Fakulteti yo’nalishi


XULOSA…………………………………………………………………………28



Yüklə 66,77 Kb.
səhifə2/9
tarix16.04.2022
ölçüsü66,77 Kb.
#85533
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Норқувватов Равшан Қудратович

XULOSA…………………………………………………………………………28

FOYDLANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………..…………..29

Kirish
Davlatimiz mustaqillikni qoʻlga kiritishi mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha xalqlar uchun muhim tarixiy voqea boʻldi. Istiqlol ozodlik, milliy tiklanish va taraqqiyotda yangi tarixiy davrni boshlab berdi. Qisqa davr ichida Oʻzbekiston xalqi mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallashiga asos boʻluvchi ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritdi, milliy davlatchilik, maʼnaviy qadriyatlar, din, urf-odatlar va anʼanalar qayta tiklandi. Soʻnggi yillarda qonun ustuvorligini taʼminlash, sud-huquq tizimini demokratlashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish kafolatlarining mustahkamlanishi boʻyicha ijobiy natijalarga erishildi. Oʻzbekiston tarixining zarvaraqlariga bitilgan, Mustaqilligimizning qonuniy asoslari deb bilgan normativ-huquqiy hujjatlarga toʻxtalamiz.

1991-yilning 31-avgust1 kuni Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 6-sessiyasida mamlakat mustaqilligi eʼlon qilindi.Oʻsha kunning oʻzida “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini eʼlon qilish toʻgʻrisida” qaror hamda “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida” qonun qabul qilindi. Shu tariqa mamlakatimiz milliy hayot tarzimiz, ruhiyatimiz, qadriyat va urf-odatlarimiz eʼzozlangan, tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik taʼminlangan holda, iqtisodiy-ijtimoiy larzalarsiz yangi davrga qadam qoʻydi. Ming shukrki, Oʻzbekistonda bir tuzumdan ikkinchi tuzumga oʻtish tinch kechdi. Xalq irodasi bilan, koʻplab muhokamalardan soʻng qabul qilingan Mustaqil Oʻzbekiston Konstitutsiyasida ushbu tabarruk zaminda istiqomat qiluvchi har bir millat va elatlarning haq-huquqining qonun oldida tengligi belgilab qoʻyildi.

Shoʻro davridagi Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasida2 inson manfaatlaridan davlat manfaatlarining ustunligi qonunlashtirib qoʻyilgan edi. Mustaqil yurtimiz Asosiy qonunida esa davlat ham, jamiyat ham, avvalo, inson manfaatlariga xizmat qilishi, uning haq-huquqlarini himoya etishi ustuvor tamoyil sifatida aniq belgilab qoʻyilgan.

Mustaqillik yillari davomida barcha jabhalarda, jumladan, taʼlim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, sogʻliqni saqlash, sport, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviyat sohalarida, turmush tarzimiz mazmunida tub oʻzgarishlar bo’ldi.”Inson manfaatlari -oliy qadriyat” shiori oʻrtaga tashlandi. Insonning eng ustuvor va muqaddas huquqlaridan biri–bu tinch yashash huquqi ekani, davlat va jamiyatning burchi ana shu huquqni barcha qonuniy vositalar bilan kafolatlab berishdan iboratligi, bu huquqni amalga oshirish davlat va jamiyatni demokratlashtirishning eng muhim sharti ekani, demokratiyaning insonparvarligi ham shu bilan belgilanishi kun tartibidan joy oldi.

Albatta, mustaqil yurtimiz taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qoʻshilishi, demokratik jamiyat qurish eng avvalo, qonunlarimizni takomillashtirishni taqozo qiladi, shu boisdan ham, qonunchilik sohasida misli koʻrilmagan islohotlar oʻtkazildi.

Keyingi yillarda mustaqil yurtimizda qonun ustuvorligi birinchi oʻringa chiqdi. Konstitutsiya va qonun ustuvorligini3 taʼminlash demokratik huquqiy davlat barpo etishning bosh mezoni boʻlib qoldi.




Yüklə 66,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə