Falsafa va hozirgi zamon


Global tendensiyalarni anglashning ahamiyati



Yüklə 49,29 Kb.
səhifə7/8
tarix22.03.2024
ölçüsü49,29 Kb.
#181431
1   2   3   4   5   6   7   8
GLOBALLASHUVNING AFZALLIKLARI

Global tendensiyalarni anglashning ahamiyati. Jahonda yuz berayotgan o‘zgarishlarning ba'zi bir tendensiyalari olimlar va faylasuflar diqqat markazidan bu o‘zgarishlar barchaga ravshan bo‘lishidan oldinroq o‘rin oldi. Masalan, ijtimoiy rivojlanishga turli sivilizatsiyalarning oldinma-ketin almashishi sifatida qaragan ingliz tarixchisi A.Toynbi (1889-1975) kompyuter inqilobidan ancha oldin «XX asrda umumjahon tarixi boshlandi» degan xulosaga keldi. Shu tariqa tub o‘zgarishlar nafaqat jamiyat qurilishi negizlarida, balki dunyo miqyosida yuz berayotgan ijtimoiy jarayonlarning asosiy tendensiyalarida ham aks etgani ta'kidlandi.
Hozirgi zamon nemis falsafasining atoqli namoyandasi K.Yaspers (1883-1969) bu xususda yanada aniqroq fikr bildirdi. U 1948 yilda e'lon qilgan «Tarix kurtaklari va uning maqsadi» asarida, jumladan, shunday deb yozadi: «Ilk bor olamshumul ahamiyat kasb etgan bizning tarixan yangi sharoitimiz yerda odamlarning real birligidan iboratdir. Zamonaviy aloqa vositalarining texnik imkoniyatlari sharofati bilan sayyoramiz insonga to‘la ochiq bo‘lgan yagona yaxlitlikka aylandi»3.
Bu, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, tarixiy o‘lchovlarga ko‘ra jadal sur'atlarda emas, balki misli ko‘rilmagan shitob bilan yuz berdi. Bunda dunyoning yagonaligi tarixiy taraqqiyotni belgilovchi muhim omilga aylandi. Ikkinchi jahon urushi jahon hamjamiyatining parokandaligiga uzil-kesil chek qo‘ydi. Urush tugagani zahoti K.Yaspers «Shu davrdan e'tiboran yaxlit bir butunning yagona tarixi sifatidagi jahon tarixi boshlanadi, - deb qayd etdi. Endi butun dunyo asosiy muammo va vazifaga aylandi. Shu tariqa tarixning butunlay o‘zgarishi yuz beradi. Dunyo mamlakatlari va xalqlari tutashdi. yer kurrasi yaxlit va yagona tus oldi. Yangi xavflar va imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Barcha muhim muammolar dunyo miqyosidagi muammolarga, vaziyat – butun insoniyat vaziyatiga aylandi»4.
Borliq, ong, hayotning mazmuni azaliy falsafiy muammolariga va falsafada muttasil muhokama qilinadigan boshqa masalalarga
Yüklə 49,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə