Faollik va faoliyat haqida tushuncha



Yüklə 24,34 Kb.
səhifə1/5
tarix12.04.2023
ölçüsü24,34 Kb.
#105255
  1   2   3   4   5
Faollik va faoliyat haqida tushuncha.


FAOLLIK VA FAOLIYAT HAQIDA TUSHUNCHA
Reja:

  1. Faollik va faoliyat haqida tushuncha.

  2. Faoliyat va uning maqsadlari.

  3. Faoliyatni o`zlashtirish.

Tirik mavjudotlarning atrofdagi olam bilan hayotiy ahamiyatga ega bo`lgan bog’lanishlarni ta’minlaydigan faoliyati ularga xos yalpi xususiyat hisoblanadi. Jonli mavjudotni muayyan tarzda va muayyan yo`nalishda harakat qilishga undaydigan ehtiyojlar uning faolligi manbai bo`lib hisoblanadi. ehtiyoj - jonli mavjudotning hayot kechirishining konkret shart - sharoitlariga uning karamligini ifoda etuvchi va bu shart sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holatidir.
Kishining faolligi ham ehtiyojlarning qondirilishi jarayonida nomoyon bo`ladi. Odamning faolligi shakllari bilan hayvonning hatti harakatlari faolligi o`rtasidagi tafovutlar mavjud. Hayvonlar ehtiyojining qondirilishi jarayoni ularning muhitga yaxshiroq moslashuvini ta’minlaydi.
Odamning faolligi va faollikning manbai bo`lgan insoniy ehtiyojlar tamomila boshqacha manzara kasb etadi. Kishining ehtiyoji tarbiya jarayonida, ya’ni kishilar madaniyati olami bilan munosabatga kirishish jarayonida shakllanadi. Tabiatdan olinadigan buyum shunchaki oddiy ulja, ya’ni faqat biologik ma’noga ega ovqat tarzidagi buyum bo`lmay qoladi. Odam qurollar yordamida buyumni tarixiy taraqqiyot mahsuli bo`lgan o`z ehtiyojlariga moslashtirgan holda tubdan o`zgartirishga qodirdir.
Ehtiyojlar qondirilishi jarayonida rivojlanib va o`zgarib boradi. Ular hozirgi zamon kishisida uning ajdodlarida bo`lganiga qaraganda boshqachadir. Uning avlodlarida ham boshqacha bo`ladi. Kishining ehtiyojlarini to`la-to`kis qondirish uni har tomonlama rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi, lekin bu yakkayu yagona shart emas, albatta. Kamolatga erishishning boshqa shart-sharoitlari (birinchi navbatda mehnat) mavjud bo`lmasa, o`z ehtiyojlarini osongina qondirish imkoniyati kishini ko`pincha inkirozga uchratadi. Mehnat bilan yo`naltirilmaydigan tekinxo`rlik ehtiyojlari zid xulq-atvor (ba’zan esa jinoi hatti-harakat)ning manbai bo`lib qolishi mumkin va ayrim kishilarda shunday bo`lmoqda.
Jamiyat kishining tarbiyasiga nisbatan qo`yayotgan eng muhim talablardan biri mehnat qilish ehtiyojini ta’minlashdan iboratdir.

Ehtiyojlar kelib chiqishiga va predmetiga ko`ra farqlanadi. Kelib chiqishiga ko`ra ehtiyojlar tabiiy va madaniy bo`lishi mumkin.


Tabiiy ehtiyojlarda kishining o`zining hayoti va o`z avlodlari hayotini saqlash va davom ettirish uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarga bog’liqligi ifodalanadi. Barcha odamlarda ovkatlanishga, suv ichishga, qarama-qarshi jinsning mavjud bo`lishiga, uxlashga, sovuqdan va haddan ziyod issiqdan saqlanishga va hokozolarga tabiiy ehtiyoj bo`ladi. Agar tabiiy ehtiyojlardan birontasi uzoq vaqt davomida qondirilmasdan qolsa odam mukarrar ravishda xalok bo`ladi yoki naslini davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo`ladi. Garchand tabiiy ehtiyojlar (ularning soniga ko`ra) odamning hayvon ajdodlaridagi va ibtidoiy odamlardagi kabi tarzda qolgan bo`lsa ham, lekin ular o`z psixologik mohiyatiga ko`ra hayvonlarning tabiiy ehtiyojidan tubdan farq qiladi. ehtiyojlarni qondirishning usullari va qurollari o`zgaribgina qolmasdan, eng muhimi, ehtiyojlarning o`zi o`zgarib bormoqda.
Madaniy ehtiyojlarda odamning foliyati insoniyat madaniyatining mahsulotlriga bog’liq ekanligi ifodalanadi; uning ildizlar butunlay kishilik tarixining sarhadlariga borib taqaladi. U yo bu xilda tarkib topgan madaniyat sharoitlarida biron bir tabiiy ehtiyojni qondirish vositasi bo`lib xizmat qiladigan narsalar (vilka va koshik, ovkatni yeyish uchun ishlatiladigan chuplar) ham madaniy ehtiyojlar ob’ekti hisoblanadi. Agar kishining madaniy ehtiyojlari qondirilmasa u halok bo`lmaydi (tabiiy ehtiyojlarni qondirilmagan sharoitda ana shunaka bo`lishi mumkin edi), lekin undagi odamiylik sifatlari jiddiy zararlanadi.
Ehtiyojlar o`z predmetining xarakterga ko`ra moddiy va ma’naviy bo`lishi mumkin.
Moddiy ehtiyojlarga kishining moddiy predmetlarga qaramligi (ovqatlanishga, qiyinishga, uy-joyga, maishiy turmush ashyolariga va boshqa narsalarga ehtiyoj sezish), ma’naviy ehtiyojlarda esa ijtimoiy ong mahsuliga tobeligi ifodalanadi. Ma’naviy ehtiyojlar ma’naviy madaniyatni yaratish va o`zlashtirishda o`z aksini topadi. Kishi o`z fikr - mulohazalari va tuyg’ularini boshqalar bilan baham qurishga, kitoblar va jurnallar o`qishga, kinofil’mlar qurishga, musiqa tinglashga va shu kabilarga ehtiyoj sezadi.
Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bog’liqdir. Ma’naviy ehtiyojlarni qondirish uchun, moddiy ehtiyojlar predmeti hisoblanmish moddiy narsalar (kitoblar, gazetalar, yozuv va nota qog’ozlar, buyoklar va shu kabilar) talab qilinishi shubxasiz. ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog’liq bo`lgan faoliyatga undovchi va uning yo`nalishini belgilovchi sabablar motivlar deb ataladi. Unda sub’ektning faolligi nomoyon bo`ladi. ehtiyojlar kishi faolligi va barcha turlarining mohiyatini, asosiy harakatlantiruvchi kuchini tashqil etarkan, u holda motivlar ushbu mohiyatning konkret, rang - barang ko`rinishlari sifatida nomoyon bo`ladi. Motivlar yoki motivlashtirish psixologiyada sub’ektning xulq - atvori va faoliyati yo`nalishini belgilab beradigan sabablar sifatida qaraladi.
Motivlar biri-biridan ehtiyojlar turlariga qarab farqlanadi. ehtiyoj motivlarda nomoyon bo`ladi. murakkab faoliyat asosida bir vaqtning o`zida bir qancha motivlar yotadi. inson hatti-harakatining asosida yotgan bunday motivlar guruhiga motivlar tizimi deyiladi.
Motivlar anglanilgan va anglanilmagan bo`lishi mumkin. anglanilmagan motivlar odatda mayllar deb yuritiladi.



Yüklə 24,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə