Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47

 
14 
 
javob  bera  oladigan  har  xil  maktab  va  ywnalishlar  yuzaga  kela  boshlagan.  XIX  asr  wrtalarida 
nihoyatda keng miqyosida wtkazilgan etnologik tadqiqotlar natijasida twplangan boy ma`lumotlarni 
jiddiy  sistemalastirishga  kirishish,  jahon  fanida  paydo  bwlgan  evolyutsionizm,  diffuzionizm, 
strukturalizm,  madaniy  relyativizm  kabi  mashhur  ilmiy  ywnalishlar  barcha  gumanitar  fanlarga 
kuchli ta`sir wtkazgan. 
Etnologiya  faniga  birinchi  bwlib  evolyutsionizm  nazariyasi  umummetodologik  ilmiy 
kwrsatma sifatida kirib keladi. Aslida tabiiy fanlardan wtgan evolyutsionistik tasavvurlar eng keng 
tarqalgan  nazariy  hisoblanadi,  shuningdek,  XIX  asr  Etnologiya  fanida  insoniyat  madaniyati 
rivojidagi  umumiy  qonun-qoidalarning  mavjudligini  asoslab,  turli  elatlarning  wziga  xosligini 
aniqlashga  imkon  yaratganligi  alohida  tag`kidlanadi.  Mazkur  maktab  namoyondalari  Angliyada 
Gerbert  Spensen,  Eduard  Teylor,  Jeyms  Frezer,  Germaniyada  Adolf  Bastion,  Teodor  Bays, 
Frantsiyada  Charl  Leturno,  AQShda  Luys  Genri  Morgan  wz  qarashlari,  ilmiy  izlanishlari  bilan 
Etnologiya faniga salmoqli hissa qwshdilar, yangi qoydalarini fan doirasida tatbiq qila oldilar. 
Shulardan  eng  mashhuri  Eduard  Teylor  (1832-1917)  wzining  «Insoniyatning  qadimgi  tarixi 
twg`risidagi  tadqiqot»  (1865)  va  «Ibtidoiy  madaniyat»  (1871)  nomli  asarlarida  evolyutsion 
kontseptsiyasini ilgari surgan. Uning eng muhim g`oyasi – odam tabiatning bir qismi va u tabiatga 
xos umumiy qonuniyatlar bilan birga rivojlanadi.  
Evolyutsionizm nazariyasining eng yirik namoyondalaridan ingliz faylasufi, biologi, psixologi 
va  sotsiologi  Gerbert  Spenser  (1820-1908),  jamiyat  va  odomzod  ichki  va  tashqi  omillar  ta`sirida 
rivojlanadi, degan g`oyani ilgari surdi. Tashqi omilga geografik muhit, qwshni jamiyat va xalqlar, 
ichki  omilga  –  odamning  irqiy  tuzilishi,  tabiati  va  ruhiyatining  wziga  xosligi  kiradi.  Sepser 
insoniyat  tadrijini  koinotning  universal  qonuniyati  bilan  bog`lab  insonning  kamolot  topishi  uning 
tug`ma  qobiliyati  bilan  bog`laydi.  Va  lekin  tug`ma  tabiat  abadiy  emas,  u  takomillashish 
xususiyatiga  ega.  Sperser  evolyutsiya  g`oyasini  bir  yuqlama  talqin  qilib,  ibtidoiy  odamlar  gwyo 
jismoniy, axloqiy, aqliy jihatdan qoloq, deb ta`rif beradi. 
Germaniyada  Etnologiya  fani  va  evolyutsionizm    ta`lichopqi  asos  solgan  Adolf  Bastian 
(1826-1925)  yirik  ta`limotchi  va  Etnologiya  fani  tashkilotchisi  bwlib  tanilgan.  U  jahonning  turli 
muntaqasida  twqqiz  marta  wtkazilgan  ekspeditsiyalari  matijasida  juda  kwp  etnografik  materiallar 
twplab,  muayyan  yagona  nazariyani  yaratishga  muyassar  bwlgan.  Bastianning  eng  asosiy  bosh 
g`oyasi  shundan  iborat  ediki,  barcha  elatlar  umumiy  dunyokarashga  ega  bwlib,  oddiylikdan 
murakkablikka wtish evolyutsiyasidan iborat. 
Etnologiya  faniga  evolyutsionizmi  tatbiq  etgan  Lyus  Genri  Morgan  (1818-1881)  alohida 
mavqega  ega.  Bu  mashhur  Amerika  etnologi  wz  zamonasida  barcha  olimlarga  nisbatan  yangi 
nazariyadan  kwproq  va  samarali  foydalangan.  Morgan  40  yillik  umrini  Amerika  tub  aholisi  – 
iroxezlar  va  boshqa  qabilalarni  wrganishga  bag`ishlangan  asarlarida  mazmunli  va  kwp  qirrali 
g`oyalarni kwtarib chiqdi.  
Neoevolyutsionizm  g`oyalari  esa  Michigan  universitetining  professori,  atoqli  etnolog  Lesli 
Uayt («Madaniyat evolyutsiyasi», «Madaniyat twg`risidagi fan» asarlari va hokazo), uning shogirdi 
va izdoshi Marshal Salins, mashhur etnolog va arxeolog Julian Styuard asarlarida  yorqin ifodasini 
topgan.  Masalan,  Lesli  Uayt  ilmiy  dunyoqarashidagi  wrta  tushuncha  –  madaniyat  aslida  simvol 
(belgi)lardan tashkil topgan, degan tushunchalar.  
Hozirgi  davrdagi  Evropa  Etnologiyasida  eng  asosiy  wrinni  keng  tarqalgan  strukturalizm 
oqimi  egalaydi.  Juda  kwp  original  etnologik  asarlari  bilan  tanilgan  iste`dodli  frantsuz  olimi  Klod 
Levi-Stross  shu  oqimning  asoschilaridan  biri  hisoblanadi.  AQSh  va  G`arbiy  Evropada  uning 
fikrlarini  fan  nazariyasi,  deb  tasdiqlashga  intiladilar.  Levi-Stross  jamiyat  twg`risidagi  Dyurkgeym 
ta`limoti  va  formal  lingvistika  uslubini  yaratgan  Ferdinand  de  Sossuari  g`oyalari  ta`sirida 
tilshunoslikdagi  struktura  uslub  orqali  ayrim  madaniyatlarning  tuzilishi  (strukturasi)ni  sifvollar 
tizimi  shaklida  qaytadan  tiklash  mumkin,  degan  fikrni  ilgari  suradi.  Levi-Stross  asarlarining 
nomlari  («Xom  va  pishirilgan»,  «Asaldan  kulga»,  «Qadah  kwtarish  odatlarining  kelib  chiqishi», 


 
15 
 
«Yalang`och  kishi»)  fikrimizga  dalil  bwla  oladi.  Asosan,  Janubiy  Amerika  hindilarini  wrgangan 
Levi-Stross  maishiy  turmush  va  madaniyatning  turli  tomonlarini  wziga  xos  qonuniyatga  ega 
bwlgan yopiq sistema shaklida ta`riflaydi.  
Etnologiya fani qator Evropa mamlakatlarida yangi ilg`or g`oyalar tufayli jiddiy ilm sohasiga 
aylandi va tez sur`atlar bilan rivojlana boshladi. U g`oyaviy jihatdan ob`ektiv metodga asoslangan 
holda etnogenez va etnik tarix, ibtidoiy jamiyat va sinflarning paydo bwlishi, an`anaviy moddiy va 
ma`naviy  madaniyat,  hozirgi  etnik  jarayon  va  ijtimoiy  tuzum  kabi  yirik  muammolarni  keng 
miqyosda tadqiq qilishga kirishgan.  
Germaniyada  Etnologiya  fani  urushdan  keyin  bir  qadar  boshqacha  sharoitda,  ilmiy 
kadrlarning  bir  qismi  tatsizm  tuzumi  davrida  halok  bwlganligi,  bir  qismi  chet  ellarga  qoshganligi 
tufayli  fashistlik  mavkura  qoldiqlariga  qarshi  kurash  olib  borabarida  rivojlandi.  Barcha  Evropa 
mamlakatlarida  etnologik  tadqiqotlar  maxsus  ilmiy  tashkilotlar,  universitetlar,  kafedralar  va 
muzeylar doirasida markazlashtirilgan. 
Nazariy  va  amaliy  masalalarni  yangi  muayyan  pog`onaga  kwtargan  va  jahon  Etnologiya 
fanida wziga xos obrwga ega bwlgan maktabning paydo bwlishi va shakllanishi ajoyib etnograf va 
sharqshunos, atoqli olim S.P.Tolstov nomi bilan bevosita bog`liqdir. U Etnologiya fanini jahon ilm 
sahnasiga kwpatrib, uning ham nazariy, ham amaliy jihatdan  yagona, izchil, barcha xalqlarni teng 
tadqiq  qiluvchi  tarixiy  fan  ekanligini  tasdiqlash  ywlida  hormay-tolmay  xizmat  qildi.  S.P.Tolstov 
Etnologiya fanining maqsadi va vazifalarini belgilab, bu fan xalqlar madaniyatining milliy va etnik 
xususiyatlarini  wrganadi,  «turli  tarixiy  davrlarda  paydo  bwlgan  qatlamlarini»  ochib  beradi,  deb 
ta`kidlagan edi. Nihoyatda keng va teran bilim egasi bwlgan S.P.Tolstov sharq xalqlari moddiy va 
ma`naviy  madaniyatini  wrganishdagi  katta  xizmatlari  uchun  Wzbekiston  Respublikasi  Fanlar 
akademiyasining  faxriy  a`zosi  qilib  saylandi.  Bu  mashhur  tadqiqotchi  hozirgi  etnik  jarayonni 
wrganishga  alohida  e`tibor  berar  edi.  Mazkur  olijanob  vazifani  bajarishda  bir  qator  iste`dodli 
etnolog  olimlar  ham  hormay-tolmay  mehnat  qilib,  ancha  yutuqlarga  erishdilar.  Bular  ichida 
S.P.Tolstov  bilan  birga  ishlagan  atoqli  tadqiqotchilar:  P.I.Kushner,  I.I.Potexin,  L.P.Potapov, 
G.F.Debes, 
M.O.Kosmen, 
S.A.Tokarev, 
M.G.Levin, 
N.N.Cheboksarov, 
V.O.Dolgix, 
D.A.Olderogge,  N.A.Kislyakov,  T.A.Jdanko  bwldilar.  Swnggi  yillarda  yetishib  chiqqan  va 
Etnologiya 
fanining 
rivojiga 
salmoqli 
hissa 
qwshgan 
tadqiqotchilar 
Yu.V.Bromley, 
Yu.P.Averkieva,  S.I.Bruk,  V.P.Alekseev,  V.I.Kozlok,  F.F.Its,  G.E.Markov,  V.A.Andrianov, 
V.K.chistov,  S.I.Vaynshteyn,  R.K.Kuzeyev,  V.V.Ginzburg,  M.V.Kryukov,  R.N.Ismagilova, 
Yu.V.Anutyanyan,  Yu.I.Semenov,  N.A.Butinov,  S.Kamolov,  K.Shoniyzovlar  wzlarining  ajoyib 
asarlari  bilan  tanildilar.  Xullas,  alohida  qayd  qilish  lozimki,  keyingi  davrda  kwplab  iste`dodli 
olimlar  milliy  Etnologiya  fanini  wz  asarlari  bilan  boyitib  zamonaviy  dolzarb  muammolarni  har 
qilishda wzlarining muayyan hissalarini qwshib ketmoqdalar. 
 
 
 
 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə