Fakulteti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə5/10
tarix01.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#84945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi guruh im-50 Topshirdi Xayrullayev X qabul qildi

"Daromad" iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko`rsatkich bo`lib u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o`zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag’larini natural ko`rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha.bo`lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o`rin tutadi.
Aholi daromadlari ma`lum vaqt oraliqida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.

Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko`rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi "Iqtisodiyot nazariyasi" darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko`rinishida keltirilgan:

(2-jadval)

Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, daromad tarkibining yuqorida keltirilgan tasnifida ma`lum chalkashliklar mavjud. Jumladan, Qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural ko`rinishdagi ta`minotlarini alohida bandda berilishi mantiqqa ziddir, chunki harbiy xizmatchilar ham o`z faoliyatlari natijalarini ishhaqi yoki maosh ko`rinishida oladilar. Shuningdek, 4 - 6 tartib raqamlari bo`yicha keltirilgan bandlar daromad turini emas, balki faoliyat turini ko`rsatadi va h.k.

Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko`chmas mulk, qishloq xo`jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har
xil xizmatlar ko`rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o`z ichiga oladi.
Natural daromad me’nat haqi hisobiga olinadigan va uy xo`jaliklarining o`z iste`mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo`ladi. Jamiyat a`zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko`rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, Sog’lig’ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi.

Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta`sir ko`rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste`mol bozorining tovarlar bilan to`yinganlik darajasi kabilar muhim o`rin tutadi.


Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlab o`tganlaridek: "Mustaqillik yillarida odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo`lgan munosabati ham tubdan o`zgardi. Turmush darajasi, oilasining farovonligi, eng avvalo, o`ziga bog’liq ekanligini tushunib yetayotgan odamlar tobora ko`payib bormoqda".

Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo`lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə