Falsafa asoslari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/221
tarix22.05.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#111989
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   221
Falsafa asoslari

Tayanch tushunchalar: 
falsafa, faylasuf, falsafiy muammolar, 
falsafaning milliyligi, falsafaning umuminsoniyligi, dunyoqarash, 
dunyoqarashning vazifalari, mifologik dunyoqarash, diniy dunyo­
qarash, falsafaning vazifalari, tafakkurning o‘zgarishi, dunyoqa­
rashning yangilanishi.
Takrorlash uchun savollar
1. «Falsafa» tushunchasining mohiyatini qanday tushunasiz?
2. Falsafaning bahs mavzulari nima?
3. Falsafaning umuminsoniyligi deganda nim ani tushunasiz?
4. Falsafa milliy bolishi mumkinmi?
5. «Dunyoqarash» tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy 
shakllari.
28


6. Falsafiy dunyoqarashning vazifalari nimalardan iborat?
7. 0 ‘zbekistonda yangi dunyoqarashni shakllantirish vazi­
falari.
2-mavzu. Falsafiy tafakkur tarixi.
Sharq falsafasi
Tarixni bilish, undan to‘g‘ri va xolis xulosalar chiqara olish in ­
son ma’naviy kamoloti uchun nihoyatda muhim. Tarix — buyuk 
muallim, o‘tmishdan saboq beradigan tarbiyachidir. Gap eng qa­
dimgi davr falsafasi haqida borar ekan, bu haqiqat yanada katta 
ahamiyat kasb etadi. Ayrimlar «Bizga ming yillar qa’rida yotgan 
madaniyat va falsafadan nima foyda, yaxshisi, bugunning gapi- 
dan gapiring?”, « 0 ‘tmish qa’ridan tashbeh izlagandan ko‘ra, bu­
gungi muammolar ustida bosh qotirgan ma’qul emasmi?» degan 
xayollarga borishi mumkin. Bir qarashda ularning gapida ham 
jon borga o‘xshaydi. Ammo bir narsa aniq: olm ishni bilmas­
dan turib, kelajakni to‘g‘ri tasaw ur etish mumkin emas. Zero, 
o‘tmishsiz kelajak yo‘q.
Shu ma’noda, biz falsafa tarixini azbaroyi o‘tmishga qiziqqani- 
miz uchun o'rganmayapmiz. Biz uni turli zamonlarda ro‘y bergan 
xilma-xil voqea va hodisalarning falsafiy fikr va ongida qanday 
aks etgani, ularni qanday g‘oyalarning tug‘ilishiga sabab bo‘lgani, 
qaysi ta’limotlar insoniyat taraqqiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatgani, 
qaysi mafkura odamzodni ko‘proq rivojlanish yoki tanazzul to ­
mon yetaklagani kabi haqiqatlarni bilib olish uchun o‘rganamiz. 
Tarixni o‘rganmoq va undan saboq olmoq har bir inson uchun 
zarurdir. Bu — falsafa bilan shug'ullanayotgan mutaxassis uchun 
ham, uni o‘rganayotgan talaba uchun ham birdek muhim aha­
miyatga ega. Tarixni falsafasiz to‘g‘ri tushunib bolm agan i kabi, 
falsafani ham tarix haqiqatisiz to‘g‘ri anglab bolmaydi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə