tutadi. Bunda tovarning narxi ikki qismdan: real narx va obru keltiruvchi narxdan tashkil topadi. Veblen samarasi tovarning narxi qimmatligi tufayli iste′molchi talabining oshishi bilan bog`liq samarani aks ettiradi. Snob va Veblen samaralarining asosuy farqi shundaki, agar snob samarasida muayyan tovarga talab boshqalarning shu tovarni iste′mol qilish hajmiga bo`g`liq holda o`zgarsa, Veblen samarasida talab tovar narxining qimmat yoki arzonligiga qarab o`zgaradi.
Ne′matga xos xususiyatlardan xoli bo`lgan nofunksional talabga yana spekulyativ va noratsional talablar kiradi.
Spekulyativ talab inflyatsion kutishlar yuqori bo`lgan jamiyatlarda, kelgusida narxlarning oshib ketish xavfi joriy davrda qo`shimcha talab va iste′mol hajmini yuzaga keltirishi bilan izohlanadi. Noratsional talab esa oldindan rejalashtirilmagan, lahzalik xohish, kayfiyatning o`zgarishi kabi omillar ta′sirida to`satdan paydo bo`ladi va u iste′molchining odatdagi turmush tarziga mos kelmaydi.

Yüklə 113,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə