Evolutsiya dalillari boʻlimi boʻyicha test



Yüklə 66.79 Kb.
tarix30.04.2018
ölçüsü66.79 Kb.

http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group

Evolutsiya dalillari boʻlimi boʻyicha test
1. Quyidagi oʻsimliklarning tikanlari qaysi a’zolarning oʻzgarishidan hosil boʻlganligini juftlab koʻrsating.

1.zirk 2.doʻlana 3. oq akatsiya 4. maymunjon

a) – bargining b) – novdaning c) – yon bargning d) – poʻstloqning

a) 1 –a 2 – b 3 – c 4 – d

b) 1 – c 2 – a 3 – d 4 – b

c) 1 - b 2 – c 3 – a 4 – d

d) 1 – d 2 – b 3 – c 4 – a

2. Gʻoʻzaning qaysi turida poyadagi barcha barglari yaxlit plastinkadan iborat?

a) meksikanum, xerbatseum

b) meksikanum, kloshsianum

c) raymondi, kloshsianum

d) raymondi, xerbatseum

3. Quyida berilgan oʻsimliklarning qaysi birida oʻsimlikning oʻtkir tikani poyaning poʻstlogʻidan hosil boʻladi?

a) na’matak

b) kaktus

c) doʻlana

d) gledichiya

4. Ikki oqsil oʻrtasidagi farq ularning … koʻrsatadi.

a) divergensiyasini

b) konvergenstiyasini

c) birlashganligini

d) duplikatsiyasini

5. Oqsil evolutsiyasi darajasining tezligi … bilan belgilanadi.

a) aminokislatalarning almashinuvi

b) nukleotidlar almashinuvi

c) mutatsiyalarning vujudga kelishi

d) indamas genlar

6. Oraliq forma hisoblangan organizmni belgilang.

a) molyuskalar

b) delfin

c) kenguru

d) latimeriya

7. Ahyon-ahyonda toychalar zebrasimon boʻlib tugʻiladi.Bu-…deyiladi.

a) rudiment

b) konvergensiya

c) atavizm

d) aromorfoz

8. Bosh oyoqli molyuskalarda koʻz nimadan hosil boʻladi?

a) ektodermaning choʻzilishidan

b) yon oʻsimtadan

c) mezodermaning choʻzilishidan

d) endodermadan

9. Atavizm hodisasiga misollar keltiring.

1. paparotnik ildizpoyasidagi qobiqlar 2. toychalarning ba’zan zebrasimon tugʻilishi 3. otning 2-va 4-barmoqlari 4. yungli odam tugʻilishi 5. har xil turga kiruvchi organizmlarning oʻxshash belgilar hosil qilishi 6.dumli bola tugʻilishi

a) 6.4.3

b) 1.3.6


c) 3.4.1

d) 2.4.6


10. Markaziy Osiyo teritoryasi quyidagi geografik viloyatlarning qaysi biriga tegishli?

a) polearktik

b) neoarktik

c) xabashiston

d) hindomolay

11. Atavizm deyilganda nima tushuniladi?

a) evolutsiya jarayonida oʻz ahamyatini yoʻqotgan va yoʻq boʻlish arafasida turgan organlar

b) ayrim individlarda ajdod belgilarning takrorlanishi

c) turli sistematik guruhlarning bir xil tashqi muhit sharoiti tufayli belgilarning oʻxshash boʻlishi

d) tuzilishi va kelib chiqishi bir-biriga oʻxshash boʻlgan organlar

12. Organik olam rivojlanishidagi biologik regressning asosiy belgilarini koʻrsating.

a) individ soni kamayadi

b) individ soni kamayadi,areal torayadi

c) turlar,populyatsiyalar soni kamayadi,areal torayadi

d) individlar,turlar,populyatsiyalar soni kamayadi,areal torayadi

13. Bajaradigan funksiyasidan qat’i nazar,kelib chiqishi va tuzilishi bir xil boʻlgan organlar nima deb ataladi?

a) gomologik

b) analogik

c) rudiment

d) konvergent

14. Har bir individ oʻz rivojlanish jarayonida oʻz turining tarixiy rivojalanishini qisqacha takrorlashi nima deb ataladi?

a) Mendel qonunlari

b) gomologik qatorlar qonuni

c) filembriogenez nazryasi

d) biogenetik qonuni

15. Oʻsimliklarning bargiga gomologik boʻlgan organlarni belgilang.

1.noʻxatning gajaklari 2.doʻlananing tikanlari 3.zirkning tikani 4.malinaning tikani 5.kaktus tikani 6.atirgulning tikani

a) 1.2.3


b) 1.3.5

c) 1.4.6


d) 1.2.5

16. Gomologik organlar guruhini belgilang.

a) noʻxatning gajaklari,kaktusning tikanlari

b) zirkning tikanlari,noʻxatning gajaklari

c) atirgulning tikanlari,noʻxatning gajaklari

d) kapalak va qushning qanotlari

17. Quyidagi hayvon orasidan “tirik qazilmalar”ni aniqlang.

a) lansetnik

b) latimeriya

c) delfin

d) arxeopteriks

18. Qaysi oʻsimliklarning tikanlari bargning oʻzgarishidan hosil boʻlgan?

1.doʻlana 2.kaktus 3.zirk 4.akatsiya 5.maymunjon 6.malina

a) 1.2.5


b) 2.3.4

c) 2.4.5


d) 2.3.6

19. Bosh oyoqli molyuskalar bilan umurtqalilarning koʻzlari qaysi qismlardan hosil boʻlgan?

a) ektoderma qavatning choʻzilishidan

b) miyaning yon oʻsimtasidan

c) endoderma qavatning choʻzilishidan

d) A.B


20. Qizil jannat qushi qaysi geografik viloyatga kiradi?

a) avstralya

b) xabashiston

c) neotropik

d) hindomalay

21. Teropsidlarning ba’zi vakillari…orasida oraliq forma hisoblanadi.

a) baliqlar bilan lansetniklar orasida

b) baliqlar bilan suvda va quruqlikda yashovchilar orasida

c) suvda va quruqlikda yashovchilar bilan sudralib yuruvchilar

d) sudralib yuruvchilar bilan sutemizuvchilar

22. Quyidagilarning qaysi biri relikt forma hisoblanadi?

a) gingko biloba

b) riniya

c) rafleziya

d) agava

23. Gʻuddalilar sinfining vakilini aniqlang.

a) gingko biloba

b) yongʻoq

c) baqaterak

d) zaytun

24. Qaysi javobda odamdagi rudiment organlar koʻrsatilgan?

a) dumli bola

b) junli odam

c) eshitish suyakchalari

d) quloq suprasi

25. Evolutsion soat yordamida …

1 muayyan oqsil tuzilishida roʻy bergan mutatsiyalarni oʻlchash mumkin 2 genlarning hosil boʻlish vaqti belgilanadi

3 turlar hosil boʻlish vaqti belgilanadi 4 tarixiy rivojlanish jarayoni belgilanadi 5 evolutsiya bosqichlari belgilanadi

a) 2.3

b) 1.2


c) 4.5

d) 3.4


26. Makroevalutsiya qanday evalutsion jarayonlar bilan izohlanadi ?

a) tur doirasidan tashqaridagi yuqori toksonlar ichida boradigan

b) turdan kichik sistematik birliklar ichida boradigan

c) populyatsiya ichida boradigan

d) har xil populyatsalar ichida boradigan

27. Oddiy va xaltali krotlarda tashqi qiyofaning oʻzaro oʻxshashligi qanday jarayon hisoblanadi ?

a) konvergensiya

b) atavizim

c) divergensiya

d) idioadaptatsiya

28. Qaysi hayvon lichinkasida regressiv metamorfoz kuzatiladi?

a) askarida

b) gijja

c) baqa


d) choʻchqa solyotiri

29. Mutatsiya tez – tez takrolanadigan nukleotid juftlari nima deb ataladi ?

a) letal mutatsiya

b) qaynoq nuqtalar

c) indamas mutatsiyalar

d) nuqtali mutatsiyalar

30. Genlarning evolutsiya tezligi qaysi moddalarning almashinuviga bogʻliq ?

a) DNK


b) aminokislatalar

c) oqsillar

d) nukleotidlar

31. Turlarda yangi avlodlar va ulardan yangi organizmlarning hosil boʻlish jarayonini belgilang ?

a) evalutsiya

b) mikroevalutsiya

c) aromorfoz

d) makroevalutsiya

32. Gen tarkibida har bir nukleotid juftning mutatsiyaga uchrashi qanday mutatsiya deyiladi ?

a) qaynoq

b) neytral

c) nuqtali

d) betaraf

33. Banyan daraxti qaysi biogeogranik viloyatda oʻsadi ?

a) Hindomalay

b) Neotropik

c) Avstraliya

d) Xabashiston

34. Yava, Sumatra orollari qaysi biogeografik viloyatga mansub ?

a) neoarktik

b) peleoarktik

c) hindomalay

d) neotropik

35. Bermud orollari qaysi biogeografik viloyatga mansub?

a) neoarktik

b) paleoarktik

c) neotropik

d) hindomalay

36.Kapalak qanoti ...

a) oldingi oyogʻining oʻzgarishi hosilasi

b) koʻkragining orqa tomonidan chiqqan hosila

c) koʻkragining oʻrta boʻgʻinidan chiqqan hosila

d) koʻkrak oyogʻlarining shakli oʻzgarishi

37. Sudralib yuruvchilarning tangachalari qaysi toʻqima hujayralaridan hosil boʻlgan?

a) epiteliy,biriktiruvchi

b) muskul biriktiruvchi

c) epiteliy, muskul

d) nerv, epiteliy, muskul

38. Sut emizuvchilarning yungi qaysi turkumlarning hosilalari hisoblanadi?

a) epidermis, muskul

b) epiteliy, muskul

c) biriktiruvchi, nerv

d) epiteliy, biriktiruvchi

39. Tuxum qoʻyib koʻpayadigan sut emizuvchilar tarqalgan biogeografik viloyat-…

a) Avstralya

b) Nearktik

c) Habashiston

d) Neotropik

40. Xameleonlar qaysi zoogeografik viloyatda uchraydi?

a) neotropik

b) hindomalay

c) xabashiston

d) avstraliya

41. Odam va boshqa hayvonlar gemoglobin zanjiridagi aminokislotalar tarkibidagi farqlarni kim oʻrgangan?

a) E.Sukerkandl L.Poling

b) B.Grant

c) N.P.Yarosh

d) A.N.Sevrsov

42. Qadim Pangeyaning ajralishi bundan necha mln yil oldin kuzatilgan?

a) 250


b) 230

c) 195


d) 300

43. Magellan pingivini qaysi zoogeografik viloyatda tarqalgan?

a) neatropik

b) xabashiston

c) avstraliya

d) xindomalay.

44. Hayotning biokimyoviy evolutsiyasining 5-bosqichida qanday hodisa yuz bergan?

a) koatservatlarning hosil boʻlishi

b) oddiy membrana hosil boʻlgan

c) moddalar almashinuvi yuzaga kelgan

d) matritsali sintez usuli yuzaga kelgan

45. Yalqovlar oilasi qaysi turkumga mansub?

a) oz tishli

b) chumolixoʻr

c) zirhli

d) yalqovlar

46. Nima uchun makroevolutsiya mikroevolutsiyaning davomi sanaladi?

1. mikroevolutsiyadagi mutatsion va kombinativ oʻzgaruvchanlik makroevolutsiyaga ham ta`sir etadi

2. populyatsiyaning genetik va ekologik jihatdan xilma-xil boʻlishi makroevolutsiyaga ham ta`sir etadi

3. evolutsiyaning boshlangʻich omillari makroevolutsiyaga ham ta`sir etadi

4. tur hosil boʻlishi makroevolutsiyaga ham ta`sir etadi

a) 1.2.3

b) 1.3.4

c) 1.2.


d) 1.3

47. Paleontologik izlanishlar natijasida nimalar isbotlandi?

a) ,,tirik qazilmalar''

b) oraliq formalar

c) murtak organlar

d) suyaklar oʻxshashligi

48. Biologik evolutsiyaning boshlanishi nima bilan bogʻliq ?

a) koatservantlar hosil boʻlishi

b) protobiontlar hosil boʻlishi

c) membrana hosil boʻlishi

d) hujayra hosil boʻlishi

49. Populyatsiyalarning aralashuvi qaysi davrda kuzatilgan?

a) yura

b) bor


c) uchlamchi

d) toʻrtlamchi

50. Globin oqsilini shajarasini oʻrganish natijasida uning tuzilishi bundan qancha vaqt avval yexidna bilan odam ajdodlarida

oʻxshash boʻlgan?

a) 500 mln

b) 400 mln

c) 225 mln

d) 70 mln

51. Qaysi biogegrafik viloyatlarda daraxtda yashovchi ilonlar (1) chala maymunlar – tupaylar (2) lemur (3) oq va qora ikki shoxli nosoroglar (4) uchiraydi?

a) Hindomalay; b) Neotropik;

c) Habashiston ; d) Neoarktik;

a) 1a 2c 3c 4d

b) 1b 2a 3c 4c

c) 1b 2a 3c 4d

d) 1c 2a 3d 4b

52. Mikroevolyusiya (1) va makroevolutsiyaning (2) farqini aniqlang.

a. tur dirasida sodir boʻladi b. turdan yuqori sistematik guruhlarda sodir boʻladi c.qisqa muddatda amalga oshadi d. million yillar davomida amalga oshadi e. toʻgʻridan toʻgʻri oʻrganish mumkin f. bevosita kuzatib boʻlmaydi

a) 1-a.d.f / 2-b.c.e

b) 1-b.c.e / 2-a.d.f

c) 1-a.c.e / 2-b.d.f

d) 1-b.d.f / 2-a.c.e

53. Gemoglobulin oqsilining β zanjirida nechta aminokislota bor?

a) 145

b) 141


c) 151

d) 149


54. Odam DNK molekulasining tuzilishi hoʻkiz 1) losos balgʻi (2) va kalamush (3) DNK tuzilishiga nechta foiz oʻxshashligi aniqlang ?

a.2 b.8 c.66 d.28 e.17

a) 1a, 2c, 3b

b) 1b, 2a, 3e

c) 1c, 2a, 3d

d) 1d, 2b, 3e

55. Gemoglobinning 2 ta tuzilishi bir – biriga yaqin boʻlgan zanjirlardan tashkil topganligi sababini aniqlang ?

a) bitta polipeptid zanjirining divergensiyasi natijasi

b) bitta polipeptid zanjirning konvergensiyasi natijasi

c) 2 xil polipeptid zanjirlarning konvergensiyasi natijasi

d) sun’iy tanlash va kombinativ oʻzgaruvchanlik natijasi

56. Yevroʻpa zubri (1) sibir bugʻusi maral (2) Yevroʻpa mufloni (3) qaysi hayvonlarga oʻxshashligini aniqlang.

a) Shimoliy Amerikadagi bizonga b) Amerika vapitasiga

c) Amerika togʻ qoʻyiga

a) 1-b, 2-a, 3-c

b) 1-a, 2-c, 3-b

c) 1-a, 2-b, 3-c

d) 1-c, 2-a, 3-b

57. Habashiston biogeografik viloyatining sutemizuvchi hayvonlarini belgilang.

a) qiloyoq, kanna

b) malla revun, shinshilla

c) kafr buyvoli, maral

d) mindano, vapita

58. Panjaqanotli baliqlar, arxeopteriks, teropsid – bular ....

a) mezozoy erasi hayvonlari

b) qadimgi sudralib yuruvchilar

c) qadimgi yirtqichlar

d) oraliq formalar

59. Odamning gemoglobin oqsili tarkibidagi aminokislotalar izchilligi qaysi hayvonlarnikiga deyarli oʻxshash?

a) ot


b) odamsimon maymunlar

c) echki


d) quyon

60. Biogenetik qonun (1), filoembriogenez nazariyasi (2), korrelatsiya qonuni (3)ni kashf etgan olimlarni aniqlang.

a) A. Seversev b) E. Gekkel c) J. Kyuve d) F. Myuller e) K. Ber

a) 1-b, d; 2-a; 3-e

b) 1-a, b; 2-d; 3-c

c) 1-b, d; 2-a; 3-c

d) 1-b, d; 2-e; 3-a

61. Tubandagi javoblarni mos ravishda juftlab koʻrsating.

1. qora daraxt 2. qizil daraxt 3.daraxtda oʻsuvchi oʻsimliklar 4.pixta

a.neoarktik b.xabashiston c.hindomalay d.neotropik

a) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a

b) 1-c, 2-b, 3-b, 4-a

c) 1-c, 2-b, 3-a, 4-c

d) 1-b, 2-c, 3-c, 4-a

62.Hozirgi togʻayli baliqlarni ajdodi toʻgʻri berilgan javobni koʻrsating.

a) qadimgi jagʻli zirhli baliqlar

b) qadimgi choʻtka qanotli baliqlar

c) qadimgi suyakli baliqlar



d) qadimgi latimerya baliqlar


http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group



Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə