Espublikasi oliy va



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə4/37
tarix05.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#104340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
aliqulova durdona bmi tayyor(1)

Tadqiqot metodlari. Innovatsion talim metodlari, hamkorlikda oqitish,

loyihalash, muammoli talim, oyin texnologiyalaridan hamda ular tarkibida qo‗llaniladigan interaktiv metodlardan foydalanildi.

Tadqiqotning tuzilishi: Mazkur bitiruv malakaviy ishi kirish, uch bob,

xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan tashkil topgan.

5
I BOB. Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodining o„rganilishi

1.1. Umumta‟lim maktab darsliklarida Zahiriddin Muhammad Bobur

hayoti va ijodining o„rganilishi

Buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil, ma‘rifatli, ayni

paytda ozining otmishi, ulug‗ qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va

kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak2 ligini har bir

murabbiy chin yurakdan his qilmogi lozim. Buni o‗quvchi-yoshlarga tez va

oson yetib borishini ta‘minlashda esa, bizga adabiyot fani yordamga keladi.

Chunki, adabiyotning bosh vazifasi ham tarbiyalashdir. Oz shaxsiyati va

asarlari bilan insonlarga ibrat bo‗la oladigan, ularga marifat nuri

ulashadigan buyuk siymolarning hayoti va faoliyatini organishimizning

ham asl mohiyati shunda.

Yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyatini organish uning dunyoqarashini aniqlashga yordam beradi. Bu esa unga togri baho berish uchun zamin hozirlaydi‖. Bazan yozuvchi va shoirlarning hayotini organish shart emas, degan qarashlarga ham duch kelamiz. Holbuki, adib-u shoirlar hayotiga oid faktlarni to‗plash ilmning chinakam qora ishi‖ sifatida baholanishi kerak. Sababi, bu xil ishlar konkret ijodkorning shaxs va sanatkor sifatidagi tadrijini kuzatish yoki konkret asarning ijodiy tarixini togri talqin qilish uchungina emas, ijod psixologiyasi, ijodkor va jamiyat munosabati kabi qator umumestetik muammolarni yoritishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Adib hayotiga oid malumotlar ozi yozib qoldirgan tarjimayi hollardan, adib haqida aytilgan zamondoshlar, uning tengdoshlari, ustozlari yoki shogirdlari, tanish-bilishlari va muxlislari tomonidan aytilgan yoki yozma holida yetib kelgan manbalardan olinishi mumkin.

2 Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. Т.: Узбекистон миллий энциклопедияси. 1999, 55-бет. 6
Aql-zakovati va salohiyati bilan butun dunyoni lol qoldirgan Zahiriddin

Muhammad Bobur aynan namuna qilib korsatishga arzigulik shaxs edi. Shuning uchun umumtalim maktablarining 5-, 9-sinf o‗quvchilari va orta maxsus talimning 2-kurs talabalari uchun moljallangan darsliklarda shoh va shoir Boburning hayot yoli, ijodiy merosi atroflicha bayon qilingan. Bunda oquvchilarning yosh xususiyatlari etiborga olingan holda, darsliklardagi malumotlar izchillik bilan soddalikdan murakkablikka, mavhumlikdan aniqlikka tomon siljib boradi. Bu xususiyatni aniqroq ko‗rsatib berish uchun darsliklarga murojaat qilamiz:
5-sinf adabiyot darsligidagi malumotlar3

Zahiriddin Muhammad Bobur ham shoh, ham shoirdir. Bobur‖ so‗zi arab tilida sher‖ degani. Chindan ham u bu nomga munosib shaxsiyat edi. U tariximizning murakkab bir davrida yashadi. Qudratli temuriylar saltanati yemirilib, orniga shayboniylar kelayotgan davr edi. Yurt jang-u jadallar ichida qolgandi. Shunday bir paytda oz yurtiga sigmagan temuriyzoda Bobur Hindistgtonga bosh olib ketdi. U yerda buyuk saltanat o‗rnatdi. Oz jasorati va adolati bilan olis hind xalqi qalbidan joy oldi, uning mehrini qozondi. Boburning avlodlari hind diyorida uch yuz yildan ortiqroq hukmronlik qildilar.
Zahiriddin Muhammad Bobur istedodli shoir edi. U gozal gazallar yozdi. Ruboiyning tengsiz namunalarini yaratdi. Korgan-kechirgan voqealari haqida Boburnoma‖ asarini yozib qoldirdi. Uning qalbi musiqaga oshno edi. U so‗zni gozal chalgan, ajoyib kuylar yaratgan, musiqa haqida ilmiy kitob yozgan shohlardan edi.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tugildi. Otasi temuriyzoda Umarshayx Fargona viloyati hukmdori edi. Onasi Qutlug‗ Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.

3 (Ahmedov S., Qosimov B., Qochqorov R., Rizayev Sh. Adabiyot (Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik). II qism. – T.: Sharq, 2011-yil, 107-108-betlar. )

7
Bolajak shoir 12 yoshida otasi bevaqt vafot etib, Andijonni boshqarish

uning zimmasiga tushadi. 15 yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi. 16 yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur boladi. Keyin ham ikki marotaba bu shaharni egallashga muvaffaq bo‗ldi. Lekin saqlab qolish nasib etmadi. Samarqandni ham, Andijonni ham qo‗ldan berib goh otliq, goh yayov yurgan paytlari ham boldi. Nihoyat, 1503-yilda Jayhun (Amu)ni kechib, Xurosonga otdi. Kobul va Gaznani qolga kiritdi. So‗ng 1526-yilda esa Hindistonni zabt etib, katta saltanat ornatdi.
U 1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etdi. Keyinroq uning xoki, vasiyatiga muvofiq, Kobulga kochiriladi.
5-sinf adabiyot darsligida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida qisman toxtalib otilgan, xolos. Biz bu darslikdagi malumotni ZahiriddinMuhammad Bobur hayotiga kirish‖ deb baholash mumkin. O‗qituvchi 5-sinf darsligida berilgan malumotlarni oquvchilarga quyidagi interaktiv metodlardan foydalanib mavzuni mustahkamlashni tavsiya etamiz.
Quyidagi jadval orqali oquvchilarning xotirasida Boburning shoh sifatidagi, shaxs sifatidagi, shoir sifatidagi malumotlari toplanadi va tavsiflanadi.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə