Farg‘ona davlat universiteti 5A70310102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) mutaxassisligi bo‘yicha



Yüklə 32,35 Kb.
səhifə1/4
tarix24.06.2022
ölçüsü32,35 Kb.
#90066
  1   2   3   4
ASOSNOMA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI


5A70310102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) mutaxassisligi bo‘yicha


MAGISTRATURA TALABASI
Hamidova Shahzoda Odiljonovnaning

Yangi O’zbekistonning iqtisodiy strategiyasini amalga oshirish yo’nalishlari mavzusidagi magistirlik dissertatsiyasining


A S O S N O M A S I











KIRISH


Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Dunyo mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishning qaysi modelini tanlamasin mamlakat iqtisodiyotining jahon xo’jaligidagi mavqei va o’rni uning raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. Xalqaro iqtisodiy raqobat texnik taraqqiyotning eng muhim omili hisoblanadi va uning ta’sirida ishlab chiqarish, boshqaruv texnologiyalarining doimiy yangilanib borish jarayoni davom etadi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari yangilanadi va sifati ortib boradi.Raqobatbardoshlik deganda odatda tovar ishlab chiqaruvchilarning minimal
rentabellikni ta’minlovchi narxda tashqi bozorda sotish uchun ishlab chiqarishga
bolgan qobiliyati tushuniladi. Ta’kidlash lozimki, raqobatbardoshlik tovarlar bozori bilan cheklanib qolmay, makroiqtisodiy tavsifga ega hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “o’z-ozidan ayonki, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, pirovard natijada esa raqobatbardosh mamlakatni barpo etmasdan turib, biz qabul qilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida ko’zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, bu haqda jiddiy soz yuritish mumkin emas”.
Tarixan mamlakatlarning raqobatbardoshligi kontseptsiyasi milliy iqtisodiyotning xalqaro mehnat taqsimotidagi ornini belgilab beruvchi qiyosiy afzalliklari (arzon ishchi kuchi, boy tabiiy resurslar, qulay geografik joylashuv, iqlim, infratuzilma omillari va h.k.) nazariyasiga asoslangan.
Qiyosiy afzalliklar mamlakatga tabiatdan berilgan bolib, ular abadiy emas va takror ishlab chiqarilmaydi. Ushbu raqobat afzalliklari fan va texnikaning
rivojlanishi, ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, ishlab chiqarish darajasida
globallashuvi va tovarni ishlab chiqarishdan tortib to uni iste’molchiga yetkazib
berishgacha bo’lgan barcha bosqichlarda innovatsiyalarga asoslanadi.
Ozbekiston quyidagi qiyosiy afzalliklarga ega:
1. qishloq xo`jaligi rivojlanishi uchun qulay tabiiy-iqlim sharoitlarining mavjudligi;
2. boy tabiiy resurslar va rekreatsiya resurslariga egaligi;
3. boy madaniy-tarixiy merosga egaligi turizmni rivojlantirish imkonini beradi;
4. mamlakatning qulay geografik joylashuvi;
5. O’zbekiston aholisining mehnatsevarligi va tadbirkorlik qobiliyatiga ega bo’lgan
mehnat resurslarining mavjudligi.
O’zbekistonning raqobat jihatdan afzalliklarini tahlil qiladigan bo’lsak, quyidagilarni ajratish mumkin:
6. mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi;
7. insonni rivojlantirishga (ta’lim, sogliqni saqlash, ijtimoiy ehtiyojlarga) katta
qo’yilmalar;
8. aholi o’rtacha yashash yoshining uzunligi;
9. mehnat resurslarining raqobatbardoshligi;
10.mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi
Yuqorida aytib otilganidek, qiyosiy afzalliklarga ega bolish bilan birga respublika milliy iqtisodiyotining raqobat afzalliklarini ham rivojlantirish zarur.
Mazkur holatda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida
quyidagi omillarga asosiy e’tiborni qaratish lozim, xususan: mamlakat siyosiy va
huquqiytiziminingbarqarorligi,mehnatresurslariningraqobatbardoshligivamamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi.
Shunday qilib, raqobat nuqtai nazaridan afzalliklar o’zgaruvchan bolib, inson
kapitalining rivojlanishi, innovatsion yuqori texnologiyalar, intellekt bilan bog’liq
va o’z tabiatiga ko’ra cheksizdir. Mamlakatning qiyosiy va raqobat afzalliklarini
aniq farqlash lozim. Bir mamlakatda qiyosiy va raqobat afzalliklarining
integratsiyalashuvi uning global iqtisodiyotdagi raqobatbardoshligini kuchaytiradi.
Jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanish sur’atlarini ta’minlash, xalqaro
raqobatni vujudga keltirishning muhim sharti dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining
ochiqligi bilan belgilanadi. O’zbekiston iqtisodiyoti erkinlashuvi chuqurlashib, ochiqlik darajasi ortib jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi kuchayib bormoqda.
Ba’zi iqtisodchilarning fikricha, iqtisodiyotning ochiqlik darajasi milliy ishlab
chiqarishning tarmoq tarkibiga bogliqdir. Ishlab chiqarish hajmining umumiy
tarkibida bazaviy tarmoqlar ulushi qanchalik yuqori bolsa, iqtisodiyotning ochiqlik
darajasi shunchalik past boladi. Ushbu holat bazaviy tarmoqlarning xalqaro
ixtisoslashuv jarayoniga kam darajada jalb etilganligi va asosan ichki bozorga
yonaltirilganligi bilan izohlanadi.
Qayd etib otilganidek, iqtisodiyotning ochiqligi xalqaro iqtisodiy raqobatning muhim sharti hisoblanadi. Mamlakatlarning raqobatbardoshligi qanday aniqlanadi va u nimalarga bogliq? Nima sababdan ba’zi mamlakatlar raqobatbardoshligi jihatidan boshqa mamlakatlarga nisbatan ilgarilab ketgan?
Raqobatbardoshlik tushunchasiga iqtisodiy adabiyotda firmalarning mavjud
sharoitda raqobatchilariga nisbatan baho va bahosiz tavsifiga kora tovarlarni
loyihalashtirish, tayyorlash va sotish borasidagi real va potentsial imkoniyatlaridir
deya ta’rif beriladi.
AQShning Garvard universiteti professori M. Porter fikricha, mamlakatning raqobatbardoshligi darajasini uning milliy kompaniyalari ishlab chiqarayotgan
mahsulotlar, firmalar, tarmoqlar raqobatbardoshligi ta’minlab beradi. Shuning
uchun dastlab mamlakat raqobatbardoshligini emas, balki milliy kompaniyalar
raqobatbardoshligini tahlil etish lozim. U mamlakat kompaniyalarining
muvaffaqiyatini ta’minlab beradigan qulay muhitni yaratish quyidagi tortta muhim
korsatkichga bogliqligini ta’kidlaydi:
· ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik;
· talab korsatkichlari;
· yaqin va xizmat korsatuvchi tarmoqlar;
· raqobat muhiti va firma strategiyasi.
Ushbu muhit doirasidagi milliy kompaniyalarning samarali faoliyati mamlakatning
raqobatbardoshlik reytingini belgilab beradi.
Jahon amaliyotida mutaxassislar milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini
aniqlash uchun 340 dan ortiq ko`rsatkichlar va 100 dan ortiq usullardan
foydalanishadi.Mamlakatning raqobatbardoshligini aniqlashda quyidagilar asosiy
omillar sifatida xizmat qiladi: iqtisodiy salohiyat va iqtisodiyotning osishsur’atlari;
sanoat ishlab chiqarishning samaradorligi; ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanish
darajasi va uni ozlashtirish sur’atlari; xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish; ichki
bozor hajmi va dinamikasi; iqtisodiyotda davlatning roli; moliya tizimining
egiluvchanligi; mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va malaka darajasi; ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy holat; iqtisodiyotning jahon bozori kon’yunkturasi
talabiga moslashish darajasi va qobiliyati.
Shveytsariyaning Lozanna shahrida joylashgan Menejmentni rivojlantirish
xalqaro instituti har yili dunyoning yetakchi 47 mamlakatiga raqobatbardoshlik
nuqtai nazaridan baho beradi. Tahlillar 287 mezon boyicha guruhlangan 8 ta omil boyicha amalga oshiriladi: milliy iqtisodiyot tavsifi – YaIM hajmi, investitsiyalar va jamgarmalar hajmi, pirovard iste’mol darajasi, aholi turmush darajasi,
iqtisodiyotning amal qilish samaradorligidarajasi;iqtisodiyotningbaynalmilallashuv darajasi; siyosiy tizimning barqarorligi; moliya tizimi infratuzilma; boshqaruvning samaradorligi; fan va texnologiyalarning rivojlanish darajasi; mehnat resurslarining tavsifi.
Mamlakatlar raqobatbardoshligini tahlil etuvchi xalqaro tadqiqotlardan biri – bu
Jahon iqtisodiy forumining metodikasi hisoblanadi. Tadqiqot jarayonida
mamlakatning iqtisodiy osishini baholashda orta va uzoq muddatli rivojlanish
dinamikasini tavsiflovchi muhim makro va mikroiqtisodiy ko’rsatkichlar asosida
raqobatbardoshlikning agregat indekslari hisoblanadi. Ushbu metodika 30 yildan
buyonqo’llaniladivauningnatijalariJahoniqtisodiyforuminingGlobalraqobatbardoshlik to’g’risidagi ma’ruzasida chop etiladi.
Mamlakatning raqobatbardoshligini baholash kop sonli ma’lumotlarni yig’ish,
guruhlash, umumlashtirish asosida raqobatbardoshlik ko’rsatkichlarini asosiy
omillar bo’yicha hisoblashni kozda tutadi. Keyin barcha omillarning
raqobatbardoshlik ko’rsatkichiga qoshgan hissasini aks ettiruvchi agregat indeks va
subindekslar hisoblanadi. Zamonaviy milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini
aniqlash metodikasida 12 ta asosiy omil ajratiladi.
Mintaqa iqtisodiyoti raqobatbardoshligi milliy iqtisodiyotningraqobatbardoshligiga yetarli ta’sir korsatadi hamda tarmoqlar, korxonalar va tovarlar raqobatbardoshligi bilan ozaro boglangan holda amal qiladi, bu mintaqaning kompleks rivojlanishini ta’minlashda uning raqobatbardoshligiga berilgan bahoni belgilaydi. Mintaqa raqobatbardoshligini baholash, bir tomondan, mintaqaning raqobatbardoshlik afzalliklarini ta’minlash, qollab-quvvatlash va o’stirish yonalishida faol harakatlanish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, mintaqaning zaif
tomonlarini bartaraf etish yoki ularni kuchli tomonlarga aylantirish imkonini beradi. Amaliy jihatdan mintaqaning raqobatbardoshligi mavjud ishlab chiqarish
omillaridan (iqtisodiy potentsialdan) samarali foydalanish sharoitida raqobatbardosh tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishini ta’minlashga qodirligida, raqobatdagi ustunliklarning mavjudlarini ishga solish va yangilarini yaratishda,
raqobatlashayotgan mintaqalar ortasida xalqaro ekologik standartlarga rioya qilgan
holda yashash tarzini oshirishda namoyon boladi.
Alohida mintaqalarning raqobatdagi ustunliklari quyidagicha tasniflanadi:
· absolyut ustunliklar (nodir resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlarining
mavjudligi bilan bogliq) va nisbiy ustunliklar (mahsulot ishlab chiqarish va
realizatsiya qilish yoki xizmatlar taqdim etishda boshqa mintaqalarga qaraganda
yaxshiroq imkoniyatlar yoki shart-sharoitlarning mavjudligiga bog’liq);
· ishlab chiqarish va innovatsion-investitsion ustunliklar (barcha resurslardan
foydalanish hajmi, tuzilishi, innovatsion faolligi, investitsion jozibadorligi va
samaradorligi bo’yicha); ·mintaqa funktsiyalari, tovarlar va
xizmatlarning miqdor (bozordagi ulush) va sifat xarakteristikalari;
· tarixiy-madaniy: faktik (amalga oshirilgan) va potentsial (hozirgi paytda
ishlatilmayotgan).
Raqobatbardoshlik baho berish korsatkichlariga mansubdir, va ushbu tushuncha hal qilinayotgan vazifalarga bog’liq holda o’zining turli jihatlari bo`yicha aniqlashtirilishi mumkin. Raqobatbardoshlikni baholash metodlari statistika korastkichlari, ekspert baholar, ranglar boyicha tuzilishi mumkin.
Bunda respublika mintaqalarini qiyosiy bahola amalga oshiriladigan
xarakteristikalar majmuini ajratib olish ishning dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Mintaqa raqobatbardoshligini baholashdagi xarakteristikalar va yondoshuvlarni
aniqlashda bir narsani tushunish muhimdir, ya’ni mintaqaviy iqtisodiyot bu
mintaqaviy resurslar (ishlab chiqarish omillari), mintaqaviy ishlab chiqarish (taklifni shakllantiradigan), mintaqaviy iste’mol (talab), mintaqaviy infratuzilmadan samarali foydalanish va ushbu jarayonlarni boshqarish majmuidir.

milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish;


ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;
yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;
iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish;
prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;
iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;
faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish;
xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish;
turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish;
eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;
yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
Milliy iqtisodiyotni isloh qilish yo'nalishida tashqi savdo, soliq va moliyaviy siyosatni liberallashtirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va xususiy mulkning daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish, shuningdek, hududlarning jadal rivojlanishini ta'minlash bo'yicha ta'sirchan choralar ko'rildi. Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va qashshoqlikni kamaytirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari etib belgilanib, aholini yangi ish o'rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta'lim xizmatlari, munosib turmush sharoitlari bilan ta'minlash yangi bosqichga ko'tarildi. Islohotlar natijasida so'nggi besh yilda mamlakatimizda yangi O'zbekistonni barpo etish uchun zarur bo'lgan siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma'rifiy asoslar yaratildi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida:
1. Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Harakatlar strategiyasi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;
qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.
2. Quyidagilar:
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya 2-ilovaga muvofiq;
Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar 3 — 7-ilovalarga muvofiq tuzilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Harakatlar strategiyasini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi;
Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.
4. 2017-yil O‘zbekiston Respublikasida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar zimmasiga Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish, shuningdek Harakatlar strategiyasini 2018 — 2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar bilan birgalikda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati muvofiqlashtirib borilishini, shuningdek uning joylarda ijro etilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlasin.
Belgilab qo‘yilsinki, Davlat dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risidagi umumlashtirilgan axborot Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar tomonidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taqdim etib boriladi.
6. Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlar quyidagilarga alohida e’tibor qaratsin:
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish, mansabdor shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini amalda tatbiq etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda byurokratik to‘siq va g‘ovlar yaratilishiga, aholi bilan muloqot jarayonini kampaniyabozlikka aylanishiga yo‘l qo‘ymaslikka;
Davlat dasturi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda fuqarolar, barcha darajadagi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng ishtirok etishiga.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat dasturida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi va kiritilishi ustidan monitoring qilish hamda uning natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot berib borishni ta’minlasin.



Yüklə 32,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə