Fakulteti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə3/10
tarix01.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#84945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi guruh im-50 Topshirdi Xayrullayev X qabul qildi

birinchidan, daromad shakllari o’zgardi, ya`ni uning an`anaviy turlari (ish xaqi, pensiya, nafaqa, stipendiya) kategoriyaga mutlaqo yangilari - tadbirkorlik faoliyatidan, mulkdan, ko’chmas mulkdan, qimmatli qog’ozlardan, chet el valyutasidan keladigan daromadlar qo’shildi;
ikkinchidan, daromadlarning tarkibiy qismlari miqdor va sifat jihatidan o’zgardi, bu borada fuqaro ixtiyoridagi haqiqiy daromadlar, to’planish va ajralish koeffitsienti, daromad tanqisligi, tirikchiliк minimumi, qashshoqlik darajasi, oila pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi tushuncha va kategoriyalar paydo bo’ldi;
uchinchidan, daromadlardan foydalanishning yangi yo’nalishlari vujudga keldi: majburiy to’lovlar va badallar, chet el valyutasi, qimmatli qog’ozlar va shaxsiy mulkni sotib olish uchun xarajatlar, tijorat banklariga qo’yilmalar shular jumlasidandir.
Ta`kidlash joizki, aholi daromadlarining darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning zaruriy ehtiyojini qondirish, salomatligini saqlash, dam olishini tashkil etish, ma`lumot olishi, bo’sh vaqtini mazmunli tarzda o’tkazishi bo’yicha imkoniyatlari shunchalik ko’p bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlari tarkibi jiddiy o’zgardi.
Mulkchilik munosabatlarning tubdan o’zgarishi, xo’jalik yuritish va mehnat bozori hamda sarmoya yangi shkllarining yuzaga kelishi aholi daromadlari tarkibiga tegishli o’zgarishlarni olib kirdi. Aholi daromadlari tarkibida uning quyidagi shakllari ajraladi: mehnatga haq to’lash va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, shaxsiy yordamchi xo’jalik, pensiya, moddiy yordam va stipendiyadan keladigan daromad, dividend va aktsiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar hamda chet el valyutasi savdosidan tushumlar, kreditlar, ssudalar, sug’urtalardan tushumlar, shuningdek, boshqa tushumlar.
Aholi daromadlari batafsil tahlil qilish uchun ularning mavjid turlarini to’liqroq baholash maqsadida ma’lum belgilar bo’yicha ularni tasniflash lozim:




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə