Fanidan Tayyorlagan Mustaqil ishi. Мавзу: Номоддий активлар ҳисоби


Nomoddiy aktivlarga o‘tkaziladigan kapital qo‘yilmalar



Yüklə 22,39 Kb.
səhifə3/3
tarix31.01.2023
ölçüsü22,39 Kb.
#99831
1   2   3
Bugalteriya hisobi amaliy

Nomoddiy aktivlarga o‘tkaziladigan kapital qo‘yilmalar

25. Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati dastlab mo‘ljallangan kelgusidagi iqtisodiy nafni oshirishga imkon beradigan, ushbu nomoddiy aktivlarni takomillashtirish va ularning imkoniyatlari va foydali xizmat muddatini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar summasiga oshiriladi.


26. Korxona aktivning foydali xizmat muddati davomida mavjud bo‘ladigan kutilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy sharoitlar haqidagi rahbariyatning ma’qul bo‘lgan bahosini ifodalovchi asoslangan va tasdiqlangan taxminidan foydalangan holda kelgusidagi iqtisodiy naf olish ehtimolini baholaydi.


Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi
. Chiqib ketayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati balansdan hisobdan chiqariladi. Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida korxona balansidan hisobdan chiqariladi:

a) tugatish;


b) sotish;


v) ayirboshlash;


g) tekinga berish;


d) ustav kapitaliga ta’sischi hissasi sifatida berish;


e) ishtirokchilar tarkibidan ishtirokchining chiqib ketishi chog‘ida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish;


j) kamomad faktini aniqlash va boshqalar;


. Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan olingan daromaddan ularning qoldiq (balans) qiymatini, nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan bilvosita soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi.




Axborotni yoritib berish
Moliyaviy hisobot nomoddiy aktivlar uchun hamda nomoddiy aktivlarning har bir guruhiga nisbatan qabul qilingan hisob siyosatini quyidagilar haqida yoritishi kerak:
a) korxona tomonidan nomoddiy aktivlarning (alohida guruhlari bo‘yicha) foydali xizmat muddatlari belgilanishi;
b) nomoddiy aktivlarning alohida guruhlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullari;
v) korxonada mavjud bo‘lgan barcha nomoddiy aktivlarning hisobot davri boshi va oxiridagi umumiy balans qiymati va jamg‘arilgan amortizatsiya summasi;
g) kelib tushishi, chiqib ketishi va boshqa harakatlari natijasida hisobot davri boshi va oxirida nomoddiy aktivlarning balans qiymatidagi o‘zgarishlar;
d) korxonaning o‘zi tomonidan yaratilgan nomoddiy aktivlarning balans qiymati.
71. Moliyaviy hisobot quyidagilarni ham ochib berishi kerak:
a) balans qiymati korxonaning moliyaviy hisobot uchun muhim hisoblangan nomoddiy aktiv tavsifi, balans qiymati va qolgan amortizatsiya davri;
b) egalik qilish huquqida cheklovlar mavjud bo‘lgan nomoddiy aktivlarning umumiy balans qiymati, shuningdek majburiyatlar bo‘yicha kafolat sifatida berilgan nomoddiy aktivlarning umumiy qiymati;
v) amortizatsiya hisoblanmaydigan nomoddiy aktivlar tavsifi va balans qiymati hamda amortizatsiya hisoblanmasligi sabablari.
Yüklə 22,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə