Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47

 
10 
 
Etnologiya  ayrim  xalq  va  elatlarni  wrganishda  etnik  tarixning  barcha  tomonlari  ijtimoiy  jarayon 
bilan  bog`liq  bwlganligi  tufayli  keng  ma`noda  madaniyat  sohasida  milliy-madaniy  xususiyatlarni 
tarixiy  arxeologik,  iqtisodiy-geografik  tadqiqotlar  wtkazishda  eng  zarur  materiallarni  etkazib 
berishi  mumkin.  Bunday  holat  fanning  boshqa  soha  vakillari  etnologik  tadqiqotlar  natijalaridan 
foydalanib uni qwshimcha (yordamchi) soha sifatida munosabat bildirishlarida kwzatiladi. Swnggi 
yillarda  paydo  bwlgan  etnosotsiologiya,  etnopsixologiya,  etnogeografiya  kabi  egizak  fan 
tarmoqlarining paydo bwlishi bejiz emas. 
Demak,  Etnologiya  zamonaviy  fan  sohasi  sifatida  umumilmiy  va  sotsial  ahamiyatga  ega 
ekanligini qayd qilib, uni  
1)  insoniyot  tarixi  va  ayrim  xalqlarning  etnik  muammolarini  metodologik  jihatdan  mustaqil 
hal qilishga qobil dunyoqarash;  
2)  inson  va  jamiyatni  wrganuvchi  boshqa  ijtimoiy  fanlarga  qwshimcha  materiallar  beruvchi 
ilmiy soha;  
3)  davlatlar  va  hukumat  arboblari  siyosiy  jihatdan  dolzarb  milliy  muammolarni  twg`ri  hal 
qilishda,  irqchilik,  millatchilik  va  shovinizm  kabi  illarlarga  qarshi  kurashda  muhim  asos  bwlib 
xizmat qiladigan fan hisoblanadi. 
Ma`lumki, tarixiylik va tarixiyq-qiyoslash ilmiy dunyoqarashning butun metodologik negizini 
tashkil  qiladi.  Tarixiy  yondashish  har  bir  predmetni,  shu  jumladan,  ayrim  fanni  twg`ri 
tushunishning  birdan-bir  haqqoniy  usuli  sanaladi.  Shu  bois  Etnologiya  fanining  mohiyati  va 
jimiyatda tutgan wrnini belgilash uchun uning tarixiga bir nazar tashlash zarur. 
Etnologiya  fanining    tarixi  va  etnos    nazariyasi:  Har  bir  fan  dastlab  fakt  va  raqamlarni 
twplaydi,  keyin  ularning  mohiyatini  tushunib  olib,  nazariy  xulosalar  chiqaradi.  Etnografik 
bilimlarning wziga xos xususiyati shundaki, ularning paydo bwlishi, zarur ma`lumotlar twplanishi, 
faktlar  anglab  olinishi  bir  vaqtda  sodir  bwladi.  Masalan,  ayrim  qwshni  qabila,  xalq  va  elatlarning 
maishiy  turmushi,  madaniyati,  urf-odatlari,  etnik  xususiyatlarini  wrganish,  ularni  aniq  tushunish 
amaliy  ehtiyojlarni  qondirish  taqozosi  bilan  vujudga  kelgan.  Eng  qadimgi  sharq  mamlakatlarida 
uzoq-yaqin  qwshnilar  bilan  samarali  savdo-sotiq  munosabatlarni  wrnatish,  shuningdek,  ularga 
qarshi  muvaffaqiyatli  urushlar  olib  borish  uchun  ham,  birinchi  navbatda  etnologik  bilimlarga  ega 
bwlish  zarur  edi.  Sharq  mustabidlari,  ayniqsa,  Qadimgi  Bobil,  Ossuriya  va  Eron  hukmdorlari 
wzlarini ulug`lash maqsadida toshga bitirgan zafarnomalarida bosib olingan va bwysundirilgan turli 
elat va xalqlar tilga olinadi. Qadimgi Gretsiya va Rim mualliflarining asarlarida qwshni qabilalar va 
elatlarning  etnik  tuzulishi,  turmushi  va  madaniyati  twg`risida  umumiy  ma`lumotlar  bilan  bir 
qatorda ba`zi nazariy tushunchalar va fikrlar ham keltiriladi. 
Odatda  Etnologiya  (Etnologiya)  mustaqil  fan  sifatida  XIX  asr  wrtalarida  tashkil  topgan,  deb 
hisoblaydilar.  Mazkur  atama  wsha  davrdan  boshlab  ancha  muntazam  ravishda  ishlatila  boshlandi, 
dastlabki  etnografik  ilmiy  jamiyatlar,  maxsus  asarlar  va  twplamlar  paydo  bwldi.  Yangi  fanning 
tashkil  topishida,  shubhasiz,  wsha  darda  tabiiy  fanlarning  gurkirab  wsishi,  ayniqsa,  fanda 
evolyutsiya  g`oyaning  g`alabasi  katta  ahamiyatga  ega  bwldi.  Bu  g`oya  tufayli  tartibsiz  bilimlar, 
barcha xom, tarqoq ma`lumotlar muayyan tartibga solindi va insoniyot tarixining ibtidoiy davrdan 
to yuksak madaniy darajaga kwtarilishi pog`ona aniqlab olish imkoniyati twg`ildi. 
Yozuv  kashf  etilgan  dastlabki  davrdan  boshlab  wqishni  hamda  uzoq  xalq  va  elatlar 
twg`risidagi ma`lumotlarni qadimgi Mirs, Mesopatamiya va Eronda yaxshi bilganlar, qwshni elatlar 
twg`risida  faqat  yozma  manbalardagina  emas,  balki  xalq  og`zaki  ijodida  ham  twg`ilgan  turli 
rivoyatlar  va  afsonalardan  bilib  olganlar.  Mil,  avv.  XX  asrlarda  Misrda  yaratilgan  «Sinuxeta 
sarguzashtlari»,  keyinroq  tosh  va  qabrlarga  bitilgan  zafarnomalar,  Tell-Amarneda  topilgan  arxiv 
hujjatlari,  qadimgi  Shumer  va  Ossuriya  obidalaridagi  yozuvlar,  eron-ahmoniy  podsholari  bittirgan 
jangovar solnomalar tevarak-atrofdagi mamlakatlar aholisi twg`risida nodir ma`lumotlarni bizgacha 
yetkazganlar. 


 
11 
 
Qadimgi  davrga  kelib,  etnografik  bilimlar  kengayib  va  kwpayibgina  qolmay,  madaniyatning 
wsishi bilan umumiy va nazariy xulosalar ham yuzaga keladi. Qadimgi Gretsiya dostonlari «Iliada» 
va  «Odisseya»da  yaqin  qwshni elatlar twg`risida afsonaviy ma`lumotlar  keltirilgan bwlsa, keyingi 
asrlar  davomida  amalgaoshgan  greklarning  «buyukkolonizatsiya»si  (mil.  avv.  VII-V  asrlar)dan 
swng  tevarak-arofdagi  xalqlar  twg`risidagi  bilimlar  doirasi  juda  kengayadi  va  boyiydi.  Xususan, 
ana  shu  davrga  mansub  Gerodotning  noyob  etnologik  ma`lumotlar  bilan  twla  mashhur  9  jilddan 
iborat bwlgan tarix kitoblari tadqiqiy xarakterga ega. 
Afinalik  mashhur  tarixchi  Fukidid  asarlarida,  Sokratning  atoqli  shogirdi  Ksenofantning 
«Anabasis» Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Qora dengiz bwylari va Frakiada yashagan xalq va 
elatlar  twg`risida  jula  kwp  etnografik  ma`lumotlar  etgan.  «Iskandarning  yurushlari»  nomli  asarini 
yaratgan Arrian ham makedoniyalik jahongir bosib olgan xalqlar twg`risida batafsil axborot yozib 
qoldirgan. 
Qadimgi  davrning  buyuk  matafakkirlari  –  Aflotun  va  Arastu  asarlarida  afsonaviy  Atlantida 
aholisi,  qwshni  xalqlarning  urf-odatlari,  elatlar  ruhiyati,  rasm-udumlari  va  davlat  tuzumiga  ta`siri 
twg`risida  ma`lumotlar,  nazariy  mulohazalar  uchraydi.  Qadimgi  Elladaning  ajoyib  faylasufi 
materialist  Demokrit  asarlarida  jahon  adabiyotida  birinchi  marta  insoniyot  urug`ining  yarim 
hayvoniy,  vaqshiy  holatdan  wz  mehnati  va  idroki  tuvayli  madaniy  hayot  tarziga  wtish  jarayoni 
tasvirlangan.  Tibbiyot  fanining  otasi,  mashhur  olim  va  shifokor  Gippokrat  etnologik  dalillarga 
tayanib xalqlarning urf-odatlari, milliy ruhiyati, xarakteri va tafovuti tabiiy-geografik sharoit bilan 
bog`liqligi twg`risidagi dastlabki ilmiy mulohazalarni ilgari surgan. 
Jahon  tsivilizatsiyasida  beqiyos  wrin  twtgan  qadimgi  Rim  mutafakkirlarining  asarlarida  ham 
muhim  etnologik  ma`lumotlar,  qimmatbaho  mulohazalar,  nazariy  fikrlar  mavjud.  Ayniqsa, 
Korneliy  Tatsit,  Lukretsiya  Karlar  qadimgi  germanlar  va  keltlar,  sarmatlar  va  skiflarning  turmush 
tarzi,  siyosi  va  harbiy  tuzumi,  ijtimoiy  va  oilaviy  hayoti,  mashg`uloti,  uylari,  kiyimlari,  axloqi  va 
tarbiyasi,  taomi  va  wyinlari  twg`risida  ajoyib  ma`lumotlar  yozib  qoldirganlar.  Tatsit  chirib 
borayotgan  Rim  davlatining  axloqiy  inqiroziga  «yavvoyi  odam»  (germanlar)ning  qwpol  va 
qashshoh, ammo sog`lom va pok turmush tarzini qarama-qarshi qwyadi. Muarrix shoir Lukretsiya 
Kar  «Buyumlar  tabiati  twg`risida»  nomli  asarida  hayotning  rivojlanishi,  odamning  paydo  bwlishi 
va uning madaniy wsishi twg`risida umumiy fikrlar yuritadi. 
Faqatgina  sharq  mamlakatlarida  Vizantiya  mualliflari,  arab  xalifatligi  tarkibidagi  wlkalarda 
yashagan  mutafakkirlar  va  sayyohlar  yaratgan  asarlarda  ba`zi  ma`lumotlar  saqlanib  qolgan  xolos. 
Prokopiy  Kesariyskiy,  Gotlik  Iordan,  Anna  Komina  kabi  mashhur  tarixchilarning  risolalarida, 
Titmar,  Adam  Bremenskiy,  Gelmold  kabi  nemis  cherkov  yozuvchilarining  solnomalarida  qwshni 
qabilalar twg`risida etnologik lavhalar uchraydi. 
IX-XII  asrlarda  arab  tilida  ijod  qilgan  sharq  mualiflaridan  ibn  Xurdodbek,  Al-Balxiy,  Al-
Istahriy,  ibn  Havqal,  Mas`udiy,  Yaqut  singari  yirik  geograf  va  sayyohatchilar,  ajoyib  faylasuf  va 
musiqashunos  Abu  Nasr  Farobiy,  mashhur  entsiklopedist  olim  Abu  Rayhon  Beruniy  (ayniqsa, 
uning  «Hindiston»  asari)  va  buyuk  tabib  ibn  Sino,  atoqli  etnolog,  geograf  va  tarixchi  Abu  Sa`d 
Abdukarim,  ibn  Muhammad  Sa`moniy  asarlarida  hamda  noma`lum  muallif  yaratgan  «Hudud  ul-
olam»  nomli  risolada  Sharq  mamlakatlarida,  jumladan,  Markaziy  Osiyoda  yashagan  aholi 
twg`risida noyob etnologik ma`lumotlar aks etgan. 
Shuningdek,  XI  asrda  yashab  ijod  etgan  ulug`  tilshunos  olim  Mahmud  Qashg`ariyning 
«Devonu  lug`atit  turk»  («Turkiy  swzlar  devoni»)  asarida  har  bir  shahar  va  qishloq  aholisining 
turmushi,  etnik  tarkibi  va  til  xususiyatlari  maxsus  wrganilgan,  juda  kwp  turkiy  qabilalarning 
ijtimoiy  tuzumi,  kelib  chiqishi  va  wrnashishi,  hatto  har  bir  qabilaga  oid  geografik  mavqulari 
belgilanib, wz davriga mos ilmiy xarita tuzilgan. 
Plano Karpini yozib qoldirgan sayohatnomada, undan bir oz keyin (1249-1251) xuddi shu ywl 
v  shu  maqsad  bilan  safar  qilgan  uning  vatandoshi  Vigelm  Rubruk  asarida  ba`zi  tarixiy-etnografik 
ma`lumotlar  uchraydi.  Buyuk  venetsiyalik  sayohatchi  Marko  Polo  ham  Rim  papalarining 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə