Farmatsiya



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə1/8
tarix08.03.2018
ölçüsü0,51 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI

SAQLASH VAZIRLIGI

OLMAZOR TIBBIYOT KOLLEJI
FARMATSIYA” YO’NALISHI
III-KURS V - SEMESTR UCHUN

« FARMATSEVTIKA SANOATI TEXNOLOGIYASI» FANIDAN

M A’ R U Z A L A R M A T N I

Kafedra yig’ilishida ko’rildi va

tasdiqlandi. Bayon № _______

KM _________

“___” _____________2012 yil

TOSHKENT
FARMATSEVTIKA SANOATI TEXNOLOGIYASI.
V-SEMESTR MAVZULAR RO`YXATI.
1.Fanning rivojlanish tarixi. Dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish asoslari.

2.Ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlanadigan dorilar. Tabletka, draje,

aerozollar haqida tushuncha.

3.Ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlanadigan dorilar. ampula,tindirma,malhamlar haqida tushuncha.

4.Qattiq dori turlari.Kukunlar va granulalarni texnologiyasi.

5.Qattiq dori turlari.Tabletka va dragelarni texnologiyasi

6.In`eksiya uchun ishlatiladigan dori turlari haqida tushuncha.

7.In`eksiya uchun ishlatiladigan dori turlarini tayyorlash va sterillash.

8.Galen,novogalen preparatlari.

9.Yumchoq dori vositalari.




Foydalanilgan adabiyotlar.

1.M.Miralimov «Farmatsevtik texnologiya asoslari»

2.A.Myxammadiyeva «Dori turlari texnologiyasi».

3.M.Miralimov «Yig`indi preparatlar texnologiyasi»

4.Z.N.Nazirov «Dori turlari texnologiyasi».

5.Davlat Farmakopeyasi IX-X-XI nashrlari.

6.Internet ma`lumotlari.

7.Farmatsiya jurnallari.

Axborot-resurs markazidan foydalanish uchun (kutubxonadan) adabiyotlar:

2.Z.N. Nazirov «Dori turlari texnologiyasi» 1976 yil «Meditsina» nashri

3.Davlat Farmakopeyasi IX-X-XI nashrlari.

4.Internet ma`lumotlari.

5.Farmatsiya jurnallari.

6.S.M.Mahkamov,K.S.Mahmudjonova «Tayyor dori turlari texnologiyasi» 2010 yil «EXTREMUM PRESS» nashri

7.S.M.Mahkamov, M.U.Usubboyev, A.N.Nuriddiniva «Tayyor dorilar texnologiyasi». 1994 yil «Toshkent-Ibn Sino» nashri.

8. S.M.Mahkamov, K.S.Mahmudjonova «Tayyor dorilar texnologiyasi» 2007 yil «O`zbekiston milliy ensiklopediyasi» nashri.



Mavzu № - 1

Fanning rivojlanish tarixi. Dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish asoslari.

Reja:

1.Fanning maqsadi;

2.Fan taraqqiyotining qisqacha tarixiy ma`lumotini;

3.Ishlab chiqarishni tashkil qilish asoslarini;

4.Fanning hozirgi zamon yutuqlarini;

5.Vatanimiz va chet el olimlarini fanga qoshgan hissalarini;

6.Xalqaro va Davlat standartlarini;

7.Reglament va reglament turlari va bo`limlarini;

Dori turlarining tana a`zolariga ta`sir qilishida ularning tashqi ko`rinishi, hidi, mazasi, rangi, qovushqoqligining ahamiyati hamda mijoz, yani tananing issiqlik yoki sovuqlikka moyilligining o`zaro bog`liqligi Ibn Sino tomonidan chuqur o`rganilgan.Bu xususiyatlar chuqur tahlil qilingan bo`lib,hozirgi vaqtda yangi yo`nalish bo`lgan Biofarmatsiya fanining asosi bo`lib hisoblanadi.Afsuski,dori tayyorlashga oid ko`pchilik asarlarda amerikalaik olimlar Levi va Vagner biofarmatsiyaning asoschilari deb hisoblanadi.Vaholanki,bu olimlar “Biofarmatsiya” atamasini birinchi marta 1961-yilda qo`llaganlar.

Sanoat miqyosida dori ishlab chiqarishning boshlanishi asosan XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlariga to`g`ri keladi.Zotan shu davrga kelib sanoatda dastgohlar keng ko`lamda ishlatila boshladi.

XIX asrning birinchi yarmida rivojlangan kapitalistik mamlakatlar Germaniya, Fransiya, AQSh va Angliyada yirik ishlab chiqarish usullari amalgam oshirila boshlandi.

O`zbekiston Rossiyaning mustamlakasi, Rossiya xomoshyoga boy bo`lishiga qaramasdan, chet davlatlarga qaram edi. Faqat 1942-yildagina Toshkent shahrida farmatsevtika fabrikasi tashkil qilinib, keyinchalik kimyo-farmatsevtika korxonasiga aylantiriladi. Bu Markaziy Osiyoda eng yirik korxona bo`lib, tayyor dorilar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi. Unda tabletkalar, inyeksiya ushun ishlatiladigan dorilar, itopreparatlar hamda galen preparatlari ishlab chiqariladi.

“Sanoatda ishlab chiqariladigan dorilar texnologiyasi” darsligini 1939-yilda ilk bora Moskva va Xarkov professori G.Ya.Kogan yozib qoldirgan.

Professor S.F.Shubin tomonidan 1942-yilda yozilgan darslik nazariy jihatdan ancha puxta bo`lib,unda keltirilgan ayrim muloxazalar shu kungacha o`z qimmatini yoqotmagan.Sankt-Peterburglik olim Yu.K.Sander tomonidan yaratilgan nazariy va amaliy darsliklar shu kungacha ishlatilib kelinadi. Pyatigorslik professor va etuk olim I.A.Muravyev farmatsiya fanlari DTT va FST fanining rivojlanishiga katta xissa qo`shgan.

Respublikamiz mustaqil bo`lganligi va o`z ona tilimiz davlat tili maqomini olganligi munosabati bilan mutaxassislar tayyorlash uchun darsliklar yaratish muommosi tug`ildi. Bu muommoni 1991-yilda ToshFarMI professori S.M.Mahkamov, ilmiy dotsentlar M.U.Usubboyev va A.I.Nuriddinovalar tomonidan yozilgan «Tayyor dorilar texnologiyasi» amaliy mashg`ulotlar uchun qo`llanma va 1994-yilda yozilgan darslik bo`ladi.

Ishlab chiqarishni tashkil qilish asoslari. Farmatsevtika korxonalari ishlab chiqariladigan mahsulotga qarab ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhdagi korxonalar boshlang’ich mahsulot - substansiya ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Ikkinchisi esa -tayyor dori -TD ishlab chiqaradi.

Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan dorilar katta hajmda bo’lganligi bilan dorixonada ishlab chiqarishdan tubdan farq qiladi. Korxonada tayyorlanadigan dorilar turli-tuman bo'1ganligi sababli ular bir xil dori turlari ishlab chiqarishga ixti-soslashgan sexlardan tashkil topgan. Shuning uchun TD ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kimyo-farmatsevtika korxonalarida ko’pincha galen, tabletka, ampula va qadoqlash sexlari mavjud bo’ladi.

Ayrim katta korxonalarda boshqa turdagi dorilar ishlab chiqa-radigan sexlar (bog’lovchi materiallar va boshqalar) ham bo’lishi mumkin.



Galen sexi.- Bu sexda, asosan, ajratmalar (tindirma, ekstraktlar, o’ta tozalangan preparatlar), biogen stimulatorlar, har xil eritmalar, surtma dorilar va hokazolar tayyorlanadi.

Tabletka sexi.- Bu sexda sochiluvchan tolqonlardan taxtakachlash yo’li bilan tabletkalar tayyorlanadi va donadorlash jarayoni ham amalga oshiriladi. Shu jumladan mikrotabletkalar, teri ostiga qo’yiladigan (implantant) va kuchi uzoq davom etadigan tabletkalar ham tayyorlanadi.

Ampula sexi.- Ampula sexida inyeksiya uchun ishlatiladigan dorilar ishlab chiqariladi.

Qadoqlash sexi.- Bu sex korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotni qadoqlashga xizmat qiladi. Korxonadagi hamma sexlar va mavjud asbob-uskunalarning bir me'yorda ishlashini ta'minlash uchun yordamchi sexlar ham mavjud.

Bug’ ishlab chiqarish sexi- korxonani issiqlikbilanta'minlash bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonini kerakli harorat bilan ta'minlaydi.

Elektr quvvati sexi - korxonadagi elektr quwati bilan ishlaydigan barcha asbob-uskunalarning bir me'yorda ishlab turishini ta'minlaydi.

Mexanika sexi - yangi asbob-uskunalarni o’rnatish bilan birga almashtirish, murakkab bo’lmagan ehtiyot qismlaHa sozlash, ta'mirlash, eskirgan qismlarining yangisini tayyorlash, jo’nroq asbob-uskunalarni yaratish va tatbiq qilish bilan shug’ullanadi.

Qalin qog’oz (karton) sexi.- Tayyor dori mahsulotlarini qadoqlash va ularni joylashtirish uchun har xil sig’imdagi qutichalar ish-lab chiqaradi.

Yuvish sexida- tayyor mahsulotni joylashtirishga mo’ljallangan barcha shisha idishlar yuviladi va quritiladi. Korxona sharoitida dori tayyorlashni hozirgi zamon talablari darajasida tashkil qilish uchun ishlab chiqarish jarayonlarini iloji boricha avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash maqsadga muvofiqdir, chunki faqat shu yo'1 bilan mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va tayyor mahsulotning andoza (standart) talabiga javob berishini ta'minlash mumkin. Ayniqsa tabletka, ampula va galen preparatlarini tayyorlash jarayonlarini hozirgi zamon yuqori unumli avtomat asbob-uskunalari bilan jihozlash muhimdir.

Korxona sharoitida dori tayyorlashni hozirgi zamon talablari darajasida tashkil qilish uchun ishlab chiqarish jarayonlari-ni iloji boricha avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash maqsad-ga muvofiqdir, chunki faqat shu yo'1 bilan mehnat unumdorligi-ni oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va tayyor mahsulot-ning andoza (standart) talabiga javob berishini ta'minlash mum-kin. Ayniqsa tabletka, ampula va galen preparatlarini tayyorlash jarayonlarini hozirgi zamon yuqori unumli avtomat asbob-uskuna-lari bilan jihozlash muhimdir.

Sanoat miqyosidagi ishlab chiqarishda turli asbob-uskunalar-ning keng ko’lamda ishlatilishi texnika xavfsizligi qoidalari-ga qafiy rioya qilishni taqozo etadi. Har bir agregat yonida uni ishlatish qoidalari yozilgan bo’lishi, xodimlar texnika xavfsizligi bo’yicha maxsus tayyorgarlikdan o’tgan bo’lishlari shart.Keyingi vaqtda atrof-muhit (ekologiya) muvozanatining keskin buzilishi sababli ishlab chiqarishga katta mas'uliyat yuklanmoqda. Ishlab chiqarishdagi zararli chang, hid, oqava suvlar va boshqa texnologik chiqindilar atrof-muhitga va suv havzalariga hamda korxona xodimlariga salbiy ta'sir qilmaslik yo’llarini izlab topish maqsadga muvofiqdir. Bu maqsadda korxonani chiqindisiz ishlash uslubiga o’tkazish va katta tozalash inshootlari qurish lozim.

Texnologik jarayon. Katta hajmdagi tabiiy yoki sun'iy (sinte-tik) xomashyolarni iste'mol mahsulotiga aylantirish ishlab chiqarish jarayoni deyiladi. Texnologik jarayon ketma-ket amalga oshi-riladigan alohida bosqichlarning yig’indisidir. Masalan, tabletka tayyorlashning texnologik jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: xomashyoni maydalash, elash, aralashtirish, donadorlash, quritish, upalash va taxtakachlash. Texnologik jarayon uzluksiz va uzlukli yoki yarim uzluksiz bo’lishi mumkin.

Uzlukli jarayon vaqti-vaqti bilan ishlatiladigan asboblarda kuzatiladi. Zoldirli tegirmonda maydalash bunga misol bo’la ola-di. Tegirmonga xomashyo solib ishlatiladi. Ma'lum vaqtdan so’ng maydalangan material to’kib olinadi ya yangi xomashyo solinib, tegirmon yana ishga tushiriladi. Shu tarzda bu jarayon takrorla-naveradi.

Uzluksiz ishlaydigan jarayonda esa uzluksiz ravishda xomashyodan tayyor mahsulot olinaveradi. Masalan, purkagich-li quritkich yordamida quritish. Bunda quritish xonasiga purka-gich orqali uzluksiz ravishda suyuqlik purkalib turiladi. Quril-maning ikkinchi tomonidan esa uzluksiz ravishda quruq mahsu-lot chiqaveradi.

Yarim uzluksiz jarayonda esa ishlab chiqarish jarayoni-ning bir qismi uzluksiz, ikkinchi qismi uzlukli bo’ladi. Masalan, tabletka tayyorlash jarayonini ko’raylik. Bunda tabletkani mashi-nada taxtakachlash uzluksiz, hampaga massani to’ldirib turish esa uzlukli bo’ladi. Albatta korxonada uzluksiz jarayon bo’lishi maqsadga muvo-fiqdir, chunki bunda qo'l kuchidan juda kam foydalaniladi.

Ishlab chiqarish bosqichi deb, texnologik jarayonning bir qismiga aytiladi va bu aksariyat oraliq mahsulot olish bilan tugallanadi.

Texnologik operatsiya bosqichning yoki jarayonning bir qis-midir. Misol: murakkab tolqon ishlab chiqarish jarayoni mayda-lash, elaklab aralashtirish, qadoqlash bosqichlaridan iborat. Mayda-lash bosqichi o’z navbatida bk necha operatsiya, ya'ni xomashyo-ni quritish, tegirmonlarni tanlash va tayyorlash hamda maydalash-dan tashkil topadi.

Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish ko’p bosqichli va kam bosqichli bo’lishi mumkin.



Kam bosqichli ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’lib, bunda vaqt, asbob-uskuna, ish joylari tejaladi, natijada mahsulot tannarxi arzon bo’ladi. Shuning uchun mutaxassis va olimlarning ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan ilmiy hamda amaliy izlanishlari bu masalani hal etishga qaratilishi lozim. Korxonada mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan barcha asbob-uskunalar (dastgoh va asboblar) texnologik jarayon-ga muvofiq ketma-ket joylashtirilgan bo’lishi kerak.

Ishlab chiqarish atamalari. Xomashyo deb, mahsulot ish-lab chiqarish uchun keltirilgan va qayta ishlash natijasida sezilar-li darajada boshlang’ich ko’rinishini o’zgartirmagan materialga aytiladi.

Ingrediyent - ozgina o’zgarib yoki o’zgarmagan holda murak-kab mahsulot tarkibiga kiruvchi modda.

Tayyor mahsulot - texnologik jarayon natijasida hosil bo'-ladigan mahsulot.

Oraliq yoki yarim tayyor mahsulot - murakkab, ko’p bos-qichli texnologik jarayonning har bir bosqichining hosilasi.

Xomashyoni qayta ishlash jarayonida ular tasniflanadi. Tayyor mahsulot tarkibiga kirmay qolgan xomashyo qismi chiqindi deyiladi. Agar chiqindini keyinchalik yana ishlatish mumkin bo’lsa, u qo’shimcha mahsulot (no6oHHWH npo^yKTi.) deb yuritiladi. Agar ishlatish mumkin bo’lmasa, tashlandiq mahsulot deb ataladi. Hozirgi zamon talabiga binoan ishlab chiqarishni chiqindisiz tash-kil etish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.



Davlat standartlari. Standart inglizcha ,,Standart" so’zidan olingan bo’lib, andoza, me'yor degan ma'noni anglatadi. Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan mahsulot qayerda, qaysi texnologiya bo’yicha olinishidan qafiy nazar o’z standarti (andoza) talabiga javob berishi lozim. Shu nuqtayi nazardan qaraganda Davlat Farmakopeyasi (DF) standartlar majmuasi hisoblanadi. Masalan, X-DF ga 781 ta modda kiritilgan bo’lib, har biri tegishli mahsulot standartidir. Dorilarni tayyorlash va sifatini belgilash reglament (cheklama) orqali amalga oshiriladi. Farmakopeya esa xom-ashyo va tayyor mahsulot sifatini belgilaydi. Davlat farmakopeyasiga kiritilmagan mahsulotlar sifati Farmakopeya Moddasi (FM), vaqtincha farmakopeya moddasi (VFM), texnik shartlar (TSh-TY) va mahuallar orqali belgilanadi.

Standartlarni Sog`liqni saqlash vazirligining farmakopeya qo`mitasi tasdiqlaydi. Davlat standartlariga (DST-ГОСТ) 1,0-68; 1,1-68; 1,2-68; 1,3-68; 1,4-68; 1,5-68 lar kiradi. Standartlashning asosiy vazifasi tayyor mahsulot, xom-oshyo,yarim tayyor mahsulotlar va yordamchi moddaar sifatini mukammal belgilashga qaratilgan. Bunda tekshirish, nazorat qilish usullari va vositalari aniq, puxta hamda uzoq muddatga mo`ljallangan bo`lishi kerak. Ba`zi dori vositalari tibbiyotdan tashqari boshqa sohalarda ham ishlatilishi mumkin.

Sog`liqni saqlash vazirligi 1971-yil 19-may 357-son buyrug`iga binoan TST (OCT) 42-1-71: “Dori vositalari va xom-oshyolari uchun kerakli normativ-hujjatlarni ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va tasdiqlashni” ma`qulladi. Bu tarmoq standartiga muvofiq NTH quyidagi guruhlarga bo`linadi:

1.Farmakopeya moddalari – (FM)

2.Vaqtincha Farmakopeya moddalari – (VFM)

3.Tarmoq stqndartlari – (TST)

4.Respublika standartlari – (RST)

5.Korxona standartlari – (KST-STP).

Yuqori terapevtik unumdorlikka ega bo`lgan, tibbiyotda keng qo`llaniladigan, yuqori sifat ko`rsatkichlariga ega bo`lgan mahsulotlar DF ga kiritilgan bo`ladi.



Turkum-turkum tarzda ko`plab (seriyali) ishlab chiqariladigan va tibbiyotda qo`llashga ruxsat etilgan dori vositalariga FM tasdiqlanadi: seriyali ishlab chiqarishga mo`ljallangan va sanoat miqyosida tajriba sifatida ishlab chiqarilgan yangi dori vositalariga uch yil muddatgacha VFM lar tasdiqlanadi. DF,FM va VFM-lar davlat standartlari maqomiga egadir. TST (OCT) lar dori vositalarini tayyorlash va jo`natish uchun kerak bo`ladigan qo`shimcha texnik talablar, qabul qilish qoidasi, tamg`alash, qadoqlash, saqlash, tashishlar me`yorini belgilaydi.

Xalqaro standartlar- Dori moddalarini tekshirish usullari, sifatini baholash, kuchli ta`sir qiluvchilarning miqdori (dozasi) va boshqa masalalarda bir xillikni ta`minlash maqsadida xalqaro bitimlar tuziladi. 1906-yili Rossiya xalqaro bitim ishlab chiqarishga bag`ishlangan kohferehsiyada qatnashdi. Bu bitimni Rossiya hukumati 1907-yil tasdiqladi. Sobiq ittifoq vakillari ishtirokida 1951-yil xalqaro farmakopeyaning birinchi nashri ingliz tilida chop etildi, 1969-yili esa bu farmakopeyaning ikkinchi hashri ingliz va rus tillarida chop etilgan.Xalqaro farmakopeyani yaratishdan maqsad unga kiritilgan mahsulot va dori turlarining sifati hamma davlatlar uchun bir xil bo`lishini ta`minlashdir.

Reglament (cheklanma) – Ishlab chiqarishning asosiy qonunlari bo`lib, butun texnologik jarayonda unga rioya qilinishini nazorat qilib turish texnika nazorati bo`limi (OTK-TNB)ga yuklangan bo`ladi. TNB xomoshyoning sifati,tayyor mahsulotni ishlatish mumkin yoki mumkin emasligi haqida xulosa beradi.Agar ishlab chiqarish jarayonida sanoat reglamenti ko`rsatmasi buzilayotgan bo`lsa,TNB ishlab chiqarishni to`xtatishga ham huquqi bor.Demak; TNB korxonadan sifatli mahsulot chiqishini ta`minlash uchun javobgardir.Reglament mazmuni – butun ishlab chiqarishjarayoni alohida-alohida bosqichlarga bo`linadi,har bir bosqich esa ayrim operatsiyalardan iborat.Har bir operatsiya aniq standartlashtirilgan,belgilangan vaqt oralig`ida bajariladi,bu esa aniq qoidalar yordamida amalgam oshiriladi.Bu qoidalarga xomoshyoning tashqi ko`rinishi,sifati va bir marta olinadigan miqdori,ishlov berish vaqti hamda tartibi,ishlatiladigan dastgoh va asboblar,yordamchi moddalarning miqdori va turlari,tayyor mahsulot xossalari bayon qilingan bo`ladi.

Sanoat reglamenti (TD) – Ishlab chiqarish sanoat reglamenti vositasi bilan amalga oshiriladi. Sanoat reglamenti faqat texnologik hujjat bo`lmasdan, balki undan dori ishlab chiqaradigan korxonalarni loyihalashda (agar u ishlab chiqarishga birinchi marta joriy qilinayotgan bo`lsa) yoki ishlab chiqarishni o`zgartirishda faydalaniladi. Shuningdek, reglament asosida quyidagilar aniqlanadi:

  1. texnik-iqtisodiy normativlar, shu jumladan xom-oshyo va material sarflash miqdori;

  2. texnika xavfsizligi, sanoat sanitariya gigiyenasi va yong`inning oldini oiish tadbirlari;

  3. ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish, sanoat oqova suvlarini zararsislantirish choralari va hakazo.

Sanoat reglamentlari tajriba sexida va sanoat korxonalarida yoki ularning topshirig`i bilan tarmoq ilmiy-tekshirish oliygohlarida yoki oily o`quv yurtlarining kafedralarida ishlab chiqiladi. Sanoat reglamenti TST 64-2-72 boyicha “Kimyo-farmatsevtika mahsulotlari sanoat reglamentini ishlab chiqish” tartibiga binoan ishlab chiqiladi va u 3 bosqichdan iborat bo`ladi.

1.Laboratoriya reglamenti – bu texnologik hujjat bo`lib,dori vositalarini ishlab chiqarishdagi ilmiy ish natijalarini laboratoriya sharoitida yakunlangan ko`rinishi bo`lib hisoblanadi.Laboratoriya reglamenti asosida tajriba sanoat qurilmalari loyihalanadi va ishlatiladi.Bu qurilmalar yordmida dori mahsulotlari ishlab chiqariladigan yangi texnologiya o`rganiladi.

2.Sanoat tajriba reglamenti – bu texnologik hujjat bo`lib, tajriba-sanoat qurilmalarida dori ishlab chiqariladigan yangi texnologiyani o`rganish nihoyasiga etkaziladi. Bu bosqich ishlab chiqaruvchining laboratoriyasida dori mahsulotini sanoat miqyosida ishlab chiqarishni loyihalash uchun asos bo`lib xizmat qiladi.

3.Ishga tushurish reglamenti – bu ham texnologik hujjat bo`lib, uning asosida yangi dori mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi o`rganiladi va ishlatiladi.Ishga tushurish reglamenti sanoat tajriba reglamenti va loyiha hujjatlari asosida tuziladi va shu mahsulotni ishlab chiqarishga xizmat qiladi.Bir xil guruhdagi galen preparatlari (tindirmalar,sharbatlar) ishlab chiqarish yoki tayyor dori turlari (ampulalar,tabletkalar,surtma dorilar,kapsulalar).odatda,bir xil turdagi asboblarda chiqarilganligi uchun guruhli reglament ham tuziladi.

Reglamentni tasdiqlash – Laboratoriya reglamentini – shu reglamentni ishlab chiqqan korxona ilmiy rahbari; sanoat-tajriba reglamentini texnologik jarayonni sanoat tajriba qurilmalarida ishlab chiqqan korxonaning texnik rahbari mahsulotni sanoat miqyosida ishlab chiqarishni loyihalaydigan tashkilot va sanoatning shu tarmog`i bo`yicha bosh oliygohlar bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.

Ishga tushirish reglamentini loyiha-texnik hujjatlarni tayyorlagan va bosh oliygoh bilan kelishgandan keyin ishlab chiqarish quvvatini ta`minlaydigan korxonaning texnik rahbari tasdiqlaydi.

Sanoat reglamenti-ishlab chiqarish quvvatini ta`minlaydigan korxona texnik rahbari shu sohadagi bosh oliygoh bilan kelishgandan so`ng tasdiqlaydi. Farmatsevtika fabrikalari reglamentini Respublika Sog`liqni Saqlash Vazirligi tasdiqlaydi. Ishga tushirish va sanoat reglamentlarining asosiy farqi shuki,ishga tushirish reglamenti loyihalangan va o`rnatilgan katta quvvatdagi sanoat ishlab chiqarish asbob-uskunalarida sinab ko`rilib tegishli o`zgartirishlar kiritiladi,sanoat reglamentida esa ishlab chiqarish amalgam oshgan bo`ladi.

Ishga tushirish reglamenti-agar FM ning talablari hamda ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy va loyiha ko`rsatkichlari to`la qondirilsa,sanoat reglamentiga o`tkaziladi.

Sanoat reglamenti muhim hujjat bo`lib,DF va DST (ГОСТ) qoidalarini buzish mumkin bo`lmaganidek,uni ham buzishga hech kimning huquqi yoq.Reglamentning bajarilishi korxonaning texnik-nazorat bo`limiga (OTK) yuklatilgan, u to`g`ridan-to`g`ri korxona direktoriga bo`ysunadi. Kerak bo`lganda reglamentga tegishli o`zgarishlar va to`ldirishlar kiritiladi hamda qaytadan tasdiqlanadi.



Mavzu yuzasidan savollar:

1.Farmatsevtika fani nimani o`rgatadi?

2.Fan taraqqiyotining tarixiy rivojlanishi?

3.Ishlab chiqarish korxonalari qanday maskan?

4.Fanning hozirgi zamon yutuqlari va asoschilari kimlar?

5.FST fanining etuk olimlari, professorlari: Z.M.Umanskiy, P.L.Xazanovich, I.A.Muravyov, Z.A.Nazirova, C.M.Mahkamov, M.M.Mirolimav, M.Usubboyev, A.Yu.Ibodovning fanga qo`shgan xizmatlari qanday?

6.Ishlab chiqarishni tashkil qilish asoslarini?

7.Xalqaro va Davlat standartlari haqida nima bilasiz?

8.Reglament nima??

9.Reglament turlari va bo`limlarini tyshuntirihg?

10.FST ni boshqa fanlar bilan bog`liqligi qanday?

Tayanch iboralar:

FST – Farmatsevtika sanoati texnologiyasi

Davlat standartlari - Standart inglizcha ,,Standart" so’zidan olingan bo’lib, andoza, me'yor degan ma'noni anglatadi.

Farmakopeya moddalari – (FM)

Vaqtincha Farmakopeya moddalari – (VFM)

Tarmoq stqndartlari – (TST)

Respublika standartlari – (RST)

Korxona standartlari – (KST-STP).

Xalqaro standartlar- Dori moddalarini tekshirish usullari, sifatini baholash, kuchli ta`sir qiluvchilarning miqdori (dozasi) va boshqa masalalarda bir xillikni ta`minlash maqsadida xalqaro bitimlar tuziladi.

Reglament (cheklanma) – Ishlab chiqarishning asosiy qonunlari bo`lib,butun texnologik jarayonda unga rioya qilinishini nazorat qilib turish texnika nazorati bo`limi (OTK-TNB)ga yuklangan bo`ladi.

1942-yilda Toshkent shahrida 1-nchi marta farmatsevtika fabrikasi tashkil qilinadi va keyinchalik kimyo-farmatsevtika korxonasiga aylantiriladi.




Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə