Etiket va uning xususiyatlari



Yüklə 24,96 Kb.
səhifə1/2
tarix14.04.2023
ölçüsü24,96 Kb.
#105479
  1   2
3Etiket va uning xususiyatlari.docx1


Etiket va uning xususiyatlari
Reja:

  1. Ayollar va erkaklarga xos etiket qoidalari

  2. Ko’chada o’zini tutish qoidalari

  3. Etika qoidalari


Ayollarga xos etiket. Ayolning jozibadorligi o’ziga mos va o’ziga xos xulqni o’rirdi mujassam etishidadir. Bu - kiyinishda, muomalada, xatti-harakatda, gapirishda, mulozamatda, takallufda, ovqatlanishda va shu singari xususiyatlarda ko’zga tashlanadi. Jozibadorlik uchun tashqi chiroyning o’zi kifoya qilmaydi, u zamonaviylik va oqilonalik bilan bog’liqdir. Mazkur xususiyatlar ayolni yanada jozibali va maftunkorqilibko’rsatadi.
“Zamonaviy kiyinish» deganda qimmatbaho, yaltiroq liboslarni kiyish nazarda tutilmaydi. Kiyim rangi, bichimi, andozasi, fasoni va pokizaligi bilan atrofdagilarni ajablantirmaydigan va taajjubga solmaydigan kiyimlar sirasidir. Zamonaviy kiyinish shu jihati bilan modada kiyinishdan ustuvordir. Zamonaviy ayol o’zining tanlash imkoniyatlarini kengaytirish yo’lida zamonaviylikdan ortda qolish yoki undan o’zib ketishdan cho’chimaydi. U imkoniyatlar izlashi davomida o’zining ayollik fazilatini yorqin ifodalay oiishga va qusurlarini yashirishga qodir bo’lgan imkoniyatlardan birini tanlay biladi. Bu borada modalar jurnalini doimiy kuzatib borish yetarli emas. Buning uchun ko’rgazmalar, galareyalar, muzeylar va madaniyat maskanlariga muntazam borib turish, odamlarni kuzatish, badiiy-estetik didini doimo takomillashtirib borish tavsiya etiladi. Latofat va nazokatning manbai tabiatdir. Chunki tabiatda ranglar jilosi, musiqiy ohang uyg’unligi, musaffolik mavjud.
Jozibangizni saqlab qolish uchun ham go’zalllikni sevishga «majbursiz”. Zero, go’zallik chiroylilikdan ustuvoroqdir. U tashqi va ichki chiroyning uyg’unligini talab etadi.
Ayol kishi o’z latofatini yo’qotmaydi, qachonki:
* agar u har kuni o’zining tabiatini tarbiyalab borsa;

  • agar u jismi va vujudi uchun erinchoqlik qilmasa;

  • agar o’z-o’ziga nisbatan talabchan bo’lsa;

  • agar o’z didini rivojlantirib, aqlini charxlasa;

  • agar yaqinlarini qayrab, boshqalarni janjal bilan qiynamasa;

  • agar hadeb hayotdan nolib, alamzada bo’lavermasa. Ushbu maslahatlar hayot tajribasida sinalgan:

  • o’zingizga kiyim tanlar ekansiz dugonalaringizni emas, o’z didingizgatayanibishtuting;

  • libosingizning rangi nafaqat zamonaviy, balki o’zingizga mos tushadigan rang bo’lishi lozim;

  • kiyim tanlashda mutanosiblikka amal qiling va ranglar mosligini tanlaybiling;

  • faqatgina bitta kiyim uchun qo£shimcha narsa olish -isrofgarchilikekanliginiunutmang;

  • taqinchoqlarni “modasi eskirdi» deb tashlab yuborish yaramaydi. Chunki modalar jarayoni davrlar o’tib qaytib keladigan jarayondir. Shunda asrab qo’ygan taqinchoqlaringiz yanada chiroyliroq bo’lib ko’rinishi mumkin;

  • tanlagan sirg’a yoki qisqichli ziraklaringiz qulog’ingiz shaklini yaltiroq buyum kabi xunuklashtiradigan darajada bo’Imasligi lozim;

  • plastmass ziraklar faqat yozda tutilishidan xabaringiz bo’lsa kerak;

  • atir-upalar ayol kishi husniga husn qo4shuvchi, unga latofat bahsh etuvchi vositalardan biri. Biroq ekskursiya, tog’larga sayohat, navbatda turish paytida pardoz-andoz unchalik ahamiyatga ega emas.

Erkaklarga xos etiket. “Erkak kishining asosiy kiyimi kostyum-shim va ko’ylakdan iborat» deyuvchilar ko4pchilikni tashkil etadi. Bu fikr biroz mubolag’ali. Chunki erkak kishi kastyum-shimda doim ham bashang ko’rinavermaydi. Kostyum-shim - elkador, jussali, o’rta yoki baland bo’yli, o’rtacha semizlikdagi, tik qomatli kishilarga yarashib turadi. Aksincha, o’ta semiz yoki ozg’in, jussasi kichik, bo’yi pakana kishilarda kastyum-shim biroz noqulayroq ko’rinadi. Biroq bu ular kostyum-shim kiymasliklari kerak, degan gap emas. Shuningdek, kostyum-shimning chiroyliligi erkak kishining tashqi ko’rinishi uchun yetarli emas. U ayni paytda bo’y bastiga loyiq bo’lishi, harakatlanishga qulav bo’lishi, yurganda xalaqit bermasligi, odmi, ko’zga yarq etib tash’lanmaydigan rangda bo’lishi kerak. Kostyum-shimga mos tarzda ko’ylak, bo’yinbog’, paypoq va tufli tanlash ham kishining didini belgilaydi. Erkaklarning bashang kiyinishi va bashang yurishi tug’ma fazilat emas, balki u hayotiy tajriba va atrofdagilarni sinchiklab kuzatish natijasida shakllanadigan tarbiyaviy xususiyatdir. Zero, bashang erkaklar kiyinishda injiq bo’lsalarda, doimo tartibga rioyaqiluvchilarsirasigakiradi.
Bu borada erkaklarga tavsiya etadigan maslahatlarimiz bor:

  • Erkaklar o’zlari bilan ikkita dastro’mol olib yurishlari kerak. Bittasi - ustki kiyim yoki shimning cho’ntagiga solinadi. U qo’l va yuzni artish uchun ishlatiladi. 1kkinchisi - mutlaqo toza bo’lib, ustki kiyimning ichki cho’ntagiga solinadi. Bu dastro’mol bilan faqat favqulodda holatlarda foydalanish zarur. Masalan, ko’zoynakni artish, ko’zga tushgan narsani olish kabilarda. Shuningdek, bu dastro’molni ustki kiyimning tashqi cho’ntagidan uchini sal chiqargan holda olib yurish kishining ko’rinishini bashang qilib ko’rsatadi.

  • “Chit ham yarashganga yarashadi” maqoliga amal qilish maqsadga muvofiq. Zero, har qanday zamonaviy va qimmatbaho kiyim ham kishini ko’rkam qilavermaydi. Kiygan kiyimingiz yarashishini istasangiz, kiyimni ham «qiynab qo’ymang”. Bu - erkin harakat qiling, qomatingizni tik tuting, boshingizni engashtirmang, bo’yningizni cho’zmasdan, ko’kragingizni oldinga chiqarmasdan yuring degani.

  • Gavdangiz bilan bo’yningizni doimo to’g’ri tuting. Yurishingizga doimo e’tibor bering, viqor bilan yurishga harakat qiling. Shoshma-shosharlik bu jarayonga pand beradi.

  • 0’tirganingizda oyog’ingizni o’ynatib yoki yoyib o’tirmang. Qo’lingizni paxsa qilib gapirish yaxshi emas. Bu kabi holatlar siz haqingizdagi yaxshi tasavvurni butkul barbod etishi mumkin.

  • Vazminlik, bosiqlik erkak kishining salobatidandir. Shunday ekan, gapirganda, yurganda, hatto imo-ishora qilganingizda ham og’irroq bo-ling. Kim bilan so’zlashmang nigohingizni uning yuziga, ko’zigaqarating.

  • Viqor bilan amalga oshirilgan harakatlardagi tabiiylik har bir insonga zeb beradi. Bashang ko’rinishni istagan erkaklar uchun bu g’oyatda muhimdir. Viqorli va tik qomatga ega bo’lishning birdan bir yo’li bu - sport bilan muntazam shug’ullanishdir.

Uy tutish etiketi. Uy tutish odobi xalqning tarixiy va madaniy an’analaridan biridir. Madaniyatga ega bo’lgan har bir xalq uyni qurishdan tortib, uni bezashgacha alohida e’tibor bilan qaraydi. Chunki uy tutish insonning mavqeini, didini, farosatini, imkoniyatini va hokazo shu kabi jihatlarini belgilaydigan xususiyatdir. Bu xususiyat o’zbek xalqi uchun ham begona emas va u madaniyatimizning go’zal bir qismiga aylangan. XIX asrda ijod etgan fozila ayol Olimat ul-Banot o’zining “Muosharat odobi” risolasida uy tutish poklik va ozodalikka asoslanishini, shariat musulmon kishiga pokiza turmush qurmoq bilan birga pokiza uy tutmoqni ham buyurganligini ta’kidlab, bu xususda bir qator tavsiyalarni beradi: “uy va xonalarni cho’p-xaslardan, chang-tuproqlardan supurib turish», “o’rgimchak uyalarini olmoq va uy atroflarini sof tutmoq”, “yashayturgan o’rinlarni, xususan, uylaming ichkarilarini yuvib quritmoq, is va shu kabi narsalardan sof etmoq”, “fursati bilan derazalarni ochib, uyning havosini almashtirish” va boshqa ishlar uy tutish odobining ziynatlaridandir.
Yashaydigan uyimizning ichki va tashqi ko’rinishi, tabiiyki o’zimizning didimizdan kelib chiqib shakllantiriladi. Bunda eng asosiysi uyingizda oila a’zolaringiz o’zini qulay va shinam his qilishlari uchun zarur bo’ladigan holatlarni nazardan chetda qoldirmasligingiz lozim.
Bu borada e’tiboringizni ayrim tavsiyalarga qaratamiz. Zero, ular kelgusi hayotingizda kerak bo’ladi, degan umiddamiz:

  • Uyingizni ortiqcha, yaroqsiz narsalar bilan to’ldirib tashlamang. Bu uyingizdagi narsalarning joylashuvini buzadi.

  • Uyni bezatish va saranjomlashda derazalarga alohida e’tibor qiling. Derazalar xonani istaganingizdek kengaytirishi yoki kichraytirishi mumkin. Shuningdek, derazalarni jonli rasmga aylantirish yoki musawirlik mahorati bilan boshqa ko’rinish bilan berkitish mumkin. Har qanday holatda ham derazalar sizni tashqi olam bilan bog’lab tursin va uyingizga imkoni boricha ko’proq toza havokiritibtursin.

- Uy jihozlarini joylashtirishda uyda yosh bolalar bo’lishini
e’tiborga oling. Chunki joylashtirgan buyumlaringiz ularning bemalol
harakat qilishlari uchun xalaqit bermasligi kerak.
- Tanishlaringizni uyingizdagi qimmatbaho va hashamatli jihozlar
bilan maqtab, ularni hayratga solish manmanlikdir. Shunday
xonadonlar borki, sohib va sohibaning didsizligi natijasida xona qimmat bo’lsa-da, keraksiz narsalar bilan to’ldirib yuborilgan. Bu uyda bir so’z bilan aytganda, fayz yo’q, o’tirgan odamning nafasi bo’g’iladi, kishini asabiylashtiradi.

  • Oshxona, vanna va hojatxonani alohida tozalikda saqlang. Chun-ki bu uyingizga kelgan mehmonlarning ushbu joylarga kirishi ehti-moldan xoli emas.

  • Gullarsiz uyni tasawur etish mumkin emas. Gullar uyni go’zal qiladi, ayniqsa. yangi uzilgan, chiroyli guldastalar, quruq o’t va gullar majmuasi kishining kayfiyatini ko’taradi, obrazli ifodalarni shakllantiradi. Biroq gullar boshqa barcha narsalar kabi uyda ozodalik, e’tiborvaparvarishnitalab qiladi.

- Uyda tirik tabiatni shakllantirish - to’ti, kaklik, bedona, kanoreyka singari sayroqi qushlar, tovus, qirgcovul kabi chiroyli qushlarni parvarish qilish, baliq, quyon kibi chiroyli jonivorlami boqish ham insonlarning tabiatga nisbatan munosabatlarini o’zgartiradi, mehrni paydo qiladi. Shuningdek, bu holat uydagi musaffo muhitni, tarbiya jarayonini barqarorlashtirshga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Sovg’a-hadya berish etiketi. O’z xursandchiligini boshqalar bilan baham ko’rish, boshqalarning xursandchiligiga sherik bo’lish, ulardan quvonish ziyoli va muruwatli insonlarga xos xususiyatlardan. Ayniqsa, bunday kunlarda bir-biriga sovg’alar berish, hadyalar tuhfa etish, samimiy dil izhorlarini bildirish an’analarimizning go’zal jihatlaridan hisoblanadi. Dinimizning muqaddas kitoblari Hadisi Shariflarda hadya qilmoq va uning fazilatlari haqida ko’plab hadislar keltiriladi. Jumladan, Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qilgan mana bu hadisda “Rasululloh saUallohu alayhi va sallam: “Ey muslima ayollar, qo’shni ayol o’ziga qo’shni ayolga, garchi qo’y tuyog’ini bo’lsa-da, hadya qilishdan orlanmasin!”-deb marhamat qildilar1. Ushbu hadis orqali insonlarning bir-birlariga e’tiborli bo’lishga, qo’llaridan kelgancha hadyalar bilan ko’ngillarini ko’tarishgka rag’bat qilishlari uchun da’vat etilmoqda. Shuningdek, gap hadya qilinadigan narsaning qimmatida emas, balki insonning insonga nisbatan e’tiboridadir. Zero, yolg’izlik va nazardan chetda qolish insonni yovuzlikka undaydi.
Hayotimizning ko’p qismi jamoatchilik va notanish bo’lgan kishilar orasida o’tadi. Har kuni bu holatga ko’cha-kuyda, transportda, maskanlarda hamda jamoat joylariga duch kelamiz. Bu joylar nafaqat shaxsning kayfiyatiga, balki shaxs kayfiyati orqali atrofdagi odamlarning kayfiyatiga ham ta’sir ko’rsatadi. Madaniyatli inson ko’chaga qadam qo’yishi bilan o’zining “meni”dan jamoat “meni”ga o’tadi, ya’ni ko’chadagi har bir harakat boshqalar nigohi ostida ekanligini his qiladi. Shuning uchun ham odamlar jamoat joylarida turli xil qiliqlar, bachkana odatlarni yuzaga keltirishdan tiyiladilar.
Uydan kofchaga chiqayotganingizda kerak bo’ladigan narsalar -pul, ro’molcha, hujjat, taroq va boshqa zarur bo’lgan narsalarni o’zingiz bilan olishni unutmang. Awal tashqi ko’rinishingizga -sochingiz, kiyimingizga boshdan-oyoq razm solib, so’ng tashqariga chiqishingiz mumkin.
Jamoat joylarida o’zini tutishning eng muhim qoidasi bu -atrofdagilarga ziyon yetkazmaslikdir. Bu holat, ayniqsa, harakat-lanayotgan va muloqot qilayotgan paytda yuzaga keladi. Mamlakatimizda o’ng tomonlama harakatga amal qilinadi. Shunday ekan, bexavotir va beziyon harakat yo’lakning o’ng tomonidan yurishdir. Shunda qo’lingizdagi buyum yoki narsalar bo’lsa ham, ro’parangiz-dan kelayotgan odamga xalaqit bermaysiz.
O’tib ketayotgan odam (ayol yoki erkak, qiz yoki yigit) laming orqasidan o’girilib qarashdan o’zingizni tiying. Sherigi, do’sti, dugonasi bilan ketayotgan tanishingizni to’xtatmang. Agar oldingizda ketayotgan odamning yonidan o’tib ketmoqchi bo’lsangiz, uning chap tomonidan o’tishga harakat qiling. 0’tishga qiynalsangiz “0’tib ketsammaylimi?”, “Menio’tkazvorolmaysizmi?”, “Malolkelmasa, o’tkazvorsangiz!”, “Ma’zur tutasiz, men o’tib ketmoqchi edim” kabi so’zlarini aytsangiz yo’lovchiga og’ir botmaydi.
Yo’lda to’xtashga to’g’ri kelib qolsa, deylik tanishingizni ko’rdingiz yoki sumkangizdan biron narsani olmoqchisiz yoki nimanidir tomosha qilmoqchisiz, bunday holatlarda yo’lakning chetiga o’tishni, qolaversa, serqatnov joylarda uzoq suhbatlashmaslikni tavsiya eta-miz. Zero, yo’lakning o’rtasida turib, boshqalarning harakatiga xala­qit berish farosatsizlik alomatidir.
Agarda siz biron-bir ma’lumot va ko’rsatmaga muhtoj boclib qolsangiz yoki qidirayotgan manzilingizni topishga qiynalib qolsangiz, shu yaqin atrofdagi do’kon xodimlari, ichki ishlar xodimi yoki haydovchilarga murojaat qilishingiz mumkin. Kerakli ma’lumotni olganingizdan so’ng, tashakkur bildirishni unutmang. Agar sizdan ko’chada biron-bir nana so’rab murojaat qilishsa, muloyimlik va tavoze’ bilan qisqa, aniq va tushunarli tarzda javob bering. Uzundan-uzoq tushuntirishlar murakkablashishga olib keladi.
Ko’chada non, buterbrod, xot dog, gamburger, chizburger, pirojniy, bulochka kabi mahsulotlarni iste’mol qilishni tavsiya etmaymiz. Bu holat birinchidan, ularning uvog’i erga tushib, uvol bo’lishiga olib keladi. Ikkinchidan, ovqat hazm qilish jarayoni izdan chiqib, sog’liqqa zarar yetkazadi. Uchinchidan, ehtiyotsizlik tufayli biror joyingizga beixtiyor eyayotgan narsangizning yog’i tomishi mumkin. Bu holatlar boshqalar nazarida xunuk ko’rinadi.
Ko’chaning ozodaligiga barcha odamlar raas’ul ekanligini unutmang. Shu bois saqich, qog’oz, semichka, bakal idishlar hamda sigareta qoldiqlarini to’g’ri kelgan joyga tashlab ketmang. Zero, madaniyatli va tarbiyali kishilar bunday qilishmaydi.
Jamoat transportlaridagi etiket. Mavzudan chetga chiqsak ham, shuni aytish kerakki, bugungi kunda ayrim yo’lovchilarning, transport vositalarida yurish madaniyati talab darajasida emas. Transportga birinchi bo’lib chiqish va u yerdanjoy olishga urinadi-ganlar, o’rindiqlarni sindirib, turli “nomalarni” yozadiganiar, baqirib, shovqin qiladiganlar, shilqimlik qilib, birovni ranjitadi-ganlar, o’zidan bir uyum axlatni qoldirib ketadigan kimsalar sirasiga kiradi. Biroq bular orasida ko’pchiligini yosh-o’smirlar tashkil etishi achinarli holdir. Chetdan turib kuzatsangiz bunday holatlar nihoyatda xunuk va kulgili ekanligiga guvoh bo’lasiz. 0’z izzat-nafsini bilgan har qanday inson bu holatni kuzatar ekan, ranjishi, asabiylashishi,shubhasiz.
Transportdagibo’sh joy ilinjida odamlar-ni turtib o’tishi etmagandek, dugonasi yoki do’sti uchun joy olib qo’yadigan takasaltanglar ham borki, ular mehr, g’amxo’rlik, hurmat, izzat,degan tuyg’ulardan yiroqdir.
Aytish lozimki, Toshkent shahri ichida qatnovchi barcha avtobuslar shohbekatning boshidan oxirgi bekatgacha uzog’i bilan 45 daqiqada yetib boradi. Shunday ekan, 45 daqiqa tik turib ketish “malol keladigan” yigit-qizlar bunga kuch topsalar yaxshi bo’lardi. Zero, o’tirib ketishga homiladorlar, nogironlar, qariyalar, bemorlar va go’daklarning ma’naviy haqlari ko’proqdir. To’g’ri, siz yo’lkira uchun pul to’lagansiz, demakki, o’tirib ketishga haqqingiz bor. Biro-dar, kamolingizni istab talab qiladigan huquqlaringiz oldida, bu huquqingiz juda ham mayda ekanligini bilganingizda o’zingiz ham uyalgan bo’lardingiz.
Telefon qo’ng’irog’ini uzoq kutmay, tezroq go’shakni olib, javob berishga harakat qiling. Telefonda gaplashish ham, awalo, salomdan boshlanadi. Qo’ng’iroq qilganingizda sizga kerak bo’lgan odamni topolmasangiz, murojaat qilayotgan kishingi^ga oczingizni tanishtirib, tegishli ma’lumotni qoldirishingiz lozim.
Etiketga ko’ra biror-insonga qo’ng’iroq qilmoqchi bo’lsangiz ertalab soat 9 dan keyin, kechqurun esa, soat 10 gacha qo’ng’iroq qilishga odatlaning: favqulodda vaziyat yuzaga kelganda yoki qo’ng’irogiingizni intiqlik bilan kutishayotgan paytda qilinadigan qo’ng’iroqlarbundanmustasno.
Agar suhbatlashayotgan vaqtdda telefon aloqasi uzilib qolsa, bu holatda qo’ng’iroq qilgan odam yana qayta qo’ng’iroq qilishi kerak. Go’shakni olgandan so’ng, hech qachon «Kim bu?», “Kim so’rayapti?” degan savolni bermang. Shaxsiy masalalar yuzasidan qo’ng’iroq qilsangiz, avvalambor, suhbatdoshingizning sizni eshi-tish uchun imkoniyati bor yoki yo’qligini so’rang. Ya’ni «Bir ish yuzasidan maslahatingiz kerak edi, vaqtingiz bo’ladimi?, “Falon masalani batafsil o’rganishimga to’g’ri keldi, agar vaqtingiz bo’lsa, telefonda aytsam ham bo’ladimi” kabi murojaatlar qilish o’rinlidir. Agar juda zarur bo’lmasa, shaxsiy masalalar bo’yicha ishxonaga qo’ng’iroq qilmaslik kerak.
Odatda telefonda gaplashish qisqa, lo’nda, aniq maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi. Telefon tarmog’ingizga yangilishib qo’ng’iroq qilgan odamga ters va keskin javob qilmasdan, muloyimlik bilan javob bering. Keyingi adashilgan qo’ng’iroqqa javoban, uzr so’rab, raqamni oydinlashtirib oling. Zero, har kirn ham yanglishishi mumkinku.
Mehmonga borganingizda telefon zarur bo’lib qolsa, awal, mezbondan ruxsat so’rang. Bu paytda mezbonning oldida turish, hadeb unga qarayverish noqulay vaziyatni yuzaga keltiradi. Agar tarmoq besh-olti signaldan keyin ham javob bermasa, go’shakni joyigaqo£yganingizma’qul.


Yüklə 24,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə