Falsafa asoslari


Falsafada milliylik va umuminsoniylik, milliy falsafani rivoj-



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/221
tarix22.05.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#111989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221
Falsafa asoslari

Falsafada milliylik va umuminsoniylik, milliy falsafani rivoj-
lantirish zarurligi. 
Falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga 
doir umumiy muammolarni qamrab oladi, albatta. Ma’lumki, 
olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni 
mazmunli o‘tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan 
bogliq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo 
falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham 
o‘z
ifodasini topadi. Aslida, yuqorida zikr etilgan umummsomy 
mavzu, masala va muammolarning barchasi awal-boshda xu­
susiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida 
namoyon boladi. 0 ‘z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodariarini 
sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun 
qayg‘uradi, ularni o‘ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb 
biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar 
albatta aks etadi. Bu esa, o‘z navbatida, umuminsoniy fan bolgan 
falsafada milliylikning aks etishiga asos boladi. Umuminsoniylik
— vatansizlik (kosmopolitizm) bolm agani singari, milliylik ham
— milliy qobiqqa o‘ralish, milliy mahdudlik degani emas.
Lekin sizning xayolingizda beixtiyor «Milliy falsafa bolishi
mumkinmi? Axir, yuqorida falsafaga o‘z mohiyati bilan umum-
19


insoniy fandir, degan ta’rif berildi-ku?» — degan savollar charx 
urishi mumkin. Bu — o‘ziga xos milliy taraqqiyot yo‘lidan keta- 
yotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bolgan savollardir. 
Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfaat- 
larimiz nuqtayi nazaridan qaraydigan bolsak, 0 ‘zbekistonda bu 
yo‘nalishni rivojlantirish zarurati yetilganini anglaymiz.
Falsafiy adabiyotlarda milliy falsafa mavzuida turlicha fikrlar 
mavjud. Ayrim faylasuflar, aslida milliy falsafa bolishi mumkin 
emas, bunday yondashuvning o‘zi etnik mahdudlikka olib keladi, 
deb hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki, milliy falsafa milliy 
g‘oya va mafkurani shakllantirishnig nazariy asosi ekan, har qan­
day umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy 
zamonda xususiy holda namoyon boladi, deya milliy falsafani 
yoqlab chiqadi.
Biz millat bor ekan, milliy madaniyat, til va adabiyot ham 
mavjud degan fikrga o‘rganib qolganmiz. Aslida, ularning 
barchasi nafaqat bir millatga, balki butun insoniyatga xos-ku! 
Bizning nazarimizda, milliy falsafa millat mentalitetini bel- 
gilaydigan muhim omildir. Umumbashariy sivilizatsiyaga uzviy 
qo‘shilish jarayoni milliy falsafani yaratish orqali sodir boladi. 
Eng muhimi — falsafadagi milliylik umuminsoniylikni rad qilish 
evaziga emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib boradi.
Falsafa tarixiga nazar tashlaydigan bolsak, ayrim milliy fal- 
safalarning umuminsoniy ma’naviyat xazinasiga munosib hissa 
b o lib qo‘shilganini ko‘ramiz. Masalan, Rim imperiyasi zavolga 
yuz tutganidan keyin o‘z milliy davlatchiligiga ega bolgan Yev­
ropa mamlakatlarida, o‘rta asrlarga kelib, milliy falsafa yaratish 
imkoni tug‘ildi. ( 0 ‘rta asr Yevropa madaniyatiga bag‘ishlangan 
mavzuda bu haqda atroflicha fikr yuritamiz). To‘g‘ri, ular 
umumyevropa hududida, qadimgi Yunoniston va Rim madaniyati 
negizida shakllandi. Ularda Yevropa xalqlariga xos umumiy jihat 
va xususiyatlar, umumetnik mentalitet aks etgan edi. Bu jarayon 
avvalo, Italiya va Angliyada, so‘ngra Fransiyada yuz berdi. Bu 
falsafiy maktablarning F. Bekon va R. Dekart, B. Spinoza va 
J.J. Russo kabi atoqli namoyandalari nafaqat o‘z mamlakatlari, 
balki Yevropa va jahon falsafasi tarixida o‘chmas nom qoldirdi.
20


Ular, avvalambor, o‘z yurti, o‘z millati sha’nu sharafini yuksak- 
likka ko‘tarish, taraqqiyotga olib chiqish uchun ilg'or g‘oyalarni 
o‘rtaga tashlagan, davr taqozo etgan mafkuraning shakllanishiga 
hissa qo‘shgan.
Xuddi shunday, XVIII—XIX asrlarda milliylik va jahon fal­
safasining taraqqiyotiga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatgan hudud 
Prussiya 
bo‘ldi.
Uzoq vaqt Avstriya-Vengriya imperiyasi tarki- 
bida bolgan bu o‘lka mustaqillikka erishib, milliy davlatchiligini 
tiklaganidan keyin, milliy ozodlikning falsafiy in’ikosi o laroq
I. Kant, I. Hegel, Fixte, Shelling, Feyerbax kabi donishmandlar 
tomonidan asoslangan nemis falsafasi shakllandi. Keyinchalik 
bu falsafa Nichshe, Freyd kabi ko‘plab faylasuflar tomonidan 
rivojlantirildi. Ushbu falsafa maktabining atoqli namoyandasi 
hisoblangan Hegel ta ’limoti esa, Pruss monarxiyasining davlat 
mafkurasi maqomini oldi. Hamma narsaning o'tkinchi ekan­
ligini nihoyatda yaxshi biladigan, yangi zamonning Arastusi 
nom ini olgan Hegel Pruss monarxiyasining o‘tkinchi ekanligini 
bilmasmidi? Nim a sababdan u dialektik ta ’limoti emas, balki 
monarxiyaga xizmat qilgan falsafiy sistemasining mukammalroq 
bo lish i uchun ko‘proq kuch sarfladi? degan savollar haligacha 
faylasuflarni o‘ylantirib keladi.
Xo‘sh, nim a sababdan Hegel bu yoldan bordi? Chunki, Hegel 
o‘z davrining, o‘z xalqining farzandi edi. U mustaqil nemis milliy 
davlati — Pruss monarxiyasi davrining mahsuli, o‘sha davr falsa­
fasining namoyandasi edi. U «Faylasuflar osmondan yomg'ir kabi 
yogllmaydilar yoki yom glrdan keyingi qo‘ziqorinlardek yerdan 
o‘sib chiqmaydilar, balki ularni xalq yaratadi» deganida aynan 
ana shuni nazarda tutgan edi. Hegel o‘z ijodi va faoliyati bilan 
Pruss monarxiyasi, garchand monarxiya shaklida bolsada, nemis 
davlati ekanligini o‘z millatining ongi va dunyoqarashini tarkibiy 
qismiga aylantirib keta olgan buyuk faylasuf edi. Uning «Aqlga 
muvofiq narsalarning barchasi voqedir, voqe bolgan narsalarning 
barchasi esa aqlga muvofiqdir», degan so‘zlarini ham ana shu 
m a’noda tushunish lozim. Hegelning bu masalada dialektik emas, 
balki metafizik usulga ko‘proq e’tibor berganligining sababi ham 
ana shunda.
21


0 ‘sha davrgacha, Rim imperiyasi qulaganidan keyin ko‘proq 
tarqoq hududlarga bolinib, Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibida 
yashab kelgan nemis millati uchun Pruss monarxiyasi — milliy 
davlat edi. Uning shakli-shamoyili kelajakda o‘zgarishi boshqa 
masala bo‘lgani holda, bu davlatning Yevropada nemis milliy 
davlati tarzida saqlanib qolishi, uning millat falsafasiga aylanishi 
bilan b ogliq edi. M illat falsafasiga, uning dunyoqarashiga aylan- 
gan milliy davlatchilik g‘oyasi hech qachon so‘nmaydi, garchand 
yurtni yovlar asrlar davomida bosib tursalarda, qachondir baribir 
qad rostlaydi va millatning davlati tarzida yana qayta namoyon 
boladi. Hegel o‘z millatining falsafasi va dunyoqarashiga o‘sha 
davlatning shakli-shamoyilini va mazmun-mohiyatini singdirib 
keta olgan faylasuf darajasiga ko‘tarilgani uchun ham bu millat 
tarixida va u orqali, jahon falsafasi tarixida abadiy qoladi. M il­
liylik va umumyevropa madaniyatidan bahra olgan bu falsafa 
haligacha o‘z jozibasini yo‘qotmaganligining sabablaridan biri 
ham ana shunda.
Shunga o‘xshash vazifani, o‘z davrida, millatimizning asl far- 
zandi Alisher Navoiy ham bajargan. U ozodlikka erishgan mil­
lat falsafasini adabiyot falsafasiga, mustaqil davlat tilini adabiyot 
tiliga aylantira olgan, o‘z xalqining bu sohadagi dahosi buyuk 
ekanligiga, nafaqat zamondoshlari, balki kelajak avlodlarni ham 
ishontirib keta olgan edi. Navoiy va uning zamoniga, o‘sha davrga 
xos o‘zgarishlarning boshida turgan Am ir Temur faoliyatiga qay- 
ta-qayta murojaat etilishining sabablaridan biri ham ana shunda. 
Zero, har bir xalq, avvalo, o‘zining tarixidan bugungi kun uchun 
tashbehlar izlaydi va ijtimoiy taraqqiyoti uchun asos boladigan 
m a’naviy tamoyil, an’ana va qadriyatlarga murojaat qiladi.
Bugungi kunda bashariyat milodiy XX asr bilan xayrlashib, 
uchinchi ming yillikka qadam qo‘ydi, hayotning barcha sohalari- 
da ulkan yutuqlarga erishdi. Fan va texnika, madaniyat va maorif 
beqiyos rivojlandi. Odamzod o‘zining aql-zakovati va mehnati bi­
lan juda ko‘p yangiliklar yaratdi. Dunyoning ko'plab sir-asrori 
kashf etildi, buyuk ixtirolar qilindi.
Biz yashayotgan dunyo so‘nggi yillarda nihoyatda o‘zgarib 
ketdi. Xususan, Vatanimiz tarixida XX asrning 90-yillarida
22


olamshumul voqealar yuz berdi: mamlakatimiz mustaqillikka 
erishib, tub islohotlarni amalga oshirishga kirishdi. Xalqimizning 
huquqiy demokratik jamiyat barpo etish zarurati dunyoqarashni 
tubdan o‘zgartirish, eski aqidalardan tamoman voz kechish, is- 
tiqlol mafkurasini shakllantirish, xalq ma’naviyatini yuksalti- 
rishni taqozo etmoqda. Bunda ijtimoiy fanlar, ayniqsa falsafiy 
bilimlarni egallash muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi dunyoda o‘z milliy falsafa maktabini yaratgan xalqlar 
bor. Chunonchi, «hind falsafasi», «xitoy falsafasi», «nemis falsa­
fasi», «ingliz falsafasi» kabilar shular jumlasidandir. Milliy ada­
biyot, milliy madaniyat, san’at va hokazolar bolgani kabi, mil­
liy falsafaning ham bolishi tabiiy. Ammo bu — falsafa milliy 
qobiqqa o‘ralib qoladi, degani emas. U umuminsoniy fan sifa­
tida, bir tomondan, umumbashariy muammolarni qamrab olsa, 
ikkinchi tomondan, shu masalalar bilan shug‘ullanayotgan aniq 
shaxs — faylasuf mansub millatning muayyan manfaatlarini ham 
ifodalaydi. Millat ozod bolsa, o‘z turmush tarziga mos fikrlasa, 
olamni, uning muammolarini dunyoqarashiga xos holda idrok eta 
olsa, uning o‘z falsafasi shakllanadi. Bunday falsafa xalq m an­
faatlarini aql-idrok, mafkura y o li bilan himoya qilishga, uning 
ongi, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Shu bois Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng milliy 
falsafani rivojlantirish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etdi. Busiz 
millatning haqiqiy farzandi bolgan, uning kamolini o‘ylaydigari 
chinakam ozod, hur fikrli, barkamol insonni tarbiyalab bolmaydi. 
Shu sababli biz o‘rganadigan falsafa umumbashariy muammo- 
lar bilan birga, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, huqu­
qiy demokratik jamiyat barpo etish jarayonidagi m a’naviyatning 
tarkibiy qismi bolib, uning asosiy tamoyillarini aks ettirm ogi 
lozim.
Bugun ulug‘ ajdodlarimiz tamal toshini qo‘ygan o‘zbek milliy 
falsafasini rivojlantirishning barcha shart-sharoitlari mavjud va 
bunda quyidagi jihatlar alohida o‘rin tutadi:
— xalqimizning o‘z milliy an’analariga sodiqligi;
— mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;
— muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;
23


— mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.
0 ‘zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga
oshirish quyidagi muammolarning yechimini topishga bogliq:
— birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan 
tariximizni haqqoniy yoritish falsafiy g‘oyalar, qarashlar tarixini 
ham xolis ko‘rsatib berishni taqozo qiladi. 0 ‘z davrida qimmatli 
tarixiy manbalarning yo‘q qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etil- 
gani bu ishni qiyinlashtirmoqda;
— ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekan­
ligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlar- 
ning kamligi umuminsoniy ma’naviy merosdan bahramand 
bolish va ulardan ijodiy foydalanishga to‘siq bolm oqda;
— uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta 
g‘oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy 
bo‘shliqni yangi g‘oyalar bilan toldirish, istiqlol mafkurasini 
shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish bugungi falsafa masalalari 
bilan shug‘ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda 
katta mas’uliyat yuklaydi. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga 
aloqador har bir yurtdoshimiz dunyoqarashining milliy man- 
faatlarimiz nuqtayi nazaridan o‘zgarishi nihoyatda muhimdir. 
Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan 
hozirgi davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy ong­
ning shakllanishiga muayyan darajada ta ’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə