Fan nomi: “Kattalarda hamshiralik parvarishi’’ Mavzular ro’yhati



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə9/10
tarix18.05.2018
ölçüsü0,72 Mb.
#44482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Mavzu 17: Surunkali kasalliklar bilan og’rigan bemorlarning o’ziga xos xususiyatlari.

REJA:

1.Surunkali kasalliklarning kechishi;

2.Surunkali kasalliklarni davolashning o’ziga hos xususiyatlari;

3.Surunkali kasalliklari bo’lgan bemorlarning psixosotsial xususiyatlari;

4.Surunkali kasalliklari bor bo’lgan bemorlarning oilalariga yordam

.

Bemorlarda surunkali kasalliklarni kechishi.

Surunkali kasallik tashxisi aniqlangach turmushning surunkali kasallik bilan yashash bosqichi boshlanadi. Kasallikning biron-bir belgisi paydo bo’lgach, bemor tekshiruvdan keyinchalik esa tashxisini aniqlashdan va davolashdan o’tadi. Keyinchalik bemor o’z kasallik belgilarini nazorat qilishni o’rganadi, kasallikni tinch davrida jamiyatning normal a’zosi sifatda turmush kechiradi yoki uyda parvarish qilinadi. Kasallikning qo’zg’ash davrida sotsional davolash o’tkaziladi.

Surunkali kasallik bilan og’rigan kishilarda kasallik boshlangandan bir necha yil yoki bir necha o’n yildan so’ng terminal davrigacha davom etadigan asoratlar paydo bo’ladi. shunday qilib surunkali kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni hamshira parvarishi kasallikni kechishida 4 ta davrni o’z ichiga oladi.:kasallikni rivojlanish bosqichi, kasallikni tinch davri, qo’zg’alish davri va avj olish davri.

Kasallik rivojlanish davridagi hamshira parvarishi.

Kasallik rivojlanish davrida kasallik belgilari va simptomlari nazorat qilinadi, tekshiruvlar o’tkaziladi, tashxis qo’yiladi, kasallik nomi habar qilinadi va ma’lum davolash boshlanadi.



    • kasallikni tan olish, davolashda yordam;

    • kundalik turmushini olib borishi uchun kerakli bo’lgan bilimlar va texnikani o’rganishda yordam;

    • Krizis vaqtida psixologik stabillikni ushlab turish;

    • Sog’liqni nazorat qilishni o’rganish;

    • Sotsiologik muommolarda (ro’l o’zgarishi, professional planda) qo’llab quvvatlash

    • Sotsiologik resurslardan foydalanishda yordam berish

Kasallikning tinch davridagi hamshira parvarishi.

Kasallikni tinch davrida simptomlar davolash yordamida nazorat qilinadi. Kasallikni tinch davridagi hamshira parvarishi turmush sifatini yaxshilash va ko’tarishda va o’zini nazorat qilishda yordam berishga qaratilgan.

-Turmush tarzini va simptomlarni nazorat qilishni boshqarmoq;

-turmush sifatini quvvatlash va oshirishga qaratilgan turmush tarzini boshqarmoq;

-Sog’liqni nazorat qilish uchun davom ettirishni qo’llash;

Kasallik qo’zg’agan davrida hamshiralik parvarishi.

Kasallik avj olgan davrida asosiy kasallikning yomonlashuvi, kuchayishi, asoratlarini namoyon bo’lishi yoki sog’liqqa parvarish yetishmasligi oqibatida bemor holatini nazorati susayadi.

Kasallikni avj olish paytidagi hamshira parvarishi bemorni tezroq tuzalib ketishiga yordam berish va tinch o’tishiga qaratilgan bo’lishi

-bemorlarning holatiga qarab OIT va KOITlarda mahsus davolash va mahsus parvarish kuzatiladi.

-bemorni kasallikni avj olishi boshlang’ich bosqichidayoq belgilarni aniqlashni o’rgatish.

-bemor holatini yomonlashuvi sababini aniqlash, oldini olishni o’rgatish.

-avj olish bosqichidagi asosiy maqsad quyidagilardir:bemor yaxshi xolatiga qaytishiga yordamlashish.

Kasallik avj olgan davrdagi hamshira parvarishi.

Kasallik avj olgan davrda qayt holatga o’tadi, buzilishlar va simptomlar keng ko’lamda namoyon bo’ladi. Kasallik avj olgan davrdagi hamshira -1 hil holatini ushlab turishiga, bemorga xos bo’lgan turmush tarzini uzoqroq davom etishiga va turmush sifatini oshirishga qaratilgan bo’lishi kerak.

-tekshiruvlar va davolash o’tkazilayotganda yordam berish;

-o’zgarishlar borayotganda yordam berish;

-og’riqni simptomlarni yumshatishda va yo’qotishda yordam berish kerak;

-psixologik qo’llab- quvvatlash;

-qulay turmush kechirishga erishishda yordam berish;

-oila tomonidan qo’llab quvvatlash;



Surunkali kasalliklarni davolash o’ziga hosligi.

-uzoq va davomiylik o’zini nazorat qilish;

-simptomlar turmush tarzini belgilaydi;

-davolashni ko’p tarmoqli bo’lishi;

-statsionardagi davolashni uydagi davolashga o’tkazish.

Surunkali kasalliklari bor bemorlarni jismoniy va ruhiy o’ziga hosliklari

-u kasallikni qanday qabul qiladi.

-davolashni ko’p tarmoqli bo’lishi.

-statsionar davolashdan uy sharoitidan davolashga o’tish.

Surunkali kasallik bilan og’rigan bemorlarni oilalariga yordam.

Oldingi paytda oila a’zolariga kasallikni uyda parvarish qilishi tabiiy hisoblanib, hech kim buni og’irlik deb hisoblamas edi. Va holanki, zamonaviy kasalliklar bemorni turmush tarzi bilan bog’liq bo’lganligi uchun kundalik turmushda davolanish zarurati tug’dirmoqda.

Surunkali kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni oilalariga yordam: surunkali og’rigan bemorlar oilalariga kasallikni davolash bo’yicha va bemorni o’zini o’zi parvarish qilish bo’yicha maslahat berish, va tavsiya berish shuningdek oilaning hohish istaklarini hisobga olgan holda tushunarsiz holatlarini tushuntirish, shuningdek oila a’zolarini ruhiy qo’llab quvvatlash ham muhim ro’l o’ynaydi.

SAVOLLAR;

1.Surunkali kasalliklar deb qanday kasalliklarga aytiladi?

2.Kasallikning rivojlanish davrida hamshiralik parvarishi nimadan ibotat?

3.Kasallikning turg’un kechish davrida hamshiralik parvarishi qanday?

4.Kasallikning qo’zish va avj olish davrida hamshiralik parvarishi nimadan ibotat?

5. Surunkali kasalliklarni davolashda nimalarga ahamiyat beriladi?

6.Surunkali kasalliklari bo’lgan bemorlarning qanday psixosotsial xususiyatlari bor?

7. Surunkali kasalliklari bor bemorlarning oilalariga hamshira qanday yordam berishi mumkin?

Adabiyotlar:

1. «Ichki kasalliklar» B.U.Yo’ldoshev, 1996 yil.

2. «Ichki kaslliklar» G’O’Haydarov 2002 yil.

3. ‘’Terapiya’’ M.F.Ziyayeva 2005

4.’’Terapiya’’ M.F. Ziyayeva 2005 y.

5. M.T. Qarshiboyeva “Terapiyada hamshiralik ishi” Toshkent 2007 y.

6. E. Y. Qosimom “Ichki kasalliklar propedevtikasi” .

Toshkent 1996y.

7.L. S. Zalikina “Bemorlarning umumiy parvarishi” Toshkent 1995y

8.«Qariyalarda hamshiralik parvarishi»M.F.Ziyayeva 2013y



Mavzu№18; Kasb-kor, suyak-mushak va biriktiruvchi to’qima kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi.

Reja;

1.Kasbga oid kasalliklar haqida tushuncha.

2.Pnevmokonioz kasalligi bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi[etiologiyasi,klinikasi, davolash]

3.Suyak- mushak va biriktiruvchi to’gima a’zolarining anatomo-fiziologik xususiyatlari.

4.Tekshirish usullari va davolash.

5.Revmatoid artrit va revmatizm kasalligi bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi

Ishlab chiqarishda, mehnat faoliyati davridagi noqulay omillar natijasida

organizmning normal yashash faoliyatini izdan chiqaruvchi kasalliklar guruhi-

kasb- kor kasalliklari deyiladi.Ayrim mehnat turlari, ya’ni ishlash joyidagi no-

qulay sharoitlar, kasb-kor kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo’ladi.Kasb-kor

kasalliklari klinikasi asosan umumiy klinik ko’rinishlar asosida kechib, umum-

an olganda uning o’ziga xos sindromlari farqlanadi.



Pnevmokonioz.

Kasb- kor kasalliklari ichida eng ko’p tarqalgan va o’rganilgani , turli changlar

bilan nafas olishga bog’liq bo’lgan-chang natijasida kelib chiqadigan bronxitlar

va pnevmokoniozlardir.

Pnevmokonioz- surunkali kasb-kor kasalligi bo’lib, o’pka to’qimasida skleroz

(bitiktiruvchi to’qima yoki fibrinoz) jarayoni va o’pka emfizemasi rivojlanishi

bilan xarakterlanadi. Natijada ko’krak ichi limfa tugunlari kattalashadi.

Etiologiyasi.

O’pkada patologik holatning rivojlanishi, boshlanishi, ko’rinishi, klinik belgila-

rining namoyon bo’lishi, kasallikning kechishi quyidagi etiologik omillarga

bog’liq:

-changning xarakteriga;

-havoning changlanish darajasiga;

-chang bilan ta’sirlanish vaqtiga;

-changga nisbatan organizmning individual ta’sirchanligi(sezgirligi)ga;

-immun sistema holatiga.

Chang tarkibiga qarab neorganik, organik va aralash turlarga bo’linadi. Tar-

kibi minerallar yoki metallardan tashkil topgan bo’lsa –neorganik, kelib chiqi-

shi o’simlik yoki hayvon maxsulotlari va mikroorganizmlardan bo’lsa organik

hisoblanadi.



Klinik belgilari.

Changning xarakteriga qarab pnevmokoniozlarning bir necha turlari farqlana-

di; -silikoz-tarkibida kremniy dioksidini saqlagan chang asosidagi

pnevmokonioz;

-silikatoz-tarkibida asbest, tal’k, sement, kaolin zarrachalaribo’lgan chang

sababli kelib chiqadigan pnevmokonioz;

-metallokonioz- tarkibida alyumin ,temir va boshqa metall

zarrachalaridan paydo bo’ladigan pnevmokonioz;

-karbokonioz-tarkibida ko’mir, grafit sababli paydo bo’ladigan

pnevmokonioz;

Pnevmokoniozlarning barcha turlarida klinik belgilar deyarli bir xi;kuchayib

boruvchi o’pka yetishmovchiligi, surunkali bronxit, ko’krak qafasida og’riqlar,

pnevmoniyalar.

Pnevmokoniozlarning 3 ta bosqichi tafovut qilinadi:1-bosqich uchun xarakterli

simptomlari o’pka ildizi rasmining kuchayganligi, ko’krak ichi limfa tugunla-

rining kattalashuvi va deformatsiyasi hosdir.

2-bosqich uchun xarakterli simptomlari ikkala o’pkada ham diffuz holdagi

o’ghog’lar, emfizemalar borligidir.

3- bosqich uchun xarakterli simptomlari o’pkada konglomerat(to’plangan tu-

gunlar), pnevmokoniotik kavernalar, o’pka fibrozi bo’lishidir. Pnevmokoniozlar

natijasida rivojlangan bronxoektazlar aniqlanadi.

Silikoz- pnevmokoniozlarning juda ko’p uchraydigan va og’ir o’tadigan turidir

Bu kasallikning xarakterli belgilaridan biri –ko’krak qafasidagi og’riqdir.

Silikozning eng ko’p uchraydigan asorati tuberkulyoz bo’lib, silikotuberku-

lyoz deb ataladi. Bu kasallikda ko’pincha spontan pnevmotoraks yuz beradi.

Davosi.

Bu kasalliklarni davolashda asosan simptomopatologik davo qilinadi.

Suyak-mushak va biriktiruvchi to’gimaning anatomo-fiziologik xususiyatlari.

Bo’g’imlar anatomiyasi haqida gapirganda bo’g’imni o’rab turgan bo’gim

xaltachasi va biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan, asli bo’g’im bo’shlig’i

nazarda tutiladi.Bularga suyaklarning tog’ay bilan qoplangan bo’g’im oxir-

lari birikkan. Bo’g’imlar ko’pgina kasalliklar (revmatizm, sil, zaxm, so’zak,

dizenteriya) va jaroxatlar sababli zararlanadi.



REVMATOID ARTRIT

Bu kasallik rivojlanishida organizmdagi surunkali infektsiya o’choqlari katta rol’ o’ynaydi.Ularga kariyes tishlar,surunkali tonzillit,o’rta quloq yallig’lanishi ,gaymorit va boshqalar kiradi. Etiologiyasida yana sovgotish,neyroendokrin boshqarilishning buzilishi ham rol’ o’ynaydi. Kasallikning rivojlanishida irsiy omillar muhim o’rin tutadi. Bemor organizmida o’zgargan immun reaktivlik aniqlangan.



Klinik manzarasi. Revmatoid artrit asta-sekin yoki o’tkir boshlanadi.Kasallik boshlanishida mayda bo’g’imlar, ko’proq bilak, kaft-panja va falangalar shikastlanganligi sababli shu bo’g’imlarda og’riq paydo bo’ladi. Og’riq asosan ertalab kuchliroq bo’lib, kechga borib kamayadi. Og’riq kasallik rivojlangan sari asta-sekin kuchayib boradi. Kasallik kuchli qo’ziganda og’riq tun bo’yi bezovta qilishi mumkin. Og’riq shikastlangan bo’g’imlarda o’zgarmas, doimiy bo’lib, bo’g’imdan-bo’g’imga ko’chib yurmaydi,bo’g’im va uning atrofidagi to’qimalar yallig’langanligi va og’riq bo’lganligi sababli ular harakati cheklanganligi kuzatiladi. Bemorlarda ertalab uyg’onganda o’zini ‘’qolipdagidek yoki taqalangandek,, sezib,butun tana harakati cheklanganligi kuzatiladi. Kamroq hollarda revmatoid artrit bitta yoki ikkita bo’g’imni shikastlash tarzida boshlanishi mumkin. Yelka, ko’ks va umurtqa bo’g’imlari deyarli shikastlanmaydi. Bu bo’g’imlarda og’riq kasallikning oxirgi bosqichlarida kuzatiladi. Bo’g’imlar shakli buziladi,ularning funktsiyasi izdan chiqa boshlaydi.Ob’yektiv tekshirilganda, kasallik boshlanishida yoki qo’ziganda, bo’g’im ichi va atrofidagi to’q’imalar yallig’langanligi sababli ularning shishib,konturi silliqlashganligini,hajmi kattalashganligini,bo’g’im ustidagi terining biroz qizarganini,shakli o’zgarganligini ko’rish mumkin. Tobora ko’p sonly bo’g’imlar zararlanib borib, chakka-pastki jag’ bo’g’imlarigacha yetadi, bunda ovqatni chaynash qiyinlashadi.Kasallik to’lqinsimon va tez-tez qaytalanadi,zararlangan bo’g’imlar harakatlanganda og’riydi. Tana harorati ko’tariladi, darmonsizlik kuzatiladi. Qonda patologik o’zgarishlar – ECHT oshishi,leykotsitoz aniqlanadi.Kasallikning rivojlangan bosqichida panja bo’g’imlaridagi o’zgarishlar o’ziga xos bo’lib,ba’zida uni ‘’tashrif kartochkasi’’ deb ham aytiladi. Rentgenologik tekshiruvda bo’g’im yorig’ining kengayganligi, suyak to’qimasining osteoporozi aniqlanadi. Asorati-bo’g’im funktsiyasining etishmovchiligi-ankiloz rivojlanadi.Revmatoid artrit rivojlanishi autoimmun xarakterga ega bo’lganligi sababli,bu kasallikda yana boshqa to’qimalar va ichki a’zolar ham shikastlanishi mumkin. Rematoid artrit rivojlanishi autoimmune xarakterga ega bo’igankigi sababli, bu kasallikda yana boshqa to’qimalar va ichki a’zolar ham shikastlanishi mumkin. Tirsak bo’g’imi atrofida 0,5-2 sm kattalikdagi dumaloq paypaslanganda, og’rimasdan siljiydigan qattiq revmatoid tugunchalar paydo bo’lishi mumkin. Revmatoid tugunchalar yana proksimal falangalararo, kaft-panja, tizza bo’g’imlar tashqi tomonida bosh, kurak, to’sh sohasida joylashishi, ular bitta yoki bir nechta bo’lishi mumkin, hech qachon yallig’lanmaydi va yiringlamaydi. Subperiostal joylashgan bo’lsa, siljimaydi. Revmatoid tugunchalar kasallik qo’zish davrida paydo bo’lib, simmetrik joylashadi, kasallik davolanganda va remissiya davrida to’liq yo’qolib ketishi mumkin. Ular kasallikning erta davrida paydo bo’lishi noxush belgi hisoblanib, u yuqori faollik bilan kechganida kuzatiladi.

Muskullardan yana revmatoid miozitni kuzatish mumkin. Revmatoid tenosinovit, tendinit rivojlanishi mumkin. Ba’zida bo’g’imlar harakat qilganda, qirsillagan tovush eshitiladi. Kasallik uzoq kechganda, kamqonlik rivojlanganligi va teri kapillarlari tonusi o’zgarganligi tufayli, terining rangparligi kuzatiladi. Kaft va barmoqlar uchi terisi ko’kimtir-to’q pushtirangda bo’ladi. shikastlangan bo’g’imlar ayniqsa kaftlar terisi quruq, rangpar yupqalashgan bo’ladi. shu joylarda pigmentatsiya, giperkeratoz bo’lishi mumkin. Tirnoqlar yupqalashishi, ularda uzunasiga chiziqlar paydo bo’lishi, tez sinadigan bo’lib qolishi mumkin.

Kasallik yuqori faollik bilan kechganda, revmatoid miokardit va endokardit rivojlanishi mumkin. Kamroq hollarda metrial qopqoqlari yetishmovchiligi shakllanadi. Kam belgili quruq perikardit, ba’zida ekssudatli perikardit aniqlanishi mumkin.

Revmatoid artritning quyidagi klinik-patologik variantlari bor:



      1. Asosan bo’g’im shakli;

      2. Bo’g’im-visseral shakli;

      3. Revmatoid artritning biriktiruvchi to’qimaning boshqa yalpi kasalliklari yoki bo’g’im kasalliklari bilan birga kelishi;

      4. Yuvenil revmatoid artrit.

Davolash. Revmatoid artrit davosi bosqichli bo’lib, shifoxona-pliklinika-kurortda olib boriladi. Shifoxona va poliklinikada davolash quyidagi maqsadlarni o’z ichiga oladi:

  • Surunkali infeksiya o’choqlarini yoqotish;

  • Yallig’lanish belgilariga qarshi davolash;

  • Bazis-immunodepressiv davolash;

  • Shikastlangan, qotib qolgan (ankiloz) bo’g’imlarda local davolash, jarrohlik usullaru bilan davolash;

  • Revmatoid artrit bilan og’rigan hamma bemorlarni ro’yxatga olib poliklinikada dispanserizatsiya qilish.

Kasallikning bo’g’im nisbatan shikastlangan turida, uning erta bosqichlarida, kichik va o’rtacha aktivlik darajasida xinotin qatoridagi dorilar ichish tavsiya qilinadi. Bu dorilar yil davomida ichiladi. Ular plazmatik hujayra aktivligini susaytirish natijasida sust immunidepressiv ta’sir ko’rsatadi hamda yallig’lanishning proliferative komponentini kamaytirish mumkin.

Revmatoid artrit og’ir kechganada, visseropatiya, vaskulit yoki psevdoseptik sindrom hamda boshqa kasalliklar bilan kechganda oltinli tuzlar bilan davolash tavsiya qilinmaydi.

Revmatoid artritda bo’g’im uchun osoyishta sharoit yaratish zarur. Avvalo yallig’lanishga qarshi ta’sir doirasi keng antibiotiklar tayinlanadi. Salitsilatlar yaxshi natija beradi.

Revmatizm.

Etiologiyasi: Og’ir yurak kasalliklari- yurak poroklari, ya’ni klapan nuqsonlariga endokarditlarga va miokarditlarga (yurak ichki pardasi va miokardning zararlanishiga) olib keladigan sabablar orasida revmatizm birinchi o’rinda turadi.

Revmatizm murakkab infektsion-allergik kasallik bo’lib butun organizmni, lekin asosan biriktiruvchi to’qimani zararlaydi va protses birinchi navbatda yurak-tomirlar sistemasini, jumladan yurakni o’z girdobiga oladi.

Revmatizm paydo bo’lishi aksari qanday bo’lmasin biron xronik infeksiya o’chog’iga “uya qurib” oladigan streptokokk bilan bog’liq (xronik tonzillit, xronik quloq yallig’lanishi va boshqalar). Revmatizm etiologiyasi to’g’risidagi zamonaviy tushuncha shundan iboratki, revmatizm streptokokkning bir xili (A gruppasiga mansub- gemolitik streptokokk) paydo qiladigan infeksiyalarning oqibatidir. Bu infeksiya ko’pincha o’tkir yoki xronik faringit yoki hozir aytib o’tilgan tonzilit tariqasida o’tadi.

Revmatizmning avj olib borishida organizmning qo’zg’atuvchiga ortiqcha sezgir bo’lib qolib, giperergik degan reaksiya boshlanishi ham rol o’ynaydi (allergiya).

Sovqotib turish, ko’p-ko’p hayojonlanish va jismoniy jihatdan zo’riqish, ovqatga yolchimaslik revmatik infeksiya avj olib borishini yengillashtirishi mumkin.

Patologik anatomiyasi. Revmatizmning qanday avj olib borishini vatanimiz tadqiqotchisi V.T.Talalayev tasvirlab bergan. Uning avj olib borishida asosiy narsa (anatomic ma’noda olganda) biriktiruvchi to’qimada (endokard, bo’g’imlar atrofi va boshqalarda) revmatik granulyoma degan tuguncha paydo bo’lib borishidir.

Bu granulyoma uni birinchi marta tasvirlab bergan olimlarning nomi bilan Ashoff va Talalayev granulyomasi, ya’ni tugunchasi deb ataladi. Ashoff –Talalayev granulyomasi avj olib borishida uch bosqichni o’tadi:



  1. Biriktiruvchi to’qima tolalari shishib chiqadigan ekssudativ bosqich (granulyoma shakllana boshlashi).

  2. Granulyomaning uzil-kesil shakllanib olishi.

  1. Granulyomaning sklerozlanib, atrofdagi to’qimalarga raxna solishi. Bu o’z navbatida, yurak klapanlari shaklining o’zgarib ketishiga olib kelishi mumkin.

Revmatizm ekssudativ fazasi hozir 2ta mustaqil fazaga bo’linadi: mukoid bo’kish va fibrinoid o’zgarishlar fazalari. Mukoid bo’kish biriktiruvchi to’qima zararlanishining yuza va qaytar fazasi bo’lib, skleroz boshlanishiga olib boradi.

Revmatizmda nerv sistemasi, ichki sekretsiya bezlari, boshqa organ va sistemalar zararlanadi. Revmatizmning formalarini G.I.Sokolskiy va J.Buyo batafsil o’rganib, tasvirlab berishgan, shu munosibat bilan bu kasallik Sokolskiy-Buyo kasalligi deb ataladi.

A.I.Nesterov bu kasallikning patogenezi infektsion-nevrogen xarakterga egadir degan fikrni bayon qildi.

Klinik manzarasi. Revmatizmning bir necha formasi bor. Hozirgi vaqtda uning ko’proq uchraydigan formasi shundayki, bunda odam umuman darmoni qurib, tana temperaturasi ko’tarilib turadi-da, qonida patologik o’zgarishlar bo’lgani holda yurak klapan apparati zararlanib boradi; boshqa organ va sistemalar bunchalik aktivlik bilan zararlanmaydi. Yurak zararlanishi bilan bir vaqtda bo’g’imlar, aksari yirik bo’g’imlar- tizza, bolder-panja, tirsak, yelka bo’g’imlari shikastlanadi. Ularning harakatchanligi buzilib, zararlangan bo’g’imlar ustidagi teri qizarib chiqadi, bo’g’im atrofidagi to’qimalar shishadi. Davo ta’siri ostida bo’g’imlardagi hamma patologik o’zgarishlar batamom yo’qolib ketadi, bo’g’imlarning harakatchanligi asliga kelib qoladi, lekin revmatik protsess zo’rayib boraveradi va yurakda jiddiy o’zgarishlar boshlanishiga olib keladi. Revmatizmning “bo’g’imlarni yalab turib, yurakni uzib oladigan” kasallik deb atalishi bejiz emas.

Revmatizmning ba’zi formalarida asosan markaziy nerv sistemasi zararlanadi (muskullarning tortishib qisqarib turishi, “uchib turishi”). Bu formasi kichik xoreya deb ataladi. Revmatizmning boshqa formasida badan terisida hammadan ko’p o’zgarishlar bo’ladi, bularning ustidagi teri ko’kish aralash qizarib turadi. Kasallikning 2 ta asosiy fazasi: aktiv va aktivmas fazasi ajratiladi.

Bu kasallik o’tkir, yarim o’tkir holda o’tishi, cho’ziladigan bo’lishi, tinmay qaytalanib turadigan va yashirin (latent) bo’lishi mumkin.Revmatizm bilan ko’pincha yoshlar, aksari bolalar kasallanadi.

Revmatizm qo’zigan paytda tana temperaturasi yuqori raqamlargacha ko’tariladi. Ba’zan u o’rtacha darajada ko’tarilishi mumkin (subfebril temperatura). Odam umuman darmoni qurib, terlayveradi, yurak urishi tezlashadi. Bo’g’imlar og’rimayotgan bo’lsa, kasallar shamollab qoldim deb o’ylashadi-da, vrachga borishmaydi (revmatizmning yuirak formasi shunday boshlanadi).

Tana temperaturasi ko’tarilishi, umumiy quvvatsizlik va terlayverish bilan bir vaqtda bo’g’imlarda patologik o’zgarishlar paydo bo’ladi (harakatchanligi buzilib, ular shishib chiqadi va hakazo). Yurak eshitib ko’rilganida (auskultatsiya qilib ko’rilganida) tonlarining bo’g’iqroq bo’lib qolgani, yurak urishi tezlashgani ma’lum bo’ladi. Qonni labaratoriyada tekshirib ko’rish leykotsitoz borligi, EChT kuchayganini ko’rsatib beradi. Revmatizmni aniqlash uchun qilib ko’riladigan sinama musbat bo’lib chiqadi.

Bo’g’imlar go’yoki navbatma-navbat zararlanib boradi, ya’ni avval 1 ta yoki 2 ta tirsak bo’g’imlari, keyin kaft usti bo’g’imlari zararlanadi va hakazo, og’riqlar “uchib yuradigan” bo’ladi. Revmatik atakasi cho’zilib ketganida yurak yetishmovchiligi boshlanishi mumkin, bu– yurak o’ynashi, yurilganda hansirab qolish, kechqurunga borib oyoq panjaralarining shishib qolishi bilan namoyon bo’ladi. Mana shu hodisalarning hammasi revmatik miokarditga bog’liq deb hisoblanadi.

Yurak revmatik porok (revmatizm munosabati bilan paydo bo’ladigan nuqson) 5-7 oydan keyin shakllanadi, shu munosabat bilan uning simptomlari keyinroq ma’lum bo’ladi.

Yurakning uzatuvchi sistemasida o’zgarishlar ro’y berishi mumkin, bu EKG da ma’lum bo’ladi: bo’lma-qorincha intervali uzayib ketadi (normada u ko’pi bilan 0,2 sekund bo’ladi). Yurak tekshirib ko’rilganida chegaralarning 1-2 sm kengaygani qayd qilinadi.

Yurak-tomirlar sistemasining zararlanishi, bo’g’imlardan dam biri, dam ikkinchisi og’rib turishi (og’riqlarning “uchuvchan bo’lishi”), angina bo’lib o’tganligi va salitsiilatlar bilan davo qilinganida yaxshi natija olinishi – revmatizmni aniqlashda ish beradigan asosiy diagnostic jihatlar ana shulardir. Kasallik ravmatizm atakalari ko’rinishida o’tadi. Atakalar ba’zan yiliga bir necha marta bo’lib o’tadi va bir necha kundan 2 haftagacha davom etadi. Bo’gimlardagi og’riqlar shu qadar kuchli bo’lishi mumkinki, kasal og’rib turgan bo’g’imiga choyshab yoki adyol tekkanida ham iztirob chekaveradi. Biroq, revmatizmning bunday barilla ifodalangan formalari uchraydiki, bunda alomatlari uncha keskin ifodalanmagan bo’ladi.

Diagnoz qo’yish uchun revmatizmni aniqlab beradigan diagnostic sinamalar katta ahamiyatga ega. Hozir ko’pdan beri ma’lum diagnostic sinamalar (SOE, cho’ktirish sinamalari, qon plazmasidagi fibrinogen – I omil miqdorini, protrombin vaqtini aniqlash) ham, yangilari (C-reaktiv oqsil, zardor oqsillari elektroforegrammasi, glikoproteidlar va mukoproteidlarni aniqlash, difenilamin sinamasi va boshqalar) ham qo’llaniladi. Mana shu sinamalar yordamida revmatizmning aktiv fazasida oqsillar almashinuvi hamisha va anchagina izdan chiqadigan bo’lishi aniqlangan. Kasallik avjiga chiqib turgan mahalda qon oqsillarining albumin miqdori kamayib, globulinlar miqdori ko’payib boradigan tomonga qarab o’zgaradi. Shuni aytib o’tish kerakki, oqsil-fermentlar almashinuvidagi jiddiy kamchiliklarni aks ettiruvchi qon proteinogrammasidagi o’zgarishlar revmatizm diagnostikasi uchungina ahamiyatga ega bo’lib qolmasdan, balki boshqa kasalliklar (angina, revmatoid artrit va boshqalar) diagnostikasi uchun ham ahamiyatga egadir, ya’ni bu ko’rsatkichlar spetsifik emas.



Davosi. Revmatizm bilan og’rigan bemor kasalxonaga joylashtirilishi kerak. Uni elbizaklardan va sovqotib qolishdan asrash lozim.

Revmatizm bilan og’rigan kasalning ovqati dieta № 10 ning hamma asosiy tarkibiy qismlarini o’z ichiga oladi (oqsillar, yog’lar, uglevodlar, shuningdek, vitaminlar yetarlicha bo’lgan bekami ko’st ratsion buyuriladi), osh tuzi iste’moli cheklab qo’yiladi.

Suyuqlik ichish rejimiga rioya qilish: yetarli miqdorda meva suvlari, mineral suvlar berib turish (odam terlayveradigan bo’lgani uchun ko’p suyuqlik yo’qotib turadi), ammo organizmga suyuqliklardan zo’r keltirmaslik juda muhim.

Kasallik o’rinda uzoq (kamida 1-1,5 oy) yotib turishi davoning muhim omili bo’lib hisoblanadi.

Revmatizmga davo qilishning spetsifik vositasi natriy salitsilatidir. Birinchi hafta davomida uni har uch soatda 1 g dan ichib turish uchun buyuriladi. Ikkinchi haftada preparat yarim dozada beriladi. Davo kursiga 150 g atrofida preparat kerak bo’ladi. Shundan keyin, odatda, bemorning umumiy ahvoli yaxshilanib, bo’g’imlaridagi og’riqlar kamayadi, tana temperaturasi pasayadi va hakazo. Atsetilsalitilat kislota ham ana shu dorilar gruppasiga kiradi, uni sutkasiga 3 g dozada buyuriladi (0,5 g dan 6 marta ichib turish uchun). Biroq hozir aytib o’tilgan dorilar meda shilliq pardasini ta’sirlantirishi mumkin.

Salitsilatlar yetarlicha naf bermaganida ba’zi boshqa dori-darmonlar o’rinli bo’ladi (jumladan, kuniga 0,2 – 0,3 g dan amidopirin). Butadion va unga o’xshash preparatlar (pirazolidin, butozolidin, fenil-butazol) 0,5 g dan kuniga 3-6 mahal ichish uchun buyuriladi. Butadionni aktivligini oshirish uchun teng miqdordagi amidopirin yoki reopirin bilan birga qo’shib ishlatiladi. Bu preparatlar 0,25 g dan kuniga 3-4 mahal ichish uchun buyuriladi.

Revmatizmning o’tkir fazasida kuniga 15-20 mg dan prednizolon va prednizon (5 mg dan 3-5 mahal), kuniga 15 -20 mg dan triamsinalon buyuriladi. Gormonlar bilan davo qilish bilan bir vaqtda antibiotiklar, masalan 10 kun davomida kuniga 50000 TB dan penitsilin ham buyuriladi.

Bemor o’rinda uzoq yotadigan bo’lganda muskullar atrofiyasining oldini olish uchun yengilgina massaj, zo’r kelmaydigan davo gimnastikasi kompleksini buyurish maqsadga muvofiqdir.

Parvarish qilib borishning ahamiyati katta. Revmatizm bilan og’rigan kasal juda ko’p terlaydi, shuning uchun ichki kiyimlari va boshqa oqliklarini tez-tez almashtirib berib turish kerak. Badan terisi bichilib ketmasligi uchun uni suv qo’shilgan atir bilan artib turish lozim. Kasal bo’g’imlarni issiq tutish kerak.

Revmatizm bilan og’rigan bemorlar kasalxonadan chiqib ketganlaridan keyin sovqotishdan ehtiyot bo’lishlari lozim, zax binolarda bo’lishga aloqador ish ularga to’g’ri kelmaydi. Karies bilan og’rigan tishlarga davo qilish zarur. Xronik tonzilitda bodomcha bezlarini olib tashlash tavsiya etiladi. Gaymoritlar, boshqa organlardagi yallig’lanish protseslariga muntazam davo qilib borish kerak.



Profilaktikasi. Profilaktikasining asosi organizmning tabiiy immuniteti va turli infektsiyalarga nisbatan qarshiligini mustahkamlashdir. O’zbekistonda shunday chora-tadbirlar amalgam oshiriladiki, bu birinchidan, sog’lomlashtiruvchi chora-tadbirlarni ko’rish, ikkinchidan,m revmatizm hususida mushkul irsiyatga ega bo’lgan, xronik tonzillit va boshqalr bilan og’rib

yurgan kishilarda, ya’ni xatar omili bor kishilarda profilaktik davo kursi o’tkazib turishdir. Profilaktik davo kursi 5-6 kunda 1 marta 600000 TB dan bitsilin in’eksiyalari qilib (hammasi bo’lib 5 in’eksiya), atsetilsalitsilat kislota (2-3 g) yoki butadiene (kuniga 0,3 g dan) ichirib turishdan iborat. Bitsillin bilan 3 yil davomida ana shunday davo qilinganidan so’ng keyingi 2 yil ichida kasallik qo’zimaydigan bo’lsa, kuz va bahor kezlari 1500000 TB gacha bitsillin bilan birga har kuni 2 g atsetilsalitsilat kislota ishlatib boorish buyuriladi (davo kursi 45-50 kun)

SAVOLLAR;


    1. Kasbga oid kasalliklar deb qanday kasalliklarga aytiladi?

2.Kasbga oid kasalliklarning qanday turlari bor?

3.Pnevmokoniozlarning kelib chiqish sabablari qanday?

4.Pnevmokoniozlarning qanday turlari bor?

5. Pnevmokoniozlarning klinik belgilari qanday?

6. Pnevmokoniozlarni davolash nimalardan iborat?

7.Revmatizm kasalligi haqida gapirib bering?

8.Revmatoid artrit kasalligi haqida nimalarni bilasiz?

9.Kasallikning etiologiyasi qanday?

10.Kasallik qanday klinik kechadi?

11.Kasallikning asoratlari nimalardan iborat?

12.Revmatoid artrit kasalligi qanday davolanadi?

Tayanch iboralar;



Pnevmokonioz- surunkali kasb-kor kasalligi bo’lib, o’pka to’qimasida skleroz

jarayoni va o’pka emfizemasi rivojlanishi bilan xarakterlanadi.



Silikoz- tarkibida kremniy dioksidini saqlagan chang asosidagi pnevmokonioz;

Poliartrit- bir nechta bo’g’imlarning baravar yallig’lanishi;

Oksigenoterapiya- kislorod bilan davolash;.

Bronxospazm- bronxlar bo’shlig’ining torayishi,spazmi;

Artrit- bo’g’imning yallig’lanishi;

Ankiloz- bo’g’im shaklining patologik o’zgarishi;

Revmatoid miozit- mushaklarning revmatoidli yallig’lanishi;

Revmatizm- murakkab infektsion-allergik kasallik bo’lib butun organizmni, lekin asosan biriktiruvchi to’qimani zararlaydi.

Adabiyotlar;

1.G’.O.Haydarov; ’’Ichki kasalliklar’’2002yil.

2.B.U Yo’ldoshev;’’Ichki kasalliklar’’2002yil.

3.M.F.Ziyayeva;’’Terapiya’’ 2005-2010yil.

4. M.T. Qarshiboyeva “Terapiyada hamshiralik ishi” Toshkent 2007 y.

5. E. Y. Qosimom “Ichki kasalliklar propedevtikasi” .

Toshkent 1996y.

6..L. S. Zalikina “Bemorlarning umumiy parvarishi” Toshkent 1995y

7.«Qariyalarda hamshiralik parvarishi»M.F.Ziyayeva 2013y



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə