Fan nomi: “Kattalarda hamshiralik parvarishi’’ Mavzular ro’yhati



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə1/10
tarix18.05.2018
ölçüsü0,72 Mb.
#44482
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10



Fan nomi: “Kattalarda hamshiralik parvarishi’’

Mavzular ro’yhati.

Mavzu№1: “Kattalarda hamshiralik parvarishi va uning xususiyatlari”

Mavzu №2: “Terapevtik kasalliklar bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishining xususiyatlari’’

Mavzu №3: “Nafas a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi’’

Mavzu №4: “Nafas kasalliklari a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu №5: “ Yurak va qon tomir a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu №6: “Yurak va qon tomir a’zolari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 7: “Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 8: “Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 9: “Jigar kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 10: “Buyrak va siydik ajratish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 11: “Buyrak va siydik ajratish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 12: “Qon va qon yaratish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 13: “Qon va qon yaratish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 14: “Ichki sekretsiya bezlari va moddalar almashinuvi kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 15: “Ichki sekretsiya bezlari va moddalar almashinuvi kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 16: “Allergik holatlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 17: “Surunkali kasalliklar bilan og’rigan bemorlarning o’ziga xos xususiyatlari”.

Mavzu 18: “Kasb – kor, suyak – mushak va biriktiruvchi to’qima kasalliklarida hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 19: “Salomatlik va sog’lom turmush tarsi”.



Mavzu №1: Kattalarda hamshiralik parvarishi va uning xususiyatlari.

Reja:

1.Kattalarda hamshiralik parvarishiga umumiy ta’rif.

2.Katta yoshdagi bemorlarni o’qitish va muommolarini yechish jarayonini.

3.Kattalarda hamshiralik parvarishida qo’llaniladigan asosiy nazariyalar.

4.Katta yoshdagilarning rivojlanish bosqich va vazifalari.

5.Katta yoshdagilarning har bir bosqichidagi xususiyatlari.

6.Sog’lom hayot va katta yoshdagi odamlarda salomatlik muammolari.

Kattalarning salomatligiga bog’liq muommolar murakkab harakterga ega va uning zamirida ko’p omillar yotadi. Katta yoshdagi insonlarni salomatligini saqlab turish va yaxshilash uchun uning shaxsi orqasidan yashirinib turgan turli omillarni to’g’ri tushinish zarur va bemor hayotini hisobga olgan holda samarali yordam ko’rsatish kerak. Shuning uchun muommolarni muntazam yechish jarayonida asosan bemor salomatligini yetarlicha tekshirish va samarali yordam ko’rsatish kerak.

Kattalarda hamshiralik parvarishi – bu katta yosh rivojlanish bosqichida bo’lgan insonga sog’lom kundalik hayot kechirishi uchun, rivojlanish vazifalarini mustaqil bajarishi uchun hamda sog’lom qarilik davriga o’tishiga qaratilgan professional parvarishni amalga oshirishdir.

Kattalarda hamshiralik parvarishida salomatlik muommolarida yechish jarayoni.



Muammolarni yechish jarayonini tashkil etuvchi elementlar.

a)Tahlil: katta yoshdagi bemorlarga tegishli ma’lumotlarni muntazam yig’ish va parvarish bo’yicha muommolarni aniqlash.

b)Rejalashtirish: parvarish muommolari ichidan muhimlik tartibini aniqlash va qo’yilgan vazifalar, ularni bajarish muddatlarini hamda muommolarini yechish usullarini o’z ichiga oluvchi parvarish rejasini tuzish.

c)Amalga oshirish: rejalashtirilgan parvarishni olib borish va shu bilan birga hamshira faoliyati natijalari haqida ma’lumot olish.

d)Baholash: amalga oshirilgan parvarish natijalari qo’yilgan vazifalar bilan solishtiriladi.Barcha bosqich jarayonlari umumlashtiriladi va parvarish muommolari yechilgan yoki yechilmaganligi aniqlanadi.

Barcha tarkibiy qismlarning o’zaro bog’liqligi yuqorida sanab o’tilgan 4 ta tarkibiy qismlar amaliy parvarish ko’rsatish jarayonini ifodalaydi va bunda 4 ta bosqich ketma-ketlikda keladi.

Katta yoshdagi odamlar bir-biridan individual hayotiy foni va turli tuman odatlari bilan farq qiladi. Hamda qarish jarayonida yuzaga keladigan jismoniy o’zgarishlarni boshidan kechiradi va turli xil hayotiy muommolarga ega. Shuningdek, katta insonlar salomatligi shu hamma omillarning murakkab yig’indisi ta’siri ostida shakllanadi. Shuning uchun salomatlik holatini baholash va tahlil qilishda muntazam va ilmiy yondashib, rahbarlik qilish zarur. Tahlil obyekt salomatligiga tegishli muntazam ma’lumotlar yig’ish va parvarishdagi muommolarni aniqlashdan iborat.

Mijozning fizik holatini baholash: fizikal tekshiruvlar.

Ruhiy holatini baholash: kasallikni qanday qabul qilingaligi va barcha davolanishlar, qiyinchiliklarni hal qilish usullari va h.k.

Ma’lumotlar manbaalari:

Mijoz, oilasi, turli yozma axborotlar, mijoz bilan muloqotda bo’lgan barcha tibbiy hodimlar.

Ma’lumot yig’ish uslubi:

Obyektiv ma’lumotlar:

Simptomlar, kuzatuvdagi belgi va ta’surotlar;

O’lchovlar natijasida aniqlangan ma’lumotlar;

Turli tekshiruv va tahlillar natijasida olingan ma’lumotlar.



Subyektiv ma’lumotlar:

  • Mijozning o’zi ta’riflab bergan ma’lumot;

  • To’g’ridan to’g’ri bemor bilan o’zaro suhbat jarayonida olingan ma’lumot.

Ma’lumot yig’ishdagi asosiy momentlar:

  • Katta yoshdagi mijoz va hamshira o’rtasidagi o’zaro munosabat asosiy poydevor hisoblanadi;

  • Olingan muhim ma’lumotni to’g’ri qabul qilish uchun bilim va muloqot malakasining yetarlilgi;

  • Katta yoshdagi mijozlarning fikrlarini, subyektiv dunyoqarashini qadrlash – bemorning fikriga ahamiyat berish muhim.

  • Mijoz va oilasini tashvishga solayotgan muommolarini diqqat bilan tinglash va ularga kerakli yordam ko’rsata olish;

  • Ma’lumot yetarli emasligiga asoslangan holda parvarishning foydasizligi haqida gapirmaslik, vaziyatda kelib chiqqan holda u yoki bu holatda kerakli bo’lgan parvarish olib borish;

  • Barcha ma’lumotlarni birdaniga yig’ib olishga urinmaslik;

  • Ma’lumot tushunarsiz yoki noaniq bo’lmasligi kerak – ma’lumot tekshirilishi kerak;

  • Konfidensial printsipiallik.

Muammolarni aniqlash.

  • Muammolarni aniqlash: yig’ilgan ma’lumotlar tahlil qilinadi, umumlashtiriladi, baholanadi va muammolar aniqlanib, hamshiralik yordami ko’rsatiladi.

  • Parvarish muammolari – bu hamshiralik parvarishi bilan hal etilishi mumkin bo’lgan mijoz salomatligining holatiga bog’liq bo’lgan muammolardir(hamshiralik aralashuvi, real hal qilinishi mumkin bo’lgan muammolar).

Muammolarni hal qilish rejasini tuzish.

Reja tuzish – bu aniqlangan parvarish muammolarining muhimlik bilan tartibini aniqlovchi jarayon bo’lib, parvarish maqsadini hisobga olgan holda kutilayotgan natijalar rejalashtiriladi, bajarish muddatlari va amaliy faoliyat belgilanadi.

Vazifa tanlash – bu tibbiyot hamshirasining fikrlash qobilyati bo’lib, parvarish muammolarini hal qilishda hamshira erishishi mumkin bo’lgan natijalarni aniqlab olishidir. Bu hamshiraning parvarish muammosini yechishda hohlayotgan natijalarni aniq ko’rinishidir.

Hamshiralik jarayoni rejalashtirish

Hamshiralik jarayoni – bu kutilgan natijani olish maqsadida parvarish qilish bo’yicha aniq yo’naltirilgan va rejalashtirilgan faoliyatidir. Kutilgan natijaga erishish uchun muammolar harakteriga tayangan holda parvarishning amaliy usullarini tanlash lozim.

Bundan tashqari mijozning individual hususiyatlarini hisobga olib parvarish qilishning aniq va effektiv usullarini ko’rsatish lozim:

- Hamshiralik chora tadbirlari va uni konkret amalga oshirish usullari

- Hamshiralik jarayoni parvarishning spetsefik vazifalari bo’lib, muammoni hal qilish jarayoni yo’nalishlarini aks ettiradi.

Baholash – olib borilgan hamshiralik jarayoni natijalarini qo’yilgan vazifalar bilan birga taqqoslash jarayoni bo’lib, ularning effektivlik darajasini aniqlashdir. Shuningdek, bunga muammolarni hal qilish jarayonining barcha etaplarini ko’rib chiqish, qayta analiz va parvarish rejasining korrektsiyasi ham kiradi.

Baholash uslublari:


  • Kutilayotgan natijalargan taaluqli bo’lgan ma’lumotni yig’ish (mijozning ahvoli, so’z va harakatlar, reaksiya, munosabatlar);

  • Yig’ilgan ma’lumotlarni kutilayotgan natija bilan solishtirish va natijaga erishish darajasini aniqlash.

  • Kutilayotgan natijalar parvarishning yakuniy maqsadlariga yo’naltirilganligini aniqlash.


Mijozlarni o’qitish tushunchasi.

Bu bemor salomatligi darajasini optimal yaxshilashga qaratilgan rejalashtirilgan va sistematik olib boriladigan jarayondir.

Katta yoshdagilar kichik yoshdagilarga qaraganda boy hayotiy tajribaga ega, shu sababli o’qishga, o’rganishga bo’lgan tayyorlik darajasi kichik yoshdagi o’quvchilardan ko’p.

Katta yoshdagi mijozlarni to’g’ri va effektiv o’qitish uchun o’qilayotgan ob’yekt hususiyatlarini to’g’ri tushunish va o’quv jarayonida qo’llash lozim.

Salomatlikka nisbatan munosabati va kasallikka nisabatan psixosotsial moslashuvi baholash.


  • O’qishga bo’lgan tayyorgarligini baholash

  • Salomatlik muammolariga qiziqish darajasi

  • Salomatlikning muhimligini anglash

  • O’zining kasalini atrofdagilarga tarqalishi xavfini anglash

  • Kasallikka nisbatan psixosotsial moslashuv etaplarini baholash

  • Sog’liqda muammolar bo’lganda bemor va uning oilasi turli psixologik jarayonlarni boshdan kechiradi – qo’rquv, ichki konfliktlar va hokazo.

Tashqi ta’surotlar natijasida organizmda sodir bo’ladigan o’zgarishlar «Stress» deb ataladi.

Inson uchun zararli bo’lgan tashqi ta’surotlar stressorlar deb ataladi, bu stressorlar ta’sirida paydo bo’ladigan psixologik, ijtimoiy va o’zini tutish reaksiyalari stress reaksiyalari deb ataladi.

Stressning biologik modeli.(Gans Sele)

Ekologiyaga ta’sir etuvchi zararli ta’sirotlar buyrak usti bezi po’stlog’i gipertrofiyasi , buqoq bezi, taloq va limfa tugunlari atrofiyasi kabi patologik o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Stressning asosiy bosqichlari:



  • Havotirlanish davri: arterial bosim, tana haroratining pasayishi, hazm a’zolarida funksional o’zgarishlar va hokazolar.

  • Qarshilik davri: arterial bosim, tana haroratining ko’tarilishi;

  • Charchash davri.

Stress davrlari bu ilmiy moslashish sindromning bir ko’rinishi bo’lib, uning asosida adrenogipofizlar tizimida birlamchi o’zgarishlar kuzatiladi. Hayajonlanish, ko’rish va eshitish asosiy dominant (boshqaruvchi) vazifasini o’ynaydi.

Stressning paydo bo’lishida turli xil omillar: yuqori va past harorat, to’qnashuv vaziyatlari, turmush sharoitining keskin o’zgarishlari, turli xil farmakologik vositalarning ta’siri bo’lishi mumkin. Salbiy ta’surotlarni bartaraf qilish yo’llarini tibbiyot hamshirasi bemorlarga tushuntirishi lozim. Ammo hamma stresslar ham inson uchun zararli emas. «Yaxshi stress» bu eustress – organizmning yangi sharoitlarga moslashish uchun safarbar qiladi. «Yomon stress» - distress – nevrozlar rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin.



Stress turlari:

    1. O’tkir stress – birda rivojlanadi.

    2. Surunkali stress – kuchli va nisbatan kuchsiz bo’lib, organizmga uzoq vaqt davomida ta’sir qiladi.

Gomeostaz. Bu shunday holat bo’lib, bunda organizm ichki muhiti (suv, elektrolitlar, gormonlar, kislorod, ozuqa moddalari va boshqalar) organizmning tashqi muhitidagi turli o’zgarishlariga mos ravishda o’zgaradi va bir xildagi me’yorda ushlanib turadi.

Koping. Biror bir qiyinchilik yoki muammolar natijasida inson stress holatiga ushlanib qolganda, u bu vaziyatdan qochishga yoki ularni yengib o’tishga harakat qiladi. Individumning doimiy va uzluksiz bu qiyinchilik va krizisni yengishga qaratilgan tegishli harakatlari koping deb ataladi.

Ijtimoiy qo’llab quvvatlash.

Inson turli xildagi shaxslararo munosabatlar mavjud bo’lgan muhitda yashaydi va stress ta’sirida uni o’rab turgan insonlarning qo’llab quvvatlashlarini oladi (oila, do’stlar, hamkasblar, mutaxassislar va boshqalar) bu ijtimoiy qo’llab quvvatlash deb ataladi. Ijtimoiy qo’llab quvvatlash stress reaksiyasini yengillashtiruvchi ta’sir etadi.



Krizis nazariyasi:

Krizis tushunchasi - krizis bu kuchli bezovtalik holati bo’lib, bu paytda inson yo’qotish havfini sezadi (qo’rquv yoki biror kimsani yoki o’zi uchun qadirli bo’lgan narsani yo’qotish havfi) yoki yo’qotish ta’sirida bo’ladi. Bu holatga inson kerakli bilimlari, malakasi va mazkur holatga tez moslasha olmasligi natijasida tushib qoladi.



Krizis xususiyatlari

Krizis odatda 4-6 hafta davom etadi va aniq bir ijobiy yoki salbiy natija bilan tugaydi.

Bundan kelib chiqadiki, insonni qayta tiklashda muhim ro’l o’ynaydigan kishilarni bu jarayonga jalb etgan holda qisqa vaqt oralig’ida intensiv yordamni berish zarur.

Yana shu muhimki, hech bo’lmasa krizisni yengillashtirib tez va normallashtirib kechishini ta’minlash va bu tajriba insonning keyingi o’sishi uchun hizmat qilishi haqida qayg’urish zarur.



Krizis moduli

Krizis jarayonining harakterli kechishining klassik ko’rinishi bunda krizis tuzilmasi bayon etiladi va konsepsiya tushunchasi soddalashtiriladi.

(1)Aguilera D.C.& Mesick F.C. krizis moduli.

Krizis moduli krizisga olib keluvchi jarayon va uni yengishga aksent berishga qaratiladi.

(2)Ctivin Fink (Fink S.L.) bo’yicha krizis moduli.

Aksent krizisga tushgan insonning sezgilariga va sinovlariga qaratiladi.

Inson hayoti – bu insonning tug’ilishidan boshlab, o’sishi, rivojlanishi, yetuklik davri, keksayishi va so’nishini o’z ichiga oladigan davrdir. Inson butun umri davomida rivojlanib boradi. Kattalik davri qulaylik uchun o’spirinlik, yetuklik va o’rta yoshga bo’linadi.

Erikson (Erikson E.H.) bo’yicha rivojlanish vazifalari. Inson umrining rivojlanishi 8 bosqichdan iborat bo’lib, Erikson konsepsiyasi xulosasiga ko’ra biron bir bosqichga erishish uchun, albatta oldingi bosqichga erishgan bo’lish kerak.

Erikson bo’yicha rivojlanish vazifasining 8 bosqichi: ko’krak yoshi davri,erta bolalik yoshi, bolalik yoshi, maktab yoshi, o’spirinlik yoshi, erta kattalik yoshi, yetuklik yoshi, qarilik yoshi.



Xevigxerst (Havighurst R.J.) bo’yicha rivojlanish vazifalari. Inson butun umri davomida o’qib o’rganishi kerak, har bir davrda har bir inson uchun individual vazifalar paydo bo’ladi. Inson o’z oldoda turgan vazifalarni bajarar ekan, bu uni baxtli qiladi va aksincha, bajarolmasa baxtsizlikka olib keladi. Natijada jamoani ishonchidan chiqadi-da, keying bosqichda muammolar paydo bo’ladi.

Xevigxerst bo’yicha rivojlanish vazifalari 6 bosqichdan iborat: ko’krak va erta maktab yoshi, o’rta maktab yoshi, o’spirinlik yoshi, erta kattalik yoshi, o’rta kattalik yoshi, qarilik yoshi.



Levinson (Levinson D.J.) bo’yicha rivojlanish vazifalari. Levinson 2 ta asosiy tushunchalarni ilgari surgan. Birinchisi, uning fikricha, tug’ilishdan to o’limgacha bo’lgan davr: bu sayohatdan iborat jarayon bo’lib, ma’lum ketma – ketlikda turli taassurotlar ta’siridan amalga oshiriladigan sayohatdir. Ikkinchidan, inson umri davrlar yoki mavsumlar bilan bog’liq holda kechadi. Inson umrining ma’lum o’zgarmaydigan ssenariysi yo’q, balki mavsumlarda o’zgarib turadigan sifatga ega. Bir mavsumdan ikkinchi mavsumga o’tish uchun ma’lum o’tish davri kerak.

O’tish davri bu ko’pgina stresslardaniborat bo’lib, osongina psixologik krizisga olib keladi.

Inson rivojlanishi uning tug’ilishidan boshlab, har bir rivojlanish bosqichini ketma – ket bosib o’tishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun tug’ilgandan keyingi har bir bosib o’tilgan bosqich inson uchun muhim ahamiyatga ega.



Hayot davrining kattalik bosqichi. Bu davr insonning jinsiy rivojlanish davridan to inson hayotiga nuqta qo’yiladigan qarilik davrigacha bo’lgan uzun hayot yo’lini o’z ichiga oladi.

Kattalik davrining bir qancha yosh toifalarga bo’lish mumkin: o’z ichiga jinsiy rivojlanish davrini oladigan o’spirinlik yoshi, yetuklik yoshi, o’rta yosh, shuningdek, keksalik yoshiga o’tish oldidan keksalik oldi yoshi.



O’spirinlik yoshi rivojlanish xususiyatlari. O’spirinlik yoshi – bu jinsiy yetilish davridan 30 yoshgacha bo’lgan oralik. Tayyorlov bosqichi – bunda inson jismonan, ruhan yetiladi va jamiyatning to’laqonli a’zosi sifatida o’ziga turli mas’uliyatlarni oladi. Jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan jadal o’sish va rivojlanish kuzatiladi.

O’spirinlik davrida salomatlik muammolari. O’spirinlik davrida jismoniy jihatdan tana tuzilishi shakllanib mustahkamlanadi, bu davrda maksimal darajada faoliyat yuritish imkoni bo’ladi, kasallanish holati kamdan kam kuzatiladi.

Kuchning ko’pligi o’z imkoniyatlariga ichonuvchanlikka olib keladi. Bu yosh osonlik bilan nomuntazam hayot kechirishga, o’z sog’lig’iga nisbatan befarq munosabatda bo’lishga imkon yaratadi, shuning oqibatida inson ko’pincha baxtsiz hodisalarga uchraydi va turli xil jarohatlar olishi mumkin.

Ota – onalari, do’stlari bilan o’zaro munosabatdagi kelishmovchiliklar natijasida kelib chiqadigan qo’rquv va zo’riqish hisobiga, jismoniy muammolarga nisbatan ruhiy muammolar ustunlik qiladi. Jinsiy ongining erta rivojlanishi, seksual hulq – atvor, homilani oldirish yoki jinsiy aloqa orqali kelib chiqadigan yuqumli kasalliklar rivojlanishi kabi muammolarga olib keladi.

Rivojlanishning yetuklik yoshidagi xususiyatlari. Yetuklik yoshi – 30 dan 50 yoshgacha bo’lgan oraliqni o’z ichiga oladi. Bu yoshga kelib, odatda inson jismonan to’liq yetiladi, ruhiy va sotsial yetuklik darajasini yanada oshirib, mustahkamlab boradi va hayotiy faollikning eng yuqori cho’qqisida bo’ladi. Yana shu davrga kelib unga nisbatan jamiyat tomonidan katta ishonch bildiriladi. Inson oila shaklida o’zining kichik jamiyatini yaratadi. Kasbiy muvaffaqiyatlariga erishish jarayonida jamoat ishlaridagi faoliyat ko’rsatishi va oila qurish tufayli juda katta hayot masalalariga duch keladiki, bu uning keying o’sishini ta’minlaydi.

Orta yoshlilarning rivojlanish xususiyatlari. Orta yosh 50 dan 65 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi va bu davr keksalik oldi davri deyiladi. Inson yetuklik yoshidan o’tgandan keyin, u jismoniy imkoniyatkarining pasayganligini his qiladi. Ruhiy va sotsial tomondan to’liq yetiladi. Qarish jarayoni bilan bir vaqtda inson o’zining jismoniy va ruhiy so’nib borayotganini his qiladi hamda o’zining shaxsiy rivojlanishidagi sekinlashuvni sezadi va kelgusi hayoti haqida qayg’ura boshlaydi.

Yetuklik v aorta yoshlarga xos muammolar. Yetuklik va o’rta yoshlarga xos muammolar shundan iboratki, insonni o’rab turuvchi turli ijtimoiy omillar organizmni ish faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Inson ishdagi, oiladagi o’zaro munosabatda va o’z o’rnidagi majburiyatlarni bajarishda juda ko’p ruhiy va sotsial muammolarga duch keladi. Bu muammolar stressga olib keladi. Mana shu stress oqibatida sog’liqdagi muammolar kelib chiqadi.

O’rganilgan odatlar asosida kundalik hayot olib boriladi, ma’lum bir hayot tarsi shakllanadi. Odat bo’lib qolgan chekish, spirtli ichimlik ichish, ko’p ovqat iste’mol qilish va harakatchanlikning sustligi qandli diabet va gipertoniya kabi kasalliklirning rivojlanishiga olib keladi.



Hayotiy odatlar bilan bog’liq salomatlik muammolari. Insonlarda kasallik rivojlanishiga olib keluvchi va uning keying oqibatlarini kelib chiqishiga ta’sir etuvchi birdan biro mil – bu hayotiy odatlar hisoblanadi. Kundalik harakterga ega bo’lgan hayotdagi zararli odatlar turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Hayotiy odatlarni o’zgartirish esa kasalliklarni oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Alkogol qabul qilish: oshqozon – ichak trakti va jigar ishining buzilish, qon aylanish tizimi kasalliklari, semizlik va qandli diabet kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Chekish: nafas a’zolari, qon aylanish a’zolari, hazm a’zolariga ta’sir qiladi va hokazo.

Ovqatlanishni ta’siri: hayvon yog’larini haddan tashqari ko’p iste’mol qilish qonda xolesterin miqdorini ko’tarilishiga olib keladi va giperlipedemiya kelib chiqadi, bu esa yurakning ishemik kasalliklarini keltirib chiqaruvchi asosiy omil hisoblanadi. Kaloriyasi yuqori yoki juda sho’r ovqatlar yeyish keyinchalik yog’ bosishi yoki gipertoniyaga olib keladi. Bundan tashqari, semirish insulinga sezuvchanlikni pasaytiradi va qandli diabet kasalligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Harakat faolligi ta’siri: harakat faolligi inson salomatligini saqlashda muhim samara beradi – mushak va yog’ to’qimalarida insulinga sezuvchanlikni yaxshilaydi, qonda neytral yog’lar miqdorini kamaytiradi, qondagi qand miqdorini pasaytiradi. Yaxshi jismoniy faolligini ushlab turuvchi insonlarda yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, yog’ bosish, osteoporoz kelib chiqish havfi kamayadi hamda ruhiy salomatlikning yaxshilanishiga olib keladi.

Sog’liqning kasbga bog’liq muammolari: sog’liqning kasbga bog’liq muammolari – bu ma’lum bir kasb bilan shug’ullanish natijasida kelib chiqadigan organizmdagi buzilishlar va kasalliklardir. Bu kasalliklar ishdagi fizik va kimyoviy ta’sirlar, ish uslublari va boshqa mehnat sharoitlarining ta’siri natijasida kelib chiqadi. Kasallik kelib chiqqandan keyin uni butunlay davolab sog’aytirish juda qiyin, shuning uchun kasallik sabablarini bartaraf qilgan holda oldini olish zarur.



Tayanch iboralar

Parvarish – bu kimgadir insoniy ta’sir etish.

Ob`yektiv tekshirish – bemorlarni bevosita tekshirish: ko’zdan kechirish; eshitib ko’rish (auskultatsiya); tukullatib eshitib ko’rish (perkussiya) va paypaslab ko’rish (palpatsiya).

Sub`yektiv tekshirish – bemorlarni bevosita tekshirish: (so’rab-surishtirish bilan so’roq savollari asosida pasport qismi, shikoyatlari, kasallik tarixi, hayot tarixini aniqlash)

Simptom – kasallik belgisi.

Sindrom – organizimning potologik holatini aniqlaydigan belgilar majmuasi.

Patsient - shifokor va hamshiraga murojaat etuvchi kishi.

Hamshira tashhisi – hamshiralik jarayoning har bir bosqichida hamshira tomonidan chiqariladigan xulosalar.

Hamshiralik jarayoni – hamshiralik parvarishiga sistematik yondashish.

Stress tashqi yoki ichki muhitning noqulay omillar ta’siriga javoban paydo bo’ladigan ruhiy zo’riqish holati.

Stressorlar – inson uchun zararli bo’lgan tashqi ta’surotlar.

Stress reaksiyalari – stressorlar ta’sirida paydo bo’ladigan psixologik ijtimoiy va o’zini tutish reaksiyalari.

Krizis tushunchasi - krizis bu kuchli bezovtalik holati bo’lib, bu paytda

inson yo’qotish havfini sezadi



Savollar

1.Stress tushunchasi.

2.Stressorlar tushunchasi.

3.Stressorlar nazariyasi.

4.Gomeostaz tushunchasi.

5.”Koping” mohiyati.

6.Ijtimoiy qo’llab- quvatlash.

7.Krizis tushunchasi.

8.Krizis nazariyasi.

9.Krizis xususiyatlari.

10.Krizis moduli.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.G.O.Haydarov “Ichki kasalliklar” 2002 y.

2.B.U.Yo’ldoshev “Ichki kasalliklar” 1996 у.

3.M.F.Ziyayeva “Terapiya’’ 2002 y.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə