Falsafa asoslari


Qadimgi Sharq falsafasi va uning milliy yo‘nalishlari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/221
tarix22.05.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#111989
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   221
Falsafa asoslari

Qadimgi Sharq falsafasi va uning milliy yo‘nalishlari. 
Sharq 
qadimiy madaniyat o‘chog‘i va jahon sivilizatsiyasining beshigi 
deya bejiz ta’riflanmagan. Zero, Sharqning o‘ziga xosligi, unga 
mansub bolgan madaniy taraqqiyot ja h o i sivilizatsiyasining 
beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani 
ham sir emas.
29


Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, 
ko‘pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o‘tmishini, Misr, Bo- 
bil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri 
bo‘lgan Shumer davrlarini, qadimgi Xitoy va Hindiston diyorida 
yashagan xalqlarning ma’naviy merosini esga oladi. Bularning 
har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining 
o‘ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan 
tarzda namoyon bolishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat 
o‘choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida «Eng qadimgi tarix» 
darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar o‘sha davr­
larda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va 
imperiyalar bolganini yaxshi biladi. Biz bugun o‘sha davrlardagi 
falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohaza- 
lari, o‘ziga xos ta’limotlarining asosiy tamoyillari bilan yaqinroq 
tanishmoqchimiz.
Qadimgi Misr va Bobil falsafasi. 
Ko‘xna Sharq sivilizatsiya- 
sining beshiklaridan biri bolgan Misr, qadimgi zamonda ilk o‘troq 
hayot va o‘ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryo- 
si bo‘ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi. 
Eramizdan awalgi to‘rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi 
ming yillik bbshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki 
diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, 
kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha 
rivoj topa boshlagan edi. Tabiiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning 
yuzaga kelishi ikki yo‘nalishda borgan. Birinchi yo‘nalish olam 
haqidagi tasaw urlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot 
fanlari rivoji bilan bogliq ekanini, ikkinchi yo‘nalish esa, bu 
tasawurlarning mifologiya bilan bogliq bolganini ko‘rsatadi.
Birinchi holda, asosan, tabiiy bilimlarga tayanilgan, kundalik 
hayotda duch kelinadigan voqea-hodisalar aniq dalillar asosida 
tahlil etilgan, o‘rganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan. 
Bu - o‘sha davr uchun tabiiy hoi edi, ya’ni u — davrning inson 
ongida aks etishi, kundalik turmush hodisalarining oddiy tarz­
da ifodalanishi edi. Aynan ana shu hoi tabiiy bilimlar rivojiga, 
garchand sodda tarzda bolsa-da, aksariyat hodisalarning falsafiy 
asosda izohlanishiga sabab bolgan.
30


Ikkinchi holatda esa, hali tabiat kuchlarining qarshisida n i­
hoyatda ojiz bolgan odamzod, albatta, tevarak-atrofdagi voqea- 
hodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hoi edi. Shu bilan birga
odamning mavjudlik xossalarini va olam qonuniyatlarini ilmiy 
tushunish ko‘nikmasi hali shakllanib ulgurmagan o‘sha qadim 
zamonlarda, afsona hamda rivoyatlarga asoslanib fikr yuritmas- 
likning imkoni ham yo‘q edi. Bu - o‘sha davrlardan qolgan yoz~ 
ma manbalarda, xususan, «Xo‘jayinning o‘z quli bilan hayoti­
ning mazmuni haqida suhbati», «Mug‘anniyning qo‘shig‘i»,.«0‘z 
hayotidan xafsalasi pir bolgan kishining o‘z joni bilan suhbati* 
kabi bitiklarda aks etgan.
Qadimgi Misr va Bobilda shakllangan falsafaning eng asosiy 
xususiyati shundan iborat ediki, ularda, bir tomondan, ilohiy 
kuchlarga ishonch, ularning tabiat va jamiyatga ko‘rsatadigan 
ta’sirini mutloqlashtirish xususiyati ustuvor bolgan bolsa, ik­
kinchi tomondan, afsona va rivoyatlar tarzida bolsa-da, dunyoviy 
bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan. 
Umuman, bunday xususiyatni, qadim zamondagi barcha sivili- 
zatsiyalarga xos deyish mumkin.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə