Fakulteti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə6/10
tarix01.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#84945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi guruh im-50 Topshirdi Xayrullayev X qabul qildi

Nominal daromad - aholi tomonidan ma`lum vaqt oralig’ida olingan daromadlarining pul ko`rinishidagi miqdori hisoblanadi.

Ixtiyorida bo`lgan daromad - Shaxsiy iste`mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo`lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to`lov summasiga kam bo`ladi.

Real daromad - narx darajasi o`zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo`lgan daromadga sotib olish mumkin bo`lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko`rsatadi, ya`ni daromadning xarid quvvatini bildiradi. Real daromadlar nominal daromadlarni chakana narxlar va tariflar o’zgarishini hisobga olgan holda nominal daromadlarning real xarid qilish qobiliyatini ifodalaydi. Iste`mol narxlarining o`zgarishi sababli o’tgan yilning mos davriga nisbatan aholining umumiy daromadlarining real o`sish sur`ati 111,4 % ni, aholi jon boshiga umumiy daromadlarining real o`sish sur`ati 109,5 % ni tashkil etdi. Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
b) davlat yordam dasturlari bo`yicha to`lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari;

v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari.


Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ish haqi tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o`zining yetakchi rolini saqlab qoladi.

Aholi pul daromadlari darajasi davlat yordam dasturlari bo`yicha to`lovlar sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta`minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to`lanadi.


Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari
quyidagilardan iborat: davlat sug’urtasi bo`yicha to`lovlar; shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a`zolariga bank ssudalari; jamg’arma bankiga qo`yilmalar bo`yicha foizlar, aktsiya, obligatsiya bahosining ko`payishidan olinadigan daromad va zayom bo`yicha to`lovlar; lotereya bo`yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo`sh mablag’lar; har xil turdagi
kompensatsiya to`lovlar va h.k.

Aholi guruhlari bo`yicha daromadlar taqsimlanish dinamikasini taqqoslash iste`molchi byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste`molchi byudjetlarining bir qator turlari mavjud bo`ladi: o`rtacha oila byudjeti, yuqori darajada ta`minlangan byudjet, minimal darajada moddiy ta`minlanganlar byudjeti, nafaqaxo`rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.


Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta`minlab bo`lmaydi. Bu daraja moddiy ta`minlanganlik minimum yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatidа chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o`rtacha daromad "O`rtacha sinf" deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo`yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste`mol savati to`plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalarini o`qitish imkoniyati, qimmatli qog’ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi.
Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta`minlangan yoki "boy" qatlamining mavjud bo`lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo`lgan juda oz miqdori kiradi. AQSHda aholi bu qismining shaxsiy imkoniyati 8-10 mln. dollar baholanadi.

Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog’liq. Turmush tarzi - bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya.




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə