F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/92
tarix19.12.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#153334
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

Anemo-gidroxoreya 
- (gr. anemos shamol+gr. hydor suv
namlik+gr.choreo harakatlanaman, tarqalaman) - bir vaqtning o ‘zida 
organizmlaming shamol hamda suv yordamida tarqalishi.
Batial 
- (gr. bathys chuqur) - dunyo okeanining yuza litoral va 
chuqur abissal mintaqalari oralig‘ida joylashgan mintaqa.
Bental 
- (gr. benthos chuqurlik) - bentos organizmlaming ya- 
shash muhiti hisoblangan suv havzasining tubi yoki havzaning osti- 
dagi suv qatlami.
Bentos 
- (gr. benthos chuqurlik) - suv havzasi ostidagi gmntda va 
gruntning yuzasida yashovchi organizmlar majmuasi.
Biogeografiya 
- (gr. bios+geographia) - Yer sharida tirik orga­
nizmlaming hamda turli biotsenozlaming tarqalish qonuniyatlari 
haqidagi fan.
Gigrofil 
- (gr. hygros nam+phileo sevaman) - nisbatan nam sha- 
roitda yashash qobiliyatiga ega bo‘lgan organizmlar.
Gileya 
- (gr. hyle o‘rmon) - nam tropik o‘rmon.
Distrof ко‘liar 
- (gr. dys buzish, buzilish+trophe oziqlanish) -
chuqur emas, suvining tarkibida gumun kislotasi ko‘p, kislorod kam, 
suv reaksiyasi kislotali k o ila r b o iib , o‘simlik va hayvonot dunyosi 
tarkibida turlar soni kam, mahsuldorlik darajasi past va qirg‘oqlari
203


torf bilan qoplangan boiadi. Bunday koilarga Yevropaning shimoli- 
dagi o ‘rmonlarda joylashgan ayrim koilam i misol qilish mumkin.
Zoogeografiya 
- (gr. zoon hayvon +ge yer + grapho - yozaman)
- Yer yuzida hayvonlaming, ulaming ekologik guruhlarining hozirgi 
vaqtda va o‘tmishda geografik tarqalishini hamda bu tarqalishga sa­
bab b o ig an omillami (zamonaviy va tarixiy omillar) va qonuniyat- 
lami o‘rganuvchi fan.
Introduksiya 
- (lot. introductio kirish) - hayvonlaming tabiiy 
areallaridan tashqariga tarqalishi va ulaming yangi sharoitga mos- 
lashishi.

Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə