Эҳтимоллар назарияси бошқа математик фанлар каби амалиёт эҳтиёжларидан пайдо бўлди ва ривожланди



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə1/11
tarix01.06.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#88558
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Э тимоллар назарияси бош а математик фанлар каби амалиёт э тиёжл



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA FAKUL’TETI
MATEMATIKA KAFEDRASI


3-KURS TALABASI


AXMEDOVA MUNISA AHMADJON QIZINING


KURS ISHI
Mavzu:
Ilmiy rahbar: R.Ibragimov.


NAMANGON 2021


Ehtimollarning ayrim masalalarining programmalarini tuzish
Reja:
Kirish.
Asosiy qism

    1. Bob. Boshlang’ich tushunchalar.

    1. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning asosiy tushunchalari

    2. Taqsimot va zichlik funksiyalar

    1. bob. Olingan natijalar.

    1. Bernulli va Muavr laplas formulalarini solishtirish.

    2. Ayrim tasodifiy miqdorlarni zichlik funksiyasini xisoblash uchun dasturlar

    3. Genetikani ayrim masalalarini matematik modeli

    4. Genetikaning ayrim masalalarini ehtimollar nazariyasi yordamida xisoblash uchun dastur.

    5. Ehtimollar nazariyasini meditsinaga tatbig’i.



Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Ilovalar.
KIRISh
O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da o’quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog-kadrlarning yetishmasligi, sifatli o’quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o’rtasida puxta o’zaro hamkorlik va o’zaro foydali aloqadorlikning yo’qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sarasiga kiradi, deb ko’rsatib o’tilgan. Shuning bilan bir qatorda, ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o’zlashtirish yuzasidan maqsadli innovasiya loyihalarini shakllantirish hamda amalga oshirish orqali ilm-fanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ilg’or axborot va pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun tajriba maydonchalari barpo etish orqali esa ilmiy tadqiqotlar natijalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga o’z vaqtida joriy etish mexanizmini ro’yobga chiqarish, zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib borishi belgilab qo’yilgan.
Bu muammolarning yechimini topish esa axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga qo’llashdek muhim masalani keltirib chiqaradi.
Shu nuqtai nazardan, axborot texnologiyalarining dunyo miqyosida tutgan o’rniga nazar solamiz. Bugungi kunda jahon axborotlar sohasida haqiqiy inqilobiy jarayon kechmoqda. Shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, jamiyatda iqtisodiyotning rivojlanishi ayni vaqtda tovar mahsulotlari, moddiy zahiralari va materiallari orqali emas, balki g’oya va bilimlarning kuchi bilan ham amalga oshirilmoqda.
Bu esa o’z navbatida, axborot texnologiyalaridan foydalanish masalalariga munosabatini tubdan o’zgartirishi lozim ekanligini ko’rsatmoqda. Shu bois O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 mayda “2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, “INTERNET” ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishni ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 230-sonli qarori qabul qilindi. Axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha vazifalarni hal etish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 mayda chiqargan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida” gi Farmoni va ushbu farmonning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyunda qabul qilgan “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” to’g’risidagi qarorlarini keltirish mumkin.
Shu o’rinda axborot texnologiyalarining ta’lim tizimidaga o’rni haqida to’xtalib o’tish joizdir.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga tadbiq etish , iqtisodiy samara berishi bilan bir qatorda, o’quv jarayonida yangi o’qitish uslublarini qo’llashga keng imkoniyatlar ochadi. Ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini qo’llash, asosan, shaxsiy kompyuterlar va axborot texnologiyalarining pedagogik-dasturiy vositalari yaratilishi bilan bog’liq.
Axborot texnologiyalarining multimedia vositalari asosida o’quv-materiallarini obrazli ko’rinishda ifodalashdek muhim imkoniyat mavjud. Ma’lumotlarni matn sifatida emas, balki obrazlar vositasida taqdim etish axborot texnologiyalarining ta’lim tizimida o’ziga xos inqilobiy jarayon ekanligidan dalolat beradi. Obrazlar ko’rinishida ma’lumotlarni taqdim etish o’qitishga va fikrlashga keskin ravishda ta’sir etishi mumkin. Buning sababi, obrazlar ko’rinishida berilayotgan o’quv materiallari matn ko’rinishidagiga nisbatan inson tomonidan oson o’zlashtirilishi (chunki bilimlarning 65-70 foizi ko’rish orqali olinadi) va unga ijobiy ta’sir etishidir. Obrazlar ko’rinishida ma’lumotlarni taqdim etish matn ko’rinishidagiga nisbatan prinsipial jihatdan farq qilib, insonning fikrlashi uchun juda muhim vosita sifatida ishlatilishi mumkin. Buning isboti sifatida o’tmishdagi mashhur donishmand allomalar Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va A.Eynshteynlarning obrazlar ko’rinishida fikr-mulohaza yuritganliklarini ko’rsatish mumkin. Dars jarayonini obrazlar asosida tashkil etish, bir tomondan, o’quvchilar diqqatini maksimal darajada jalb qilishga olib kelsa, ikkinchi tomondan, matn ko’rinishida berilayotgan o’quv materiallaridan tubdan farq qiladi. Bu esa axborot texnologiyalari asosida o’quv jarayonini yangi o’qitish metodikasi asosida tashkil qilish bugungi kunda dolzarb ekanligidan dalolat beradi.
Ta’lim tizimiga axborot texnologiyalarini tadbiq etish sohasida yaratilayotgan dasturiy vositalarni tahlil qilganda shu narsaning guvohi bo’lamizki, ma’lumotlarni obrazlar ko’rinishida taqdim etish bir qator tadqiqotlarda nazarda tutilgan. Shuning bilan bir qatorda, kompyuterda o’quv dasturi yaratayotgan ko’pgina mualliflar bir-birlariga bog’liq bo’lmagan holda, o’quv-ilmiy materiallarini obrazlar ko’rinishida taqdim etishning o’ziga xos metodlarini yaratmoqdalar.
Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni obrazlar ko’rinishida taqdim etish va fikrlash jarayonini tashkil etish o’quvchilarning aqliy rivojlanish darajasini yuqoriga ko’taribgina qolmasdan, an’anaviy o’qitish o’rtasidagi nisbatni o’zgartirishga ham olib keladi. Ehtimol bunday o’qitish an’anaviy metodikaga nisbatan ma’lumotlarni inson aqliy rivojlanishining yangi shahobchasiga mos keladigan obrazli ko’rinishda taqdim etishi, muloqot tillari bilan bog’liq muammolarni yechishga va jahondagi kommunikativ jarayonlarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
O’quv materiallarini obrazlar ko’rinishida taqdim etish metodikasi yordamida o’quvchilar bilim olish jarayonining hamma tarkibiy qismlariga u yoki bu tarzda ta’sir etish mumkin. Ayniqsa, bu o’rinda o’quvchilarni o’quv materiallarini qabul qilish, ma’nosini anglash, esda qoldirish, ularni takrorlash kabi jihatlarini ko’rsatishi mumkin. Bundan tashqari, bu uslub o’quvchilarning o’qishga nisbatan emosional yondashishini rivojlantiradi va ularni ko’p vaqt sarf qilmasdan o’quv materiallarini o’zlashtirishiga erishishni ta’minlaydi. Bu sifatlarni ana’naviy o’qitish va yangi metodika bilan taqqoslab ko’ramiz.
Ana’naviy o’qitish metodikasida o’quv materiallari asosan matn va formulalar ko’rinishida berilib, o’quv materiallarini namoyish qilish imkoniyati deyarli mavjud emas. Bunday ko’rinishda berilayotgan o’quv materiallarini o’quvchi tomonidan o’zlashtirish asosan ketma-ket ravishda amalga oshiriladi, shu sababli ularni esda qoldirish va o’zlashtirish juda sust bo’ladi.
Yangi o’qitish metodikasida o’quvchilarga berilayotgan materiallarni qayta kodlashtirish va o’zlarining modelini yaratish masalalari yuklanmaydi. Bu o’qitish metodikasida o’quv materiallari matn va formula ko’rinishi bilan bir qatorda, obrazlar ko’rinishida ham taqdim etiladi. Bu ma’noda axborot texnologiyalari asosida o’quv materiallarini obrazli ko’rinishda taqdim etishda ularga har xil ko’rinishdagi ranglar, harakat, ovoz kabi elementlarni kiritish o’quvchilarning o’quv materiallarini qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirish bilan birga, berilayotgan materiallarni tahlil qilish, taqqoslash hamda abstraksiyalash kabi muhim sifatlarni rivojlantiradi. O’quv materiallarini obrazlar ko’rinishida taqdim etish uchun ularni axborot texnologiyalaridan foydalanib, elektron-didaktika asosida elektron kitob, darslik, kurs va virtual stend ko’rinishida yaratish yuqorida qo’yilgan masalalarni ijobiy xal etishga olib keladi.
Xorij va vatanimizdagi axborot-pedagogik texnologiyalarning pedagogik asoslari buyicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, axborot-pedagogik texnologiyalar elektron-didaktik (animasiya) ko’rinishidagi funksiyalarga asoslanib ular:

  • qulay ko’rinishda bo’lgan o’quv materiallarini tushunib yetishga, berilgan ma’lumotlar haqida tushuncha va tasavvur hosil qilishga;

  • ko’p ma’lumotlarni olish, ya’ni ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri olish imkoniyati mavjudligiga;

  • o’quv jarayonini yengillashtirishga, ya’ni kam vaqt sarf qilib ko’p ma’lumotlarga ega bo’lishga;

  • moslashtiruvchanligiga, ya’ni o’quv jarayonini tashkil qilish uchun qulay bo’lgan animasiyalarni ko’rsatish, mustaqil ishlash uchun kompyuter texnologiyalaridan foydalanish va guruh-guruh bo’lib bilim olishni tashkillashtirish masalalarining yechimini topishga qaratilganligini va ularda ikki turdagi, ya’ni informasion va pedagogik yondashishlarni ko’rish mumkin. Ta’lim tizimida axborot-pedagogik texnologiyadan foydalanish uning yangi sohasi, ya’ni ta’limning elektron didaktik shakli paydo bo’lishiga asos solib, unda: o’quv fanlarining boblarini ajratib, elektron ko’rinishda tasvirlash, elektron o’quv adabiyotning ma’ruza va amaliy darslar qismini ularning vazifalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish, elektron o’quv adabiyotni baholash mexanizmini yaratish va tadbiq etish, elektron o’quv adabiyotlar asosida virtual stendlar yaratish va o’quv jarayoniga qo’llash, elektron o’quv adabiyotni qo’llash orqali o’qitishning umumiy saviyasini aniqlash kabi imkoniyatlar yaratilishi ko’rsatilgan.

Pedagogik yondashish o’quv jarayoniga didaktik maqsadlarni qo’llashga asoslangan. Informasion yondashish bo’lsa, o’ziga xos o’qitish muhitini yaratishga asoslangan bo’lib, unda pedagogik texnologiyalardan foydalanilganda o’rganish jarayonida kompyuterda modellashtirilgan obyektlarning ichki, tashqi xossalarini dinamik suratda ko’rsatish bilan o’quvchi-talabalarning darsga bo’lgan qiziqishini oshiradi, mustaqil ishlash uchun sharoit yaratish bilan bir qatorda, intellektual rivojlanish uchun imkoniyat yaratadi. Informasion yondashish asosan axborot texnologiyalarining vositalari orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə