Fakulteti yo’nalishi


Prezidentlik institutining shakllanishi



Yüklə 66,77 Kb.
səhifə7/9
tarix16.04.2022
ölçüsü66,77 Kb.
#85533
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Норқувватов Равшан Қудратович

2.2 Prezidentlik institutining shakllanishi

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi – Prezidentlik boshqaruvi shaklini rivojlantirishga kirishildi. 1990-yil 24-martda O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik institutining vujudga kelishi mamlakatimiz milliy davlatchiligining rivojlanishida mutlaqo yangi bosqichni boshlab berdi. 1990-yil 1-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni bilan davlat boshqaruvining uyg‘un tizimini yo’lga qo‘yish muhim ekanligini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborildi. O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining apparati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi bitta apparatga birlashtirilishi belgilandi.

Mazkur qonun mamlakatimizda davlat boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasiga asoslanishini mustahkamlab qo‘ydi. Prezidentlik instituti ta’sis etilganidan so‘ng davlatimizda keng qamrovli islohotlar boshlandi. 1991-yil 18-noyabrda mamlakatimizda prezidentlik saylovlarini tartibga soluvchi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Shu asosda, 1991-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida saylov bo‘lib o‘tdi.

Oliy lavozimga ikki nomzod – O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomzodi Islom Karimov va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi. Saylovlar yakuniga ko‘ra ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 12,3% esa Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. 1995-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. 2000-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazildi. Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda prezidentlik lavozimi vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. 2007-yil 23-dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovda 88,1 foiz ovoz bilan Islom Karimov 7 yilga saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 2015-yil dekabrda tugashi munosabati bilan Prezidentlik lavozimiga saylov o‘tkazildi. 2015-yil 29-mart kungi prezident saylovida Islom Karimov 90,39 foiz ovoz bilan g‘alaba qildi. 2016-yil 2-sentabrda Islom Karimov og‘ir xastalik tufayli vafot etdi.

Bugungi kunda BMTga a’zo bo‘lgan 193 ta davlatdan 143 tasida Prezident lavozimi ta’sis etilgan. Mamlakatimizda Prezident lavozimi Oliy Kengash tomonidan 1990 yilning 24 martida “O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan joriy etildi. Qonuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimi demokratiya jarayonlarini yanada rivojlantirish, siyosiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, konstitutsion tuzumni, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining o‘zaro aloqasini takomillashtirish maqsadida ta’sis etildi hamda uning konstitutsiyaviy maqomi O‘zbekiston Respublikasining boshlig‘i etib belgilandi. Qonunda fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishiga kafil bo‘lish, respublikaning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rish, mamlakat ichkarisida va xalqaro tashkilotlarda respublika nomidan ish ko‘rish, Oliy Kengashga har yili respublikadagi holat hamda ichki va xalqaro hayotning eng muhim masalalari yuzasidan haqida ma’ruzalar taqdim etish, ayrim shaxslarni lavozimga tayinlash va ozod qilish bo‘yicha vakolatlar, respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlash, hukumatning qarorlari va farmoyishlari ijrosini to‘xtatib qo‘yish, qonunlarni imzolash, faxriy unvonlar berish, faxriy yorliqlar bilan mukofotlash, respublika fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etish, sudlar tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etish va boshqalar Prezident vakolatlari sifatida qayd etildi.

1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining XIX bobi O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti haqida bo’lib, 89-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi”, - deb yozib qo’yilgan. 1990-yil 1-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni bilan davlat boshqaruvining uyg‘un tizimini yaratish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini bir-biridan qat’iy farqlab qo‘yish muhim ekanligini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborildi. O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining apparati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi bitta apparatga birlashtirilishi belgilandi. Mazkur qonun mamlakatimizda davlat boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasiga asoslanishini mustahkamlab qo‘ydi. Prezidentlik instituti ta’sis etilganidan so‘ng davlatimizda keng qamrovli islohotlar boshlandi. 1991-yil 18-noyabrda mamlakatimizda prezidentlik saylovlarini tartibga soluvchi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Shu asosda, 1991-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida saylov bo‘lib o‘tdi.

Oliy lavozimga ikki nomzod – O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomzodi Islom Karimov va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi. Saylovlar yakuniga ko‘ra ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 12,3% esa Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. 1995-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000- yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. 2000-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazildi.

Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda prezidentlik lavozimi vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. 2007-yil 23-dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovda 88,1 foiz ovoz bilan Islom Karimov 7 yilga saylandi. 2011-yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, Prezidentning vakolati 7 yildan 5 yilga qaytarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 2015-yil dekabrda tugashi munosabati bilan Prezidentlik lavozimiga saylov o‘tkazildi. 2015- yil 29-mart kungi prezident saylovida Islom Karimov 90,39 foiz ovoz bilan g‘alaba qildi. 2016-yil 2-sentabrda Islom Karimov og‘ir xastalik tufayli vafot etdi. Shu munosabat bilan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. 2016-yil 4-dekabrda O‘zbekiston Konstitutsiyasi va «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi»gi qonunga muvofiq, muqobillik va sog‘lom raqobat asosida Prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda 88,61% ovoz bilan Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylandi.

XULOSA

Shuni aytib o’tish lozimki har bir davlat bor ekan uning o’z huquqiy me’yoriy hujjatlari bo’lishi darkor. Shular qatori O’zbekiston Respublikasining ham shunday me’yoriy huquqiy hujjatlari bn tanishdik. O’zbekiston Respublikasing eng asosiy huquqiy me’yoriy hujjati bu Konstitutsiya ekanligini bilib oldik. Boshqa asosiy qonunlar ham aynan manashu Konstitutsiya orqli ish ko’radi. Avvalo barcha davlat organlari shu qonunlar va me’yoriy huquqiy hujjatlar orqali ish ko’radi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi–Prezidentlik boshqaruvi shaklini rivojlantirishga kirishildi. 1990-yil 24-martda O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik institutining vujudga kelishi mamlakatimiz milliy davlatchiligining rivojlanishida mutlaqo yangi bosqichni boshlab berdi. 1990-yil 1-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni bilan davlat boshqaruvining uyg‘un tizimini yo’lga qo‘yish muhim ekanligini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborildi. O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi.

1990-1992 yillari O’zbekiston Respublikasining yangi Konstitsiyasi qabul qilingunicha bo’lgan davrda mahalliy hokimiyat organlari tizimini shakllantirish va ish faoliyatini takomillashtirish maqsadida bir necha huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Bular orasida 1992 yil 4 yanvarda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlarini qayta tuzish to’g’risida»gi Qonun alohida ahamiyat kasb etdi. Bu qonun asosida mahalliy hokimiyat organlari tizimida butunlay yangi organ – hokimlik va hokim lavozimi ta’sis etildi va uning vakillik organlariga boshchilik qilishi tamoyillari belgilab qo’yildi.





Yüklə 66,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə