Farg’ona davlat universiteti Ingliz til va adabiyoti fakulteti 20. 11t-guruh talabasi



Yüklə 9,29 Kb.
tarix12.05.2022
ölçüsü9,29 Kb.
#86839
Hisobot


Farg’ona davlat universiteti Ingliz til va

adabiyoti fakulteti 20.11t-guruh talabasi

Tojidinova Diyoraning malakaviy amaliyot

Hisoboti


Men Diyora 14.03.2021dan 09.04.2021gacha bo’lgan vaqt oralig’ida Farg’ona shahridagi 33-umumiy o'rta ta'lim maktabida malakaviy amaliyotda bo’ldim.

Amaliyotim davrida ingliz tili o’qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib qoidalari bilan tanishdim va o’rgandim.O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini muntazam ravishda kuzatdim va dars uchun kerakli bo’lgan turli o’qitish metodlari,yangi pedagogik texnologiyalar bilan ish olib borishni o’rgandim.Shu bilan birga noan'anaviy oqitish metodlarini dars jarayonida qo’llashni va eng muhimi,haqiqiy pedagog sifatida o’quvchi bilan tog'ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim.Ingliz tili o’qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni va mustaqil ravishda konspektlar yozishni,darsni to’g’ri tashkillash,mavzuga mos bo’lgan materiallar va ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallardan to’g’ri foydalanishni va eng muhimi o’quvchini o’z qiziqishlarini hisobga olgan holda darsga qanday qilib qiziqtirishni o’rgandim.Bunga qo’shimcha yana dars vaqtini tog'ri taqsim qilishni va mustaqil ravishda dars o’tishni o’rgandim va amalda sinab ko’rdim.Bunda menga ustozlardan o’zlashtirgan bilimlarim va malakalarim qo’l keladi.

Amaliyotim davomida bir qancha ochiq darslarni ham kuzatdim va ochiq darslarni qanday tashkillash,vaqtni to’g’ri taqsim qilish,ochiq dars o’tish davomida nimalarga e’tibor qaratish lozimligini hamda qanday tarqatma materiallardan foydalanish kerakligini ustozlardan o’rgandim.

Shu bilan birga maktabdagi har hafta bo’ladigan jamoat ishlarida qatnashdim,ma'naviyat soatlarini muntazam kuzatib bordim .Maktab o'quvchilarii tomonidan o’tkaziladigan har bir tadbirni diqqat bilan kuzatib o'zim uchun xulosalar oldim.Dars o’tish davomida ustozlardan dars ishlanmalari va dars rejalaridan qanday qilib foydalanish kerakligini o’zlashtirdim. Ishonamanki,ushbu amaliyotim davrida ustozlardan o’zlashtirgan bilimlarim va malakalarim,hamda keyingi bosqichlarda o’zlashtiradigan ko’nikmalarim menga o’z kasbim bo’yicha kelajakada yetuk mutaxassis bo’lishimga muhim poydevor bo’lib xizmati qiladi.

Maktab direktori: M.Umarova

Amaliyot rahbari: S.Shermamatova



Amaliyotchi talaba: D.Tojidinova


Yüklə 9,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə