Eshmurodov sirojiddinning mikroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


-rasm. Iste′molchining muvozanat holati



Yüklə 113,97 Kb.
səhifə5/5
tarix28.11.2023
ölçüsü113,97 Kb.
#133686
1   2   3   4   5
Eshmurodov sirojiddinning mikroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan m

14-rasm. Iste′molchining muvozanat holati
Grafikdagi shtrixlangan uchburchak iste′molchining tanlov sohasi, ya′ni iste′mol majmualari (X1, X2) to`plami. TU1, TU2 va TU3 lar befarqlik egri chiziqlari, ya′ni naflilik darajalari chiziqlari. Ma′lumki, ular quyidagi shartni qanoatlantiradi: 3 21 TU TUTU   . Tanlov sohasi bilan faqat TU1 va TU2 befarqlik egri chiziqlari kesishadi. TU1 befarqlik egri chizig`i bo`yicha tanlov sohasidan olingan har qanday nuqta (masalan, A nuqta) naflilik funksiyasini maksimal qiymatini bermaydi.   0 2 0 1 ,XX nuqtada byudjet chizig`i R XPXP   2 211 va 2 TU befarqlik egri chizig`i bir-biriga urinib o`tadi, natijada tanlov sohasi bilan kesishadigan byudjet chiziqlaridan eng yuqorisi aniqlanadi. Shunday qilib, iste′molning optimal (muvozanat) nuqtasida befarqlik egri chizig`i byudjet
chizig`iga urinib o`tadi va shu sababli
21 , P PMRS XX  , (A) Bu tenglik shuni ko`rsatadiki, befarqlik egri chizig`i yotiqligi   MRS byudjet chizig`i yotiqligi P1/P2 ga teng. Yuqorida, boshqa tomondan birinchi ne′mat bilan ikkinchi ne′matni befarqlik egri chizig`ining har bir nuqtasidagi chekli almashtirish normasi, ne′matlarning shu nuqtadagi chekli nafliliklari nisbatiga teng ekanligini aniqlagan edik:
(B) (A) va (V) formulalardan iste′molchining muvozanatlik sharti quyidagicha yozilishi mumkin:
P MU X X  , (C) Muvozanatlik shartiga ko`ra, ne′matlar narxi, ularning chekli nafligiga to`g`ri proporsional (15-rasm). Demak, ne′matning chekli nafligi qancha yuqori bo`lsa, uning narxi shuncha yuqori bo`ladi. Oxirgi munosabatdan foydalanib, N ne′mat uchun iste′molchining muvozanatlik shartini quyidagicha yozish mumkin:

15. Iste′molchining muvozanatga erishish holati3
Shunday qilib, iste′molchining muvozanat nuqtasida iste′mol qilinadigan ne′matlarning chekli naflari nisbati, shu ne′matlar narxlarining nisbatiga teng. Bu muvozanatlik sharti ixtiyoriy miqdorda ne′matlar qatnashgan iste′molchining tanlovi masalasi uchun o`rinlidir. Muvozanatlik shartiga ko`ra, iste′molchi daromadini shunday taqsimlaydiki, natijada tovarlarning har biriga sarflangan oxirgi pul birligi (oxirgi so`m, oxirgi dollar, oxirgi rubl) bir xil chekli naf keltirsin. Agar shunday bo`lmasa, iste′molchi kamroq chekli naf beradigan oxirgi so`mini, ko`proq chekli naf beradigan ne′matga qayta taqsimlashi mumkin bo`ladi. Ikkita ne′mat bo`lganda, iste′molchi o`z nafligini maksimallashtiradi, qachonki quyidagi ikki shart bajarilsa. Birinchi shartga ko`ra, bu ne′matlar uchun MRS, ularning narxlari nisbatiga teng bo`lsa, ya′ni muvozanatlik sharti (S) bajarilsa. Ikkinchi shart - iste′molchining daromadi to`liq sarflansa ( R XPXP   2 211 tenglik bajarilsa). Agar MRS har doim narxlar Iste′molchi tanlovini optimallashtirish
Cheklangan byudjet chizig`i bo`ylab joylashuv
Ne′matlarning eng yaxshi kombinatsiyasi
PX / PY MRSXY= MUX / MUY
Cheklangan byudjet chizig`i yotiqligi
Cheklangan byudjet chizig`i yotiqligi
MRSXY = MUX / MUY = PX / PY
Iste′molchining muvozanatga erishishi nisbatidan yuqori yoki pastda bo`lsa, u holda iste′molchi o`z nafligini faqat bitta tovar sotib olish bila
maksimallashtiradi. Yuqoridagi shartlarga asoslangan holda iste′molchining tanlovi masalasining echilishi, talab funksiyasini oshkora ko`rinishda olishga imkon yaratadi. Ikkita ne′mat uchun quyidagi iste′molchi tanlovi masalasini qarab chiqamiz. Naflilik funksiyasi:   max , 2 121   X XXXTU , R XPXP   2 211 , 0 ,0 21   XX . Optimallik shartidan
X X  . Bu munosabatdan ne′matlarga sarflanadigan mablag`lar teng bo`lishi
kerak: 1 122 P XPX   , 1 2 1 2 X P P X   , Bu munosabatni byudjet chizig`i tenglamasiga qo`yib RX P P PXP   1 2 1 211 birinchi ne′mat uchun talab funksiyasini
aniqlaymiz: va ikkinchi ne′mat talab funksiyasi aniqlanadi:

Naflilik, narx va daromad - iste′molchi tanlovining asosini tashkil etadi. Ne′matning nafliligi - ne′matning insonning bir yoki bir nechta ehtiyojini qondira olish xususiyatidir. Umumiy naflilik biror ne′matdan ketma-ketlikda iste′mol qilib borilganda ulardan olingan jami naflilik yig`indisini ifodalaydi va u o`sib borish xususiyatiga ega. Shu bilan birga iste′mol to`yingan sharoitda umumiy naflilik o`zining maksimal qiymatiga erishadi. Chekli naflilik ne′matdan qo`shimcha bir birlik iste′mol qilish natijasida olinadigan qo`shimcha naf miqdorini ifodaladi. Biror ne′matdan qo`shimcha bir birlik iste′mol qilganda (boshqa ne′matlar iste′moli hajmi o`zgarmaganda), qo`shimcha iste′mol qilingan birlik oldingisiga nisbatan kamroq naf beradi va uning bu xususiyatiga chekli naflilikning kamayish qonuni deyiladi. Befarqlik egri chizig`i - bu iste′molchi uchun bir xil naf beruvchi ne′matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi. Befarqlik egri chiziqlari majmuasi befarqlik egri chiziqlari kartasini hosil qiladi. Ne′matlarning bir-birini o`rnini bosishi zonasi deb - bir ne′matni ikkinchi ne′mat bilan samarali almashtirish mumkin bo`lgan oraliqga aytiladi. Byudjet chizig`i tovarlar narxiga va iste′molchining daromadiga asoslanadi va u mavjud pul mablag`lari chegarasida iste′mol uchun qanday tovarlar majmuasini xarid qilish mumkinligini ko`rsatadi. Iste′molning optimal (muvozanat) nuqtasida befarqlik egri chizig`i byudjet chizig`iga urinib o`tadi. Muvozanatlik shartiga ko`ra, iste′molchi daromadini shunday taqsimlaydiki, natijada tovarlarning har biriga sarflangan oxirgi pul birligi (oxirgi so`m, oxirgi dollar, oxirgi rubl) bir xil chekli naf keltirsin. Agar shunday bo`lmasa, iste′molchi kamroq chekli naf beradigan oxirgi so`mini, ko`proq chekli naf beradigan ne′matga qayta taqsimlashi mumkin bo`ladi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–4126-son qarorini samarali amalga oshirish maqsadida:
1. Vazirlar Mahkamasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi hisoblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agеntligini (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin, quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amaliy ijrosini ta’minlash;
iste’molchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risidagi haqqoniy va to‘liq ma’lumotlarni, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda olish imkoniyatlarini ta’minlash;
aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish sohasida hamkorlik qilish;
iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarining oldini olish;
tadbirkorlik va iste’molchilik madaniyatini takomillashtirish, reklama sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamaning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
iste’mol bozorini, davlat tomonidan narx-navosi tartibga solinadigan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) narxlarning dinamikasi va narx shakllanishi mexanizmlarini o‘rganish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalari bo‘yicha xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
2. Quyidagilar: Agentlikning markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 38 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
2019-2020 yillarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda – Qo‘mita) hududiy boshqarmalariga ularning tashkiliy tuzilmasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmalarini tashkil etish uchun qo‘shimcha 142 nafar shtat birligi ajratilsin.
Belgilansinki, Agentlik va Qo‘mita hududiy boshqarmalarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmalari shtat birliklari 2019 yilda tegishli vazirlik va idoralar, shu jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini maqbullashtirish hisobidan jamlanadi.
4. Agentlikka quyidagi huquqlar berilsin:
a) chakana savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida tovarlar va xizmatlarning nazorat xaridini o‘tkazish, ularni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligi jihatidan ekspertizadan (testdan) o‘tkazilishini tashkil qilish;
b) iste’molchilardan ariza va shikoyatlar tushgan hollarda iste’molchilar huquqlariga rioya qilinishini o‘rganish;
v) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari mavjud bo‘lganda, tadbirkorlik sub’ektlarida (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda) tekshirishlar o‘tkazish;
g) iste’molchilarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yaroqlilik muddati, saqlash va xizmat ko‘rsatish muddatini buzgan holda realizatsiya qilish holati aniqlanganda:
o‘z vakolatlari doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish
va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlariga, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, tashkilot, muassasa va korxonalarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi alomatlari aniqlanganda materiallarni vakolatli organlarga, shuningdek, tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning (ruxsat beruvchi hujjatlarning) amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish (bekor qilish) to‘g‘risidagi masalasini hal etish uchun tegishli organlar va tashkilotlarga yuborish;
iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini buzgan shaxslarga nisbatan huquqiy ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash uchun sudlarga arizalar bilan murojaat qilish;
d) davriy bosma nashrlar, kitob mahsulotlari nazorat nusxalari, tele va radiodasturlar efirlarida joylashtirilgan hujjatli materiallar, reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatishga oid materiallarni bepul olish.
Agentlik va Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq sudlarga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
5. Belgilansinki: Agentlik ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish haqida Agentlik vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar hamda mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ijro etish uchun majburiydir;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, mansabdor shaxslar, shuningdek, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar Agentlikning talabiga binoan unga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari shart;
Agentlik tugatilgan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish yo‘nalishidagi barcha huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Agentlikka Qo‘mita raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadiganva lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Agentlik direktorining o‘rinbosari Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Agentlik direktori mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmatlaridan foydalanish sharoitlariga ko‘ra vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Agentlik xodimlariga nisbatan Qo‘mita xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shartlari va tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi qo‘llaniladi.
6. Agentlik direktoriga Qo‘mita raisi bilan kelishilgan holda:
zarur hollarda, Agentlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga Agentlik boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
Agentlik boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmalari tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining cheklangan soni bo‘yicha takliflar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Qo‘mitaning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ish haqi miqdori hamda boshqa to‘lovlarni belgilash orqali malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni xodim va maslahatchi sifatida jalb qilish;
Agentlik xodimlari uchun, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’iy nazar, Qo‘mitaning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, ular egallagan asosiy lavozimi bo‘yicha lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar belgilash.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
va Agentlik: a) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda 2020 yil 1 fevralga qadar “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda nodavlat notijorat tashkilotlari huquqlarini, iste’molchilar huquqlarining buzilishi holatlari aniqlanganda Agentlikning ushbu tashkilotlar bilan hamkorligini, tovarlar (ishlar, xizmatlar) mustaqil ekspertizasini o‘tkazish mexanizmini nazarda tutsin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu Farmonga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A.G‘ulomov zimmasiga yuklansin.

1 Нуриев Р. М. Курс микроэкономики: учебник/ 2-е изд. – М.: Норма, 2012. – с. 125. Asosida tuzilgan.

2 Тарануха .В. икроэкономика ( в структурно-логических схемах). - M.: Дело и сервис, 2002. – стр. 49 аsоsidа тuzilgаn.

3 Тарануха .В. икроэкономика ( в структурно-логических схемах). - M.: Дело и сервис, 2002. – стр. 50 аsоsidа тuzillаngаn.




http://fayllar.org
Yüklə 113,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə