Fanidan savollar va javoblar moliya moliya


Moliyaviy va xo’jalik operatsiyalarining qamralib olinishi darajasiga ko’ra taftishlarning turlari



Yüklə 80,3 Kb.
səhifə11/28
tarix22.03.2024
ölçüsü80,3 Kb.
#182682
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Moliya” fanidan savollar va javoblar moliya-fayllar.org

38. Moliyaviy va xo’jalik operatsiyalarining qamralib olinishi darajasiga ko’ra taftishlarning turlari. Moliyaviy va xo'jalik operatsiyalarining qamralib olinishi darajasiga ko'ra taftishlar quyidagi uch guruhga bo'linadi:
yoppasiga taftish;
• tanlanma taftish;
• kombinatsiyalashtirilgan taftis
39. Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati Mohiyatiga ko‘ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha* belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo‘lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o‘zida, davlat byudjeti faqat o‘zi ga xos bo‘lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o‘z navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bo‘linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o‘rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkiiotchisi bo‘lsa-da, uning bu xisiati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarni asosiy taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo'lad
40.“Taklif iqtisodiyoti” nazariyasidagi yangi konservativ yo’nalishning asosiy mazmuni. Takror ishlab chiqarish sharoitlarining yomonlashuvi va inflyatsion tendentsiyalarning (oqimlarning) kuchayishi bilan iqtisodiy qiyinchiliklar uchun javobgarlik yuklatilgan keynschilik va yangi keynschilik qoidalarini tanqid qilish ham kuchaya bordi. Ana shunday murakkab iqtisodiy vaziyatda yangi mumtoz maktabdan “taklif iqtisodiyoti” nazariyasini ishlab chiqqan yangi konservativ yo’nalish (AQShda – G.Steyn, M.Ueydenbaum; Buyuk Britaniyada – J.Xau, A.Uolters) ajralib chiqdi. Bu yo’nalishning moliyaviy kontseptsiyasi iqtisodiy o’sishning jamg’armalar va jamg’arma bilan belgilanishiga asoslanadi.
41. A.Lefferning soliq kontseptsiyasi. Postkeynschilar nazariyalari. Amerikalik iqtisodchi A.Lefferning soliq kontseptsiyasi ham o’ta mashhurlikka erishdi. U o’zi ishlab chiqqan grafik model yordamida soliqlarning yuqori stavkalari iqtisodiy o’sishning sur’atlarini pasaytiradi, degan xulosaga keldi. Bu olimning tavsiyalari 1980-1990-yillarda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida amalga oshirilgan soliq islohotlarining asosini tashkil qildi. Postkeynschilar nazariyalari. Yangi mumtoz maktab vakillari nazariyalarining ma’lum darajada rivojlangan bo’lishiga qaramasdan keynschilar ta’limoti yangi sharoitlarga muvofiq rivojlanishda davom etmoqda. 1970-yillarda postkeynschilar yo’nalishi shakllandiki, uning yirik namoyandalari qatoriga AQShda X.Minskiy, R.Klauer, Buyuk Britaniyada – N.Kaldor, G.Shekl va boshqalarni kiritish mumkin. Bu yo’nalish ham yangi keynschilarning va ham yangi maktab vakillarining asosiy qoidalarini tanqid ostiga oldi. Postkeynschilar nazariyasining asosini hamon moliya mexanizmi yordamida davlat aralashuvini kengaytirish g’oyasi yotmoqda.

Yüklə 80,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə