Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47

 
12 
 
topshirig`i  bilan  yil  sayohatlarda  bwladi,  bir  necha  mahalliy  tillarni  wrganadi,  wz  vataniga 
qaytishda neuyaliklar tomonidan asir olinadi va qamoqda wzining manbalarga boy sayohatnomasini 
yaratadi. 
Bu  davrda  yashab,  ijod  qilgan  Sharqning  buyuk  mutaffakir  tarixchisi  Rashididdinni  (1247-
1318)  alohida  qayd  qilib  wtish  lozim.  Uning  ajoyib  solnomalar  twplamida  turk  va  mwg`ul 
qabilalari haqida juda qimmatli tarixiy-etnografik ma`lumotlar mavjud. 
Temuriylar  davriga  oid  qiziqarli  etnologik  lavhalarni  ispan  elchisi  Gonzales  de  Klavixo 
asarida,  rus  solnomalarida,  Nizomiddin  Shomiy,  Abdurazzod  Samarqandiy  va  boshqa  ulug` 
ajdodlarimiz asarlarida uchratish mumkin. 
Temur  davlati,  Movarounnahr  va  qwshni  mamlakatlarning  siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy 
hayotini  har  tomonlama  mukammal  tasvirlagan  Zahiriddin  Muhammad  Boburning  tengiz  asari  – 
«Boburnoma» alohida diqqatga sazovordur. Bu asar wnlab Evropa tillariga tarjima qilingan. Buyuk 
wzbek shoiri, yirik davlat arbobi Bobur kwp wlkalarni zabn etgan, boshidan wtgan voqealarni, wzi 
boshqargan  yoki  wrgangan  wlkalar  tarixi,  iqlimi,  yashash  tarzi,  madaniyati  xususida  atroflicha 
twxtalib, qimmatbaho tarixiy-etnografik manbalarni yozib qoldirgan. 
XVI  asrda  barcha  tarqoq  ma`lumotlarni  yig`ib,  hindilarni  birinchi  bor  muntazam  ravishda 
tasvirlagan  italiyalik  insonparvar  yozuvchi  Petro  Matir,  meksikalik  darvish  olim  Bernardino  de 
Saagun,  episkoplar  Bartolome  de  Las  Kasas  va  Diyego  de  Landa  asarlari  diqqatga  sazovordir. 
Wsha  davrda  yashab  ijod  qilgan  frantsuz  faylasufi  va  publitsisti  Mishel  Monten  «Tajribalar» 
asarida,  keyinchalik  XVII  asr  –  «ma`rifat  asri»da  paydo  bwlgan  buyuk  mutafakkirlar  –  italyan 
Viko,  ingliz  Furgyusson,  frantsuzlar  Russo,  Didro,  Monteske,  Volter,  Kondorse  asarlarida 
insoniyatning  tabiiy  taraqqiyoti  tasivrlangan,  ibtidoiy  bolalik  davri  «saxiy  vahshiy»lar  yoki  «oltin 
asr»  deb  ta`riflanib,  uni  asoslashda  etnologik  ma`lumotlardan  keng  foydalanilgan.  Ibtidoiy 
jamiyatni  ideallashtirish  atoqli  ma`rifatchilar  Jan  Jak  Russo  va  Deni  Didro  asarlarida  fantastik 
ravishda aks ettirilgan. 
860-1870-yillarda yangi fan – Etnologiya bilan bog`liq ravishda paydo bwlgan turli jamiyatlar 
va  jurnallar  bilan  bir  qatorda  har  xil  kasbdagi  kishilar  tomonidan  yaratilgan  (keyinchalik,  klassik 
asarlar  deb  tanilgan)  ajoyib  tadqiqotlar  Etnologiya  ilm  sohasi  ekanligini  twliq  tasdiqladi.  Atoqli 
tadqiqotchilardan germaniyalik Adolf Vastion, Teodor Vays, Yulius Lippert, Genrix Shurs kabilar, 
angliyalik Djon Furgyusson, Mak Lennan, Jon Lyubbok, Gerbert Spenser, Eduard Teylor, frantsuz 
Charl  Leterpo,  amerikalik  Lyus  Genri  Morgan  kabilarning  kwp  jildlik  asarlari  Etnologiya  fani 
qonuniy ravishda twg`ilganligini isbotlovchi dalillar edi. 
Turli  xalqlarni,  ayniqsa,  Evropadan  tashqaridagi  elatlarni  wrganish  amaliy  ehtiyojlar  uchun 
ham  zarur  bwlgan.  XIX  asr  boshlariga  kelib,  Evropaning  eng  qudratli  davlatlari  wzlarining  katta 
mustamlakalarini boshqarish uchun u erda yashovchi xalqlarning maishiy turmushi va madaniyatini 
bilishga muhtoj edi. 
 Demak,  dastlab  Etnologiya  Evropaning  yirik  mustamlakachi  mamlakatlariga  xizmat 
qiladigan  vosita  sifatida  qoloq,  ya`ni  hali  wz  davlatiga  ega  bwlmagan  xalqlarni  wrganuvchi  fan 
shaklida  paydo  bwlgan.  Shu  holatda  XX  asrning  birinchi  wn  yillilarigacha  davom  etgan  va  keyin 
etnoslar  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojidan  qat`i  nazar  wziga  xos  kishilar  birligi  twg`risidagi 
tasvvurlarning yuzaga kelishi bilan Etnologiya faniga munosabat wzgardi. U metodologik jihatdan 
jahondagi barcha etnoslarni baravar wrganuvchi ilmiy soha deb tanildi. 
Xalqlar twg`risidagi bu fanning teran ildizlari 1789-yili Germaniyada ilmiy ywnalish shaklida 
paydo bwlib, noEvropa xalq va madaniyatlarni wrganishni maqsad qilib qwygan. XIX asrning 30-
yillaridan  boshqa  xalqlarni  ham  wrganuvchi  fan  saohasi  sifatida  «Etnologiya»  atamasi  kiritila 
boshlangan.  Shu  bilan  bir  vaqtda  nemis  fanida  yangi  ywnalish  paydo  bwlib,  uni  «Xalqshunoslik» 
deb  nomlashgan,  bu  ywnalish  asosan,  nemis  tilli  xalqlar  va  madaniyatlarni  tadqiq  qiluvchi  fan 
sohasi bwlib hozirgacha saqlanib kelmoqda. 


 
13 
 
AQShda  Etnologiya  Evropaga  nisbatan  bir  oz  keyinroq  rivojlana  boshlagan.  Bu  erda  irqiy 
munosabatlar  jiddiy  bwlganligi  tufayli  Amerika  antropologiyasi  dastlab  jismoniy  antropologiya 
muammolarini,  irqiy  va  madaniy  tafovutlarni  tadqiq  qilgan.  Ushbu  ywnalish  uning  asoschisi  kwp 
qirrali  etnolog  olim  amerikalik  Genri  Lyus  Morgan  tomonidan  belgilangan  edi.  Olim  kwrsatgan 
ywnalish  qoloq  jamiyatlarda  qavmu  qarindoshlik  tizimi,  oila-nikoh  munosabatlari,  insoniyot 
tarixini  davrlashtirish  kabi  muammolar  Amerika  Etnologiyasining  keyingi  rivojiga  kuchli  ta`sir 
qilgan.  XX  asrning  50-yillarida  AQSh  Etnologiyasi  frans  Boas  ijodi  zamirida  ancha  tor  doirada 
tadqiqotlar  wtkazadi,  etnologlar  asosan,  xalqlarning  madaniy  xususiyatlarini  wrgana  boshlaganlar 
va bu ywnalish «madaniy antropologiya» nomi bilan mashhur bwlgan. 
Frantsiyada  Etnologiya  fani  mustamlakachilik  siyositining  tw`sirida  qaram  bwlgan 
xalqlarning  turmush  tarzi,  madaniyati  va  an`analari  twg`risida  batafsil  ma`lumotlarga  muhtojlik 
tufayli  wziga  xos  xususiyatlarda  rivojlangan.  Xalqlar  twg`risidagi  bu  fan  dastlab  Frantsiyada 
«Etnologiya»  nomi  bilan  XIX  asr  oxirlarigacha  saqlangan.  Faqat  XX  asr  boshlarida  tarixiy  va 
nazariy ma`lumotlar kwpayib ketishi natijasida «Etnologiya»ga aylangan. 
Jahon  Etnologiyasi  rivojida  rus  olimlarining  roli  katta.  Etnik  jarayonlarga  qiziqish  XVIII 
asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  dastlab  Rossiyaning  boshqa  xalqlar  bilan  muloqati,  rus 
xalqining  tarixiy  ildizlari  va  madaniyati  xususiyatlari  kabi  muammolarni  wrganish  maqsadida 
yuzaga kelgan. Rossiyada Etnologiya fan sifatida g`arbga nisbatan ilgariroq paydo bwla boshlaydi. 
Ayniqsa,  Rus  geografiya  jamiyati  va  uning  bwlimlari  1846-yilda  tashkil  topgandan  swng 
Etnologiyaning  mavqei  yuksalib  nafaqat  ilmiy,  balki  amaliy  ahamiyatga  ega  tabqoqotlar  wtkazila 
boshlanadi. Mazkur jamiyatlarning ijobiy tomoni shunda ediki, atoqli rus etnografi va sharqshunosi 
S.P.Tolstov  ta`rifi  bilan  aytganda,  ular  «rasmiy»  mohiyatga  ega  bwlmagan  va  hech  vaqt  wzini 
chorizm xizmatiga twliq bag`ishlamay, asosan, ijtimoiy xarakterga ega bwlgan. 
XIX  asrning  40-50-yillari  rus  olimlari  K.M.Ber,  N.I.Nadejdin,  K.D.Kavelin  Etnologiya 
fanining  asosiy  tamoyillarini  belgilab  bergan  edilar.  Bu  tamoyillar  1846-yili  Rus  jamiyatida  «Rus 
xalqini wrganish dasturi» nomi bilan qabul qilingan va shu asosda: 1) buyumlar hayti, 2) tirikchilik 
hayoti; 3) axloqiy hayot va 4) til muammolari – tadqiqot muammosi deb qabul qilingan, shu asosda 
barcha ma`naviy-madaniy masalalar wrganilib kelingan. 
Ma`lumki,  shwrolar  davrida  Etnologiya  fani  adabiylashgan  mafkuraga  tayanib  ish  kwrgan. 
Mazkur yondashish etnik jarayonlarni siyosiy buyurtma asosida wrganishga asoslangan bwlib, uni 
muayyan mafkuraviy qolipga solib qwygan edi. Oqibatda juda kwp etnik muammolar bir yoqlama, 
yuzaki  hal  qilingan.  XX  asrning  70-80-yillariga  kelib  Etnologiya  fanida  atoqli  etnograf 
L.N.Gumilevning  etnogenez  nazariyasi  ustuvor  bwlib,  etnoslarning  kelib  chiqishi  va  rivoji 
mexanizmini wrganish birinchi darajali masalaga aylanadi. Ushbu masala ayni paytda mustaqillikni 
qwlga  kiritgan  mamlakatlar  uchun  wta  dolzarb  mazmun  kasb  etadi.  Chunki  xalqlarning  wzligini 
anglashga intilishi milliy ildizlari va xususiyatlarini chuqur wrganishga kirishishi tabiiy holdir. 
Etnos  va  etniklik  tushunchalari  hozirgi  Etnologiya  fanida  qabul  qilingan  umumiy  tushuncha 
bwlib,  umumiy  hudud  va  til  birligini  belgilovchi  asosiy  omildir.  Mazkur  omillar  etnoslarning 
nafaqat shakllanishida, balki etnogenezida ham hal qiluvchi belgilar hisoblanadi. Ba`zan til birligi u 
yoki bu etnosning nomiga (etnonimi) ham wtadi. Shubhasiz, har bir etnosning shakllanishida uning 
moddiy  va  ma`naviy  madaniyati  hal  qiluvchi  rol  wynashi  mumkin.  Ayniqsa,  etnosning  asrlar 
davmida  shaklanib  kelgan  an`naviy  xwjalishi,  urf-odat  va  marosimlari,  uy-rwzg`or  buyumlari, 
kiyim-kechak, xulq-atvori kabilar muhim etnik belgilar sanaladi. Twg`ri, barcha etnoslar wziga xos 
ruhiy  kechinmalari  va  xarakteri,  ya`ni  kishilarning  tabiati  va  didi,  wziga  xos  etnik  qadriyatlari, 
mentaliteti  bilan  ham  farqlanadilar.  Shu  sababdan  ham  etnoslar  (elat,  xalq,  millat)  ayrim  umumiy 
guruh  odamlarning  birligini  boshqa  guruh  wziga  wxshash  odamlar  guruhidan  farqlab  wzligini 
anglashi natijasida muayyan nom (etnonim)lar bilan atalib ayrim xalq (elat) sifatida wrganiladi. 
 Etnologiyaning  asosiy  maktablari  va  ywnalishlari:  Har  bir  fan  wziga  xos  uslub, 
kontseptsiya,  maktab  va  ywnalishlarga  asoslanib  rivojlanadi.  Etnologiya  fan  sifatida  shakllana 
boshlagan  davrdan  buyon  muayyan  nazariy  va  amaliy  ahamiyatga  ega  bwlgan,  zamon  talabiga 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə