Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47

 
112 
 
teokratik  davlatlari,  Ruanda,  Buganda,  Burundi)  va  qabilaviy  ittifoqlar  (zulu,  matabele)  paydo 
bwlgan edi. 
Demak,  Afrika  xalqlari  qadimiy  davrlardan  to  hozirgacha  ijtimoiy  taraqqiyotdan  chekkada 
qolmay, tadrijiy rivojlanishda bwlganlar.  Ammo keyinchalik ijtimoiy-iqtisodiy ancha orqada qolb 
ketishiga mustamlakachilarning zulm va ta`qibga qurilgan siyosati, qul savdosi va quldorlik sabab 
bwlgan.  Ayrim  mamlakatlarning  va  elatlarning  ibtidoiy  va  ilk  feodalizm  darajasida  saqlanib 
qolishida  boshqa  wlkalardagi  singari  ob`ektiv  v  sub`ektiv  omillar  ham  ta`sir  qilgan.  Mustamlaka 
arafasida  Afrika  xalqlari  turli  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  darajasida  turganlar,  yuksak  madaniyat 
yaratgan  yirik davlatlar  bilan bir qatorda, hali ibtidoiy-jamoa tuzumi munosabatlari kuchli bwlgan 
qabilalar ham mavjud edi. 
Afrika qit`asini mustamlakachilar tomonidan bosib olinishi XV asr oxirlaridan boshlanadi. Bu 
davrda kelgindi evropaliklar bilan mahalliy aholi wrtasida madaniy tafovut uncha sezilmagan. Eng 
fojiali  voqealar  keyingi  asrdan  boshlangan.  Dastlabki  sarmoya  jamg`arish  natijasida  XVI  asr 
boshlarida  keng  miqyosda  avj  olgan  qul  savdosi  G`arbiy  va  Janubiy  Afrika  xalqlarining  tarixiy 
taraqqiyotini  twxtatibgina  qolmay,  balki  bir  necha  asrlar  orqaga  itqitib  tashlagan  edi.  Avval 
portugaliyaliklar, keyin Angliya, Gollandiya va Frantsiya qit`a wlkalarining ochiqdan-ochiq barcha 
boyliklarining  yirtqichlarcha  talon-taroj  qilganlar,  og`ir  soliqlar  solganlar  va  minglab  kishilarni 
zwrlab  olib  ketib,  qul  qilib  sotganlar.  Ayrim  wlkalarda,  ayniqsa,  Gvineya  sohillarida,  Kongo  quyi 
oqimida  va  Angolada  qul  savdosi  natijasida  aholisi  kamayib,  xwjaligi  va  siyosiy-iqtisodiy  hayoti 
turg`unlik  va  vayronalikka  mahkum  qilingan,  ba`zi  obod  wlkalar  butunlay  xarobaga  aylangan. 
Quldorlik  tufayli  vafot  etgan  va  Amerikaga  olib  kelingan  kishilarning  soni  100  mln.dan  ortiq 
bwlgan. Qit`adagi mustamlakachiliklarga qarshi urushlar, chiki ziddiyat va kurashlar ham minglab 
afrikaliklarning  yostig`ini  quritgan  va  ilgari  gullab  yotgan  qudratli  davlatlarning  inqirozini 
kuchaytirgan  edi.  Mazkur  hodisalar  Afrika  xalqlarining  Evropadan  madaniy  jihatdan  orqada 
qolishining asosiy sabablaridir. 
Chidab  bwlmaydigan  jabr-zulm  va  talon-taroj  keltirgan  mustamlakachilik  siyosatiga  qarshi 
ozodlik  va  mustaqillik  uchun  kurashga  wtgan  Afrika  xalqlari,  ayniqsa,  ikkinchi  jahon  urushidan 
keyin  juda  katta  muvaffaqiyatlarni  qwlga  kiritib,  wz  taqdirlarini  qwllariga  ola  boshlagan.  Hozir 
qit`aning kwpchilik qismi mustaqil va ozod davlatlardan iborat. 
Afrika  qit`asining  etnik  tuzilishini  bir  necha  tarixiy-madaniy  viloyatlarga  bwlib  wrganiladi. 
Ular  keng  hududlarda  jiylashgan,  ammo  etnografik  jihatdan  umumiy  birlikka  ega  bwlgan 
mintaqalardan  iborat.  Swnggi  klassifikatsiyaga  asoslanib  butun  qit`a  aholisi  tabiiy  sharoiti,  etnik 
qiyofasi,  tarixiy  taqdiri  va  ijtimoiy-iqtisodiy  darajasi  jihatdan  Shimoliy  Afrika,  G`arbiy  va 
Markaziy Afrika, Sharqiy va Janubiy Afrika xalqlariga bwlingan. 
Afrikaliklarning  ijtimoiy  turmushi:  Janubiy  Afrika  bantu  xalqlarining  an`naviy  xwjaligi 
chorvachilik  va  chovqi  dehqonchiligi.  Qwshimcha  ovchilik  va  terimchilik  bilan  ham 
shug`ullanganlar.  Avchilarning  asosiy  qurollari  otiladigan  nayza,  bolta,  choqmor,  wq-yoydan 
iborat,  ovda  tuzoq  va  pistirma  ham  ishlatgan.  Barcha  bantu  xalqlari  temir  va  miss  eritish,  metall-
qurol,  aslaha  va  bezaklar  yashash  san`atini  egallagan.  Temirchilik  eng  hurmatli  kasb  hisoblangan. 
Charxsiz ajoyib sopol idishlar yasab, wtda kuydirib, qizil bwyyoq bilan naqsh berilgan va  siyqalab 
yaltiratilgan. 
 Twqimachilikni  bilmasa  ham  bantular  terilarga  yaxshi  ishlov  berib  kiyim  tikkanlar.  Ular 
antilopa  (ohu),  shag`al,  zodagonlar  esa  sher  va  qoplon  terisidan  Pwstin  (kaross)  tikib  kiyganlar. 
Erkaklar teri belbog`cha, ayollar bara terisidan etakcha bog`laganlar. Zulu ayollari erga chiqqanda 
sochini  chwqqaytirib  wrab,  qizil  ranga  bwyaydi,  ndebala  ayllari  esa  aksincha,  sochini  onda-sonda 
qirqib,  bir-ikki  kokil  qoldiradi.  Ponda  xalqining  ayollari  sochlarini  juda  murakkab  qilib  wraydi. 
Butun  bantu  xalqlarida  turli  munchoqlar,  kouri  chig`onog`i,  miss  yoki  temir  uzuk  taqish  keng 
tarqalgan. Munchoqlardan har xil shoda, etakcha, dekorativ bezaklar yasaganlar va ayollar wrtasida 
mehnat  taqsim  qilingan.  Erkaklar  chorvachilik,  ovchilik,  metall  buyumlar  yasash,  yog`och 


 
113 
 
wymakorligi  bilan  shug`ullanganlar.  Ayollar  dehqonchilik  (er  kavlash  erkakka  yuklangan), 
terimchilik, kulolchilik, uy xwjaligi, chipta twqish kabilar bilan shug`ullanganlar. 
Butun  bantu  aholisi  Afrikada  keng  tarqalgan  doira  (qwra)  shaklida  qurilgan  qishloqlar 
(kraal)da  kata  patriarxal  oila  bwlib  yashaganlar.  Zulus  va  kosa  xalqlarida  ota  urug`ining  klassik 
namunasi  swnggi  davrlargacha  saqlangan  bwlib,  katta  oila  jamiyatning  iqtisodiy  hujayrasi 
hisoblangan. Har bir qabila bir necha urug`larga  bwlingan oqsoqol tomonidan boshqarilgan. Yirik 
shoxli  mol  katta  patriarxal  oilaning  mulki  hisoblangan.  Nikohda  qora  moldan  qalin  twlangan. 
Kuyovbola qalin twlashga urug`doshlaridan mol twplagan. Bantu xalqlarida, umuman asosiy boylik 
shoxli  mol  hisoblangan.  Ularda  sut  mahsuloti  ishlatilgan  gwshtni  kam  iste`mol  qilganlar. 
Guttentotlarda  chorvachilik  bilan  ovchilik  birga  olib  borilgan,  bushmenlar  esa  ovchilik  va 
terimchilik  bilan  shug`ullanganlar.  Guttentotlarning  uylari  egilgan  daraxt  navdalaridan  gumbaz 
shaklida  qurilib,  ularning  usti  terilar  bilan  qoplangan  yoki  loy  bilan  suvalgan  kulbalardan  iborat. 
Ularning ov qurollari metall uchli nayza, wq-yoy, uzun chwqmor («kirri») bwlgan. Janubiy Afrika 
bantu  xalqlarining  uylari  doira  shaklida  chwqqaygan  tomli  qamish  yoki  somon  bilan  yopilgan, 
doira qilib tizilgan bwlib mol qwrasi vazifasini bajaradi. Zulu xalqlarida sharga wxshash ustunlarga 
wrnatilgan  twqima  uylarning  tashqarii  va  ichkarisi  loy  bilan  urilgan.  Soto  xalqida  esa  turli  xilda: 
konus  tomli,  tuxum  shaklida  yoki  twg`riburchakli  ikki  yoki  twrt  nishabli.  Tog`li  joylarda  uylar 
toshdan yoki guvaladan tiklanib ba`zan bezak berilgan. Ayniqsa, ndebela xalqida tuxumsimon uylar 
bir-birlari  bilan  naqsh  berilgan  gumbazli  va  ustunli  devorlar  orqali  yopishgan,  devorlari  qora, 
kulrang,  qizil,  sariq  va  kwk  rangli  geometrik  ornamentlar  bilan  bezatilgan.  Uy-rwzg`or  buyumlari 
yog`och  va  sut  saqlaydigan  yog`och  idishlar,  qovoqdan  ishlangan  suvdonlar,  don  va  gwsht 
soladigan savatlar, yerga twshaladigan chipta va bhyralardan iborat. 
Xalq  ijodi,  badiiy  hunarmandchilik  ancha  rivojlangan.  Janubiy  Afrika  bantulari  chiroyli 
chwzma  usulda  sopol  buyumlar,  wyma  naqshli  yog`och  idishlar,  hwkiz  qwshiladigan  ayrishohli 
yag`ochdan  yasalgan  chanalar,  temir  uchli  nayza  va  boshqa  qurollar  ishlab  chiqarganlar.  Jwshqin 
raqs  va  kuylar  ularning  eng  sevimli  tomoshalari,  barcha  tantana  va  marosimlarning  eng  muhim 
qismidir. Musiqa asboblari turli xilda, ammo katta-kichik nog`oralar («marimbo», «ngoma») doimo 
jwr  bwlgan,  yog`och,  shox  yoki  qamishdan  yasalgan  surnay  va  naylar,  kamonchali  asboblar  ... 
Yomg`ir  yog`dirish  marosimida  bantu  xalqlarida  wyin-kulgi,  raqs  ashulalar  bilan  birga,  qora  qwy 
yoki  buzoq  qurbonlikka  swyilishi  shart  bwlgan  bushmenlar  beshinchi  chigirtkaga  sig`inadilar 
(totemizm). 
Janubiy  Afrika  xalqlarining  eng  qadimiy  madaniyatidan  qoyalarga  rasm  chizish  hozirgacha 
saqlangan.  Fil,  karkidon,  ilon,  qwkiz,  jirafa  kabi  hayvonlar,  ov  marosimi  va  urush  manzaralari 
bushmen  rasmlarida  tasvirlangan.  Bwyoqlar,  mineral  rang  va  kwmirga,  mol  yog`i  aralashtirib 
ishlangan.  Keyingi  qoya  rasmlarida  yelkanli  kemalar,  miltiqli  shlyapa  kiygan  yevropaliklar  ham 
tasivrlangan.  Guttentot,  geror  va  ovambo  xaoqlarining  qoya  rasmlari  ham  chuqur  realistik  va 
ta`sirchanligi  bilan  ajralib  turadi.  Ayrim  qabilalarda  chiroyli  bezatilgan  niqob  yasash  san`ati 
saqlangan. 
Jahonda  Namibiya  qorakwl  terisi  ishlab  chiqarishda  birinchi  wrinda  turadi  (har  yili  2,5-3,5 
mln.  dona  eksport  qilinadi).  Ularda  angor  echkisi  oliy  darajadagi  moxer  junini  beradi.  Qorakwl 
qwylari  aslida  1907-yili  nemislar  tomonidan  keltirilib  kwpaytirilgan.  Mamlakatda  2,8  mln.  qora 
mol, 5 mln. qwy va 2 mln. echki bor. Eksportning aksariyat qismi JARga jwnatiladi. 
Umuman  olganda,  bushmenlarning  soni  50  ming  kishidan  iborat,  shulardan  33  minggi 
Botsvana  davlatida  yashaydi.  Mustaqillikka  erishgan  Botsvana  respublikasi  bushmenlarni 
mamlakatning teng huquqli fiqarolari deb e`lon qilgan. Ularning bir oz qismi wtroq holatga wtgan. 
Ammo  kwpchiligi  hali  ham  Kalaxari  chwllarida  yashamoqda.  Wtroq  holatda  yashayotgan 
chorvachilik bilan shug`ullanuvchi tevana xalqi (mamlakatning 90 foiz aholisini tashkil qiladi) suv 
havzalari  bwyida,  bir  necha  yuz  hovlini  qishloqlarda  joylashgan.  Ularning  oilasida  odatda  8-10 
bola,  bushmenlarda  esa  2-3  bola  bwladi.  Bushmenlar  og`ir  sharoitda  yashasa-da  bolalarini  uch 
yoshgacha emizadi. Moddiy va ma`naviy turmushi qwshni bantu xalqlariga ancha yaqin. 


 
114 
 
Hozir  Madagaskarda  yashovchi  aholining  80  foizi  qishloq  xwjaligida  band.  Bunday 
xwjaliklarda  eksport  bop  tovar  mahsulotlari  (vanil,  qalampir,  shakarqamish)  etishtirilgan.  Eksport 
mahsulotlarini  yirik  plantatsion  xwjaliklarda  ham  ishlab  chiqaradilar.  Hozirgacha  saqlanib  kelgan 
an`naviy  qishloq  jamoasi  (fukunuluna)  iqtisodiy  hayotda  muhim  rol  wynamoqda.  Ijtimoiy 
munosabatlarni  boshqarishda  hududiy  tashkilot  vazifasini  bajaruvchi    fukulunulalarga  saylangan 
umumiy kengash 5 yilgacha mahalliy oliy hokimiyat rolini ado etadi. 
Asosiy  oziq-ovqat  mahsuloti  sholikorlik  bwlib,  butun  sug`oriladigan    erning  95  foizini 
egallagan. Sholi kwchatlarini kichik polizlarda etkazib, keyin dalalarga ekadilar. Ekinzorlarga suvni 
kanallar, kichik platinalar orqali yetkazib beradilar. Ba`zan  yomg`ir suvlarini ham twg`onlar qurib 
ekinga  ishlatadilar.  Odatda,  botqoq  holatiga  kelgan  dalalarga  zebu  (wrkachli  afrika  qwkizi) 
podasini yuborib, tepkilangan tuproqqa urug` sepadilar.  
Orolning  janubi-sharqiy  qismida  hozirgacha  wrmon  (changalzor)larni  chopib  quritib 
kuydirilgan kuli tuproqqa ekin ekadilar. Erga uzun dastali bukilgan temir uchli chopqi bilan ishlov 
beriladi.  Sholini  yilning  oxirida,  yomg`ir  kwp  yog`adigan  paytda  ekib  aprelda    yig`im-terim 
boshlanadi.  Hosilni  qwlga  yig`ib  olib,  toshga  urib  yoki  mol  yuborib  xirmonda  yanchilanadi. 
Odatda,  kuydirilgan  erga  ikki  yil  ekin  ekiladi,  keyin  8-10  yil  partav  qilib  qoldiriladi,  yangi  er 
ochiladi. 
Janubi-g`arbiy dahalarda makkajwxori, vodiylarda kartoshka, lobiya, jwxori, manioka, banan, 
sabzavot,  mevali  daraxtlar  ham  ekiladi,  asalari  va  pilla  yetishtiriladi.  Markaziy  adirlarda,  shimoli-
sharqiy  sohillarda  kofe,  vanil,  qalampir,  yog`li  ekinlar,  shakarqamish  kabi  tovar  mahsulotlari 
ekiladi.  Chorva  hududlarida  esa  yirik  shoxli  mol-zebu,  chwchqa,  echki,  turli  parranda  boqib 
yetishtiriladi.  Madagaskarni  ba`zan  «zebu  oroli»  deb  ataydilar,  chunki  bu  yerda  10  mln.ga  yaqin 
zebu  boqiladi.  Ammo  chorva  boylikni  belgilovchi  soha  bwlsa-da  asosiy  rolni  wynamaydi,  mol 
gwshti kam ishlatiladi, faqat twy va boshqa marosimlarda swyiladi. 
Aholining  kwpchilik  qismi  (90  foiz)  qishloqlarda  yashaydi.  Uylari  twg`ri  burchakli, 
qamishdan  nishabli,  toplari  palma  yaproqlari  bilan  yopilgan,  devorlari  qamishdan  twqilib  loy 
suvalgan. Markaziy tog`li joylarda toshdan va g`ishtdan qurilgan jihozlar, yog`ochdan wyma naqsh 
berilgan  mebellar,  chiroyli  twqilgan  chipta  va  bwyralar,  chipta  dasturxon  va  salfetkalar,  turli 
gaqshli  yog`och idishlar, haykalchalarni kwrish mumkin. Milliy kiyimlardan oq  yoki gulli chitdan 
boshdan  oyoq  wrama  qilib  kiyiladigan  lamba  keng  tarqalgan.  Qizil  ipakdan  bichilgan  lamba  kishi 
wlganda kafan vazifasini bajargan. 
Madagaskar  aholisining  yarmidan  kwpi  (54  foizi)  mahalliy  an`naviy  dinlarga,  ayniqsa, 
ajdodlarga  sig`inish  ibodatiga  amal  qiladilar.  Odamning  hayoti  twg`ilishidan  to  wlimigacha  urug` 
iborati  marosimlari  va  odatlari  bilan  twla,  hosil  twplash  va  molnii  bolalashi  ham  turli  urf-odatlar 
bilan nishonlanadi. Malagasiylarning turmushida daft qilish va xotirlash marosimlari alohida wrinni 
egallaydi.  
Xotir marosimlarida musiqa, ritual raqslar, miltiq otishlar, kata xarajatli xudoyilar va haftalab 
davom  qiladigan  ziyofatlar  juda  keng  tarqalgan.  Ayniqsa,  qabr  ustiga  qwyiladigan  yodgorlik 
ustunlari chiroyli wrnatiladi, wyma naqshlar va  qwkiz shoxlari bilan bezatiladi. Qarindoshlarni daft 
qilish  va  qabrlariga  qarab  xotirlash  eng  muhim  odatlardan  hisoblanadi.  Shuning  uchun  sohil 
aholisida qabristonlarni obodonlashtirish, dabdabali sag`ana tiklash, qimmatbaho haykallar qwyish 
keng tarqalgan. Malagasiylar wlimni hayotning davomi deb tasavvur qiladilar. Orol aholisining 41 
foiz qismi nasroniy diniga wtgan bwlsada, asl qadimiy an`naviy marosimlar va urf-odatlarga amal 
qiladilar. Ularning tasavvurida ajdodlarning arvohlari ular bilan birga uyda  yashaydi, avlodlarning 
turmushi,  xwjalikda,  kundalik  hayotida  va  diniy  marosimlarida  an`naviy  udumlarga  rioya 
qilishlarini  kuzatadilar.  Taxminan  10%  malagasiyalar  sunna  mazhabidagi  islom  diniga,  ozgina 
qismi esa shia mazhabiga itoat qiladilar. 
Malagasiylarning  tasviriy  san`ati  amaliy  xarakterga  ega  bwlib,  tosh  yoki  yag`och 
wymakorligi,  sopol  idishlari  va  gazlamadagi  tasvirlar,  chipta  va  savatlardagi  naqshlardan  iborat. 


 
115 
 
Ba`zan  motam  munosabati  bilan  ikki-uch  kun  tinmay  bambukdan  yasalgan  noyob  nohinli  torli 
asbob,  nog`ora  va  naylar  ovozi  ansambli  ijrosida  yangrab  turadi.  Og`zaki  ijod  ham  ancha 
rivojlangan. 
Afrika  xalqlari  qadimiy  davrlardan  to  hozirgacha  ijtimoiy  taraqqiyotdan  chekkada  qolmay, 
doymiy  rivojlanishda  bwlganlar.    Mustamlaka  arafasida  Afrika  xalqlari  turli  ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot  darajasida  turganlar,  yuksak  madaniyat  yaratgan  yirik  davlatlar  bilan  bir  qatorda,  hali 
ibtidoiy-jamoa tuzumi munosabatlari kuchli bwlgan qabilalar ham mavjud edi. 
Afrika,  arab  va  hind  madaniyatlarining  kwp  asrlik  yaqin  aloqalari  va  aralashmasida  paydo 
bwlgan  yorqin  va  original  suaxili  madaniyati  umumjahon  mohiyatga  ega  bwlgan  va  juda  kwp 
etnoslarga mansur tushgan madaniyatga aylangan. 
 Uy  qurilishida,  kiyimlari,  badiiy  hunarmandchilik  mahsulotlarida,  ma`naviy  hayotida 
nihoyatda gwzal va rang-barang wziga xos xususiyatlarni saqlab kelgan. Keniya xalqlarining sohil 
qismi  aholisi  hozirgacha  zargarlik,  misrgarlik,  yag`och  va  suyak  wymakorligi  san`ati  an`nalarini 
davom  ettirmoqdalar.  Suaxilliklarning  oq  xalat  (galabey)lari,  kumush  bilan  kashtalangan  chiroyli 
dwppilari, ayollarning quyuq kwk, wziga xos parda va shoyshablari, turli taomlari sharqiy-janubiy 
sohil aholisi orasida keng tarqalgan. 
Tanzaniyada 
mahalliy 
bantu 
xalqlarining 
wtroq 
dehqonchilik 
madaniyati 
bilan 
hunarmandchilik  va  sohillardagi  suaxili  savdogarlarining  madaniy  an`nalari  qadimiy  davrlardan 
aralashib shakllanib kelgan. 
 Malagasiylarning  tasviriy  san`ati  amaliy  xarakterga  ega  bwlib,  tosh  yoki  yag`och 
wymakorligi,  sopol  idishlari  va  gazlamadagi  tasvirlar,  chipta  va  savatlardagi  naqshlardan  iborat. 
Ba`zan  motam  munosabati  bilan  ikki-uch  kun  tinmay  bambukdan  yasalgan  noyob  nohinli  torli 
asbob,  nog`ora  va  naylar  ovozi  ansambli  ijrosida  yangrab  turadi.  Og`zaki  ijod  ham  ancha 
rivojlangan.  Janubiy  Afrika  xalqlarining  eng  qadimiy  madaniyatidan  qoyalarga  rasm  chizish 
hozirgacha  saqlangan.  Fil,  karkidon,  ilon,  qwkiz,  jirafa  kabi  hayvonlar,  ov  marosimi  va  urush 
manzaralari bushmen rasmlarida tasvirlangan.  
Jahonda  Namibiya  qorakwl  terisi  ishlab  chiqarishda  birinchi  wrinda  turadi  (har  yili  2,5-3,5 
mln.  dona  eksport  qilinadi).  Ularda  angor  echkisi  oliy  darajadagi  moxer  junini  beradi.  Qorakwl 
qwylari  aslida  1907-yili  nemislar  tomonidan  keltirilib  kwpaytirilgan.  Mamlakatda  2,8  mln.  qora 
mol, 5 mln. qwy va 2 mln. echki bor. Eksportning aksariyat qismi JARga jwnatiladi. 
Hunarmandchilik  nihoyatda  rivojlangan.  Temir  buyumlar  ishlab  chiqarish,  zargarlik  birinchi 
wrinda  turadi.  Qadimiy  davrlardan  efioplar  temir  mahsulotlari,  bilaguzuk,  sirg`a  va  boshqa  turli 
bezaklarni nozik naqshlar bilan ishlab chiqqanlar. Hatto kiyimlar, metall, ayniqsa, oltin va kumush 
buyumlar  qammatbaho  toshlar  bilan  bezatilgan.  Wsimlik  naqshlari  qadimiy  qwlyozmalarda  ham 
ishlatilgan. 
Hozir  g`arbiy  va  Markaziy  Afrikaning  iqtisodiy  taraqqiyotida  qazilma  boyliklarning  kwpligi 
muhim  ahamiyatga  ega.  Yaqin  davrgarcha  bu  erda  og`ir  sanoat  bwlmagan.  Mustaqillikka 
erishilgandan  keyin,  ayniqsa,  yirik  port  shaharlarida  asta-sekin  sanoat  korxonalari  paydo  bwla 
boshladi.  Markaziy  Afrikada  yog`och  ishlab  chiqarish,  twqimachilik,  oziq-ovqat  sanoati  sohalari 
ham  rivojlangan.  Og`ir  sanoatning  asosiy  mahsulotlari  eksportga  ishlaydi.  Mustamlaka  arafasida 
Afrika  xalqlari  turli  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  darajasida  turganlar,  yuksak  madaniyat  yaratgan 
yirik davlatlar bilan bir qatorda, hali ibtidoiy-jamoa tuzumi munosabatlari kuchli bwlgan qabilalar 
ham mavjud edi. 
Ammo  Afrika  xalqlari  uzlarining  necha  asrlik  mustamlaka  tuzimida  bulishiga  qaromasdan 
mustaqil  taraqqiyot  ywliga  wtib  katta  yutuqlarga  erishaolganlar  va  jaxon  tsivilizatsiyasining  eng 
qadimgi uchoqlaridan biri ekanligini sifatlayoldi.
 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə