Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47

 

 
6-Ilova  
O’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar: 
1. Keyingi davrda Etnografiya fanini uz asarlari bilan boyitib zamonaviy dolzarb 
muammolarni har qilishda uzlarining muayyan hissalarini qushgan etnograflardan kimlarni 
bilasiz? 
2. S.P.Tolstov bilan birga ishlagan atoqli tadqiqotchilardan kimlarni bilasiz
3. «Jahon xaritalari» eki «Ma`mun dune xaritasi» nomi bilan mashhur bo’lgan olim êèì
 
REJA: 
1. Fanning mohiyati va kwpqirrali ijtimoiy gumanitar fan sifatida uning tadqiqot ob`ekti.  
2. Etnologiyaning turli yondosh fanlar bilan aloqalari. 
3.  Etnologiyani  davrlashtirish.  Xalqona  etnografik  tushunchalar  va  ularning  ibtidoiy 
jamiyatda tutgan wrni. 
4.  Qadimgi  va  wrta  asrlarga  oid  etnografik  materiallar.  Buyuk  geografik  kashfiyotlar 
jarayonida etnografik materiallarni yig`ilishi. 
 
Jahon  aholisi-  XXI  asrga  kelib  olti  milliardga  kwpaydi.  Swnggi  bir  asr  davomida  er 
kurrasidagi xalqlar son jihatdan kwpayibgina qolmay, ularning tuzilishi, turmush tarzi va ma`naviy 
dunyosi  ham  tubdan  wzgarishga  yuz  tutdi.  Ona  tabiat  naqadar  rang-barang  va  xilma-xil  bwlsa,  er 
yuzida  yashovchi  aholining  etnik  qiyofasi  ham  shu  qadar  rang-barang,  turli-tumandir.  Statistik 
ma`lumotlarga kwra, wtgan asr oxirlarida jahonda ikki mingdan ortiq xalqlar va elatlar yashagan.  
 XX asr iqtisodiy-ijtimoiy buhronlar, ekologik, etnik muammolar asri bwldi. Bu muammolar 
wz-wzidan  XXI  asrga  ham  kwchib  wtdi.  Shunday  ekan  bunday  vaziyatda  yoshlarning  ongi  va 
bilimini,  jamiyatni  boshqarishga  aloqasi  bor  barcha  shaxslarning  tasavvurlarini  etnologik 
ma`lumotlar bilan boyitish zaruriyati muhim ahamiyat kasb etadi.  
Etnolog  olimlarning  juda  kwp  ilmiy  tadqiqotlari  shuni  kwrsatadiki,  insoniyot  tarixining 
iqtisodiy  davrlardan  hozirgi  kunlargacha  bosib  wtilgan  barcha  pogonalarida  kishilar  wzligini 
anglashga,  an`anaviy  turmush  tarzi,  urf-odat  va  ma`naviyatini  tushunib  olishga,  ayniqsa,  qwshni 
elatlarning  etnik  xususiyatlari  va  hayotini  bilishga  doimo  extiyoj  sezib  kelganlar.  Bunday  ehtiyoj 
tufayli  ming  yillar  davomida  twplangan  turli  elatlar  twg`risidagi  boy  ma`lumotlar  davlatlararo 
munosabatlarni twg`ri ywlga qwyishga, tinchlik sari ywnalishga yordam berib kelmoqda.  
Jahondagi  mamlakatlarning  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  jihatdan  notekis  rivojlanishi 
natijasida  ayrim  xalq  va  elatlarning  hanuzgacha  qoloq  ibtidoiy  tuzumda,  ba`zilari  esa  wrta  asrlar 
davri  madaniyati  darajasida  qolganligi  ma`lum.  Bunday  elat  va  etnik  guruhlar  Avstraliya,  Afrika, 
Markaziy  Amerika  va  Osiyoning  ba`zi  erlarida  hozirgacha  saqlanib  qolgan.  Ular  juda  kam 
bwlsalar-da,  ammo  iqtidoiy  urug`-qabilachilik  tuzum  qonun-qoidalari,  urf-odat  va  marosimlari, 
patriarxal turmush tarzi an`analariga haligacha amal qilib kelmoqdalar. 
Asli kwpchilik xalq va elatlar etnos sifatida quldorlik jamiyati davralaridan tili yaqin bwlgan 
bir necha urug`-qabilalarning birikishi, wzaro urushlar va kwchishlar (migratsiya) tufayli aralashib 
ketishi natijasida shakllana boshlagan. Odatda etnoslar iqtisodiy, maishiy va madaniy jihatdan eng 
kuchli  va  rivojlangan  kwp  sonli  elatlar  doirasida  muayyan  ma`muriy,  hududiy  va  til  imumiyligi 
zaminida paydo bwlishgan. Ular kwpincha tiliga qarab ayrim xalq nomi bilan tanilgan. 
Aytish  joizki,  hozirgi  siyosiy  va  ilmiy  atamalarning  kwpi  ikki-ikki  yarim  ming  yillar 
muqaddam  Yunonistonda  paydo  bwlgan.  Jumladan,  hozir  kwp  ishlatiladigan  «demokratiya»  yoki 
«demografiya»  swzlari qadimgi  grek (yunon) tilidan olingan bwlib, uning negizgi  «demos»,  ya`ni 
tub ma`noda «xalq» degan swz tashkil etadi. Shu ma`noda, ilk jamiyat asosini tashkil qiluvchi xalq 
tushunchasini  ifodalovchi  yana  bir  atama  –  «etnos»  ham  ishlatiladigan.  Masalan,  «demografiya» 
fani jahon yoki ayrim mamlakat aholisining soni, joylashuvi, tug`ilishi va wlimi, ijtimoiy-jinsiy va 
yosh  tuzilishini,  tabiiy  wsish  va  kwchish  (migratsiya)  jarayonini  wrganadi.  Lekin,  jahondagi  xalq 
va elatlar wz tili, kelib-chiqishi va joylashuvi, moddiy va ma`naviy madaniyati, an`naviy xwjaligi, 


 

 
maishiy turmushi va xarakteri, milliy psixologiyasi va psixologiyasi va urf-odatlari bilan ham bir-
biridan  ajralib  turadilar.  Xalqlarning  wzaro  tafovuti,  umumiyligi  yoki  wxshashligini,  ularning 
wziga xosligi va xususiyatlarini jiddiy wrganishni maxsus fan sohasi «Etnologiya» va «Etnologiya» 
nomi bilan XIX asr wrtalarida iste`molga kirdi. 
«Etnologiya»  atamasi-  yuqorida  qayd  qilinganidek,  qadimgi  yunoncha  «etnos»  (xalq,  elat) 
va «logos» (swz, ma`no) swzlaridan tashkil topgan. Uning asl ma`nosi «xalqshunoslik» deb tarjima 
qilinadi.  Qadimgi  davrlarda  greklar  «etnos»  swzini  boshqa  g`ayri  xalq  (elatlar)ga  nisbatan 
ishlanganlar. Ayrim mamlakatlarda hozirgacha Etnologiya atamasi bilan birga Etnologiya, madaniy 
yoki sotsial antropologiya, xalqshunoslik nomlari ishlatiladi.  
Ba`zi evropalik olimlar Etnologiyani nazariy fan, Etnologiyani esa ta`riflovchi fan sohasi deb 
aytadilar.  Aslida  ikkala  atama  ham  mazmunan  sinonim,  ya`ni  bir  ma`noni  anglatuvchi  tarix  fani 
sohasi desa bwladi.  
XIX  asrlargacha  «Etnologiya»  atamasi  fanda  ba`zan  ayrim  etnografik  jarayonlarni 
tasvirlashda  ishlatilib  kelingan.  Mazkur  atamani  xalqlarni  va  madaniyatlarni  wrganishdagi  yangi 
fan  sohasi  sifatida  birinchi  marta  frantsuz  olimi  Jan  Jak  Amper  ishlatgan.  U  1830-yilda 
«antropologik»,  ya`ni  gumanitar  fanlar  umumiy  klassifikatsiyani  ishlab  chiqqan  va  shu  tizimga 
«Etnologiya»  swzini  kiritgan.  Bu  atama  qisqa  muddatda  keng  tarqalib  mustaqil  fan  sifatida 
tanilgan. 
Rasmiy  ravishda  Etnologiya  mustaqil  fan  sifatida  1839-yili  Parij  Etnologiya  jamiyatiga  asos 
solingan  davrdan  boshlab  tan  olingan.  Albatta,  bunday  holat  yengil,  murosasig`  wtmagan,  yangi 
fanning  predmeti,  maqsad  va  fan  olamida  tutgan  wrni  tevaragida,  jiddiy  ilmiy-nazariy  kurashlar 
bwlib, ayrim ywnalish va maktablarni yuzaga keltirgan.  
Swnggi  vaqtda  taniqli  tadqiqotchilar  Etnologiyani  tarixiy  fan  ekanligini  ta`kidlab,  uni 
jahondagi  barcha  elat  va  xaqlarni,  qoloq  yoki  rivojlangan  bwlishidan  qat`i  nazar,  teng,  baravar 
wrganuvchi  fan  sohasi  deb  tan  oldilar.  XIX  asr  wrtalarida  G`arbiy  Evropa  mamlakatlarida 
Etnologiya  fanining  tez  sur`atlar  bilan  wsishi  mustamlakachilik  siyosatining  keng  miqyosida 
wtkazilishi  bilan  bog`liq  bwlgan.  Mustalakachi  davlatlar  Afroosiyo  wlkalarida  wziga  qaram  qilib 
olgan  wlkalarni  boshqarish  maqsadida  har  tomonlama  xilma-xil  etnografik  ma`lumotlarga  muhtoj 
edilar. Shuning uchun ham bunday ma`lumotlarni faqat Etnologiya etkazib berishi mumkin edi. 
Shuni  ham  alohida  qayd  etish  lozimki,  bu  fan  sohasi  hozirgacha  yagona  ta`rifga  ega  emas. 
Yaqin  davrlargacha  adabiyotlarda  ikki  turdagi  ta`rif  mavjud  edi.  Barcha  entsiklopedik  lug`atlarda 
chop  etilgan  ta`rif  asosan,  mashhur  rus  olimi  S.P.Tolstovning  swzlarini  qaytalagan.  Uning 
yozishicha, «Etnologiya turli jahon xalqlarining madaniy va maishiy hayoti xususiyatlarini asosan, 
bevosita  kuzatish  ywli  bilan  wrganadigan,  mazkur  xususiyatlarning  tarixiy  wzgarishi  va  rivoji, 
xalqlarning  kelib  chiqishi  (etnogenez),  joylashuvi  (etnik  geografik)  va  madaniy-tarixiy  wzaro 
munosabatlari  muammolarini  tadqiq  qiluvchi  tarixiy  fan»dir.  M.G.Levin,  S.A.Tokarev, 
Yu.V.Bromley  va  G.E.Markov  kabi  mashhur  etnolog  olimlarning  ikkinchi  turdagi  Etnologiya 
(Etnologiya)  ta`riflari  bir  oz  qisqa  ixcham  bwlsa-da,  ammo  mazmunan  S.P.Tolstov  ta`rifini 
takrorlaydi. 
Har bir fanning wziga xosligi uning tadqiqiy predmeti va uslubi bilan belgilanadi. Etnologiya 
fani  shakllana  boshlagan  davrdan  hozirgacha  mufassal  saqlanib  kelayotgan  mavzu  etnik 
madaniyatlarning wzaro munosabatlarining genezisi muammolari bilan bog`liq bwlgan. 
 Hozirgi  kunda  Etnologiya  fanining  yutuqlari  ijtimoiy  hayotning  turli  ohalarida,  siyosiy, 
iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishda, ommaviy mulohatlar, xalqaro savdo va diplomatik 
munosabatlarni  mustahkamlashda  muhim  rol  wynamoqda.  Demak,  barcha  mavjud  mulohaza  va 
wy-fikrlarni,  kontseptsiya  va  ywnalishlarni  umumiylashtirib  quyidagi  ta`rifni  berish  maqsadga 
muvofiq:  «Etnologiya  –  har  xil  elat  va  xalqlarning  kelib  chiqishi,  etnik  tuzilishi  va  shakllanishi, 
wziga  xos  moddiy  va  ma`naviy  xususiyatlari,  turmush  tarzi,  etnik  tabiati,  xarakteri  va  his-
tuyg`ularini wrganadigan fan sohasidir». 
Etnologiya  fanining  umumilmiy  ahamiyatini  kamsitmay,  uni  umumtarix  fani  tarkibida 
mustaqil  metodologik  (dunyoqarash)  xususiyatiga  ega  ekanligini  alohida  qayd  qilish  lozim. 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə