2.3. “Boburnoma” asarini boshqa asarlar bilan qiyosiy o„rganish.
Boburdan qolgan ijodiy merosining eng muhim va eng yirigi O‗rta Osiyo,
Afg‗oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi geografiyasi, etnografiyasiga oid nodir va qimmatli ma‘lumotlarni o‗z ichiga olgan va o‗sha davr o‗zbek klassik adabiyotida va adabiy tilining yorqin namunasi bo‗lgan ― Boburnoma ― asaridir. «Boburnoma» — jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik; o‗zbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar. Bu asar mazmunining rang-barangligi, bir jahon materialni o‗z ichiga olganligi, til va uslubining go‗zalligi bilan XVIII, ayniqsa XIX asr sharqshunos olimlarning diqqatini o‗ziga tortgan.
Badiiy adabiyotda badiiy asarlarni o‗rganishda asarlarni qiyosiy tahlil qilib o‗rganish eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Biz ham bitiruv malakaviy ishimizning aynan shu qismida ―Boburnoma‖ asarini qiyosiy o‗rganishni yoritib berishga harakat qilamiz. Biz ―Boburnoma‖ asarini Abulg‗oziy Bahodirxonning ―Shajarayi turk‖ asari bilan qiyosan o‗rganishni tavsiya etmoqchimiz. Dastlab ―Shajarai turk‖, asari haqida qisqacha ma‘lumot berib o‗tishni joiz deb topdik. ―Shajarayi turk va moʻgʻul‖ (―Turkiy xalklar va moʻgʻullar shajarasi‖) — tarixiy asar, muallifi Abulgʻoziy Bahodirxon. Eski oʻzbek tilida yozilgan. ―Shajarai turk‖ XIII— XVII asrlardagi moʻgʻul va turk hukmdorlari haqidagi maʼlumotlarni, xususan, Markaziy Osiyo xonliklari, jumladan, Xiva xonligining muallif yashagan davrgacha boʻlgan tarixini oʻz ichiga olgan. ―Shajarayi turk‖ Abulgʻoziy Bahordirxonning oʻlimi tufayli nihoyasiga yetkazilmay qolgan boʻlsada, uning oʻgʻli Anusha Muhammadxon (1663—87) topshirigʻiga muvofiq, urganchlik tarixchi Maxmud ibn Mulla Muhammad Zamon Urganjiy tomonidan baʼzi maʼlumotlar bilan toʻldirilgan. ―Shajarayi turk‖ning yozilish sababi muallif tomonidan quyidagicha izohlangan: ―Ammo bizning ota aqalarimizning beparvoliqi va Xorazm xalqining bevuqufliqi, bu ikki sababdin, bizning jamoatimizning Abdullaxonning (Abdullaxon II) otalari birlan bizning otalarimizning ayrilgan yeridin to bizga kelguncha tarixlarini bitmay erdilar. Bu
49
tarixni bir kishiga taklif qilali teb fikr qilduk, hech munosib kishi topmaduk, zarur
boʻldi (va) ul sababdin oʻzimiz aytduk‖. Asar moʻʼjaz muqaddima va 9 bobdan tashkil topgan.
Aynan bu ikki asar yaratilish jihatidan, keltirilgan ma‘lumotlaridan bir-biriga mutanosib hisoblanadi. Biz bu ikki memuar asarni quyidagi metod orqali qiyoslab o‗rganmoqchimiz.
“O„xshashini top” metodi. Bu metod orqali ikki asar qiyoslanadi va
asarlarga xos bo‗lgan umumiy xususiyatlar bo‗sh kataklarga yoziladi. Bu metodda
asosiy e‘tibor asarlarning o‗xshash tomonlariga qaratiladi.
O‗qituvchi: Ko‗rinib turibdiki, bu ikki asar bir-biriga o‗xshash. Bu qarash ilm
fanda ham asoslangan. Fikrimning isboti sifatida quyidagi jumlani keltirib o‗taman. ― Bоburning «Bоburnоmа»ni yozishdаn аsоsiy mаqsаdi tеmuriylаrning kеyingi vаkillаridаn biri sifаtidа o‘zining mеmuаrini yarаtishdаn ibоrаt bo‘lgаn.
Аbulg‗оzi hаm «Shаjаrаi turk»dа o‘z аjdоdi shаjаrаsini, Хivаdа hukmrоnlik qilgаn оtа-bоbоlаri tаriхini, qоlаvеrsа, o‘zi bоshidаn kеchirgаn vоqеа-hоdisаlаrni yozishni mаqsаd qilаdi. Ko‘rinаdiki, ikki hukmdоrning hаm ijоdiy niyati vа mаqsаdi mushtаrаk.‖18
―BOBURNOMA‖
Tarixiy memuar asar
Asar muallifi shoh va shoir bo‗lgan
Tarixiy ma’lumotlar
beruvchi manba
―SHAJARAI TURK‖
Tarixiy memuar asar
Asar muallifi shoh va shoir bo‗lgan
Tarixiy ma’lumotlar beruvchi
manba
18 M. Abdullayeva ―Tarixiy-nasriy avarlarning qiyosiy-tipologik tahlili ―Boburnoma va ―shajarayi turk‖ misolida‖ f.f..n disst.-T. :2008 15-bet
50
Ajdodlarshajarasi keltirilgan
Tugallanmay qolgan
Ajdodlarshajarasi keltirilgan
Tugallanmay qolgan
Bu ikki asarning mualliflari ham adabiyotga oshno qalbning egalari edi. Balki, shuning uchun ham bu asarlar yaratilish maqsadi, janr xususiyatlari bilan bir biriga yaqin turar.
“Qiyosiy tahlil” metodi orqali asarlarni o‗rganishning muhim tomoni shumdaki, qiyoslab o‗rganilgan asarlarning biri masalan,‖ Boburnoma‖ esga olinsa bevosita bu asarga qiyosan o‗rganilgan ―Shajarai turk‖ asariga oid ma‘lumotlar ham yodimizga keladi. Asarlarni tahlil qilish uchun aynan shu metodni amaliyotga tatbiq etamiz. Guruh o‗quvchilari 2-guruhga bo‗linadi va quyidagi savollar beriladi.
1-guruhga. ―Boburnoma‖ va ―Shajarayi turk‖ asarining o‗xshash tomonlarini toping.
2-guruhga. ―Boburnoma‖ va ―Shajarayi turk‖ asarining farqli tomonlarini toping.
1-o‗quvchi. ―Boburnoma‖ va ―Shajarayi turk‖ asarlarining o‗xshash tomonlari bor:
- bu ikki asar ham tugallanmay qolgan;
- bu ikki asarning mualliflari ham shoh va shoir bo‗lgan; - bu asarlar memuar xarakterga ega;
- bu asarlardan tarixiy ma‘lumotlar olish mumkin;
- bu ikki asarda ham mualliflar o‗z ajdodlari haqida ma‘lumot beradi;
- har ikki asarda ham tabiat tasviri, tarixiy shaxslar tasviri, shaharlar tasviri keltirilgan;
51
- bu ikki asar ham nasrda ham nazmda yozilgan o‗rinlari bor;
- asarlarda rivoyatlar berilgan;
- har ikkala asarda ham badiiy to‗qimalar kam uchraydi real-hayotiy voqealar tasvirlanadi.
2-o‗quvchi. ―Boburnoma‖ va ―Shajarayi turk‖ asarining farqli tomonlarini deb quyidagilarni ko‗rsatish mumkin.
- Bobur o‗z asarini taxtga chiqish kunidagi voqealar bilan boshlaydi, Abulg‗ozi Bahodirxon esa an‘anaviy Odam Atoning yaratilishi voqealari bilan boshlaydi;
- ―Boburnoma‖ asarini Boburning qizi Gulbadanbegim yakunlaydi, ―Shajarai turk‖ asarini esa Abulg‗ozi Bahodirxonning jiyani yakunlaydi;
- ―Boburnoma‖da har bir tarixiy voqea hayotiy-real tarzda tasvirlansa, ―Shajarayi turk‖ asarida esa badiiy bo‗yoqdorlik bo‗rttirib ko‗rsatiladi.
O‗qituvchi: Yuqorida aytib o‗tgan ma‘lumotlaringizdan ham bilish mumkinki, bu ikki asar bizga tarixni ko‗rsatib turuvchi ko‗zgudir. Ijodkorlarning mahorati shundaki, bu ikki asarda ham o‗sha davr ruhiyati singdirilgan. Oradan qancha vaqtlar o‗tmasin bu asarlar o‗qimmatini yo‗qotmaydi.
Dostları ilə paylaş: |