Fan nomi: “Kattalarda hamshiralik parvarishi’’ Mavzular ro’yhati



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə10/10
tarix18.05.2018
ölçüsü0,72 Mb.
#44482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Mavzu №19; Salomatlik va sog’lom turmush tarzi.

1.Salomatlik va sog’lom turmush tarzi haqida tushuncha.

2. Sog’lom turmush tarzi shakllanishida hamshiraning tutgan o’rni.

3. Ratsional ovqatlanish va chiniqishning salomatlikka ta’siri.

4. Chekish, alkogol, narkotik vositalarni iste’mol qilishning salomatlikka ta’siri.

5. Psixogen omillarning organizmga ta’siri.

6. O’z ruhiy holatini boshqarish usullari.

7. Sog’lom turmush tarzi targ’ibot vositalari.



Sanalogiya-salomatlik haqidagi ta`limot bo`lib, jamiyat salomatligini,sog`liqni saqlash vazifalarini va ularni amalga oshirish yo`llarini o`rgatadi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Nizomiga muvofiq salomatlik-jismoniy,ruhiyva ijtimoiy jihatdan osoyishtalik holatidir.Sog`lom kishigina o`zining asosiy vazifasi-mehnat qilish qobiliyati bilan shug`ullana oladi,oilasini boqadi,jamiyat va davlatga foyda keltiradi. Bas shunday ekan, salomatlik har bir kishi uchun nemat, baxt saodat,maehnat unumdorligini,mamlakat iqtisodiy qudratini va xalq farovonligini oshirishning zaruriy shartidir.

Axoli salomatligiga tasir etuvchi yoki xavf tug`diruvchi omillar xilma xilligi,shu bilan birga bir vaqtning o`zida tasirko`rsatishi bilan belgilanadi.

Salomatlikkka ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi.



1.Tashqi atrof muhit omillari .Inson o’z atrofini o’rab olgan tashqi muhit bilan o’zaro munosabatda bo’ladi.Suv,havo,o’simlik,hayvonot dunyosi, oziq ovqat mahsulotlari,yashash joyi, kiyim kechagi,shovqin,tebranish,radiatsion nurlanish,turli dori vositalari, biolagik profilaktik preparatlar,zmonaviy havo laynerlari, qishloq xo`jalik zararkunandalariga qarshi ishlatiladigan xilma –xil zaharli kimyoviy moddalar va boshqalar inson atrofini o’rab olgan muxit xisoblanadi, sanab o’tilgan omillar esa insoning jismoniy va ruhiy salomatligiga tasir qilishi mumkin.Atrof muhitning ifloslanishi tufayli biosferada ko`payib borayotgan mutagen (onkogen.teratogen)omillar tasirinasldan naslga o`tuvchi irsiy kasalliklarning ko`payishiga sabab bo`ladi.

2.Noto’g’ri va tartibsiz ovqatlanish.a’zolar narmal faolyatining buzilishi va kasalliklari kelib chiqishida muhim o’rin egallaydi.Organizm yetarli darajada oziq moddalar bilan ta’minlanmasligi natijasida uning himoya xususiyatlari pasayib,kasalliklar paydo bo`lishi uchun zamin yaratiladi,tez charchash ,ish qobilyatining pasayishiga olib keladi.

3Gipodinamiya –mushaklarning yetarli darajada ishlamasligi qisqarish kuchining kamayib ketishi bo`lib, odatda doimo o`tirib ishlash , piyoda yurishni yig`ishtirish, transportda ketish, kam harakatlik umuman mushaklarga tushadigan og`irlikning kamayib qolishi tufayli kelib chiqadigan gipokineziya,ya’ni odam harakat faolligining kamayib ketishi bilan birga davom etadi.odam uzoq kasal bo’lib yotganda ham unda gipodenamiya kuzatiladi.

4.Zararli odatlar: alkogolizm-ashaddiy ichkilikbozlik ,ayrim kishilarning o’z salomatligi, mehnat qobilyatiga shuningdek jamiyat farovonligiga zarar yetkazadigan darajada muntazam ravishda me`yoridan ortiq spirtlik ichimliklar ichishidir. Ichkilikning zaharli ta`sir moddalri almashinuvining buzilishi, nerv sistemasining zaharlanishiga olib keladi. Ko`p ichadigan odamlar ko`zi xiralashib, ba`zan quloq ham og`irlashib qoladi.Ichkilikning me`daga ta`siri natijasida shu a`zo barcha funksiyalarning buzilishi surunkali alkagol gastiriti paydo bo`ladi. Ichkilikbozlik ayniqsa jigarga katta tasir ko`rsatadi: odam hadeb ichaverdigan bo`lsa, jigar serrozi yuzaga keladi. Mudom ichib yuradigan kishi barvaqt o`lib, nogiron bo`lib qoladi.

Tamaki chekish-kishi sog’lig’iga jiddiy putur yetkazadigan eng zararli odatlardan biridir. Tamaki tarkibidagi nikotin markaziy va periferik asab tizimiga vaqtincha qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatib, arterial qon bosimini oshiradi.Mayda tomirlarni toraytiradi.,nafas olishni tezlashtiradi, hazm shirasini ko’paytiradi.Tamaki tutuni nafasga olinganda arterial qondagi kislorodni kamaytirib yuboradi.U bronxlar shilliq pardasiga ta’sir ko’rsatib,surunkali bronxit va o’pka emfizemasini keltirib chiqaradi.Chekish ko’pincha og’iz bo’shlig’i , tomoq, bronx va o’pkada havfli o’smalar paydo qiladi.

Narkomaniya-giyohvandlik, bangilik-narkotik vanarkotik ta’sirga ega moddalarni suiste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallikdir. Giyohvand bo’lib qolgan kishining jismoniy va ruhiy holati tegishli miqdorda narkotik modda iste’mol qilishiga bog’liq. Avval bemorda ruhiy o’zgarishlar(tajanglik, kayfiyat buzuqligi, xotira pasayishi) paydo bo’lsa,keyinchalik jismoniy o’zgarishlar(terlash,yurak o’ynashi, og’iz qurishi, ozib ketish, qo’l-oyoq titrashi, rangning siniqishi) avj oladi.

5.Ruhiy –emotsional zo’riqishlar(psixogen omillar)-hozirga davrda kishilar salomatligiga salbiy tasir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ruhiyatdagi har qanday o’zgarishlar inson organizmi va tizimlarining faoliyatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Odamning ruhan ezilishi, ko’ngliga og’ir botadigan kechinmalar va hayotdagi turli salbiy voqealar zo’riqishlarga olib keladi.Ruhiy zo’riqishlar natijasida gipertoniya, stenokardiya, miokard infarkti, qolaversa, ruhiy kasalliklar kelib chiqadi.Ayollarda ruhiy –emotsional zo’riqishlar,ayniqsa, homiladorlik davrida, uning dastlabki uch oyida o’ta havfli asoratlarga sabab bo’lishi mumkin.

Yuqorida sanab o’tilgan salomatlikka salbiy ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf etish ,har bir kishining bevosita o’z idrokiga va ongiga bog’liq.Buning uchun esa sog’lom turmush, uning tarkibiy qismlari qandayligi haqida aholi orasida keng targ’ibot va tushuntirish ishlari olib boorish maqsadga muvofiqdir. 1986-yil Ottavada salomatlikni mustahkamlash bo’yicha 1-jahon konferensiyasi bo’lib o’tdi.Ushbu konferensiyada “2000-yilda hammaga sog’lik”degan shior(xartiya) qabul qilinib,BSST ga a’zo davlatlar tomonidan tasdiqlandi. Ottava xartiyasi sog’liqni saqlash bo’yicha bir nechta yo’nalishni ishlab chiqdi;

-Davlat siyosatini salomatlikni saqlashga yo’naltirish;

-Farovon sotsial muhitni barpo etish;

-Tamaki va spirtli ichimliklar reklamasini chegaralash;

-Sport bilan shug’ullanishni keng targ’ib qilish.



SAVOLLAR;

1.”Salomatlik” –tushunchasiga ta’rif bering?

2. Salomatlikka ta’sir etuvchi omillarga nimalar kiradi?

3.Tashqi muhit omillariga nimalar kiradi?

4. Noto’g’ri va tartibsiz ovqatlanishning salomatlikka qanday ta’siri bor?

5. Gipodinamiyaning salomatlikka qanday ta’siri bor?

6.Alkogolizmning salomatlikka qanday ta’siri bor?

7. Tamaki chekish va narkomaniyaning salomatlikka qanday ta’siri bor?

8. Ruhiy –emotsional zo’riqishlar inson salomatligiga qanday ta’sir ko’rsatadi?

9. Sog’lom turmush tarzi shakllanishida qanday targ’ibot vositalarini qo’llash kerak?



Tayanch iboralar;

Sanalogiya- Inson salomatligi haqidagi ta’limot(fan);

Gipodinaliya- kamharakatlilik, inson harakat faolligining susauishi’

Alkogolizm- ichkilikbozlik;

Narkomaniya- giyohvandlik,bangilik-narkotik va narkotik ta’sirga ega moddalarni suiste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallikdir;

Psixogen- ruhiyatga ta’sir etuvchi;

Adabiyotlar;

1.G’.O.Haydarov; ’’Ichki kasalliklar’’2002yil.

2.B.U Yo’ldoshev;’’Ichki kasalliklar’’2002yil.

3.M.F.Ziyayeva;’’Terapiya’’ 2005-2010yil.

4. M.T. Qarshiboyeva “Terapiyada hamshiralik ishi” Toshkent 2007 y.

5. E. Y. Qosimom “Ichki kasalliklar propedevtikasi” .

Toshkent 1996y.

6..L. S. Zalikina “Bemorlarning umumiy parvarishi” Toshkent 1995y

7.«Qariyalarda hamshiralik parvarishi»M.F.Ziyayeva 2013y

8.S.T.Tursunov; «Sog’lom turmush tarzi» 2010y



Kirish

Zamоn talablaridan kеlib chiqib, barkamоl avlоdlarni tarbiyalash maqsadida dasturda kattalar (tеrapеvtik kasalliklar va klinik tеkshiruvlar)da hamshiralik parvarishi fanining barcha mavzulari оchib bеrildi.

2013 yil bilan tаsdiqlаngаn namunaviy o’quv rejagа аsоsan “Hаmshirаlik ishi” yo’nаlishi uchun “Kattalarda hаmshirаlik pаrvаrishi” fаni kiritilgаn bo’lib, аmаliy mаshg’ulоt uchun 111 sоаt, nаzаriy mаshg’ulоt uchun 38 sоаt аjrаtilgаn.

Ma’ruzalar matni ishchi o’quv dasturiga moslab tuzildi.

Nazariy darslarda ko’rgazmali qurоllardan samarali fоydalangan hоlda tеrapеvtik kasalliklarni etiоlоgiyasi, klinikasi, kеchishi, davоsi, оldini оlish, bеmоrlarga kasallikning o’tkir va surunkali davridagi hamshiralik parvarishini, hamda jamiyatda sоg’lоm turmush tarzini targ’ib qilish vоsitalari haqida ma’lumоtlar va klinik tеkshiruvlardan o’tkazilayotgan bеmоrlarda hamshiralik parvarishi haqida tushunchalar bеrildi.

Kattalar (tеrapеvtik kasalliklar va klinik tеkshiruvlar)da hamshiralik parvarishi fanini o’rganishdan maqsad tеrapеvtik kasalliklar bilan оg’rigan bеmоrlarning muammоlarini o’z vaqtida aniqlash, hamshiralik jarayonini yuritish, хamda sоg’lоm turmush tarzini targ’ib qilishdir. Kattalar (tеrapеvtik kasalliklar va klinik tеkshiruvlar)da hamshiralik parvarishi fanini o’rganish bilan o’quvchilarni bilim, ko’nikma, malaka va shaхsiy fazilatlarni shakllantirishga erishish fanning asоsiy vazifasi hisоblanadi.



Ta’limga bunday yondоshish o’qituvchilarni o’z maqsadlariga erishishini ta’minlaydi, ya’ni jahоn standartlariga mоs kеladigan bilim, ko’nikma, malaka va shaхsiy fazilatlarga ega bo’lgan hamshiralarni tayyorlashga erishiladi. Har bir ma’ruza mavzusida mavzuga mos nazorat savollari, tayanch iboralar, foydalaniladigan adabiyotlar ko’rsatib o’tilgan.
Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə