Farmatsiya



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə3/8
tarix08.03.2018
ölçüsü0,51 Mb.
#30792
1   2   3   4   5   6   7   8

Smola-mumli malhamlar.Qadoqni davolovchi malham (Emplastrum ad clavos pedum). Tarkibi:

Acidi salicylici 20g

Colophonii 27g

Parafini 26g

Petrolati 26g

Suyuq malhamlar. Novikov suyuqligi. (Liquor Novicovi)

Tarkibi:

Tannini -2,0g

Viridis nitentis -0,2g

Spiritus aethylici 96% -0,2g

Olei Richini -0,5g

Collodii -20,0g

Epilin malhami (Emplastrum Epilini).

Tarkibi:


Epilini - 4 q.

Emplastri plumbi - 54 q.

Lanolini anhydrici - 22 q.

Cerae flavae - 5 q.

Aquae destillatae - 15 q.

Bug’ bilan isitiladigan qozonda oddiy qo’rg’oshin malha-mi, mum va lanolin eritiladi, yarim sovugan massaga epilinning suvdagi eritmasini qo’shib, bir xil massa hosil bo’lguncha ara-lashtiriladi. Qo’ng’ir shisha idishlarda 50-100 g dan chiqarila-di. Zamburug’ kasalliklarida tuklarni tushirib yuboruvchi vosita sifatida ishlatiladi.



Matoga surkalgan kauchukli yopishqoq malham. Leyko-plastir (Emplastram adhaesivum elasticum extensum seu Leuco-plastrum seu Collemplastrum).

Tarkibi:


Oleivazelini -ll,3q.

Colophonii -20,35 q.

Zinci Oxydi - 32 q.

Lanolini anhydrici - 9,9

Causticus Benzini Neozoni D

Moddalarning hammasi quruq bo’lishi shart, qoldiq nam-lik 0,5 % dan ortiq bo’lmasligi kerak. Tayyorlash ko’p bosqichli bo’lib, bir necha usullarda olib borilishi mumkin. Shulardan biri-ni ko’rib chiqamiz: a) kanifol yaxshi berkitiladigan idishdagi ben-zinda aralashtirib turgan holda eritiladi. So’ngra kanifol eritmasi-ga kauchuk solinadi, u bo’kib asta-sekin benzinda eriydi; b) alo-hida lanolin va antioksidantlar aralashmasi tayyorlanadi. Buning uchun 50 °C da eritilgan lanolinning bir qismiga antioksidantlar-dan biri - aladol-a-naftilamin; fenil-p-naftilamin 3 %; paraoksid-ifenilamin 4 % qo’shib aralashtiriladi va uch g’o’lali ezgichdan o’tkaziladi; d) vazelin moyining parafinli aralashmasini tayyor-lab, uni kukun holiga keltirilgan rux oksidi bilan yaxshilab ara-lashtiriladi. So’ngra uchala massa 6 soat davomida aralashtiriladi. Hosil bo’lgan massa maxsus shpreding mashina yordamida mato (shifon)ga bir tekisda surtiladi.



Shpreding mashina:

1 - isitkich; 2,3,4- g’o’lachalar; 5 - pichoq.

Ish boshlashdan 30 daqiqa oldin mashinaning isituvchi va qurituvchi plitalariga bug’ yuborilib, 100-105 °C gacha isitiladi. Suriladigan shifon yog’och galtakka o’ralib, ikkinchi uchi qabul qiluvchi g’altakka mustahkamlanadi. Shu tarzda tayyorlangan material 2—3 marta issiq plita ustidan o’tkazilib quritiladi. So’ngra shifonga suriladigan massa qalinligini belgilovchi pichoq pastga tushirilib kerakli tirqish (aasop) hosil qilinadi va tasmaga mas-sa surtiladi. Tasmaning harakati natijasida massa shifon yuzasi-ga bir tekis qalinlikda taqsimlanadi va pichoq tagidan o’tganda qalinligi tekislanadi. Keyin massa surkalgan tasma issiq plita usti-dan o’tganda benzin bug’lanadi va u nasos orqali so’rib olina-di. So’ngra tasma kuchli ventilator orqali beriladigan sovuq havo oqimi (4—16 °C) orqali o’tib quriydi. Malham massasining qalin-ligi 5 x 5 sm li malhamni tortganda 0,64—0,65 g ni tashkil qilishi kerak. Bu qalinlikka massani shifonga 6-7 marta surkash orqa-li erishiladi. Tayyor leykoplastir g’altakka o’raladi va quyidagi o’lchamlarda chiqariladi:


1 sm x 1 m 1 sm x 2 m 1 sm x 5 m 3 sm x 1 m 3 sm x 5 m 3,5 sm x 5


2 sm x 1 m 2 sm x 2 m 2 sm x 5 m 4 sm x 5 m 5 sm x 5 m 6 sm x 5 m

Har bir g’altakni yog’li qog’ozga o’rab, qalin qog’ozdan yasal-gan qutichalarga joylashtiriladi.


Eslatma. Malham tayyorlashda texnika xavfsizligi qoidalariga qafiy rioya qilish zarur. Malham tarkibiga kiruvchi kanifol mas-saning yopishqoqligini ta'minlaydi. Rux oksid esa kanifol tarki-bidagi organik kislotalarni tuzga o’tkazib, uning qitiqlash xossasi-ni kamaytiradi. Lanolin bilan mum malham massasini qotishdan saqlaydi. Antioksidant kauchukni oksidlanishdan saqlaydi va malhamning

Matoga surkalgan bakteritsid malham (Emplastrum adhaesivum bactericidum).

Tarkibi:


Furacillini - 0,02 q.

Synthomycini - 0,08 q.

Viridis nitentis - 0,01 q.

Spiritus aethylici 40 % - ad 100 q. Tarkibiy qismlarning hammasi 40 % li spirtda eritilib, eritma dokaga shimdiriladi, erituvchi uchib ketgandan so’ng doka leyko-plastir ustiga yopishtiriladi. Ustidan yana kraxmallangan doka va sellofan bilan qoplanadi.

Tayyor malham 10^4x1,5 sm; lQxgx3,5 sm; 10^6x2,5 sm; 25x4x1,5 sm; 100x6x2,5 sm; 300x6x2,5 sm o’lchovlarda kesiladi.

Bakteritsid malham teri yiringlanishining oldini olishda va birinchi yordam ko’rsatishda ishlatiladi.



Qalampir malhami (Emplastrum capsici). Sariq rangli yopish-qoq, bir jinsli, o’ziga xos hidga ega bo’igan massa bo’lib, qog’oz yoki matoga surkaladi.

Massani tayyorlash bir necha bosqichdan iborat:

1. Kauchukni benzinda eritib, unga kanifol va antioksidantlar qo'shib, kauchuk yelimi tayyorlanadi.

2. 11 % li quyuq qalampir ekstrakti bir qismi eritilgan va 40-50 °C gacha sovutilgan lanolin bilan aralashtiriladi, unga 0,3 % li beladomaning quyuq ekstrakti va 0,3 % li tindirmasini qo’shib yaxshilab aralashtiriiadi.

3. Bug’doy uniga isitilgan suyuq parafin, lanolin va 1/6 qism kanifolning benzindagi eritmasini qo’shib, unli asos tayyorlana-di. So’ngra birinchi va ikkinchi massani aralashtirilgach, uchinchi massa qo’shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor massa birlamchi ishlov berilgan madagolam, mit-kal yoki surpga 220-230 g/m2 qalinlikda yCIlJI-1 qurilmasida surkaladi va quritiladi. So’ngra 12x18 sm; 10x18 sm; 8x18 sm o’lchovda kesilib, ikkitasining orasiga sellofan qo’yib yopishtiri-ladi. Qog’oz paketlarda 2 tadan yoki 4 tadan chiqariladi. Podagra, artrit, yuqori nafas yo’llari shamollashida og’riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.

Suyuq malhamlar. Teri yelimlari. Bu malhamlar teriga surtil-ganda erituvchi uchib ketib, teri ustida yupqa parda qoldiriladi. Par-daning qayishqoqligini ta'minlash uchun o’simlik moyi, yopishqoq silish uchun esa kanifol va har xil dori moddalari qo’shiladi. Bun-day malhamlar flakonlarda yoki aerozol ballonlarda chiqariladi.

Kollodiy (Collodium).

Tarkibi: IX DFII modda:

Nitrocellulosi - 4,0 q.

Spiritus aethylici - 20,0 q.

Aetheris — 76,0 q.

Koloksilin maydalanib, spirt bilan ho’llab qo’yiladi. So’ngra efir qo’shiladi va zich berkitilgan idishda to’liq erib ketguncha

qoldiriladi.

Bu rangsiz yoki och sariq rangli, tiniq qiyomsimon suyuqlik bo’lib, efir hidiga ega. Uncha katta bo’lmagan jarohat va yaralar ustini yupqa parda bilan qoplash maqsadida ishlatiladi.

Kleol (Cleolum).

Tarkibi:FM 42-1933-82;

Colophonii - 45,0 q.

Spiritus aethylici 95% -37,0q.

Aetheris -17,0 q.

Olei Helianthi -l,0q.

Maydalangan kanifol spirtda eritiladi. Eritmaga kungaboqar moyi, efir qo’shib aralashtiriladi. Kleol tiniq, quyuqroq yelim simon, och sarg’ish rangli, nordon muhitli suyuqlik bo’lib, efir hidiga ega. Jarrohlik bog’ichlarini mustahkamlash, uncha kat-ta bo’lmagan yaralar va jarohatlar ustini yupqa parda qavat bilan qoplash uchun ishlatiladi.

Prokopchuk suyuqligi (Liquor Procopshuc).

Tarkibi:


Synthomycini - 3,0 g.

Spiritus aethylici 95 % - 2,0 g.

Collodii -100,0g.

Sintomitsin spirtda eritiladi va eritmaga kollodiyni qo’shib, yaxshilab aralashtiriladi. Butiniq, och sarg’ishrangli quyuq suyuq-lik. Uncha katta bo’lmagan yaralarni davolash, ustini qoplashda bakteriotsid vosita sifatida ishlatiladi.



Novikov suyuqligi (Liquor Novicovi).

Tarkibi:


Tannini - 2,0 g.

Viridis nitentis - 0,2 g.

Spiritus aethylici 96 % - 0,2 g.

Olei Richini - 0,5 g.

Collodii - 20,0 g.

Brilliant yashili va tannin etil spirtda eritiladi. Hosil bo’lgan eritmaga kanakunjut moyi va kollodiylarni qo’shib yaxshilab ara-lashtiriladi. Tayyor preparat och yashil rangli, qovushqoq, o’ziga xos hidli suyuqlik. Teridagi kichik yaralarni davolashda antiseptik vosita sifatida ishlatiladi.

BO-6 yelimi. Bu sun'iy smolalarning 20 % li spirtli eritmasidir. Plastifikator sifatida polivinil butirol qo’shiladi. BO-6 yelimi jaro-hat va yaralarga ishlov berishda ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda Res-publikamiz va chet ellarda suyuq malhamlar sanoatda aerozol dori shaklida ishlab chiqarilmoqda. Bunday malhamlar jumlasiga neoti-zol, lifuzol va bakteriotsid xossaga ega bo’lgan boshqa preparatlar kiradi

Xantal qog’ozi- gorchichniklar (Charta sinapis seu sinapismata)

To’g’ri to’rtburchak shaklidagi, o’lchovi 8x12,5 sm bo’lgan qog’oz bo’lib, bir tomoniga yog’sizlantirilgan xantal kukuni 0,3-0,5 mm qalinlikda bir tekis yopishtirilgan bo’ladi. Xom ashyo sifatida yog’sizlantirilgan qora yoki sarept xantal urug’i kukuni ishlatiladi.

Xantal qog’ozini tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat:

1.Kauchuk yelimini tayyorlash.

2.Xantal massasini tayyorlash.

3.Massani qog’ozga surkash.

4.Qadoqlash.

Tibbiyot qalamchalari (Styli medicinales).Tibbiyot qalamchalari qattiq dori turi hisoblanadi. Ularning diametric 4-8 mm va uzunligi 10 sm gacha bo’lib, shakli silindrsimon, bir tomoni qavariq, og’irligi 0,5g dan 10g gacha bo’ladi. Qalamchalar faqat sirtga, terining uncha katta bo’lmagan qismlariga ishlatiladi.

Qalamchalar yordamchi moddalar xossasiga va tayyorlanishiga qarab, gidrofob, gidrofil asosli va eritib tayyorlanadiganlarga bo’linadi. Gidrofob qalamchalar tarkibida yog’, mum, kanifol kabi moddalar qalamchalar asosini tashkil qiladi. Gidrofil qalamchalar uchun asos sifatida suvda eriydigan moddalar olinadi. Eritib tayyorlanadigan qalamchalarga nisbatan oson suyuadigan yoki suvda eriydigan moddalar kiradi. Qalamchalar ko’p marta ishlatishga mo’ljallangan bo’lganligiuchun ko’pincha oxirigacha ishlatilmay, bekorga isrof bo’ladi.



Tayanch iboralar.

Aerazollar - Farmatseftik aerazollar dorining shunday turiki u qattiq yoki suyuk dispers bosqichi gazsimon dispers muhitda bir hil tarqalish yo’li bilan tayyorlanadi.Bu dori turi aerazol balonlari aerazol bo’nbasi yoki qadoqlangan aerazol deb yurutiladi.

Ampulalar – in`eksiya uchun suyuq dori turi.

Malhamlar – (emplastra) - sirtga qo`llash uchun ishlatiladigan dori turi bo`lgan malhamlar teriga yopishtirish uchun ishlatiladi.

Epidermatik malhamlar – yaralarni tashqi muhit ta`siridan saqlash, jarohatlangan yuzalarni bir-biriga yaqinlashtirish, matoni ushlab turish maqsadida ishlatiladi.

Tindirma – (Tincturae) – tiniq, spirtli, spirt-suvli alratmalar bo`lib, dorivor o`simlik va hayvon organlari xom-ashyosidan qizdirmasdan tayyorlanadi.

Mavzu bo’yicha savollar.

1.Ampulalar haqida tushuncha bering?

2.Ampulalar qanday ishlab chiqariladi?

3.Ampulalarni kavsharlash qanday olib boriladi?

4.Ampulalar qanday dori turiga kiradi?

5.Ampula dori turiga qo`yilgan talablar?

6.Ampulalarga dori moddalarni quyish qanday olib boriladi?

7.Ampulalarni sifatini tekshirish usullari?

8.Mikrokapsulalar haqida tushuncha?

9.Jelatina kapsulalari nima?

10.Tindirmalar haqida nimalar bilasiz?

11.Tindirmalarga qo`yilgan talablar nimalardan iborat?

12.Aerazollarni jihozlash va berish?

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.M.Miralimov «Farmatsevtik texnologiya asoslari» 308-317 betlar.

2.A.Myxammadiyeva «Dori turlari texnologiyasi».

3.M.Miralimov «Yig`indi preparatlar texnologiyasi» 216-234; 193-195 betlar.

4.Z.N.Nazirov «Dori turlari texnologiyasi».

5.Davlat Farmakopeyasi IX-X-XI nashrlari.

6.Internet ma`lumotlari. 7.Farmatsiya jurnallari.

Axborot-resurs markazidan foydalanish uchun (kutubxonadan)

2.Z.N. Nazirov «Dori turlari texnologiyasi» 1976 yil «Meditsina» nashri

3.Davlat Farmakopeyasi IX-X-XI nashrlari.

4.Internet ma`lumotlari.

5.Farmatsiya jurnallari.

6.S.M.Mahkamov,K.S.Mahmudjonova «Tayyor dori turlari texnologiyasi» 2010 yil «EXTREMUM PRESS» nashri

7.S.M.Mahkamov, M.U.Usubboyev, A.N.Nuriddiniva «Tayyor dorilar texnologiyasi». 1994 yil «Toshkent-Ibn Sino» nashri.

8. S.M.Mahkamov, K.S.Mahmudjonova «Tayyor dorilar texnologiyasi» 2007 yil «O`zbekiston milliy ensiklopediyasi» nashri.




Mavzu - 4

Qattiq dori turlari. Kukunlar va granulalarni texnologiyasi.

Reja:

1. Ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlanadigan qattiq dori turlarini.

2. Kukunlar va ularni tayyorlash texnologiyasini.

3. Granulalar haqida tushunchani.

Kukunlar (elaki)-dorilar qadimdan ma’lum dori shakllaridan bo’lib, eramizdan oldingi 3000-yil avval ham tabobatda qo’llanilgan. Kukun dorilarning o’ta maydaligi ularning ta’sir darajasining yuqori bo’lishini ta’minlaydi. Shu jihatdan elaki dorilar qattiq dori shakllari ichida yuqori ta’sir darajasiga ega dori hisoblanadi.

Davlat farmakopeyasi ta’biri bilan aytganda, elaki dorilar- ichish va tana yuzasiga qo’llash uchun ishlatiladigan qattiq dori shakllariga kirib, sochiluvchanlik xususiyatiga ega bo’ladi.

Elaki dorilar- (pulveres simplices) bir dori moddasidan tashkil topgan yoki murakkab- ikki va undan ortiq ingrediyentdan iborat (pulveres composite) bo’lishi mumkin. Bundan tashqari kukunlar ya’ni, elaki dori-lar alohida dozalarga bo’lib taqsimlangan (pulveres divisi) va taqsim-lanmagan (pulveres indivisi ) bo’ladi. Ichish uchun mo’ljallangan ku-kunlar asosan dozalangan usulda yoziladi yoki taqsimlangan bo’ladi, sirtga ishlatiladigan kukunlar esa taqsimlanmagan usulda beriladi. Kukunlarning boshqa dori shakllaridan quyidagi afzalliklari bor:

1.Dori moddasi yaxshilab maydalanganligi sababli yuqori farmo-kologik faollikka erishish mumkin.

2.Tabletka va pilyulyalar (xab dorilar) bilan solishtirilganda elaki dorilar tayyorlash texnologiyasi juda soda.

3.Ixchamligi va saqlash davomida turg’unligi (suyuq dorilarga qaraganda).

4.Tarkibining xilma-xilligi kukun tarkibida organik, noorganik moddalar, o’simlik va hayvonlardan olingan kukun moddalar, kam miqdorda suyuqliklar hamda qovushqoq moddalar bo’lishi mumkin (kiritilishi mumkin).

Kukunlarning bir qator kamchiliklari ham bor:

1.Dori moddalarning organizmga so’rilishi eritmalarga nisbatan sekinroq boradi, chunki dorivor modda avval eriydi, so’ng esa so’riladi.

2.Ba’zi moddalar atrof-muhit ta’siri ostida o’zgarishi mumkin:

a).Kristalizatsion suvini yo’qotishi;

b).Havodagi uglerod (II) oksidini yutib, karbonatlar hosil qilishi;

v).Havodagi kislorod ta’sirida oksidlanishi; Namlik ta’sirida esa sochiluvchanligini yo’qotishi mumkin.

3.Ba’zi moddalar me’da va ichaklar shilliq pardalariga qitiqlovchi ta’sir ko’rsatishi mumkin, eritma holida esa bu holat kuzatilmaydi ( Kaliy va natriy bromid tuzlari ).

4.Achchiq ta’mli, yoqimsiz hidli va rangli moddalardan tayyorlangan kukunlar ichish uchun noqulay bo’lgani sababli, maxsus kapsula-larga solinadi.



Kukun dorilarni tayyorlash bosqichlari.

Dorivor kukunlarni tayyorlash- maydalash, elash, aralashtirish, tozalash va qadoqlash kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Keltirilgan jarayonlar kukun texnologiyasida to’la bo’lishi yoki ba’zi bir jarayonlarning bo’lish-bo’lmasligi dori tarkibi, uning qo’llanilishi va tarkibga kirgan dori mahsulotlarining xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Kukunlarning maydalik darajasi, tayyorlanishi, qadoqlash usullari ham shu sxususiyatlarga qarab tanlanadi. Purkash, sepish uchun ishlatiladigan kukunlar o’ta maydalan-gan bo’lishi kerak. Tish uchun ishlatiladigan kukunlarning maydalik da-rajasi ham shunga o’xshash. Tish kukunlari tarkibida yirik zarrachalarning bo’lishi tishning emal qavatini zararlashi mumkin. Hidlash uchun ishlatiladigan elaki dorilar zarrachalari maydaligi o’rta me’yorda bo’lgani ma’-qul ya’ni 0,2 mm, chunki bunday kukunlar nafas yo’llarining tashqi qavatiga mo’ljallangan bo’lib, ular tomoq yo’llariga tushish zarurati yo’q. Ishlatish oldidan eritish uchun mo’ljallab beriladigan elaki dori tarkiblarini maydalash shart emas. Yaraga sepish uchun va jarohatlarni davolash maq-sadida ishlatiladigan kukunlar iloji boricha mayda qilib va aseptik sharo-itda tayyorlanishi kerak. Agar issiqlikka chidamli bo’lsa, ularni sterillab berish zarur. Elaki dorilar tarkibidan va qo’llash usulidan tashqari agregat holati (kristall, amorf ) zichligi, qattiqligi, rangi, hidi va boshqa xususi-yatlari bilan ham farq qiladi. Hayvonot va o’simliklardan olinadigan elaki dorilar amorf kukunlar bo’lib, minerallardan solishtirma og’irligining kichikligi bilan farqlanadi. Kukun holatidagi ba’zi bir moddalar yorug’lik ta’sirida, kislorod, karbonat angidrid va havo namligi ta’sirida o’zgaradi. Ko’pchi-lik kukunlar gigroskopik bo’lgani sababli havoda namlanadi va aksincha, tarkibida kristall suv saqlaganlari havo ta’sirida suvini yo’qotadi, masalan, natriy sulfat, magniy sulfat. Ba’zi bir kukun holidagi dorivor moddalar (kamfora, mentol xloralgidrat) oson uchuvchan hisoblanadi. Kukun holatidagi elaki dori tayyorlashda xususiyati jihatidan turli moddalarning aralashtirilishi natijasida tarkibidagi fizik xususiyatlar (gigroskopik xususiyati, uchuvchanligi, portlash xususiyati) o’zgarishi mumkin. Elaki dorilar tayyorlashda farmatsevt ana shu xususiyatlarni hisobga olishi kerak.



Granulalar-donadorlash lotincha “granula”, ”donacha” so`zidan olingan bo`lib, tabletka tayyorlash jarayonida taxtakachlashni osonlashtirish uchun, massaning xanpadan bir me`yorda qolipga tushib turishini ta`minlash va sifatli tabletka olish uchun qo`llaniladi.

Donadorlash (granulyasiya) qiuidagi usullarda olib boriladi:

1.Strukturalab donadorlash;

2.G`alvirdan o`tkazib donadorlash;

3.Maydalab donadorlash;

4.Briketlab,so`ngra maydalash;

5.Suyultirib,so`ngra donadorlash.

G`alvirdan o`tkazib donadorlash.Bu oddiy,qulay va ehg ko`p qo`llaniladigan usul bo`lib,namlash bilan donadorlash deb ham ataladi.Bu usul ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda - donadorlash uchun mo`ljallangan moddalar oldindan maydalab, elaklab aralashtirilgan tabletka tarkibiga kiradigan tolqonlar zettasimon aralashtirgichda bog`lovchi moddalar bilan namlanadi.Namlash uchun olingan bog`lovchi modda miqdori aralashmaga kiradigan moddalarning xususiyatiga bog`liq bo`lib, 10-30 %, ba`zan undan yuqori bo`lishi mumkin.Lekin namlangan massa barmoqlar orasiga olib ezib ko`rilganda yopishib qoladigan va sochiluvchan bo`lmasligi kerak.

Ikkinchi bosqich - yoki quruq holda donadorlashbirinchi bosqichda quritilgan massa qayta granulyatordan o`tkaziladi.Granulyator teshikchalarining diametric 1-3 mm ni,ko`pincha 1,5-2 mm ni tashkil etadi.Donadorlashni ikki bosqichda olib borishdan maqsad,donadorlangan massaning kattaligi nisbatan bir xil bo`lishiga erishish,uning tez va bir meyorda quritilishini ta`minlashdir.Shuning uchun quritish jaroyonidan so`ng massaning bir xil qurishiga halaqit beradigan omillar bo`lmagan hollarda birinchi bosqichni tushurib qoldirish mumkin. Bu iqtisodiy jihatdan samarali bo`lganligi uchun hozirgi kunda sanoat miqyosida asosan shu usuldan foydalaniladi.

Granulalarni silliqlash. Massa bir tekisda xampadan matrisaga tushib turishi uchun uning sathi bir tekisda bo`lishi kerak.Buning uchun maxsus qurilmalardan foydalaniladi.Qurilmaning asosi g`adir budur plastinkadan iborat bo`lib,u daqiqasiga 400-1600 marta aylanadi va 2 daqiqa etarli bo`ladi.Ish unumi soatiga 20 tonna.

Granulaarni quritish. Farmatsevtik sanoatida ko`proq javonli qurutgichlar hamda aerofontan usulida ishlaydigan har xil tuzilishga ega bo`lgan quritgichlar (SP,SG) ishlatiladi. Ular javon ko`rinishida,ikki qismdan iborat bo`ladi. Ostki nam massa solinadigan qismi g`ildirakli bo`lib, javon ichiga kiritiladi va ustki qismiga zichlab berkitiladi.Ustki qismida neylon, kapron kabi mustahkam matolardan tayyorlangan “Filtr eng” bo`ladi. Bu qurilma avtomat ravishda ishlaydi.

Grahulalarga misolar.

1.Urodan (Urodanum) tarkibi:

Piperazini phosphatis 2,5 gr

Hexametilentetramini 8,0 gr

Natrii benzoatis 2,5 gr

Litii benzoatis 2,0 gr

Natrii phosphatis 10,0 gr

Natrii hydrocorbonatis 37,5 gr

Sacchari 1,9 gr

Spiritus aethylici 96 % - q.s.

2.Glitserophosphat granulasi (Granulae glycerophosphatis)

Calcii glycerophosphatis 10,0 gr

Natrii glycerophosphatis 2.0 gr

Sacchari 88,0 gr



3.Amidopirin granulasi (Granulae Amidopyrini)

Amidopyrini 1,7 gr

Sacchari 97,5 gr

Acidi citrici 0,83 gr

Aquae destillatae 3,0 gr

4.Plantaglyusid granulasi (Granulae Plantaglusidi)

Plantaglusidi 1,0 gr

Sacchari 1,0 gr

Spiritus aethylici 70 % q.s.



Mavzu bo’yicha savollar.

1.Qattiq dori turiga ta`rif bering?

2.Kukunlar dori turiga ta`rif bering?

3.Kukunlar qanday hollarda qo`llaniladi?

4.Kukunlar tarkibiga qarab nechaga bo`linadi?

5.Kukunlarni dozasiga qarab sinflarga bo`linishi?

6.Kukunlarni tayyorlash texnologiyasini tushuntiring?

7.Ishlab chiqarish korxonalarida kukunlar qanday tayyorlaniladi?

8.Granula dori turiga ta`rif bering?

9.Farmat-ka sanoatida ishlab chiqariladigan granulalarga misollar keltiring?

10.Urodan, gliserofasfat, plantoglyusidlarning tarkibi qanday?

11.Granulalarni silliqlash qanday bajariladi?

12.Granulalarni quritish qanday olib boriladi?

13.Kukunlarni jihozlash va rasmiylashtirish?

14.Kukunlarni tayyorlashda ishlatiladigan texnik vositalar?

15.Granulalarni tayyorlashda ishlatiladigan texnik vositalar?



Tayanch iboralar:

Pulveris simplicis- oddiy poroshok.

Pulveris compositi- murakkab poroshok.

Pulveris divisi- taqsimlangan poroshok.

Pulveris indivisi- taqsimlanmagan poroshok.

Subtillissimus- juda mayda bo’lsin.

Elaki dorilar (kukunlar) – qadimdan ma’lum dori shakllaridan bo’lib, eramizdan oldingi 3000-yil avval ham tabobatda qo’llanilgan.

Granulalar-donadorlash lotincha “granula”, ”donacha” so`zidan olingan bo`lib, tabletka tayyorlash jarayonida taxtakachlashni osonlashtirish uchun, massaning xanpadan bir me`yorda qolipga tushib turishini ta`minlash va sifatli tabletka olish uchun qo`llaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.M.Miralimov «Farmatsevtik texnologiya asoslari» 308-317 betlar.

2.A.Myxammadiyeva «Dori turlari texnologiyasi».

3.M.Miralimov «Yig`indi preparatlar texnologiyasi» 216-234; 193-195 betlar.

4.Z.N.Nazirov «Dori turlari texnologiyasi».

5.Davlat Farmakopeyasi IX-X-XI nashrlari.

6.Internet ma`lumotlari.

7.Farmatsiya jurnallari.



Axborot-resurs markazidan foydalanish uchun (kutubxonadan) adabiyotlar:

2.Z.N. Nazirov «Dori turlari texnologiyasi» 1976 yil «Meditsina» nashri

3.Davlat Farmakopeyasi IX-X-XI nashrlari.

4.Internet ma`lumotlari.

5.Farmatsiya jurnallari.

6.S.M.Mahkamov,K.S.Mahmudjonova «Tayyor dori turlari texnologiyasi» 2010 yil «EXTREMUM PRESS» nashri

7.S.M.Mahkamov, M.U.Usubboyev, A.N.Nuriddiniva «Tayyor dorilar texnologiyasi». 1994 yil «Toshkent-Ibn Sino» nashri.

8. S.M.Mahkamov, K.S.Mahmudjonova «Tayyor dorilar texnologiyasi» 2007 yil «O`zbekiston milliy ensiklopediyasi» nashri.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə