Fan va inovatsiyalar vazirligi


Resurslarning bozor taqsimoti



Yüklə 81,15 Kb.
səhifə2/3
tarix20.09.2023
ölçüsü81,15 Kb.
#122698
1   2   3
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti. B.Xomidov

2. Resurslarning bozor taqsimoti
Xom ashyoni qayta ishlash sanoatini yanada rivojlantirish, texnika taraqqiyoti sur’atlarini jadallashtirish va sanoat mahsulotlarining turlarini ko‘paytirish vazifalari sun’iy materiallar ishlab chiqarishni intensiv rivojlantirishni taqozo etadi. Sun’iy materiallar ishlab chiqarish va ularni sanoatda qo‘llash quyidagi hollarda iqtisodiy samarali hisoblanadi: a) sun’iy material yagona xom ashyo bo‘lgan tarmoqda ishlab chiqarishning jadal sur’atlari bilan va keng ko‘lamda rivojlantirishga; b) qayta ishlovchi tarmoqlar texnika bazasining mukammallashuviga; d) iste’molchi tarmoqlar mahsulotining sifatini yaxshilashga va assortimentni kengaytirishga; e) qayta ishlash tarmoqlarida texnologik jarayonlarni jadallashtirishga va uskunalarni mukammallashtirishga; f) tayyor sanoat mahsuloti ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishga sabab bo‘lsa; g) sun’iy materiallardan ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini kamaytirsa. Sun’iy materiallar ishlab chiqarish va qo‘llashning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda vaqt omilini, ya’ni qisqa vaqt ichida kerakli miqdorda sanoat mahsuloti ishlab chiqarishga erishish mumkinligini e’tiborga olish lozim. Bu o‘rinda ta’kidlash kerakki, sun’iy materiallar behad afzalliklarga ega, chunki tabiiy xom ashyo bo‘lgan paxta, jun, teri va boshqalarni ishlab chiqarishga oylab vaqt ketsa, sun’iy materiallarni ishlab chiqarishga atigi bir necha kun va soat kifoya qiladi.
Sun’iy materiallar ishlab chiqarishga tabiiy materiallarga nisbatan ancha kam ijtimoiy mehnat sarflanadi. Masalan, 1 tonna yuvilgan jun ishlab chiqarishga 7000 kishi/soat sarflansa, sintetik tolaga 225-1400 kishi/soat sarf etiladi. Sun’iy materiallar sanoatning qo‘shimcha xom ashyo bazasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular ishlab chiqarish jarayonlarini kimyolashtirish, ayniqsa, organik sintezni rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Turli tarmoqlarda kimyoviy usullarni qo‘llash tabiatda ko‘p tarqalgan mahsulotlardan sifati tabiiy materiallarnikidan ancha ustun bo‘lgan juda ko‘p yangi tur sun’iy materiallar ishlab chiqarish imkonini beradi. Zamonaviy texnika sintetik materiallarga turlicha talablar qo‘yadi. Ular o‘ziga xos qator afzalliklarga ega: uzoq vaqt o‘ta yuqori va o‘ta past haroratga, yuqori bosim va juda katta elektr kuchlanishlariga chidamli. Sun’iy materiallar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, shu jumladan, sanoatni rivojlantirish va sanoat xom ashyo bazasini kengaytirishning asosiy vositalaridan biridir. Respublika hududida taniqli (Langar, Ingichka, Qaytosh, Yaxton, Sargardon va h.k.) volfram rudasi konlaridan tashqari Siritog‘ va Sautbog‘ konlari ham aniqlangan. Volframni Muruntog‘ va uning qo‘shni manbalaridan ajratib olish, shuningdek, Sautboy va Saritog‘, Turboy, Oltintog‘, AuminzaBeltog‘ ruda tumanlaridagi konlarda prognozlash va izlanishlarni kuchaytirish orqali volfram xom ashyo bazasini mustahkamlash mumkin. Qo‘rg‘oshin va rux konlari uchta sanoat turida taqdim qilingan: karbonat jinslarida qo‘rg‘oshin-rux stratiform turi (Uchquloch, Ko‘lcho‘loq), vulqonli jinslarida skarn-qo‘rg‘oshin-rux (Qo‘rg‘oshinkon, Kumushkon), vakolchedon-polimetall (Xanjizza va h.k.) turlari. Qo‘rg‘oshin va ruxning o‘zlashtirilgan zahiralari Uchquloch (3 mln. tonnadan ortiq) va Xanjizza (700 ming tonnadan ortiq) konlarida jamlangan. Xanjizza konida qo‘rg‘oshin va rux bilan birga mis, kumush, kadmiy, selen, oltin, indiy topilgan. Toshkent viloyati Shavazsoy litiy ko‘mir tufoalevrolit vulqonli konida 120 ming t dan ortiq hajmda litiy ikki oksidi topilib, undan litiy ajratib olish mumkin. Unga qo‘shimcha komponentlar sifatida 3,2 ming t seziy oksidi va 8,9 ming t rubidiy oksidi aniqlangan. Konni karyer usulida qayta ishlash mumkin. Rudalarni qayta ishlab, 78 % litiy tuzi ajratib olish va bunga qo‘shimcha ravishda kaliy va natriy sulfatlari ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarilgan sementni qoldiqlar bilan boyitish yo‘li orqali deyarli chiqitsiz texnologiya ishlab chiqilgan.
Mamlakatda o‘nlab temir ruda konlari topilgan. Qoraqalpog‘iston gabbroidlaridagi Tebirbuloq tit-anmagnetit koni Uraldagi Kachkanar koniga o‘xshash. Uning zahirasi 68 mln. tonna metallga baholandi. Toshkent viloyatidagi zahirasi qariyb 25,3 mln. tonna temir bo‘lgan Surenotin skarn- magnetit koni o‘rganilmoqda. Jizzax viloyatidagi Temirkon gematit-magnetit va magnetit konining hisoblangan zahirasi rudalari temir vulqonli-qoldiq 35,5 ming tonna temirga teng.

Yüklə 81,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə