Farg’ona politexnika instituti Energetika fakulteti et va e yo’nalishi 59-20 guruh talabasi Baxromov Dostonbekning “Elektr mexanik tizimlarni o’zgartgich texnikasi va ta’minot manbai “fanidan mustaqil ishi



Yüklə 1,5 Mb.
tarix21.09.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#122711
Baxromov D Bino energetik auditi

Farg’ona politexnika instituti Energetika fakulteti ET va E yo’nalishi 59-20 guruh talabasi Baxromov Dostonbekning “Bino enegetik auditi asoslari“fanidan Taqdimot ishi


O’qituvchi: Shermatov B
Topshirdi: Baxromov D

Mavzu: Binolarda istemolchilarni tanlash. 1. Bino va inshootlarni energetik auditining respublikamizda rivojlanishi 2. O‘zbekistonda energiya tejashning texnik potentsial turlari 3. Binolarning issiqlik ta’minotini


Bugungi kunda O`zbekistondagi jami energiya iste’molining deyarli yarmi binolar hissasiga to`g`ri kelmoqda (yiliga 24,5 mln.t.n.e.). Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarga nisbatan O’zbekistonda binolarning energiya iste’moli 2-2,5 marta ko`pdir.
Tahlil qilish shuni ko`rsatdiki, kontinental iqlim sharoitlari (havoni konditsionerlashni talab etadigan yozgi yuqori harorat, isitishni talab etadigan qishki past harorat) da iste’mol qilinadigan butun energiya qismi (yiliga sarflanadigan 24,5 mln.t.n.e.) ning deyarli yarmi binolarni isitishga va issiq suv bilan ta’minlashga sarflanadi. Bunda muhandislik kommunikatsiyalarining eskirganligi va issiqlik himoyasi ko`rsatkichlari qoniqarsizligi tufayli bu binolarda energiyadan foydalanish yiliga bir kv.m.ga 320–690 kVt soatni tashkil etadi. Bu ko`rsatkichlar rivojlangan mamlakatlardagi tegishli ko`rsatkichlar qiymatidan 2 – 2,5 marta ortiqdir.
Hozirgi vaqtda, Respublikada demografik va ijtimoiy masalalarni echishda hukumat jamoat binolari (jumladan, maktablar va kollejlar, bolalar bog`chalari, shifoxonalar hamda sport majmualari) ni qurish va rekonstruktsiya qilish bo`yicha bir qator yirik masshtabli dasturlarni amalga oshirdi, shu bilan bir qatorda turar - joy binolari, avvalom bor, qishloq joylarda aholining mablag`lari, davlat va ipoteka kreditlarining moliyaviy yordami evaziga namunali loyihaga ega bo`lgan turar - joy uylari qurilishini alohida ta’kidlash joizdir. Xususan, 2014 -2018 yillarda yangi qurilish va rekonstruktsiya hajmi mos ravishda 10 mln.m2 va 25 mln.m2 ni tashkil etgan bo`lsa, 2018 -2020 yillarda 12 mln.m2 va 10 mln.m2 ni, 2020 va 2030 yillarda esa bu ko`rsatkichlar mos ravishda 14 mln.m2 va 20 mln.m2 ni tashkil etishi nazarda tutilgan.
  • Respublikada energiya samaradorlikning saqlanib qolayotgan past darajasiga tegishli bo`lgan asosiy muammo - bu energiya samarador qurilish tamoyillarini tatbiq etish va keng tarqatish uchun sharoitlar, rag`batlantirish va samarali mexanizmlarning yetishmasligi bilan izohlanadi. Energiya iste’mol qilinishini boshqarishning kompleks tizimi mavjud emas, agar bu tizim mavjud bo`lib, u amal qilganda edi, energiya tejamkorlikning zamonaviy talablarini bajarish, energiya faollikni oshirishni rag`batlantirishning shakllanishi, energiyaning ortiqcha sarflanishining oldi olinganligi va issiq xona gazlarining atmosferaga chiqarilishini pasaytirish ta’minlangan bo`lar edi.
  • Tadqiqot ishining asosiy maqsadi – bu energiya iste’molini pasaytirish, iqtisodning strukturaviy qayta hosil bo`lishini tezlashtirish va uning raqobat bardoshligini oshirish hamda ijtimoiy samaralarga erishish maqsadlarida, Respublikada binolarning energiya samaradorligini aniqlash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
  • Xalqaro energetik agentligi tomonidan eksperimental ma’lumotlarni tahlil qilish asosida ekspertlarning hisoblashlari quyidagicha:
  • -binolarni issiqlik himoyalovchi materiallar bilan qoplash evaziga isitish va havoni konditsionerlashga sarflanadigan mablag`lar 15-20% iqtisod qilinsa, zamonaviy energiya samarador jihozlarni qo`llash orqali mablag`larni 10 – 15% tejashga erishiladi.
  • Asosiy vazifalar sifatida quyidagilar qabul qilingan:
  • mavjud binolarning energiya samaradorligi va shu samaradorlikni ta’minlash tizimini baholash tadbirini o`tkazish;
  • energiyasamaradorbinolargao`tishningtexnikvaiqtisodiy istiqbollarini baholash;
  • binolarning energetik samaradorligini oshirishga to`sqinlik qiluvchi asosiy muammolarni yuzaga chiqarish;
  • energiya samarador binolarni qurishga va foydalanishga o`tish uchun yaxshi sharoitlar va samarador mexanizmlarni yaratish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqish
  • O’zbekistonda energiya tejashning texnik potentsiali va turar- joy va ma’muriy binolarda faktli energiya iste’molining nisbati ko`rsatilgan.
  • Energiya bo`yicha ortiqcha yo`qotishlari odatda qo`yidagilar bilan izohlanadi:
  • - binolarni qurish va qayta tiklash jarayonida energiya sig`imi yuqori bulgan eskirgan uskunalardan foydalanish tufayli, islohotlar va binolarni qurish jarayonida foydalaniladigan materiallarning issiqlik-himoya xususiyatlari pastligi;
  • isitish va havoni konditsiyalash tizimlari samaradaorligining pastligi;
  • muhandislik kommunikatsiyalarining eskirganligi hamda o`zining texnik ko`rsatkichlari bo`yicha energiya samaradorligining zamonaviy talablarga javob bermaydigan oldin qurilgan binolar ulushining ko`pligi.
  • rekonstruktsiyasida energiya tejamkor bo`lmagan issiqliq himoyalovchi materiallarning qo`llanilishi;
  • issiqlik himoyasining mavjud emasligi va issiqlik energiyasi sarflanishining tegishli tarzda hisobga olinmasligi tufayli isitish tizimlarida energiyaning ortiqcha yo`qotilishi

Binolarning issiqlik ta’minotini issiqlik nasoslari hamda foto elektrik batareyalar asosida bajarish katta qiziqish uyg`otmoqda. Elektr energiyasi nisbatan ortiqcha va issiqlik nisbatan kam bo`lgan viloyatlar hamda tumanlarda nasoslarni o`rnatish maqsadga muvofiqdir. Issiqlik nasoslari atrof-muhitning yangilanadigan past potentsialli energiyasidan foydalanib va uning potentsialini issiqlik ta’minoti uchun zarur bo`lgan darajaga ko`tarib, birlamchi energiyani yoqilg`i yonishiga nisbatan 3-7 marta kam sarflaydi. Rossiya tajribasi VIE tizimlari bilan jihozlangan binolarning muhandislik kommunikatsiyalarida energiyani tejash evaziga bir metr kvadrat yuzaning narxi odatdagi uyga qaraganda taqriban 30 – 40% ga kam bo`lishini ko`rsatdi.
Asosan ko`p kvartirali uy tomining o`rtacha maydoni 1200 m2 ni tashkil etadi. Agar shu maydonning yarim qismi quyosh batareyalari bilan qoplansa, u holda yiliga har bir uyda 60 ming kVt.s.energiya hosil qilish mumkin, bunda quyosh batareyalarining FIK 10%ni tashkil etadi. Uy tagiga joylashtirilgan maxsus akkumulyatorda yozda ortiqcha energiya to`planadi va bu energiyadan qishda foydalaniladi. Bunday vaziyatda elektr va issiqlik energiyasini tejash natijasida erishilgan mablag`ni hisobga olgan holda quyosh batareyalari o`rnatilgan uyning o`zini oqlash muddati 6,5 yilni tashkil etadi.

Mavzudan olingan xulosa: Ushbu mavzu orqali bino va inshootlarni energetik auditining respublikamizda rivojlanishi va O‘zbekistonda energiya tejashning texnik potentsial turlari,binolarning issiqlik ta’minotini kabi rejalar orqali Bugungi kunda O`zbekistondagi jami energiya iste’molining deyarli yarmi binolar hissasiga to`g`ri kelmoqda (yiliga 24,5 mln.t.n.e.). Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarga nisbatan O’zbekistonda binolarning energiya iste’moli 2-2,5 marta ko`pdir kabi kerakli malumotlarga ega bo'ldim

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. “BINO VA INSHOOTLARNI ENERGETIK AUDITI” maruza matni 2. www.Wikipedia.uz 3."Enegetik audit asoslari va qurilmalari" fanidan uslubiy qo'llanma.


Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə