Fakulteti yo’nalishi


Mustaqil O‘zbekistonda yangi hokimiyattizimini shakllanishi va ilk davlat muassasalarining xususiyatlari



Yüklə 66,77 Kb.
səhifə5/9
tarix16.04.2022
ölçüsü66,77 Kb.
#85533
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Норқувватов Равшан Қудратович

1.3 Mustaqil O‘zbekistonda yangi hokimiyattizimini shakllanishi va ilk davlat muassasalarining xususiyatlari.

l99l-yil 3l-avgustda XII chaqiriq Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Qonuni qabulqilindi. l-sentabr-Mustaqillik kuni debe'lon qilindi.

Bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat mustaqilligigaega, o‘zmilliy davlat tuzumini mustaqil belgilayoladi. O‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuni-O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi-Oliy Kengashning o‘nikkinchi chaqiriq o‘nbirinchi sessiyasida l992-yi l8-dekabrda qabulqilindi.

Yangi Konstitutsiya mustaqil davlat shakllanish jarayonining tarkibiy qismidir. U O‘zbekiston davlat mustaqilligini va suverenitetini, ijtimoiy va davlat tuzumini mustahkamlab berdi. Konstitutsiya to‘la demokratik tamoyilarga ko‘ra, xalq hokimiyatchiligi asoslarini mustahkamlab beradi. Konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasining xalqi-hokimiyatning yagona manbai deb belgilangan. shuningdek, unda O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati oliy organlarining tuzilishi, hokimiyat tarmoqlari orasida vakolatlarni taqsimlash masalalari hamko‘rib chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi qonun chiqa-ruvchi, ijroetuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linadi.

Qonunchiqaruvchi hokimiyat tarmog‘ini Oliy Majlis, Qoraqalpog‘iston Respublikasida-Jo‘qorg‘i Kenges; Ijro etuvchi hokimiyat tarmog‘ini O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlarkengashi, vazirliklar va davlat qo‘mitalari, shuningdek, viloyat, tuman vashaharlarhokimliklari; sud hokimiyat tarmog‘ini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi O‘zbekiston Respublikasi Oliyudi, Oliy xo‘jalik sudi, viloyat sudlari.

Mustaqil O‘zbekistonda yangi hokimiyat tizimi qurish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirmoqda:

1. Eski ma'muriy-buyruq bozlik tizimi, tegishli hokimiyat va boshqaruv organlarni tugatish.

2. Davlatchilikning yangi siyosiy-huquqiy, konstitutsiyaviy asoslarini yaratish. Zamonaviy davlat muassasalar tizimi milliy-tarixiy an'analarni, chetel tajribasini o‘rganish va tahlil qilish, zamonaviy siyosiy, iqtisodiy talablarni hisobga oligan holda shakllan tirilmoqda.

Ijroiya hokimiyatning barpo etilgan yangi tizimi ilgarigi davlat muassasalaridan tubdan farq qiladi. Yangi ijroiya davlat muassasalari tizimi rejalash taqsimlash vazifalari o‘rniga birlashtirish, muvofiqlashtirish va tartibga solish funksiyalariga ega bo‘ldi. Ko‘p sonli vazirliklar o‘rniga ixcham, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi xo‘jalik birlashmalari, assosiatsiyalar, konsern, korporatsiya, xolding kompaniyalar tuzilmoqda.

Mustaqillikning dastlabki yillarida vazirlar kengashi funksiyalari Prezident apparati funksiyalari bilan birlashib ketganligi sababli Prezident huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi. l99l-yil Milliy tashqi iqtisodiy faoliyat banki tashkil qilindi, ketidan Tashqi aloqalar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi tashkil qilindi. Ushbu muassasalar yordamida O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Turizm sohasida yagona siyosatni shakllantirish uchun «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasiga asossolindi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlanishi tufayli MDH mamlakatlari bilan muvaffaqiyatli hamkorlikni olib borish maqsadida yangicha boshqaruv tizimini yaratish zaruriyatitug‘uldi. l992-yill 4-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Milliygvardiyasi shakllandi.

Tugatilgan Davlat rejalashtirish bo‘limi o‘rniga yangi davlatmuassasasi-Iqtisodiy komissiya tashkil qilindi. Ushbu komissiya asosida l992-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzurida Rivojlanish bo‘yicha qo‘mita barpo etildi. l992-yil avgust oyida statistika qo‘mitasi bilan birlashib, Makroiqtisodiyot va statistika qo‘mitasi tashkilqilindi.

Davlat hokimiyatining yuqori organlari Oliy Majlis hamda Prezident hisoblanadi. Oliy Majlis-parlament oliy vakillik va qonunchiqaruvchi davlat organi. Parlament O‘zbekiston xalqlarining manfaatlarini ifodalaydi. Oliy Majlis vakolatlari: O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini qabul qilish, ularga qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritish, mamlakat tashqi va ichki siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash; boj, valutava kredit ishlarini, ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini tartibga solish; davlat mukofotlari va unvonlarini ta'sis etish; tuman, shahar, viloyatlarni tashkil etish, ularni tugatish, nomini o‘zgartirish va chegaralarni o‘zgartishga oid masalalarni hal qilishdan iboratdir. Mustaqillikning dastlabki yillarida qonunchi qaruvchi oliy organi Oliy Kengash bo‘lga nedi. U l994-yil gacha faoliyat ko‘rsatgan. Oliy Kengashning ushbu yillardagi ahamiyati katta: u O‘zbekistonning birinchi Prezidentini saylash, Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Qonunni qabul qilishni amalga oshirgan.

l994-yil 25-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov o‘tkazildi. saylov ko‘ppartiyaviy va alternativ asosida o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyat shakli bo‘yicha ilgaridagi Oliy Kengashdan tubdan farq qiladi:

l) Oliy Majlis deputatlarini saylash ko‘ppartiyaviy va alternativdir;

Oliy Majlis doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatadigan hokimiyat tarmog‘i. Oliy Majlis-ba'zi deputatlarning doimiy ishjoyi;

Oliy Majlis vazifalarni bajarish jarayonida deputatlar saylovchilar bilan yaqin aloqalarni saqlab qolmoqda;

Oliy Majlis huzurida jahonning yetakchi davlatlar parlamentlari bilan hamkorlikda bo‘lgan parlamentlararo aloqalar bo‘yicha maxsus qo‘mitasi barpo etilgan.

Dastlabki Oliy Majlis bir palatali edi. Bir palatali parlament mustaqil-likning birinchi yillarida, maxsus tarixiy sharoitda tashkil etilgan edi. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimi hali rivojlanmagan; mutaxassis siyosatchilar yetishmagani sababli o‘z davri uchun bir palatali parlament zarur edi.





Yüklə 66,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə