Farg`ona politexnika instituti arxitektura va qurilish materiallari fakulteti “arxitektura” kafedrasi



Yüklə 68 Kb.
səhifə1/6
tarix18.04.2022
ölçüsü68 Kb.
#85609
  1   2   3   4   5   6
2. Asosnoma Ne\'matov F.


FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

ARXITEKTURA VA QURILISH MATERIALLARI FAKULTETI “ARXITEKTURA” KAFEDRASI
70730101 – “Bino va inshootlar arxitekturasi” mutaxassisligi
Maktabgacha ta’lim tashkilotining (MTT)

arxitekturaviy tendensiyalari

(Beshariq tumani misolida).

ASOSNOMA

Ilmiy raxbari: arx.f.n. Yunusov Shukurillo Xayrullayevich

1–kurs magistranti: Ne’matov Faxriddin Jumanazar o‘g‘li

Farg`ona – 2022

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati

Jahonda ijtimoiy-madaniy sharoitlarga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi, kundalik hayotda texnik va intellektual muammolarni hal qilishi hamda inson hayotining butun davri davomida zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari yetakchi o‘rinni egallaydi. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini bo‘lib, unda har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash, ularning qobiliyatlarini shakillantirish, shuningdek, maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining arxitektura muhiti bolalarning shaxs sifatida shakillanishida, ularning his-tuyg‘ulari va xatti-harakatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim.

Hozirgi kunda respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarilgan. Biroq, o‘tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini, ularining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligini, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmaganligini hamda taraqqiy etgan mamlakatlar singari ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof muhit bilan tanishuvga yo‘naltirilgan maxsus davlat ta’lim dasturlari tatbiq qilinmaganligini ko‘rsatmoqda.

Xorijiy davlatlar ilg‘or tajribasidan ma’lumki, zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratishga yo‘naltirilganligi bilan tavsiflanib, bolaning ijobiy ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini namoyon qilish, uning har tomonlama shaxsga oid ma’naviy-axloqiy va ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga oid tegishli faoliyat turlari asosida tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ochishda Maktabgacha ta’lim tashkilotining arxitekturaviy tendensiyalarini hisobga olish, maktabgacha ta'lim uchun arxitektura makonini tashkil etish masalasi ayniqsa dolzarbdir. Bunda jamiyat, madaniyat va ta'lim jadal rivojlanishida shahar yoki tuman muhitini o‘zgarishida maktabgacha ta'lim tashkilotlari binolarini "eski uslubda" loyihalash va rekonstruksiya qilishdan voz kechish, uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari arxitektura muhitini shakllantirish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini yaxshilashni nazarda tutadi.



O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g’risida”gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda ma’qullangan); O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019-yil 14-dekabrdagi SQ-556-III-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g’risida”gi O‘zbekiston respublikasining Qonuni haqidagi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabr PF-5198-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, shuningdek, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-sonli “2017 – 2021 - yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3276-sonli “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 30-sentabrdagi, PQ-3305-sonli “O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi, 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag’batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi, 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3822-sonli “2018-yilda maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash manzilli dasturi to‘g‘risida”gi, 2018-yil 30-sentabr dagi PQ-3955-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-sonli “O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi, 2021-yil 12-apreldagi PQ-5071-sonli “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-sonli “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlari, shu bilan birga, O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-avgustdagi 681-sonli “Davlat-xususiy sherikchilik asosida zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g’risida”gi, 2018-yil 22-noyabrdagi 944-sonli “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi, 2019-yil 2-apreldagi 274-sonli “O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti va infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi, 2019-yil 19-iyuldagi 605-sonli “Maktabgacha ta’lim sohasiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish loyihalarini amalga oshirish uchun eksperimental maydonchalarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi, 2019-yil 9-sentabrdagi 746-sonli “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan o‘tkazish, ularni nashr qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda 2020-yil 22-dekabrdagi 802-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g’risida”gi Qarorlari, shuningdek, mazkur faoliyatga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.


Yüklə 68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə