Excel oynasi


Havo vannalarini o‘tkazishda alohida qoida talab etilmaydi, imkoniyat darajasida ochiq havoda ko‘proq sayr qilish tavsiya etiladi



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə6/6
tarix07.04.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#104632
1   2   3   4   5   6
Excel oynasi

Havo vannalarini o‘tkazishda alohida qoida talab etilmaydi, imkoniyat darajasida ochiq havoda ko‘proq sayr qilish tavsiya etiladi.
  • Faqat quyosh vannalarini qabul qilishda ehtiyot choralarini ko‘rish lozim. Bola quyosh vannalarini qabul qilishdan avval bosh kiyim kiygan holda bo‘lishi va quyosh ostida uzoq qolmasligi lozim. O‘zbekiston Respublikasi hududlarida quyosh vannalari soat 10.30-11.00 ga qadar o‘tkazilishi tavsiya etiladi, quyosh tikka kelganda quyosh vannasini qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Quyosh vannasini qabul qilish davomiyligi 7-10 daqiqani tashkil etadi.
  • Tuzli yo‘lakchalardan yurish quyidagi tartibda tashkil etiladi:
  • avval ikkita-uzunligi 2 m, eni 40 sm bo‘lgan mato tayyorlash lozim. Ushbu mato qalinroq yoki bir necha qavat bo‘lishi kerak. Idishga osh tuzining suvdagi eritmasi (10 litr suvga 100 gramm tuz solib) tayyorlanadi. Matolardan biri tuzli suvga solib, bir oz siqib olinadi(qattiq siqilmaydimatoda tuzli suv namligi saqlanishi lozim). Polga namlangan mato solinadi, ketidan quruq mato solinadi, keyin, massajli yo‘lakcha qo‘yish mumkin. Bolalar tayyorlangan yo‘lakchadan kichik qadam tashlab, avval tuzli, keyin quruq, so‘ng g‘adir-budur yo‘lakchadan yurib o‘tadilar. Tuzli yo‘lakchalardan o‘tib bo‘lgandan so‘ng, har bir bolaga o‘z oyoq kaftini massaj qilish taklifini berish mumkin.
    • Bundan tashqari yozgi mavsumda har-xil mavzularda tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etiladi. Kun tartibida tashkil etiladigan sport va sog'lomlashtirish tadbirlarining maqsadi - bolalarning vaqtini sermazmun o'tkazish, ularning ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan hordiq chiqarishlarini ta'minlash orqali har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iboratdir. Chunki, ilk yoshdagi bolalarning psixologik rivojlanishida jismoniy tarbiya mashqlarining ahamiyati juda kattadir. 
    • Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda ta'limning sistemalilik va izchilligi prinsipiga asoslanish, har bir bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlash va o'tkazish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunday tadbir va musobaqalar bolalarning qaddi-qomatini to'g'ri shakllanishiga, yassi oyoq bo'lib o'sishini oldini olishga, asosiy harakat malakalarini rivojlanishi bo'yicha jismoniy ta'lim berish, o'yinlar orqali milliy odatlarni tarbiyalashga, harakat ko'nikmalari va jismoniy sifatlarini shakllantirish, gavdani to'g'ri tutish, shaxsiy va ijtimoiy gigiyenik malakalarini tarbiyalash, kundalik mashg'ulotda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish va ularda ko'nikma hosil qilish kabi xislatlarni shakllantiradi. 
    • Xulosa qilib aytganda, bunday yozgi sog'lomlashtirish mashg'ulotlarini tashkil etish kelajagimiz egalarini aqlan yetuk, jismonan sog'lom bo'lib voyaga yetishlariga puxta zamin yaratadi. 
    • Xulosa
    • E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

    Yüklə 1,39 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə