Fanidan yozgan mustaqil ishi


Inshoni yozishga tayyorlash



Yüklə 109,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix10.03.2023
ölçüsü109,86 Kb.
#102250
1   2   3
Darsliklardagi insho uchun berilgan materiallarni tahlil qilish

Inshoni yozishga tayyorlash
Og'zaki yoki yozm a inshoning turi va vazifasiga qarab unga tayyorgarlik ko‘riladi.
Inshoga tayyorgarlikni O‘qituvchi boshqaradi, bunga o'quvchilarni ishtirok ettiradi, ularning o‘ta faolligi va
mustaqilligiga erishadi. Tayyorgarlik deganda, birinchidan, o'quvchilarda nimanidir tasvirlashga, hikoya


qilishga talab uyg'otadigan vaziyat yaratish; ikkinchidan, insho uchun yetarli bo'lgan zarur material yig'ish;
uchinchidan, mavzuga oid, uni yoritishga mos bo'lgan til vositalarini tanlash tushuniladi.
Inshoga tayyorgarlik inshoni yozishdan bir necha kun ilgari boshlanadi, darsdan tashqari vaqtlarda va
boshqa darslar jarayonida ham olib boriladi.
Og'zaki yoki yozm a insho ustida ishlash quyidagi uch bosqichga bo'linadi:
1) material yig'ish, ya’ni kuzatish, ekskursiya, mehnat jarayoni, rasmni ko'rib chiqish, kinofilm, spektaklni
ko'rish, badiiy va boshqa adabiyotlarni o'qish;
2) mavzuga va uni yoritishga mos material tanlash, uni tartibga solish, joylashtirish, ya’ni suhbat,
muhokama qilish, zarur materialni ajratish, reja tuzish, lug'at ustida ishlash, imlo va leksik tom ondan
tayyorlash va hokazo;
3) inshoni nutqiy shakllantirish, ya’ni insho matnini tuzish, uni yozish, takomillashtirish, xatolarni
to'g'rilash va uni tekshirish.
Birinchi va ikkinchi bosqichdagi ishlar, odatda, darsdan tashqari vaqtda bajariladi. Masalan, ekskursiya
asosidagi insho uchun material yig'ish uni yozishdan ancha ilgari boshlanadi; tabiat hodisalarini kuzatish bir
hafta, hatto undan ko'proq davom etadi; rasmlar esa insho yozishdan oldin ko'riladi.
Shunday qilib, insho yozish yoki og'zaki hikoya qilish darsi ilgari bajarilgan ishlam ing yakunidir. Insho
darsining umumlashtiruvchilik roli bog'lanishli nutq sohasidagi ko‘nikmalarni egallash me’yorigaqarab
ortib boradi.
Insho darsining qurilishi tayyorlov bosqichining xarakteriga bog‘liq. Tayyorlov bosqichida qancha ko‘p
ishlansa, insho darsida matn ustida shuncha chuqur ishlash imkoniyati yaratiladi. Insho yozishdan oldin
yoki og'zaki hikoyalashda yig'ilgan materiallarni o'quvchilar yodiga tushirish, ularda qiziqish uyg‘otish,
yozishga yoki hikoya qilishga xohish uyg‘otish zarur.
Insho yozish uchun 2-sinfda odatda bir dars, zarur bo‘lib qolsa, ikkinchi darsdan 15—20 daqiqa, 3—4-
sinflarda bir yoki bir yarim dars, ayrim vaqtlarda ikki darsgacha ajratiladi. Bulardan tashqari, insho tahlili
va xatolar ustida ishlash uchun 20—25 daqiqa vaqt ajratiladi. Bunda eng yaxshi yozilgan insholar tahlil
qilinadi, im loviy, punktuatsion, nutqiy, mantiqiy xatolar va mazmundagi yetishmovchiliklar ustida
ishlanadi.
Insho yozish darsida quyidagi bosqichlarga rioya qilinadi:
1. Mavzuni, inshoning vazifasini e ’lon qilish (yoki yodga tushirish),uni o'quvchilar bilan muhokama qilish.
2. Kuzatish davrida to'plangan materialni tartibga solish yoki material yig'ish (masalan, rasmga qarab insho
yozish uchun rasmni ko'rish) maqsadida suhbat o'tkazish.
3. Reja tuzish yoki aw al tuzilgan rejaga aniqlik kiritish.
4. Matnni nutqiy tayyorlash, ya’ni zarur so'zlarni yozish, so'z birikmasi, gap yoki bog'lanishli matnning
ayrim qismini tuzish, imlosi qiyin so'zlam ing yozilishini tushuntirish va boshqalar.
5. Darsning asosiy qismi bo'lgan inshoni yozish. Bu jarayonda o'quvchilar inshoni yozayotganlarida,
o'qituvchi ular ishini kuzatadi, ayrim o'quvchilarga (boshqalarga xalaqit bermay, ular e’tiborini
chalg'itmay) individual yordam beradi.
6. O'quvchilar yozgan insholarini tekshiradilar, kamchiliklarini to'ldirib, xatolarini to'g'rilaydilar.
Boshlang'ich sinflarda bolalar inshoni oqqa ko'chirmaydilar, kerakli tuzatishlarni ehtiyotlik bilan kiritadilar,
bunday tuzatishlar uchun insho bahosi pasaytirilmaydi, aksincha, matnni yaxshi to'g'rilagan o'quvchi
rag'batlantiriladi.
7. O'quvchilar inshoni o'qituvchiga tekshirish uchun topshiradilar, o'qituvchi ikki kun ichida tekshiradi.
Keyingi ona tili darsining ikkinchi qismidan 15—25 daqiqa vaqt ajratib, tekshirilgan insholar yuzasidan
yakuniy mashg'ulot o'tkaziladi (insho tahlil qilinib, xatolar ustida ishlanadi).


O‘qituvchi har bir insho turi uchun o'quv vazifasini belgilab oladi.
Masalan, rasmlar seriyasi asosida birinchi marta yozdiriladigan insho uchun quyidagi vazifalar belgilab
olinadi:
1. O'quvchilarni inshoning yangi turi bo'lgan rasmlar seriyasi asosidagi insho bilan tanishtirish.
2. Rasmli reja asosida matn rejasini tuzish.
3. Reja qismlariga mos ravishda matnni xatboshilarga bo‘lish va har birini xatboshidan yozish.
4. Insho matnini mustaqil tekshirish va takomillashtirish.
O'quvchilaming mustaqillik darajasi o'sib borgani sayin, inshoga talab ham orta boradi.

Yüklə 109,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə