Farg‘ona davlat universiteti 5A70310102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) mutaxassisligi bo‘yicha


Tadqiqot ishining ob’yekti va predmeti



Yüklə 32,35 Kb.
səhifə3/4
tarix24.06.2022
ölçüsü32,35 Kb.
#90066
1   2   3   4
ASOSNOMA

Tadqiqot ishining ob’yekti va predmeti. Mazkur tadqiqot ishining ob’yektini O‘zbekiston xizmat ko‘rsatish sohalari faoliyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlari tashkil etadi. Tadqiqotning predmeti Yangi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
Tadqiqotning uslubiyati va uslublari. Tadqiqot jarayonida ilmiy abstraksiyalash, induksiya va deduksiya, tizimli yondashuv, tahlil va sintez, qiyosiy taqqoslash, statistik kuzatish va guruhlash kabi usullardan foydalaniladi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangililik darajasi. Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

  • iqtisodiy munosabatlar tizimida xizmat ko‘rsatish sohasining tutgan o‘rni va ahamiyati to‘g‘risidagi ilmiy nazariyalarni tadqiq etish asosida mualliflik yondashuvi ishlab chiqiladi;

  • xizmat ko‘rsatish sohasining mazmuni, turlari va tarkibini o‘rganish asosida sohaning umumiy tavsifi beriladi;

  • xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirish va rivojlantirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish va undan O‘zbekistonda foydalanish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi;

  • koronavirus pandemiyasi sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning huquqiy-institusional asoslarini tadqiq etish va uni takomillashtirishga qaratilgan takliflar kiritiladi;

  • innovasion iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanish tendensiyalari va omillari tadqiq etiladi;

  • xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va muammolarini aniqlanadi;

  • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan takliflar beriladi;

  • xizmat ko‘rsatish sohasiga xorijiy investisiyalarni rag‘batlantirish yo‘nalishlari ishlab chiqiladi.

Tadqiqot natijalarning amaliy ahamiyati va tatbiqi. Tadqiqot ishida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan yangi O‘zbekiston iqtisodiyotida xizmat ko‘rsatish sohasi ulushini o‘rta muddatlarda yanada o‘stirish, faollashtirish, rivojlantirishga qaratilgan davlatning maqsadli dasturlarini, hukumat qarorlarini ishlab chiqishda manba sifatida foydalanish mumkin. Tadqiqot ishi materiallaridan oliy o‘quv yurtlarida “Ijtimoiy soha iqtisodiyoti”, “Inson taraqqiyoti” fanlarining ishchi o‘quv dasturlarini takomillashtirish va o‘qitish jarayonida foydalanish mumkin.

Yüklə 32,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə