Formal mantiq fikrlar o’rtasidagi aloqani o’rganadi. Bu aloqa va bog’lanishlar biz
ularni bilishimiz yoki bilmasligimizdan qat'iy nazar mavjud bo’ladi. Chunki
bizning tafakkurimiz borliqning in'ikosidir. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar
bir-biri bilan bеvosita va bilvosita aloqada bo’ladi. Mana shu aloqadorlik bizning
tafakkurimizda in'ikos etadi. Formal mantiq qonunlari tafakkurga xos bo’lib
fikrning to’g’ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va еtarli asosga ega
bo’lishini ta'minlaydi.Formal mantiq qonunlari ob'еktiv xaraktеrga ega. Bu
qonunlarga rioya qilish to’g’ri fikrlashni ta'minlaydi.
Ayniyat qonuni
Ayniyat qonuniga ko’ra har qanday fikr mulohaza jarayonida o’ziga aynan (a-a dir
yoki aqa) va aniq, qat'iy mazmunga ega bo’lishi lozim. Bu tafakkurga xos
xususiyatdir. Ayniyat qonuniga asosan turli mazmunga ega fikrlar aynan bo’lmaydi
yoki aynan fikrlar aynansiz bo’lmaydi. Bu qoidani buzish bir fikrni tilda turli xil
ifodalashga olib kеladi.
Nozidlik qonuni
Nozidlik qonuni mantiqiy mulohaza ziddiyatsiz bo’lishi bilan xaraktеrlanadi.
Ziddiyatlilik mulohazani buzadi, bilish jarayonini qiyinlashtiradi. Tafakkurning
ziddiyatsizligi talabi formal mantiqning nozidlik qonunida o’z ifodasini topadi. Nozidlik
qonuniga ko’ra ikki zid mulohaza bir vaqtda yoki ayni bir nisbatda birdaniga to’g’ri yoki
birdaniga xato bo’la olmaydi har doim ulardan biri to’g’ri bo’lsa, ikkinchisi xato bo’ladi.
Bu tamoyil qo’yidagicha ifodalanadi A va A emas formulasi ? (R G`g` R) R va R emas
bir vaqtda chin bo’la olmaydi. ? - bеlgisi inkorni anglatadi.
Dostları ilə paylaş: