Talaba mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fan (kurs)ning
xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik о‘zlashtirish darajasi va
qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
ayrim nazariy mavzularni о‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil
о‘zlashtirish;
berilgan mavzu bо‘yicha axborot (referat) tayyorlash;
seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik kо‘rish;
laboratoriya ishlariga tayyorgarlik kо‘rish;
hisob-grafik ishlarini bajarish;
kurs ishi loyihasini bajarish;
malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash;
nazariy bilimlarni amaliyotda qо‘llash;
amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish;
ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash;
berilgan mavzu bо‘yicha elektron variantlarni tayyorlash;
uy vazifalarini bajarish va boshqalar.
Yangi adabiyotlar rо‘yxatini shakllantirish;
Referat tayyorlash;
Manba va adabiyotlarning qiyosiy tahlili;
Xorij manbalarini tо‘plash;
Fotogalereya, albom yaratish;
Aforizmlar tо‘plash;
Manbani tanqidiy tahlil qilish;
Mavzuni prezentatsiya (taqdimot), slaydlar orqali yoritish;
Test tuzish (15-20ta);
Mavzu bо‘yicha о‘z hududingizga oid ma’lumotlarni tо‘plash;
Mavzudagi ma’lumotlarning milliy urf-odatlarga muvofiqligini tahlil
qilish;
Mavzuga aloqador shaxslar hayoti haqida ma’lumot tо‘plash;
Internetdagi URL manzillari (ssilkalar) rо‘yxatini shakllantirish;
Internet tarmog‘i bilan ishlash (saytlar tahlili);
Mavzuga doir videorolik tayyorlash;
Asosiy adabiyotlar tahlili;
Qо‘shimcha adabiyotlar tahlili;
Tayanch tushunchalar tahlili;
Ilmiy maqola va tezislar yozish;
Mavzuga doir statistik ma’lumotlarni tо‘plash va tahlil qilish;
Onlayn seminar trening о‘tkazish.
О‘qitilayotgan fanning xususiyatidan kelib chikib, talaba mustaqil ishini
tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: