Fakulteti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə2/10
tarix01.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#84945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi guruh im-50 Topshirdi Xayrullayev X qabul qildi

Shaxsiy daromadlar - bu inson tomonidan pul va tabiiy shaklda olinadigan, ular tomonidan turmushning muayyan darajasini ta`minlash uchun foydalaniladigan mablag’lar majmuidir.
Agar "Shaxsiy daromadlar" ta`rifida biz ularning shakllanish manbalarini ta`kidlasak, unda u quyidagi tarzda namoyon bo’ladi. Shaxsiy daromadlar - fuqarolarning mehnat faoliyatida ishtiroki, ishlab chiqarish va boshqa boyliklarning istalgan turiga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, ushbu davlatning qonuniy hujjatlariga muvofiq ijtimoiy transfertlar to’lovi qo’yilgan ijtimoiy guruhlarga tegishlilik bilan bog’lik barcha pul va tabiiy
tushumlar yig’indisidir.
Iqtisodchilar shaxsiy daromad manbalarini turlicha talqin qiladi, biroq
umumiy xulosa shuki, har bir ishlab chiqarish omili shaxsiy daromadlarning muayyan turi bilan bog’liq.
Omillar nazariyasiga muvofiq asosiy ishlab chiqarish omillari quyidagilardir:

  • tabiiy boyliklar (yer va tabiiy boyliklar);

  • investitsiya boyliklari;

  • mehnat

  • tadbirkorlik faoliyati

Shu bilan birga, har bir omilga daromad, nazariyaga muvofiq, korxona tomonidan mahsulot sotilgandan keyin olingan daromadga bu omilning qo’shgan oxirgi hissasiga tengdir. Faqat oxirgi ishlab chiqarish nazariyasidan kelib chiqqan holda, amalda daromadlarning bunday taqsimlanishi haqiqatan bo’lishi mumkin emas, chunki:



  • bozordagi takomillashmagan raqobat tufayli olinadigan daromad miqdori ishga solingan omilning mahsulot chiqarishga qo’shgan ulushini ko’pincha aks ettirmaydi;

  • boyliklarni jamiyat a`zolari o’rtasida taqsimlashda har doim tengsizlik va adolatsizlik mavjud bo’ladi, bu shaxsiy daromadlarni oxirgi unumdorlik nazariyasiga qat`iy muvofiqlikda taqsimlashda yo’l qo’yib bo’lmas keskin qarama-qarshiliklarga olib keladi;

har qanday taraqqiy topgan jamiyatda daromadlarni shakllantiruvchi ishlab chiqarish omillari egalarining soni jamiyat a`zolari sonidan kamroq bo’ladi. Daromadlarning bozorli taksimlanishi ishlab chikarishning barcha omillari egalari daromadlari talab va takliflar konuni, xamda ishlab chikarish omillarining keyngi unumdorligi asosida shakllanishini bildiradi, shu nuktai nazardan talab unchalik katta bulmagan malakasiz ishchi kuchi egalarining kam va aksincha talab yuqori bulgan malakali (professional) kasb egalarining yuqori daromad olishi tugri buladi. Demak, bozor mexanizmi farofonlik darajasiga xech kanday kafolat bermaydi.

Shunday ekan bozor iqtisodiѐtiga yul tutgan mamlakatlarda davlat

tomonidan amalga oshiriladigan, keng ijtimoiy tadbirlarni bildiruvchi

«ijtimoiy yunaltirilgan bozor xujaligi» goyasi alohida ommaviylik kasb etadi. Buning maʼnosi, bozor iqtisodiѐtiga asoslangan mamlakatlar real xaѐtida daromadlarning taksimlanishi nafakat bozor kuchlarining erkin xarakati natijasida, balki daromadlarning turli okimlarini ularni kayta taksimlash yuli bilan davlatning tartibga solishi asosida amalga oshiriladi.

Boshkacha aytganda, jamiyat xaѐtining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari

tartibga solinadi, yaʼni jamiyat katlamlari, ijtimoiy guruxlar urtasidagi va ular ichidagi munosabatlar ushlab turiladi, jamiyat aʼzolarining xaѐt darajasi va farovonligini oshirish uchun sharoit taʼminlanadi, ularning ijtimoiy ishlab chikarishda katnashishi uchun iqtisodiy ragbatlarni shakllantirishda ijtimoiy kafolatlar yaratiladi. Kiskasi, davlat aholi daromadlarini shakllantirish siѐsati bilan shugullanadi va shu orkali maʼlum darajada ijtimoiy adolat taʼminlanadi.

Jamiyat aholi daromadlari darajasi ular turmush darajasining

muxim kursatkichi xisoblanib, alohida shaxslar va maʼnaviy

imkoniyatlarini: dam olishi, bilim olishi, sogligini saklashi, eng zarur

extiѐjlarini kondirishini belgilab beradi. Аholi daromadlari darajasiga

bevosita taʼsir kursatuvchi omillar orasida ish xaki xajmidan tashkarish chakana narx denamikasi, isteʼmolchilik bozorining tovarlar bilan tuyinganlik darajasi kabilar muxim urin tutadi.

Jami daromadlar shaxsiy iste`molga shaxsiy yordamchi xo’jalikdan natural tushumlar qiymatini va aholiga ijtimoiy fondlar hisobiga bepul va imtiyozli xizmatlar qiymatini hisobga olgan holda kirimning barcha manbalari bo’yicha pul daromadlarining umumiy yig’indisidir. Aholi jami daromadlari tarkibi 1- rasmda ko’rsatilgan.


Fuqarolar daromadlari darajasi ular farovonligining muhim ko’rsatkichidir. U jamiyatning har bir a`zosining dam olish, bilim olish, sog’liqni saqlash, zaruriy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini belgilaydi. Undan tashqari, oila daromadlari haqidagi ma`lumotlarni umumlashtirish mamlakat iqtisodiyotidagi holat haqida eng qimmatli axborot beradi va uning iqtisodiy-siyosiy kelajagini bashorat qilishga
yordam beradi. Shuning uchun iqtisodchilar aholi daromadlari shakllanishini doimiy kuzatib boradi. Shunday qilib, aholining jami va pul daromadlari umumiyga - soliqlar va majburiy to’lovlarni to’lashgacha bo’lganlarga va tasarrufdagiga – ko’rsatilgan to’lovlarni amalga oshirishdan keyingi netto-daromadga olinadi.



Aholining daromadlari darajasini oshirishda aholining ish bilan bandligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Nazarimizda, ish bilan bandlikni takomillashtirish bo’yicha dasturlarning moliyaviy ta`minoti muammosi o’z yechimini topishi kerak.


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash ham to’gridan to’gri, ham bilvosita mablag’ bilan ta`minlash yo’li bilan respublika va mahalliy byudjetlarning mablag’larini, jamoat jamg’armalari mablag’larini jalb etish, tijorat banklari tomonidan kredit investitsiyasi berish, chet el va tadbirkorlik sarmoyasini
investitsiya jarayoniga jalb etish, shuningdek, xususiy xayr-ehson va qonunchilikda ta`qiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshirilishi lozim.
Aholining turmush sharoitini oshirish, bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash, ishchi kuchi sifatida ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etish salohiyatini yuksaltirish davlatimiz ijtimoiy siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan hisoblanadi.
Bu haqda so’z borganda, Aytish joizki, mamlakatimizda rivojlanish darajasi ortgani sayin, : keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitida aholi daromadlari tarkibida qator o’zgarishlar sodir bo’ldi:


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə