Falsafa asoslari


Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/221
tarix22.05.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#111989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221
Falsafa asoslari

Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili. 
Dunyoqarash muayyan 
davrda shakllanadi. Shu ma’noda, har qanday dunyoqarash ij- 
timoiy-tarixiy mohiyatga ega bolib, kishilarning umri, amaliy 
faoliyati, hayoti, tabiatga ta’siri va mehnati jarayonida vujudga 
keladi. H ar bir davrda ijtimoiy guruh, jamiyat va avlodning o‘z
13


dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohi- 
yatga ega ekanini ko‘rsatadi.
Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u m a’lum bir ja ­
rayonda takomillashib boradi. Uning shakllari o‘zgaradi, tarixiy 
ko‘rinishlari muttasil yangilanib turadi.
Ma’lumki, insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida dunyo- 
qarash nihoyatda oddiy bolgan. Agar shunday bolmagan ida, har 
qanday jism o‘z hajmiga teng suyuqlik miqdorini siqib chiqa­
rish xossasiga ega ekanini kashf etgan qadimgi zamonning buyuk 
olimi Arximed hammomdan yalang‘och holda chiqib, «Evrika!», 
ya’ni «Topdim!», deya qichqirmagan b o la r edi.
Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda asta-sekin takomil­
lashib borgan. Taraqqiyotning keyingi davrlarida fan sohasida qi­
lingan kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib, 
uning bilimlar doirasi kengayib ketganini ko‘rsatadi. Bunda voris­
lik an’anasi yaqqol ko‘zga tashlanadi: har bir davrning dunyoqa­
rashi, g‘oyasi o‘tmishda yaratilgan m a’naviy qadriyatlarning eng 
yaxshilarini, ilg‘or va ijobiylarini o‘zida saqlab qoladi. Shu asosda 
yangi tamoyillarga ega bolgan dunyoqarash ham takomillashib 
boradi. Oddiy bug‘ mashinasidan kosmik raketalargacha bolgan 
fan-texnika taraqqiyoti bunga yaqqol misol b o la oladi.
Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy 
bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shaklla- 
nadi hamda rivojlanadi. Inson ongli ijtimoiy mavjudot bolgani 
bois, uning dunyoqarashi muayyan ehtiyoj va manfaatlarga asos- 
lanadi. Demak, har qanday dunyoqarash muayyan inson, ijtimoiy 
guruh yoki tabaqaning o‘z ehtiyoj, manfaatlaridan kelib chiqqan 
holda borliqqa munosabatini ifodalovchi g‘oyalar, nazariyalar, bi­
limlar majmuasi, ruhiy holat va e’tiqod mujassami hamda ular­
ning namoyon bolishidir.
Falsafiy dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga ko‘ra, ma’naviy faoli­
yat bolgani bois, u borliqqa bolgan ongli, insoniy munosabatning 
muayyan yo'nalishlarini vujudga keltirgan. Masalan, kishilarning 
jamiyatdagi axloqiy munosabatlari — axloqiy dunyoqarashlarida
huquqiy munosabatlari — huquqiy, siyosiy munosabatlari — siyosiy, 
diniy munosabatlari — diniy, ekologik munosabatlari — ekologik
14


dunyoqarash shakllarida o‘z ifodasini topgan. Buni tizim tarzida 
izohlaydigan bo‘lsak, quyidagicha ko‘rinish kasb etadi:
1. Axloqiy.
2. Diniy.
3. Huquqiy.
4. Siyosiy.
5. Ekologik.
6. Estetik.
Bu tizimni tashkil qilgan nisbatan mustaqil dunyoqarash 
shakllari o‘zaro bogliqlikda, aloqadorlikda harakat qiladi.
Dunyoqarash tizim ining rivojlanish darajasi jamiyat taraqqi- 
yotiga mos keladi va uni ifodalab turadi. Bundan tashqari, har 
bir tarixiy davrda millatning rivojlanishi, uning mentaliteti va 
dunyoqarashida namoyon boladi. Boshqacha qilib aytganda, 
dunyoqarash tizimi va ularning xususiyatlari muayyan inson, ij­
timoiy guruh, tabaqa va butun millatning m a’naviy qiyofasini 
belgilab beradi.
«Dunyoqarash» tushunchasi o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, 
milliy g'urur, tarixiy xotira, ma’naviy barkamollik kabi tuyg‘u 
va tushunchalar bilan uzviy bogliq holda shakllanadi. Chunki, 
dunyoqarash aynan ana shu ruhiy-ijtimoiy hodisalar orqali oy- 
dinlashadi, umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy bir bolagiga 
aylanadi.
Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqi­
yotining qonuniy natijasi bolib, jamiyat rivojlanishining m a’naviy 
mezoni sifatida namoyon bolgan. Taraqqiyotning dastlabki 
bosqichlarida kishilarning tabiatga, o‘zlarining ijtimoiy hayoti- 
ga bolgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda o‘z ifodasini 
topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan. 
Yovuzlik va ezgulik o‘rtasidagi kurashda yaxshilikning mudom 
tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gumanistik mazmu- 
nidan dalolat beradi. Xususan, o‘zbek xalqi sivilizatsiyasi ja­
rayonida yaratilgan rivoyat, afsona va boshqa janrlardagi og'zaki 
ijod namunalari millatimiz tarixda qanday n a’naviy qiyofaga ega 
bolganini hanuz ko‘rsatib turadi. Ular bugungi kunda jahon ah~ 
lini hayratga solmoqda.
15


Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o‘zlariga 
munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan. 
Ezgulik va haqiqat uchun kurash g'oyalarining ifodasi bo‘lgan 
afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka 
ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy 
vositalar, afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan.
Muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o‘ziga 
xos ahamiyat kasb etadi. Ular insonning ilohga bolgan e’tiqodi 
bilan bog‘liq bolib, vujudga kelishiga ko‘ra, boshqa dunyoqarash 
shakllari kabi, muayyan asoslarga ega. Jamiyat hayotida har qan­
day, shu jumladan, diniy dunyoqarashning o‘rni va ahamiyatini 
ham sun’iy ravishda mutlaqlashtirish, salbiy oqibatlarni keltirib 
chiqarishi mumkin. Bu hoi ayniqsa, diniy fundamentalizm va 
ekstremizm insoniyat uchun jiddiy xavfga aylangan hozirgi davrda 
yaqqol namoyon bolm oqda.
Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan 
o‘rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umrning maz­
muni, hayot va o lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy 
e’tiqod tushunchalari bilan boglab tahlil qiladi hamda o‘ziga xos 
mukammal tizim ini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqa­
rashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyat- 
larini bartaraf qilish bilan bogliq regulyativ faoliyati nihoyatda 
muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi 
o‘rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda.
Taraqqiyot jarayonida falsafadan tabiatshunoslik fanlari bilan 
birga psixologiya, etika, estetika kabi ijtimoiy fanlar ham ajralib 
chiqdi. Keyinchalik madaniyat, qadriyatlar va huquq kabi so- 
halarni o‘rganadigan alohida yo‘nalishlar ham paydo boldi. Ular 
olamni o‘z predmeti doirasida yaxlit bilish, uning xususiy qo- 
nuniyatlarini o‘rganishga yordam beradi.
Falsafiy yo‘nalishlar, tadqiqot olib boradigan sohasiga ko‘ra, 
o‘ziga xos bolib, asosiylari quyidagilardir:
Ontologiya — olam, inson va jamiyatning obyektiv-universal 
mohiyati to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotdir. Boshqacha aytganda, u 
borliq to‘g‘risidagi, insonning olamga bo lg an munosabati haqi­
dagi falsafiy bilim sohasidir.
16


Gnoseologiya — bilish falsafasi bolib, olamni anglash, bilish 
nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to ‘g6risidagi 
ta’limotdir.
Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to‘g‘risidagi 
falsafiy ta’limot.
Praksiologiya — insonning predmetli-o‘zgartiruvchan, amaliy 
faoliyati to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot.
Metodologiya — bilish va o‘zgaruvchan faoliyat usullari 
to‘g‘risidagi ta’limot.
Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa) va ta­
fakkur vositalarini (ta’rif, qoida, muhokama, tafakkur qonumyat- 
lari), ularning mazmunidan qat’i nazar, xolis o‘rganuvchi ta’limot.
Etika — axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, ta­
lab va tartib-qoidalari to‘g‘risidagi fan.
Estetika — nafosat falsafasi, jamiyat va inson hayotida 
go‘zallikning o‘rni, qonun-qoidalari to‘g‘risidagi qarashlar maj~ 
muyi.
Bundan tashqari, inson falsafasi (antropologiya), ijtimoiy fal­
safa, tabiat falsafasi, madaniyat falsafasi (kulturologiya), san’at 
falsafasi, mafkura falsafasi (ideologiya), din falsafasi (teologiya), 
siyosat falsafasi (politologiya), huquq falsafasi, texnika falsafasi 
kabi sohalar ham mavjudki, ular bir so‘z bilan ijtimoiy-falsafiy 
fanlar tizimi deyiladi.
Ikkinchi xil klassifikatsiya falsafiy fanlar tasnifida olam va 
odam, borliqning asosi bilan bogliq masalalar qanday usulda 
hal qilinishiga qarab belgilanadi. Bunday tasniflash natijasida 
monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizm, 
teizm,
ateizm kabi ko‘plab yo‘nalishlar ko‘zga tashlanadi. Falsafani 
o‘rganish jarayonida bu tushunchalarga hali ko‘p duch kelamiz va 
o‘rni kelganda ularga zarur izoh va ta ’rif berishga harakat qilamiz.
Bu tizimda falsafa tarixi bilimning muhim tarm ogi hisobla­
nadi. Bunda tadrijiy taraqqiyot tamoyili asosida falsafiy tizimlar 
o‘rtasidagi tarixiy izchillikka tayaniladi. M azkur qollanm ada 
falsafa tarixi ana shunday tamoyil asosida o‘rganilgan.
Falsafiy bilimlar tizimining o‘zgarishi va mazmunan boyib 
borishi obyektiv ijtimoiy-tarixiy jarayon mahsuli bolib, u jami-
17


yarning rivojlanish darajasiga mos keladi va uni o‘zida ifoda etadi. 
Falsafiy bilimlar tizimidagi alohida yo‘nalish har bir tarixiy davr­
da o‘ziga xos qonuniyatlar asosida rivojlansa ham, ularning um u­
miy tamoyillari mavjud. Ya’ni, birinchidan, har bir falsafiy bilim 
yo‘nalishi jamiyat rivojlanishida o‘ziga xos determinant (sabab) 
vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, falsafiy bilimlar jamiyat taraq- 
qiyotiga ta’sir qiluvchi subyektiv omil b o lsa ham, vujudga kelish 
asosi — genezisi nuqtayi nazaridan obyektiv hodisadir. Uchinchi- 
dan, falsafiy bilim yo‘nalishlarining o‘zaro bogliqlik, aloqadorlik 
munosabati, ularning dunyoni bilishdagi yaxlitligini ta’minlaydi.
Falsafiy dunyoqarashning bu umumiy tamoyillari har qanday 
konkret dunyoqarash shakllari uchun uslubiy asos b o lib xizmat ' 
qiladi.
1. Falsafiy dunyoqarash ilmiydir, Chunki u narsa va hodisalar 
o‘rtasidagi boglanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik 
ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifoda- 
laydi. H ar qanday falsafiy dunyoqarash shakli obyektiv olamdagi 
narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini aks ettiradi.
2. Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning 
o lm ish i dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz rivoj- 
lanishini ifodalaydi.
3. Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili har 
qanday dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar 
orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik bu- 
zilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan 
va izchil aks ettirishiga putur yetadi.
4. Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash 
shakllarining mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadi, ya’ni 
har qanday dunyoqarash shakli o‘ziga xos falsafiy xususiyatga ega.
5. Falsafiy dunyoqarash maqsadga muvofiq bolib, inson man- 
faatlariga mos keladi. Chunki, inson muayyan maqsad, orzu- 
umidlar bilan yashaydi, ularni o‘z dunyoqarashida aks ettiradi.
6. Falsafiy dunyoqarashning g‘oyaviylik tamoyili, uning asosida 
muayyan g‘oya yotgani bilan ifodalanadi. Xususan, bugungi o‘zbek 
milliy falsafiy dunyoqarashi milliy mustaqillik, o‘zlikni anglash, 
millatimiz kelajagini belgilaydigan istiqlol g‘oyasiga tayanishi bilan


xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu g‘oyani e’tiqodga aylanti- 
rish va uning amalga oshishi uchun xizmat qiladi.
7. 
Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri 
nazariya va amaliyot birligidir. Dunyoqarashning nazariya sifati- 
da mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, 
istiqbol rejalarini belgilashda q o l kelishi bilan izohlanadi. Shu­
ningdek, dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish jarayonida 
uning usul va vositalari muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida ko‘rsatilgan funksiyalarning o‘zaro ichki bogliqligi 
falsafaning mushtarak umumnazariy va uslubiy ahamiyatini 
belgilab beradi. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari hamda aham i­
yatini har tomonlama o‘rganish inson va jamiyatning ma’naviy 
kamolotiga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida, 
falsafiy bilimlar tizimini takomillashtirish yo‘llarini topish im- 
konini beradi. Masalaning bu tarzda hal etilishi umuminsoniy 
sivilizatsiya tamoyillariga ham mos keladi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə