Fan nomi: “Kattalarda hamshiralik parvarishi’’ Mavzular ro’yhati



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə8/10
tarix18.05.2018
ölçüsü0,72 Mb.
#44482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Endemik buqoq

Endimik buqoq deb, qalqonsimon bezning kattalashuviga aytiladi. Kasallik yod miqdorining kamayib ketishiga bog’liq bo’lib, ovqat mahsulotlari va ichimlik suvining yodga kam to’yinishi va binobarin organizmga yodning kam tushishidan kelib chiqadi. Endimik buqoq nafaqat oziq-ovqat mahsulotlarida yod, balki boshqa elementlar: mis, marganes, qo’rg’oshin, ruh, kobalt, brom va boshqalar miqdorining yetishmasligidan ham paydo bo’ladi.

Klinik manzarasi. Bemorlar aksari hech narsadan nolimaydi. Kasallikning bosh belgisi qalqonsimon bezning kattalashuvi (ba’zan anchagina kattalashuvi) hisoblanib, bu yutishning buzilishiga,nafas olishning qiyinlashuviga olib keladi. Endimik buqog’i bor qizlarda jinsiy jihatdan yetilish kechikadi, hayz sikli buziladi. Xastalik bilan og’rigan bemorlardan ba’zan kretinizmga duchor bo’lgan bolalar tug’iladi.

Davolash. Epidemiya o’choqlarida buqoqqa qarshi maxsus chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Osh tuzi va oziq-ovqatni mahsulotlariga yod tuzlarini qo’shib berishdan iborat ommaviy yod profilaktikasi ana shunday chora-tadbirlar jumlasiga kiradi. Bunday o’choqlarda ro’zg’orga bir tonnasiga 25g hajmda kaliy yodid bo’ladigan osh tuzi ishlatiladi. Bolalar hamda homilador ayollarga haftasiga 2 marotaba 1 tabletka dan tarkibida kaliy yodid bo’lgan antistrumin ichib turish buyuriladi.



Miksedema

Miksedema (gipotireoz) qalqonsimon bez kasalligi bo’lib, tireoid gormonlarining kam miqdorda ishlab chiqishi natijasida yuzaga keladi.

Etiologiyasi. Xastalik moddalar almashinuvining susayishi bilan xarakterlanadi. Moddalar almashinuvining susayishi, jumladan issiqlik hosil qilishning kamayishidan paydo bo’ladi. Qalqonsimon bezda paydo bo’lgan yallig’lanish, jarayonlari, ruhiy jarohatlar, infeksiyalar, tug’ma bez yetilmay qolishi kabilarni gipoterioz avj olishiga yo’l ochadigan etiologik omillar jumlasiga kiritish kerak. Operatsiya qilib qalqonsimon bez olib tashlangandan so’ng, shuningdek rentgen nurlari yoki radioktiv yod tufayli bez atrofiyaga uchraganda, gipofiz va dientsefal soxa shikastlanishi natijasida ham kasallik kelib chiqishi mumkin.

Klinik manzarasi. Bemorning eng asosiy shikoyatlaridan biri-sovuqqa chidamaslik, ya’ni oyoq-qo’li va badaning sovuqda qotishidir. Bemor kun issiq bo’lsa ham kechalari ko’proq ko’rpaga o’ranib yotishga xarakat qiladi. Bu belgi tireoid gormonlarining kam miqdorda ishlanishi, moddalar almashinuvining izdan chiqishi oqibatida paydo bo’ladi. Bemorni xadeb uyqu bosib, unda atrof-muhitga qiziqish yo’qoladi. Buning ustiga qosh, mo’ylov va boshdagi sochlar ham tushib ketadi. Bemorlar tovush xirillab yo’g’onlashganidan, teri qurib qalinlashganidan yuzdagi shishlardan shikoyat qiladilar. Ular og’ir, vazmin hamda shoshilmasdan gapiradigan bo’lib qoladilar. Shish badan va qo’l-oyoqlarda ham paydo bo’ladi. yuz shishi natijasida u quruqlashadi, ko’zlar yumilib, lablar qalinlashib ketadi. Bemorlar yurak urishi sekinlashganidan (bradikardiya), nafas qisishidan, yurak atrofida og’riq paydo bo’lishidan noliydi.

Davolash. Tireoid preparatlari (0,1 foizli doridan kuniga 3 mahal ) 1-1,5 oy mobaynida yuboriladi. Buyrak usti bezlari po’stloq qatlamida yetishmovchilik bo’lganida gormonlar bilan davolash, piridoksin va sianokobalamin vitaminlarini buyurish foydalidir. Agar misedema rivojlanishi surunkali infeksiya bilan bog’liq bo’lsa, spetsifik terapiya (silga, zaxmga qarshi) o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Tayanch iboralar.

Diffuz-- -bir tekis tarqalgan, tarqoq.

Miksedema--(gipotireoz) qalqonsimon bez kasalligi bo’lib, tireoid gormonlarining kam miqdorda ishlab chiqishi natijasida yuzaga keladi.

Tireotoksikoz-qonda tireoid gormonlar miqdorining haddan ziyod ko’payib ketishi natijasida organizmning umumiy zaxarlanishi.

Ekzoftal’m- ko’zning “chaqchayib” turishi

Shtelvag simptomi-ko’zlarning kam yumilishi,kam pirillashi.

Mebius simptomi- bemor ko’zini qanshariga qarata olmasligi.

Grefe simptomi- ko’z soqqasi pastga harakatlantirilganda ustki qovoq yumilishining kechikichi.

SAVOLLAR;

1.Ichki sekretsiya bezlari va moddalar almashinuvi tizimining kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishining hususiyatlari.

2.Klinik belgilar va simptomlar.

3. Bemorlarni tekshirish usullari.

4.Diffuz toksik buqoqning asosiy klinik beigilari.

5.Tireotoksik kriz mohiyati va simptomlari.

6..Davolash ,shoshilinch xolatlarda yordam ko’rsatish.

7.Miksedema kasalligining mohiyati va asosiy klinik beigilari.

8.Gormonoterapiyaning ahamiyati.

.

Adabiyotlar:

1. «Kattalarda hamshiralik parvarishi»M.F.Ziyayeva 2012

2. «Ichki kasalliklar» B.U.Yo’ldoshev, 1996

3. «Ichki kaslliklar» G’O’Haydarov 2002 y.

4.’’Terapiya’’ M.F. Ziyayeva 2005 y.

5. M.T. Qarshiboyeva “Terapiyada hamshiralik ishi” Toshkent 2007 y.

6. E. Y. Qosimom “Ichki kasalliklar propedevtikasi” .

Toshkent 1996y.

7.L. S. Zalikina “Bemorlarning umumiy parvarishi” Toshkent 1995y



Mavzu№15: Ichki sekretsiya bezlari va moddalar almashinuvi buzilishi kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi.

REJA:


1.Ichki sekretsiya bezlarining anatomo-fiziologik xususiyatlari.

2.Uglevodlarning biologik ahamiyati.

3.Me’da –ichak yo’llarida uglevodlarning parchalanishi.

4.Klinik holati va simptomlari.

5.Tekshirish usullari va davolash.

6.Qandli diabet kasalligi bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi(kasallik etiologiyasi,patogenezi,klinikasi,asoratlari,davolash).



QANDLI DIABET

Qandli diabet moddalar almashinuvi kasalligi hisoblanadi, bunda organizmning glyukozani to’plash yoki yondirish hususiyati yo’qoladi. Shu tufayli foydalanilmagan qand qonda yeg’ilib, giperkaliemiya yuz beradi. So’ngra qand qondan siydikka tushib, glikozuriya kuzatiladi.



Etiologiyasi. Qandli diabet me’da osti bazi garmoni insulinni yetarlicha ishlab chiqmasligidan kelib chiqadi. Me’da osti garmonining Langergans orolchalari faqat insulin emas, balki lipoid almashinuvida muhim ro’l o’ynaydigan lipokain, insulin hosil bo’lishini kamaytiradigan glyukagonni ham ishlab beradi. Me’da osti bezi faoliyatini markaziy asab sistemasi boshqaradi. Asab ruhiy buzilish (qo’rqish, uzoq muddat tashvishlanish)lar ham qandli diabet rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Xastalik kelib chiqishida irsiy moyillik ma’lum ro’l o’ynaydi. Keragidan ko’p ovqat yeyish ayniqsa uzoq vaqtgacha qandni ko’p miqdorda yeyish insulyar apparatning holdan toyishiga sabab bo’ladi, bu esa diabet kelib chiqishida katta o’rin tutadi.

Klinik manzarasi. Qandli diabet kasalligida bemor ko’p chanqaydi, ko’p suv ichadi (polidipsiya), tez-tez siyadi (poliuriya, 10-15 litrgacha), shuningdek tez-tez qorin ochishi (polifagiya), quvvatsizlik ayollarda ko’pincha jinsiy yo’llar qichishishi, ozib ketish va ovqatdan keyin uyqu bosishi kuzatiladi. Metabolik jarayonlar kuchayishi natijasida bemorlar darmonsizlikdan, ish qobiliyatining susayib ketganidan va yaralarning juda sekin bitishidan shikoyat qiladi. Metabolik buzilishlar kuchayishi keyinchalik qorin ochishi, ishtaxa yo’qolishi va ko’ngil aynishi, hatto qayt qilishgacha olib keladi. yirik qon tomirlarda ateroskleroz (mikroangiopatiya) bo’lishi sababli bemor yurak va chap qo’l chap yelkasi og’riganidan shikoyat qiladi. Ko’z atrofida har xil rsnglar paydo bo’lib ko’z hiralashadi. Laboratoriya taxlilining natijalari siydikda qon paydo bo’lishi, siydik nisbiy zichligining oshishi, qonda qand miqdorining ko’payishi (giperglikemiya) hisoblanadi. Hastalik og’ir yengilligiga qarab, 3 darajaga bo’linadi. Yengil, o’rtacha, og’ir. Kasallikning yengil darajasiga uglevodlarni ko’p miqdorda istemol qilinganidagina uning qondagi miqdorining ko’tarilishi va siydikda paydo bo’lishi hosdir. O’rtacha darajasida bemor qandli diabetga hos bo’lgan, yuqorida sanab o’tilgan shikoyatlarda noliydi, qonda qand miqdori ortadi, siydikda qand doimo bo’ladi. diabetning og’ir turida, bemorlar mehnat qilish qobiliyatini yo’qotadilar. Organizmning keton tanachalaridan zaharlanishi va atsidoz paydo bo’lishi tufayli-diabetik ko’ma rivojlanadi.

Diabetik ko’maning klinik manzarasi. Dastlab bemorlar chanqash, umumiy darmonsizlik, uyquvchanlik, lohaslik, ishtaxa yo’qligi, ko’ngil aynishi, qusish, ich ketishi, quloqlarning shang’illashidan noliydilar. Ular bo’shashgan apatek bo’lib qoladilar. Til quruq bo’ladi. nafasdan chiqadigan havodan keskin atseton hidi keladi. siydikdagi keton tanachalariga qo’yilgan reaksiya musbat bo’lib chiqadi. Mana shu holat-prekoma deb ataladi. Zarur davo choralari ko’rilmaydigan bo’lsa prekoma holati diabetik ko’maga o’tib ketishi mumkin. (Odatda bir necha kundan kegin). Bemor asta sekin o’zidan ketib qoladi, nafas izdan chiqadi. Arterial bosim pasaygan, puls tezlashgan, yaxshi to’lishmaydigan bo’ladi. mushaklar to’nusi pasaygan, ko’z soqqalari yumshoq bo’lib qoladi. Tana harorati subnormal.

Diabet bilan og’rigan bemorga ko’p miqdorda insulin yuborilgan bo’lsa gipoglikemik ko’ma boshlanishi mumkin.



Gipoglikemik koma klinik manzarasi. Insulin yuborilgandan so’ng odatda 1-2 soat o’tgach yuz beradigan keskin darmonsizlik ko’p terlash, oyoq qo’llar titrashi, isitma, bosh aylanishi, bosh og’rishi, yurakning tez-tez urishi, ochlik his qilish, rang o’chishi-gipoglikemiyaning asosiy alomatlaridan hisoblanadi.

Qandli diabet davosi. Qandli diabet organizmdainsulin yetishmasligidan kelib chiqishi sababli, xastalikni davolash uchun organizmga insulin yuboriladi. Parhez kasallikning har qanday turlarida ham buyuriladi. Dard yengil o’tib ketayotganda bemorlar faqat parxez bilan davolanadilar. Kasallik o’rtacha og’ir yoki og’ir o’tayotganda insulin va qand miqdorini kamaytiradigan preparatlar buyuriladi. Uglevodlarni istemol qilish cheklanadi, yengil hazm bo’ladigan uglevodlar batamom istesno qilinadi. Yetarli miqdorda oqsillar bilan yog’lar tavsiya etiladi (9 parxez dastirxon). Sutkalik ratsionda uglevodlar tahminan 50 %, oqsillar 20% va yog’lar 30%ni tashkil etadi. Agarda bemor semiz bo’lsa, kalloriyalar miqdori kamaytiriladi. Parxez eng muhim davo tadbirlaridan biri bo’lganligi sababli, uni nazorat qilib borish zarur. Parxez buzilsa, diabetik koma yoki aksincha, gipoglikemik koma boshlaniishi mumkin. Diabet bilan og’rigan bemorlarni davolashda hammadam ko’p naf beradigan modda-insulin hisoblanadi preparat miqdori giperglikemiya darajasiga, shuningdek sutkalik siydikdagi miqdorga qarab belgilanadi. Bemorga oz miqdordagi(sutkasiga 30 birlik miqdordan ko’ra kamroq) insulin kifoya qiladigan bo’lsa, preparak uglevodlarga boy bo’lgan ovqatni yeyishdan oldin kuniga bir marotaba yuboriladi. Bemor insulin yuborilgandan so’ng 2 soat o’tgach ovqat yeyishi kerak aks holda gipoglikemiya boshlanishi mumkin. Insulin preparatini aniq dozalashga imkon beradigan mahsus shpris yordamida teri ostiga yuboriladi. Insulin yuborishdan oldin 1 ml eritmada necha birlik preparat borligini bilib olish zarur. Uni 6 soat o’tmasdan turib 2 marotaba yuborish mumkin emas. Ko’p ineksiyalar qilishning oldini olish maqsadida, hozirgi vaqtda ineksiyalar uchun kristalli insulin bilan bir qatorda ta’siri uzaytirilgan preparatlar: protamin-rux insulin, insulin rux suspenziyasidan foydalanib kelinmoqda, chunki bu preparatlar qulay afzalliklarga ega. Bunday preparatlar bir muncha uzoq vaqt 12-24 soat mobaynida o’z ta’sirini ko’rsatadi. Qandli diabetning davo qilishda insulin bilan birga tabletka ko’rinishidagi preparatlar:sulfanil-mochevina unumlari (butamid 1,0 g dan kunida ikki maxal, bukarbon 0,5-1 g dan kuniga uch maxal, manilin 5 mg dan kuniga ikki maxal), adebit (0,1 g dan kuniga ikki maxal) qo’llaniladi.

Diabetik ko’mani davolash. 50 birlik insulinni venaga va 50 birlikni teri ostiga shoshilinch ravishda yuborish kerak. Keyinchalik hushsizlik holati davo etaversa, insulinni 20-30 birlikda teri ostiga har ikki soatda sutkasiga jami taxminan 200-300 birlikdan yuborish kerak. Insulin bilan bir vaqtda 20-30 ml 40 foizli glyukoza eritmasidan venaga yuboriladi. Bundan tashqari 600-800 ml 5 foizli glyukoza eritmasi teri ostiga kiritiladi. Atidozni kamaytirish maqsadida fiziologik eritmaga glyukoza va soda qo’shib (50 g glyukoza 26 g natriy gikorbanat, 100g fiziologik eritma) huqna qilinadi. Kollapsga qarshi kamfora, kofein, kordiamin buyuriladi.

Gipoglikemik komani davolash. Agar bemorning hushi joyida bo’lsa, unga 50-100 g non va 1-2 chaqmoq qand beriladi yoki 1 stakan choy ichiriladi. Bexush xolatdagi bemorga 50 ml 40%li glyukoza eritmasidan venaga yuboriladi. Agar u hushiga kelmasa, 5-10 daqiqa o’tkazib, teri ostiga 500-600 mg 5 %li glyukoza hamda 0,5-1 ml 0,1%li adrenalin eritmasidan takror yuboriladi.

SAVOLLAR;

1.Ichki sekretsiya bezlari va moddalar almashinuvi tizimining kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.

2.Klinik holat va simptomlari.

3.Tekshirish usullari.

4.Qandli diabet mohiyati ,kelib chiqish omillari.

5.Kasallikning asosiy klinik belgilari.

6.Kasallik natijasida kelib chiqadigan asoratlar.

7.Gipo- va giperglikemik komalarda shoshilinch yordam choralari

8.Simptomlarga qaratilgan hamshiralik parvarishi.

Tayanch iboralar:

Qandli diabet - Ichki sekretsiya bezi(me’da osti bezi) kasalligi bo’lib,glyukoza almashinuvining buzilishi bilan xarakterlanadi.

Giperglikemiya- qonda glyukoza miqdorining me’yordan ortib ketishi.

Gipoglikemiya- qonda glyukoza miqdorining me’yordan kamayib ketishi.



Glyukozuriya- siydikda glyukoza ajralib chiqishi.

Polidipsiya- -tez-tez chanqash, ko’p suv ichish.

Poliuriya- sutkalik diurezning me’yordan ortib ketishi.

Insulinoterapiya- qandli diabetni insulin gormoni bilan davolash usuli.

Polineyropatiya- ko’pgina periferik nervlarning diabetik zararlanishi.

Adabiyotlar:

1. «Kattalarda hamshiralik parvarishi»M.F.Ziyayeva 2012

2. «Ichki kasalliklar» B.U.Yo’ldoshev, 1996

3. «Ichki kaslliklar» G’O’Haydarov 2002 y.

4.’’Terapiya’’ M.F. Ziyayeva 2005 y.

5. M.T. Qarshiboyeva “Terapiyada hamshiralik ishi” Toshkent 2007 y.

6. E. Y. Qosimom “Ichki kasalliklar propedevtikasi” .

Toshkent 1996y.

7.L. S. Zalikina “Bemorlarning umumiy parvarishi” Toshkent 1995y

Mavzu №16: Allergik holatlarda hamshiralik parvarishi.

REJA;

1.Allergik reaksiya va uning rivojlanish mexanizmi.

2.Tekshirish va tashxis qo’yish.

3.Klinik holat va simptomlari.

4.Davolash va hamshiralik parvarishi.

5.Bronxial astma bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.

Allergiya atrof-muhitning allergenlar deb ataluvchi ba’zi omillari (kimyoviy moddalar mikroblar va ularning hayot faoliyatida hosil bo’ladigan mahsulotlar, oziq-ovqatlar, ta’siriga organizmning sezgirligi bilan harakterlanadi. Allergiya XX asr vrachlariga ma’lum bo’ldi. 1902-yilda Venalik vrach K.Pirket difteriya (ot) zardobi takror ineksiya qilingandan keyin bolalarning nima uchun kasal bo’lib qolishi ustida birinchi marta bosh qotiradi va zardob kasalligining klinik manzarasiga amal qilib, allergiya qonunini aniqladi.

Allergik kasalliklar (bronxial astma, eshkem, allergik tumov, dermatitlar, dori va oziq-ovqatdan bo’ladigan allergiyalar) keng tarqalgan bo’lib, tobora ko’payib bormoqda. Antibiotiklar va boshqa dorilar shuningdek turli sintetik materiallar, bo’yoqlar, kimyoviy moddalarning ko’p qo’llanilishi shunga sabab bo’lmoqda. Oddiy kimyoviy moddalar (brom, yod) dan tortib eng murakkab birikmalar (oqsillar, polisaxaridlar va b) ham allergiyaga sabab bo’lishi, ya’ni allergenlar bo’lib, xizmat qilishi mumkin. Bularning ko’pi organizmga tashqaridan kirsa (ekzogen allergenlar), boshqalari esa organizmning o’zida hosil bo’ladi (endogenlar yoki autoallergenlar). Ekzogen allergenlar noinfeksion (uy, kimyoviy moddalar, gul changi) hamda infeksion (bakteriyalar, zamburug’lar, viruslar) yo’llar bilan organizmga tushib, turli a’zo va sistemalarning zararlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu allergenlar quyidagi guruhlarga bo’linadi;



Biologik allergenlar. Bular mikroblar, viruslar, zamburug’lar, gelmintlar, zardob va vaksina preparatlari bo’lib hisoblanadi. Talaygina mikroblar allergiya bilan davom etadigan kasalliklarni (sil, brutsellyoz, ich terlama, va b.) paydo qiladi. Avj olib borish jihatdan allergiyaga ko’proq sabab bo’ladigan kasalliklar odatda, yuqumli allergik kasalliklar deb ataladi. Bu kasalliklarga ko’pincha odamning terisi, nafas yo’llari, og’iz bo’shlig’I va ichakdagi bo’ladigan mikroorganizmlar sabab bo’ladi. Moddalar almashinuvida va ular halok bo’lganda yuzaga keladigan mahsulotlar allergiyani keltirib chiqaradi.

Dori allergenlari. Amalda har qanday dori preparatlari allergiyaga sabab bo’lishi mumkin. Antibiotiklar, vitaminlar, sulfanilamidlar, novokain va boshqa preparatlar ishlatilganda allergik reaksiyalar ko’p uchrab turadi. Penitsillin boshqa preparatlarga qaraganda allergiyaga ko’proq sabab bo’ladi va ba’zi hollarda o’limga ham olib keladi.

Uy-ro’zg’or allergenlari. Bularga uydan gilam, kiyim kechak, ko’rpa to’shaklardan chiqqan chang, devorlardagi mog’orlar, hayvon junlari kiradi. Kir yuvishda ishlatiladigan parashoklar ham allergiyaga sabab bo’lishi mumkin. Uy-ro’zg’or allergenlari ko’proq nafas yo’llari kasalliklari (bronxial astma, allergik tumov)ni keltirib chiqaradi.

O’simlik allergenlari. Bular jumlasiga daraxtlar (zirq, qayrag’och, tera, qayin, o’tloqlarda o’sadigan o’tlar, xonaki va bog’ o’simliklardari, atirgullar, lolalar, navrozgul) abar o’simliklarining changlari kiradi. Bu allergenlar allergik tumov, konyunktivit va boshqalarga sabab bo’ladi.

Oziq-ovqat allergenlari. Juda ko’p oziq-ovqat mahsulotlari allergen ro’lini o’ynashi mumkin. Allergiyalarni keltirib chiqaradigan mahsulotlar organizmga tushgandan so’ng bir necha daqiqa o’tgach allergik reaksiyalar boshlanishi mumkin. Masalan, odamda sutga allergiya bo’lsa,sut ichilgandan bir necha daqiqa keyin odam qayd qilib ich surishi, keyinchalik badan qichishishi, tana haroratining ko’tarilishi kabilar kiradi.

Sanoat allergenlari. Kimyoviy sanoatda ishlab chiqarilgan juda ko’p mahsulotlar-har xil moylar, bo’yoqlar, turli preparatlar hatto pardoz buyumlari va boshqa talaygina moddalar allergenlar bo’lishi mumkin. Bular o’z tabiatiga ko’ra, har xil allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Kasb-korga aloqador bo’ladigan allergik kontakt dermatitlar deb yuritiladigan teri kasalliklari shu reaksiyalar orasida asosiy o’rinni egallaydi. Issiq sovuq, mexanik tasurotlar singari fizik omillar alohida allergenlar guruhini tashkil qiladi. Allergen organizmga tushganda unga javoban spetsifik yoki nospetsifik allergik reaksiya paydo bo’lishi mumkin.

Spetsifik reaksiya boshlanishidan oldin ma’lum bir davr o’tgach, organizmning unga birinchi bor tushgan moddaga sezgirligi ortib boradi, bu sensibilatsiya. Sensibilizatsiya yuzaga kelishida organizmda unga birinchi bor tushgan allergenlarga javoban alohida oqsil moddalar- antitellolar yoki unga allergen bilan o’zaro ta’sir qila oladigan limfositlar paydo bo’lishi katta ahamiyatga ega.

Nospetsifik allergiklar reaksiyalar allergenga birinchi bor duch kelganida kuzatiladi. Bunda sensibilatsiya davri bo’lmaydi. Organizmga tushgan allergenning o’zi hujayra, to’qima va a’zolarni hosil qiladi. Ba’zi dori va kasalliklarni ko’tara olmaslik-idiositraziya shunday reaksiyalar jumlasidandir. Ko’pincha odamda spedsifik allergik reaksiya tarzda va sekin boshlanadigan turlarga bo’linadi. Bemorga spetsifik allergen ta’sir qilgandan so’ng 15 daqiqa o’tgach badan terisi, nafas a’zolari va hazm yo’llarida paydo bo’ladigan reaksiyalar (badanga toshma toshishi, bronxlar torayishi, ich surishi va boshq) tezda boshlanadigan reaksiyalar qatoriga kiradi. Ba’zan organizmning oqsillari bularga odatdagidan boshqacha reaksiya ko’rsatadi, bu autoallergiya deb ataladi.

BRONXIAL ASTMA

Bronxial astma- infeksion- allergik kasallik bo’lib, bronxlar muskulaturasi tortishib qisqarishi natijasida odamning birdan nafasi siqib, bo’g’ilib qolishi , keyin yo’talib yopishqoq balg’am tashlashi bilan xarakterlanadi. Allergen ta’sirada ( allergenlar organizmga uzoq vaqt davomida muttasil ta’sir qilib turganda ) organizmda ma’lum o’zgarishlar paydo bo’lishi kasallik uchun zamin yaratadi.

Allergenlar: oziq – ovqat mahsulotlari, dorilar, turli o’simliklarning gul changlari, gullarning xidlari, kimyoviy moddalar, uy changlari, soch – qazg’oq, yostiq pari, xap – hil bakteriyalar, zamburug’ mog’orlari, gilam qili, gazetalar, jurnallar, kitoblar change ba’zi hashirat yoki hayvonlar ( ularning hidi, juni, ajralmalari ), parfumeriya vositalari va boshqalar.

Bolalarning qizamiq, ko’kyo’tal, zotiljam, bronzit va yuqori nafas yo’llari kasalliklari bilan og’rishi xam bronxial astma paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.

Patogenezi. Bronxial astma patogenezida 3 ta fazasi tafovvut qilinadi:


  1. Antigen va antitelolar bir – biri bilan ta’sir qilib boradigan imunologik fazasi – boshlab beradigan birinchi mexanizm;

  2. biologic aktiv moddalar ( gistomin ) hosil bo’lib boradigan patokimyoviy fazasi;

  3. patofizologik fazasi.

Klinik manzarasi.

Odam ko’pincha kechasi nafasi qisib, bo’g’ilib qoladi. Kasallik yanada avj olib broganda xurujlar kunduzi xam tutib turishi mumkin. Odamning sivuq qotib qolishi, asabiylashishi, chekishi, ma’lum bir xidlar ( bo’yoq xidlari ), chang ( Jung change) ning dimog’ga urilishi va boshqalar bunga sabab bo’lishi mumkin. Kasallik xuruji tutib qolgan maxalda bemor o’tirib o’ladi, qo’llari bilan o’rindiq chetlariga suyangan xolda nafasini yngillashtirishga urinadi. Nafas qisqarganda bemorning lablari, xatto tirnoqlarigacha ko’karib ketadi, yuragi gupillab uradi, uni ter bosadi, bemor nafasi qattiq qisganida xatto o’lib qolaman deb qo’rqadi, xansirab, xuddi mushukka o’xshab irillab nafas oladi. Shu paitda spazmni yo’qotadigan birorta dori ichirilsa yoki ineksiya qilinsa, bemor nafas olishi engillashi, yo’tal bilan oq – sarg’ish balg’am tashlaydi. So’ng xoli qurib boshashib uyquga ketadi. Bemor ko’zdan kechirib ko’rilganda ko’krak qafasi eng ko’p nafas olishi xolatida turadi. Perkusiya qilib ko’rilganida quticha tovushi chiqadi. Asskultatsiyada bir talay quruq xirillashlar borligi sniqlanadi. Kasallik xuruji kasallik boshida 10 – 20 daqiqa, uzoq davom etib borganida bir necha soatga cho’ziladi, ba’zan bir sutkadan ortiqroq davom etadi. Bu bemorning umuman yomonlashib qolishiga, yurakning o’pka tufayli dekompensatsiyalanishiga olib keladi. Bronxial astma xurujining uzoq tutib turishi asmatik xolat deb ataladi.

Tashxis: Tashxis qo’yish bemor shikoyatlarini aniqlash, kasallik va hayoti haqidagi ma’lumotlarini yig’ish, allergik holatlar bor -yo’qligini aniqlashga va be’morni obyektiv tekshirishga asoslanadi.

Bronxoskopiya- maxsus oparat yordamida nafas olish yo’llarini tekshirishdir. Bunda mutaxasis vrach nafas yo’llari shilliq qavatining holatini aniqlaydi, yallig’lanishning turi, uning qanchalik tarqalganligi, zararlanishining yuza yoki chuqurligi va boshqa o’zgarishlar aniqlanadi. Bu usul davo samarasini nazorat qilib borishga ham imkon beradi.

Bronxografiya usulida bronxlarning holatini o’rganish maqsadida organizm uchun bezarar, roentgen nurlarini tutib qoladigan yodolipol, sulfoyodol va shunga o’xshash moddalar bronxlar ichiga yuborilib, o’pkaning rasmi olinadi. Bu usullar yordamida nafas olish yo’llarida paydo bo’lgan o’zgarishlar, bronxlarning holati, o’pkaning qaysi qismi qay darajada zararlangani aniq bilinadi. Shuningdek radioaktiv skenirlash, spirometriya, spirografiya, pnevmotaxometriya usullari ham bronxial astma tashxisini aniqlashga yordam beradi. Qoshimcha tashxis usuli o’pka tomagrafiyasi aniq tashixis qo’yishga yordam beradi.

Kasallikning tasnifi ( G. B. Fedosoyev 1982 y )

I. Bronxial astmaning rivojlanish bosqichlari


  1. astma oldi xolati: o’tkir va surunkali bronxit, qonda eozinofiliya va balg’amda eozinofliyalar miqdori oshgan vasomotor pinit, eshakemi, vazamotr shish, migren va neytrodermit bilan o’tadigan xamda patogenizning immunologic yoki noimmunologik mexanizmlariga aloqador bronxospazm elementlar bo’lgan o’tkir va surunkali zotiljam.

  2. klinik shakllangan bronxial astma - Bronxial astmaning birinchi xuruji yuki statusidan keyin.

II. Bronxial astmaning turlari:

  1. Immunologik turi

  2. Noimmunologik turi

III. Bronxial astmaning patogeniz bo’yicha turlari:

  1. Atopik – allergiyalovchi allergen yoki allergenlar ko’rsatuvchi xolat

  2. Infektsion – qaram – infektsion agentlar va infektsion qaramlik xarakteri ko’rsatilgan xolda, u otopik reaksiya stimulyatsiya infeksion allergiya va bronxlarning birlamchi o’zgargan reaktivligi shakllanishida namoyon bo’lishi mumkin.

  3. Autoimmun

  4. Disgormonal

  5. Asab – ruxiy o’zgarishlarning turlari ko’rsatilgan sharoitda o’tkaziladi.

Xurujlar oralig’ida davolash , xurujning oldini olish choralari bronxial astmaning patogenetik turiga bog’liq. Atopik bronxial astma bilan og’rigan bemorlarda xonadonda allergenga duch kelishni to’xtatish, allergiyaga sabab bo’luvchi taomlarni ovqat tarkibidan chiqarish, uy changiga yuqori sezuvchanglik bo’lganida gigenik tadbirlar o’tkazilishi zarur. Bemorlarga desensibilizasiyalovchi davolash o’tkaziladi. Infektsion shamollash jarayonlari tasdiqlangan xollarda antibekterial davolash o’tkaziladi. Infeksion – allergic astma qaytalanishining oldini olish maqsadida imunostimulyatorlardan ( levamizol- polosaxaridlar, T- aktivli, natriy, nukleyinat ) foydalanisg tavsiya qilinadi.

Kasallikni oldini olish bronxial astmaning oldini olish uchun yoshlikdan boshlab chiniqish, fizkultura va sport bilan shug’ullanish, suv muolajalari, havo vannalari qabul qilish kerak. Bronxial astmaga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish kerak.



Kurortda davolanish. Kislovodisk va Shimoliy Kavkaz, shuningdek O’zbekistonning Oqtosh hamda Zomin sanato’riyalarida bemorlar davolanishlari mumkin.

Kasallik yakuni. Kasallikning og’ir kechishiko’p hollarda bemorlarni nogronlikka olib keladi. Ayniqsa yomon oqibat-natija yoshi katta odamlarda kuzatiladi. Ammo o’rinli va tog’ri davolanganda zarur bo’lgan quvvatlar turuvchi davolash o’tkazilganda kasallik yengil kechadi, bemorlar uzoq muddat ish qobiliyatini saqlab qoladi.

SAVOLLAR;

1.Allergik reaksiya nima va uning rivojlanish mexanizmi qanday?

2.Immunitet va allergiyaning bog’lig tomonlari qanday?

3.Qanday tekshirish va tashhis qo’yish usullari bor?

4. Bronxial astma-qanday kasallik?

5. Bronxial astmaning kelib chiqish sabablari qanday?

6.Kasallikning qanday turlari bor?

7.”Astmatik holat” nima?

8. Bronxial astma xurujida shoshilinch yordam nimalardan iborat?

9.Dori-darmonlar bilan davolashda nimalarga e’tibor beriladi?

10.Bronxial astma bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi qanday olib boriladi?

Tayanch iboralar:

Allergiya- atrof-muhitning allergenlar deb ataluvchi ba’zi omillari (kimyoviy moddalar mikroblar va ularning hayot faoliyatida hosil bo’ladigan mahsulotlar, oziq-ovqatlar) ta’siriga organizmning sezgirligining oshishi bilan harakterlanadigan javob reaksiyasi.

Asfiksiya- havo yetishmay bo’g’ilish

Astmatik status- bronxlarning torayishidan bo’g’ilish xuruji.

Gipoksiya- kislorod yetishmasligi.

Sensibilizatsiya- organizmning biror allergenga nisbatan o’ta sezuvchanlik holati

Anafilaksiya -o’ta zudlik bilan yuz beradigan allergik reaksiya turi

Bronxospazm- bronxlar bo’shlig’ining spastik torayishi.

Taxipnoe -nafas olish maromining me’yordan tezlashishi.

Adabiyotlar:

1. «Kattalarda hamshiralik parvarishi»M.F.Ziyayeva 2012

2. «Ichki kasalliklar» B.U.Yo’ldoshev, 1996

3. «Ichki kaslliklar» G’O’Haydarov 2002 y.

4.’’Terapiya’’ M.F. Ziyayeva 2005 y.

5. M.T. Qarshiboyeva “Terapiyada hamshiralik ishi” Toshkent 2007 y.

6. E. Y. Qosimom “Ichki kasalliklar propedevtikasi” .

Toshkent 1996y.

7.L. S. Zalikina “Bemorlarning umumiy parvarishi” Toshkent 1995y

8.«Qariyalarda hamshiralik parvarishi»M.F.Ziyayeva 2013y



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə