Farmatsiya


INYEKSION ERITMALARNING XUSUSIY TEXNOLOGIYASI



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə6/8
tarix08.03.2018
ölçüsü0,51 Mb.
#30792
1   2   3   4   5   6   7   8

INYEKSION ERITMALARNING XUSUSIY TEXNOLOGIYASI. Inyeksion eritmalar hajm og’irlik konsentratsiyasi bo’yicha tayyorlanadi. Kerakli miqdordagi dori moddani tortib olinadi va o’lchov kolbasida bir qism suvda eritiladi va kerakli hajmgacha eritmaga suv quyiladi. o’lchov kolbasi bo’lmagan paytda suv miqdori hisoblanadi, bunda hajm o’sish koeffitsiyenti hisobga olinadi.Sterilizatsiyaga chidamsiz moddalarning eritmalari. Ba'zi dori moddalar (masalan, barbamillar, medinol, eufillin, aminazin, rivanol va boshq.) qizdirish vaqtida parchala-nib ketadi. Ayrim preparatlarni esa sterillash shart emas. Chunki ularning o’zi mikroblarni o’ldirish xususiyatiga ega (masalan, geksametilentetramin). Bunday preparatlardan dori turlari aseptik sharoitda tayyorlanadi. Ko’z tomchilari, surtmalar va antibiotiklardan tayyorlanadigan dori turlari hamda ba'zi sepma dorilar ham aseptik sharoitda tayyorlaiadi. Sterillangan modda qizdirilganda tez parchalanadi bo’lsa va undan tez eritma tayyorlab berish talab qilinsa, XI DF ko’rsatmasiga asosan, eritmaga 0,5 % fenol yoki ),3 % trikrezol qo’shiladi. Bunday eritmani xlorbutanolgidatning to’ymgan eritmasida aseptik sharoitda tayyorlash ham mmkin. Tayyor preparatni suvga solib, qizdirish 80°C da 30 minut davom ettiriladi. Bu usulda tayyorlangan dori turlari «aseptik tayyorlangan» yorlig’i yopishtirilgan idishda beriladi. Inyeksiya uchun ishlatiladigan suspenziya va emulsi-yalar ana shu usulda tayyorlashga misol bo’la oladi. Rp.:Solutionis Hexamethylentetramini 40%-100 ml Sterilisetur! D.S. Vena tomiriga 20 mldan kuniga 3 mahal.

Agar o’lchov kolbasi bo’lmasa, unda quyidagicha hisobanadi. 40 % geksametilentetraminning zichligi —1,088 g/sm3.

00 ml eritmaga 100 • 1,088 = 108,8 ml to’g’ri keladi, suv

iqdori 108,8 - 40 = 68,8 ml bo’ladi. Boshqa hisob bo’yicha: geksametilentetraminning hajm oshish koeffitsiyenti — 0,78. 1 g.ni eritish uchun uning suvli eritmasining hajmi 0,78 ml.ga o’sadi, 40 g.ni eritish uchun 0,78 • 40 = 31,2. Bundan inyeksiya uchun suvning miqdori 100 - 31,2 68,8 ml olinadi. Sterillangan idishga aseptik sharoitlarda 68,8 ml inyeksiya uchun suv o’lchab olinadi, 40 g geksametilentetramin inyeksiya uchun tortib olinib, idishga solinadi. Distillangan suvni olib qo’llanilishdan 30 minut avval qaynatiladi. Flakonlar neytral shishadan yasalgan bo’ladi. Preparat XI DF talablariga javob berishi lozim. Eufillinning inyeksion eritmalari: 12% eritmasi is-siq sterilizatsiyaga chidamsiz, 2,4 eritmasini oquvchan bug’da 100°C da 30 minut sterillanadi.



Sterilizatsiyaga chidamli modda eritmalari. Ko’pgina inyeksion eritmalar termik sterilizatsiyani qo’llab tayyor-lanadi. Sterilizatsiyani tanlash dori moddaning issiqlikka chidamliligiga bog’liq.

Natriy gidrokarbonat eritmasi. 3—5 % eritmalari rea-nimatsiyada (klinik o’limda), asidozlarda, qon gemolizida va boshqalarda ishlatiladi. Natriy gidrokarbonat eritmasi-ning tayyorlanish texnologiyasi o’ziga xos. Tiniq eritmalar-ni olish uchun va ularni 1 oy muddatga saqlash uchun yuqori darajada toza (X.T. va a.u.t. GOST—4201—79) natriy gidrokarbonat ishlatiladi. Eritishni yopiq idishlarda 15— 20°C dan yuqori bo’lgan temperaturalarda olib boriladi, eri-tilayotganda chayqatish mumkin emas. Filtrlangandan va analizdan so’ng eritmalar neytral shishadan yasalgan fla-konlarga quyiladi, bug’ oqimida 100°C da 30 minut yoki 119—121°C da 8—12 minut sterillanadi. Flakon yorilib ketmasligi uchun eritmani umumiy hajmning ; qismigacha quyiladi, eritmani sovitilgandan so’ng ishlatiladi (ajralayot-gan gazi is sterilizatsiyada to’liq erib ketadi).

Rp.: Solutionis Coffeini-natrii benzoatis 10 % - 50 ml



Sterilisetur!

D.S. 1 ml.dan teri ostiga kuniga 2 mahal.

Retseptdagi eritma kuchli asos va kuchsiz kislotaning tuzi hisoblanadi XI DF bo’yicha stabilizator sifatida 0,1 n natriy gidroksid eritmasidan hisoblab, 0,2 ml 1 litr eritma uchun 4 ml quyiladi, bunda pH 6,8—8,0 ga teng bo’ladi. Eritmani bug’ oqimida 30 minut sterillanadi.

Rp.: Solutionis acidi Ascorbinici 5 %-25 ml

Sterilisetur!

D.S. 1 ml.dan mushak orasiga kuniga 2 mahal.

Retseptda tez oksidlanadigan modda eritmasi keltirilgan. Eritmani barqarorlashtirish uchun antioksidant qo’shib tayyorlanadi (natriy metabisulfit 0,1 % yoki natriy sulfit 0,2 %). Shu sababli yangi qaynatilgan suv ishlatiladi. Shuni nazarda tutish kerakki, kuchli kislotali muhitda askorbin kislota og’riqqa sabab bo’ladi. Muhitni neytrallash



uchun eritma tarkibiga natriy gidrokarbonat qo’shiladi. Hosil bo’lgan natriy askorbinat askorbin kislotaning shifobaxsh ta'sirini to’liq saqlaydi. Dori tayyorlanayotganda qo'1lanmalardan va X DF ning 7-maqolasidan «Solutio Acidi ascorbinici 5 % pro injectionibus» foydalaniladi. Bug’ oqimida 15 minut sterillanadi.

INYEKSION DORI TURLARINI BERISH. Inyeksion eritmalar tarkibidagi zaharli moddalarni provizor-nazoratchi o’zi farmatsevt ishtirokida tortib beradi, so’ngra undan tezda eritma tayyorlanadi. Eritmalarni sterillash uchun suyuqlik solingan idishning og’zi ho’llangan pergament qog’ozi bilan o’rab bog’lanadi, unga oddiy qalam bilan preparatlar nomi va konsentratsiyasi yozilib, preparat nomi ko’rsatilgan metall yorliq biriktirib qo’yiladi. Yorliqlar har xil shaklda bo’lib, uchburchakli — «A» ro’yxatidagi, to’rtburchakligi — «B» ro’yxatidagi va dumalog’i — umu-miy ro’yxatdagi moddalar uchun qo’llaniladi. Sterilizatsiyadan so’ng farmatsevt flakonga raqam yopishtiradi, shifo-xona dorixonalarida esa, flakonning yorlig’i bilan tekshirish uchun provizor-texnologga beriladi, so’ngra yorliq yopishtiriladi. Hamma inyeksion eritmalar sterilizatsiyadan keyin mexanik ifloslanishlarning bor-yo’qligini bilish uchun tek-shiriladi va to’liq kimyoviy tahlil o’tkaziladi. Alohida retsept-lar va talabnomalar bo’yicha tayyorlangan inyeksiya uchun eritmalarni tanlab kimyoviy usulda tekshiriladi. Inyeksion eritmani tayyorlab bo’lgan zahotiyoq, farmatsevtni og’zaki so’rov tarzida tekshiriladi. Tayyor dorini retsept bo’yicha tekshirish va bemorga berishga tayyorlash uchun provizor-texnologga beriladi. Provizor-texnolog esa ko’k rangli tegishli signatura va po’kak ustidagi yozuvlarning to’g’riligiga ishonch hosil qilgandan keyin yorliqni idishdan oladi.

Tayanch iboralar:

Sterillizatsiya deb – dorilarda juda tez ko’payib rivojlana oladigan mikroorganizmlarni batomom yo’q qilishga aytiladi.

Dori moddalar - fizikaviy , kimyoviy mexanik usullar bilan sterillanadi.

Tindalizatsiya usuli – bilan slerillash mikroblar va ularning sporalarini yoqotish uchun mo’ljallangan. Ultrabinafsha nurlar.

Yqori chastotali to’klar yordamida sterillash – yuqori chastotali to’plar deb mashina va lampa generatorlari yordamida yuqori tebranishli magniy maydonini hosil qilish yo’li bilan olinadigan yo’llarga aytiladi.
Mavzu bo’yicha beriladigan savollar

    1. Sterillash nima,sterilizatsiya deb nivaga aytiladi?

    2. Sterilizatsiya usullari?

    3. Sterilizatsiyada ishlatiladigan aparaturalar?

    4. Fizikaviy usul qanday olib boriladi?

    5. Kimyoviy usul qanday olib boriladi?

    6. Mexanik usul qanday olib boriladi?

    7. Tindalizatsiya usuli qanday olib boriladi?

    8. Sterillangan dori turlariga ta’rif?

    9. In’eksion dori turlarini afzalliklari?

    10. In’eksion dori turlarini kamchiliklari?

    11. Avtoklav qanday tuzilgan ?

    12. Dori moddalari qanday tuzilgan?

Foydalanilgan Adabiyotlar.

1.M.Miralimov «Farmatsevtik texnologiya asoslari».

2.A.Myxammadiyeva «Dori turlari texnologiyasi».

3.M.Miralimov «Yig`indi preparatlar texnologiyasi».

4.Z.N.Nazirov «Dori turlari texnologiyasi».

5.Davlat Farmakopeyasi IX-X-XI nashrlari.

6.Internet ma`lumotlari.

7.Farmatsiya jurnallari.

Axborot-resurs markazidan foydalanish uchun (kutubxonadan) adabiyotlar:

2.Z.N. Nazirov «Dori turlari texnologiyasi» 1976 yil «Meditsina» nashri

3.Davlat Farmakopeyasi IX-X-XI nashrlari.

4.Internet ma`lumotlari.

5.Farmatsiya jurnallari.

6.S.M.Mahkamov,K.S.Mahmudjonova «Tayyor dori turlari texnologiyasi» 2010 yil «EXTREMUM PRESS» nashri

7.S.M.Mahkamov, M.U.Usubboyev, A.N.Nuriddiniva «Tayyor dorilar texnologiyasi». 1994 yil «Toshkent-Ibn Sino» nashri.

8. S.M.Mahkamov, K.S.Mahmudjonova «Tayyor dorilar texnologiyasi» 2007 yil «O`zbekiston milliy ensiklopediyasi» nashri.



Mavzu - 7

Инъекция учун ишлатиладиган дори турларини тайёрлаш ва стериллаш.

Reja:

1.Ineksion eritmalarni turg`unlashtirish ushun ishlatiladigan stabilizatorlar va ularni hisoblashni;

2.Sterillash usullarini;

3.Izotonik eritmalar tog`risida tushuncha;

Sterillash yoki obyektni mikrorganizmlardan tozalash jarayonining hozirgi zamon sterilizatsiya usullariga: termik sterilizatsiya, kimyoviy sterilizatsiya, sterillashni filtrlash usuli bilan olib borish, ultrabinafsha nurli sterilizatsiyalar kiradi.

Termik sterilizatsiya. Termik usuldagi sterilizatsiya na-tijasida mikrob hujayrasining protoplazmasida pirogenetik parchalanish jarayoni hamda uning qaytar koagulatsiyasi sodir bo’ladi. Dorixona va zavodlarda termik usul keng qo’lla-niladi. Dori turlari va buyumlarni termik usul bilan sterili-zatsiyalashni, sterillanadigan obyektning fizik-kimyoviy xossalarini o’rgangan holda o’tkazish zarur.

Nam issiqlik bilan sterilizatsiyalash. Odatda, hamma mikrorganizmlar, shu jumladan, sporalar quruq issiqlikka ko’ra, nam issiqlik ta'siriga sezgir bo’ladi. Shu sababli nam issiqlik sterillovchi agent sifatida quruq issiqlikka nisbatan keng qo’llaniladi. Farmatsevtika amaliyotida quyidagi nam issiqlik bilan sterilizatsiyalash turlari mavjud: avtoklavda sterillash, bug’ oqimida sterilizatsiyalash va bo’lingan ster-ilizatsiyalash.

Avtoklavda sterilizatsiyalash. Sterilizatsiyaning bu turi germetik kameraga joylashtiriigan obyektni to’yingan toza bug’ bilan atmosfera bosimidan yuqori bosimda sterillashga asoslangan. Avtoklavlash termik sterilizatsiyaning asosiy usuli hisoblanadi. Bu jarayon bug’li sterilizator apparatida olib boriladi.

Hozirgi kunda dorixona uchun tik bug’li sterilizator keng qo’llanilmoqda. Bu avtoklav 2 o’lchovda chiqariladi:



1). Sterilizatsiya kamerasining diametri 400 mm va balandligi 600 mm (AV-1); 2) 300 • 400 mm kamerali (AV-2) (AV-1) avtoklavda (20.1-rasmda) bir vaqtning o’zida 15 /.gacha turli sig’imdagi shishachalar sterillanadi. Avtoklavda elektrkontaktli manometr (4), belgilangan bosimda elektr tarmog’iga J £ ** kondensat. Bug’li sterilizator (avtoklav) AV-1 (izohi matnda).Avtomatik tarzda ventil (3) bilan boshqariladi, manova-kuummetr (9) ventil (14) bilan sterilizatsiyalovchi kame-radagi (1) bosimni tekshirish uchun, ejektor (10) yorda-mida sterilizatsiya qilinadigan materiallarni havo filtri (19) bilan quritiladi. Quritish uchun mo’ljallangan moslamada sterillangan mahsulotlar (paxta, filtr qog’oz, qopqoq, xalatlar va boshq.) ejektri yo’q avtoklavlarga nisbatan quruq sterilizatsiyalanadi. Suv bug’i kamerasidagi (2) suv sathi-ni tekshirish uchun suv ko’rsatkichli kolonka (18) voronkasi (16) bilan suvni quyish mo’ljallangan. Avtoklavda bug’ bosimi mo’ljaldan ortib ketganda avtomatik tarzda ochiluvchi ehtiyot klapani (13) bor. Sterilizatsiyalovchi va suv bug’i kamerasi vazifasi jihatidan ajratilgan bo’lib, sterilizatsiya kamerasi suv bug’i kamerasidan bosimni pasaytirmasdan o’chirilganda, yuklash va yuk tushirish hamda sterilizatsiyalangan mahsulotni quri-tish mumkin. Shuning hisobiga bug’ kam sarflanadi, suv bug’i kamerasiga suv quymasdan 3—4 marta sterilizatsiya o’tkazish mumkin, natijada, avtoklavni keyingi sterilizatsiyalar uchun qizitish vaqti qisqaradi. Avtoklav konstruksiyasi sterilizatsiyani to’liq havosiz o’tkazishni ta'minlaydi. Sterilizatsiya va suv bug’i kamerasi hamda qopqog’i (7) va g’ilofl (15) zanglamaydigan metalldan yasalgan. Avtoklavning qopqog’i ochiluvchi maxsus plastmassa boltdan (6.8) iborat. Yumaloq rezinali qatlam (5) sterilizatsiya kamera-sining zich yopilishini ta'minlaydi. Avtoklavda ko’chirib olinadigan teshiksimon javon (26) va mayda shishacha va boshqa buyumlar solinadigan savatlar bo’ladi, standart maxsus bikslar ham bo’lishi mumkin. Avtoklavni quvursimon ele-mentlar (2) yordamida qizdirish mumkin. Elektr uzatgichli apparatura taqsimot taxtasi (shit)ga ulangan bo’ladi, chirog’i (24) ham bo’lib, u avtoklavni manbadan o’chirish uchun signal berishga mo’ljallangan. Apparat yerga ulangan bo’lishi kerak. Avtoklavning suv bug’i kamerasiga qo’yadi. So’ngra kontaktli monometrda avtomatik tarzda belgilangan bosim chegarasini o’rnatib ushlab turiladi va apparat manbaga ula-nadi, buntng uchun elektr tokini ulaydigan kalit (viklu-chatel) (25) «ulangan» degan tomonga surib qo’yiladi, elektr tokini o’zgartiradigan kalit (perekluchatel)ni (23) «qizish» holatiga qo’yib qo’yiladi. Apparatni qizdirish uchun 1—1,1 atm (120°C) bosim-gacha suv bug’i kamerasiga 30 minut vaqt talab qilinadi. Belgilangan kattalikdagi bosimga erishilgandan so’ng ven-til (12) ochiladi va sterilizatsiya kamersidan bug’ni chiqara-di, bir vaqtning o’zida havoni va kondensatni kanalizatsiyaga haydash uchun ventil (21) ochiladi. Bu japayonga taxminan 10—12 minut vaqt ketadi. Suv va kondensat chiqarilgandan so’ng ventil (21) berkitiladi, bosim belgilangan o’lchovga (vaqtinchalik 0,6 dan 0,8 atm.ga) yetganda elektr tokini o’zgartiradigan kalitni (23) «Sterilizatsiya» holatiga o’tkaziladi, sterilizatsiya boshlangan vaqt belgila-nadi. Sterilizatsiya vaqti o’tishi bilan ventil (12) berkitiladi, ventil (21) orqali bug’ va kondensat chiqariladi va va-kuum monometr strelkasi «0» ni ko’rsatgandan so’ng (sterilizatsiya kamerasidagi bosim atmosfera bosimiga teng bo’lganda) qopqog’i ochiladi, kamera yukdan bo’shatiladi. Agar sterillangan buyumlar quritiladigan bo’lsa, bug’ va kondensatlar ventil (21) orqali chiqarilgandan so’ng (10,11) ventillar ochiladi. Quritish chamasi 10 minutlar davomida olib boriladi, bunda bosim sterilizatsiya kamersida 350— 400 mm simob ustuniga teng bo’ladi. Ejeksiya (quritish) jarayoni tugagandan so’ng (10,11) ventillar berkitiladi va (20) ventil sterilizatsiya kamerasini atmosfera bilan bog’lash uchun ochiladi. Bug’ oqimi bo’yicha sterilizatsiyada (21) ventil sterilizatsiya jarayonining boshidan oxirigacha ochiq turishi kerak. Bug’ bosimi ostida ishlatilishi va doimo maxsus idoralar tomonidan nazoratda turishi kerak. Avtok-lavlarda sterillash: a) shisha, metall, farfor buyumlar dorixonaning kundaligi uchun (shishacha, kolba, silindr, voron-ka, hovoncha dastasi bilan va boshq.) 119—121°C 20— 40 minut davomida; b) bog’lov materiallari (paxta, Hgnin, doka), ligaturali ipak, oqliklar, filtr qog’oz, po’kakli va rezina qopqoqlar, rezina buyuml^r, sellulozalar — 119— 121°C da 20—30 minut davomida; d) issiqlikka chidamli dori moddalarning inyeksion eritmalari va suv — 119— 121°C da suyuqlik hajmiga ko’ra: 100 mLgacha — 8 minut davomida, 101 dan 500 mLgacha --8 — 12 minut va 501 dan 1000 ml — 12 — 15 minut. Agar dori modda erit-malarini 110°C da avtoklavlanadigan bo’lsa, sterilizatsiya vaqti uzaytiriladi: 100 mhgacha bo’lgan suyuqliklar — 30minut. 101-500 ml — 45 minut. 501 - 1000 ml -60 minut. Obyektni bug’ oqimida qizdirish 100°C da 30—60 minut davomida olib boriladi. Bu usul obyektning atmosferada to’xtovsiz bug’ oqimi ta'siri natijasida yuzaga keladi. Bug’ oqimidagi sterilizatsiyani avtoklavlarda olib borish qulaydir, infundir sterilizatsiyalash apparatida ham olib borish mumkin. Sterilizatsiyani avtoklavga nisbatan apcha past ha-roratlarda olib borilishi sababli, sterillanadigan obyektni doimo kuzatib turish zarur, bunda bug’ sterillanayotgan obyektni har tomonlama o’rab olishi va sterilizatordan bug’ to’xtovsiz chiqib turishi kerak. Oquvchan bug’ bilan suv chidamsiz dori moddalarning eritmalari qisman sterillanadi. 100 ml.gacha bo’lgan suyuqliklar —30 minut, 101—500 ml —45 minut va 501 — 1000 ml —60 minut.

Bo’lingan sterilizatsiya. Tindalizatsiya usuli bilan steril-lash mikroblar va ularning sporalarini yo’qotish uchun mo’ljallangan. Bu usul qo’llanilganda modda 60—65°C da kuniga bir marta 1 soat qizdirilib, so’ngra 25—37°C da qoldi-riladi. Bu jarayon 5 kun davom ettiriladi. Biroz yuqori ha-rorat (70—80°C) da olib borilsa, 3 kunda tugatiladi.

Issiq havo bilan sterilizatsiyalash. Yuqori haroratlarda sterillashga asoslangan. Shisha, metall, farfor buyumlar, moy, lanolin, vazelin, mum va vazelin yog’lari quritgich javonlarda 180—200°C da qizdirish yo’li bilan sterillanadi.

Yuqori haroratga chidamli kukunlar (masalan, talk, oq gil, rux (II) oksid, kalsiy karbonat va boshq.)ni sterillashda ham bu usuldan keng foydalaniladi. Ultrabinafsha nurlar bilan sterilizatsiyalash. Keyingi vaqtlarda ultrabinafsha nurlar bilan sterillash keng qo’llanilmoqda. Ular dorixonalarda havoni tozalash, suv va bo’sh idishlarni hamda bemorlardan qabul qilinadi-gan retseptlarni zararsizlantirish maqsadida qo’llaniladi.

Ultrabinafsha nurlar manbayi sifatida simob-kvarsli va simobargonli bakteritsid uviol (BUV-15, BUV-30) lampa-lardan foydalaniladi. Ko’rsatilgan soni lampa quvvatini vattlarda ifodalaydi. Bu lampalar bilan ehtiyot bo’lib, xavf-sizlik choralariga rioya qilgan holda ishlash zarur. Keyingi vaqtda NBO (devorga o’rnatiladigan), PBO (shipga o’rnatiladigan) va MBO (mayak tipli) bakteritsid lampalar ishlab chiqarilmoqda.

NBO — metall korpusida 2 ta BUV-30 li bakteritsid lampa o’rnatilgan, ulardan biri xonaning pastki qismidagi havo-ni zararsizlantiradi, boshqasi esa xonaning yuqori qismini zararsizlantiradi. PBO-30 mlgacha bo’lgan xonani odamlar borligida va yo’qligida zararsizlantirish uchun mo’ljallangan. Korpusi 4 ta bakteritsid lampa (2 BUV-15 va 2 BUV-30 P) va boshqariluvchi apparatdan iborat. Havoni tezda

zararsizlantirish uchun pastki 2 BUV-30 P lampalar yo-qiladi. PBO ni 3 metr balandlikdagi shiplargamahkamla-nadi.

MBO — dorixonaning hamjna xonalarini zararsizlantirish uchun qo’llaniladi, unda 6 ta BUV-30P li lampalar mavjud.



Kimyoviy sterilizatsiyalash. Kimyoviy sterillashda har xil kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Shu maqsadda turli antiseptik (yunoncha anti— qarshi, sepsis — chirish, buzilish) moddalar (masa-lan, nipagin, nipazol, timol, salitsil va benzoy kislota), xlo-retan, trikrezol, feniletil spirt, sefirol tipidagi preparatlar, fenol, sulema, glitserin va boshq.) ishlatiladi. Bu preparat-larni konservantlar ham deb ataladi. Farmatsevtika amali-yotida konservantlardan eng ko’p qo’llaniladiganlari qu-yidagilar: Nipagin — paraoksibenzoy kislotaning metil efiri, oq kristall kukun, suvda kam eriydi (0,25 % 20°C da) etanolda eriydi. Qimmatbaho konservant, indiferent, 0,05 % konsentratsiyada natijasini beradi. 0,25 % konsentratsiya-gacha qo’llaniladi. Fenolga nisbatan bakteritsidligi 2,6 marta yuqori. Nipazol — paraoksibenzoy kislotaning propil efiri. Suvda eruvchanligi 0,03 %. Bakteritsidligi fenolga nisba-tan 15 marta yuqori. Qiyin eruvchanligi sababli 0,07 % ara-lashmali eritma — 7 qism nipagin, 3 qism nipazoldan iborat bo’lib, yuqori ta'sirga ega. Bu eritma bir qator dori mod-dalarning inyeksion eritmalarini tayyorlashda erituvchi sifatida qo’llaniladi, bu eritmalar issiqlikka sezgir bo’ladi va tezda parchalanadi.

Xlorbutanolgidrat (xlor-eton) -- rangsiz kristall kam-fora hidiga ega bo’lib, 200 g suvda eriydi, etanolda esa oson eriydi. 0,5 % gacha konsentratsiyasi qo’llaniladi. Konservant-lar qatoriga etanol, glitserin kirib, ular suvli ajratmalarga ayrim hollarda qo’shish uchun ishlatiladi. Xloroform — xloroformli suv ko’rinishida (ekstraktlar olishda) salitsi-lat kislota 0,1 % va boshqalar. Ayrim dori moddalar bakte-riostatik ta'sirga ega bo’lib, ularning eritmalari o’zini-o’zi sterilizatsiya qilishi mumkin. Masalan, geksametilentetramin.



Mikroorganizmdan mexanik usulda tozalash. Mexanik usulda eritmalar maxsus filtrlar orqali suziladi. Bunday filtrlar teshikchalarining diametri mikroorganizmlardan kichik bo’ladi va shuning uchun mikroblarni mexanik ravishda tutib qoladi. Filtrlar kaolin, chinni, asbest, kollodiy va shunga o’xshash moddalardan tayyorlanadi. Ular bakterial filtrlar deb ataladi va silindr plastinka shaklida chiqariladi. Mexanik usul, asosan, kimyofarm zavodlarda qizdirish vaqtida parchalanadigan moddalar uchun qo'1laniladi.

Dorixonada shisha filtrlar keng qo’llaniladi. Ular shisha donchalarning pishirilgan plastinkalaridan iborat. Turli xil teshikli o’lchamlari mavjuddir. Filtrlar katta o’lchovli teshiklarda (Nel—4) eritmalarni filtrlash uchun qo’llaniladi. 5-o'lchamli filtrda steril eritmalar filtrlanadi. Filtrlash va-kuum-nasos yordamida olib boriladi.



Fiziologik eritmalar deb-erigan moddalar tarkibi va xususiyati bo’yicha to’qimalarning yashashi uchun zarur sharoitlarni saqlash imkoniyatiga ega bo’lgan eritmalarga aytiladi. Fiziologik eritmalarizotonik bo’libgina qolmay, izoionlik va izogidrik bo’lishi ham zarur. Izoionlik eritmalar deb, tarkibida qonplazmasidagi ionlar tahminan baravar miqdorda bo’ladigan eritmalarga aytiladi. Masalan, natriy, kaliy, kaltsiy, magniy xloridlar. Eritmalar vodorod ionlarining konsentratsiyasiga (pH=7,34-7,36) teng bo’lgan eritmalar izogidrik eritmalar deb ataladi. Qon plazmasining bu xususiyati qondagi vodorod ionlarining konsentratsiyasi doim bir meyorda bo’lishini ta’minlaydi. Buferlik hosil qilish bilan eritmalarga bunday hususiyat beriladi.

Buferlik deb, eritmaning o’z tarkibidagi vodorod ionlari konsentratsiyasini o’zgarmay turish nhususiyatiga aytiladi. Masalan, limon kislotaeritmasi bilan uning natriy tuzi aralashmasi, ammoniy gidroksid bilan ammoniy xlorid va boshqalar. Eritmalarga buferlik qilish maqsadida qo’shiladigan moddalar har tomonlama indiferent bo’lishi kerak.

Eritmalarning pH miqdori ularning barqaror bo’lishida muhim ro’l o’ynaydi.

Fiziologik eritmalar yelimshakligi jihatdan qon plazmasi eritmalariga yaqin bo’lishi hamda xujayralarning oziqlanishi, oksidlanish-qaytarilish protsessini to’la saqlash maqsadida malum moddalar qo’shish kerak. Bunday moddalarga o’rik yelimi eritmasi (guazol) , arab yelimi, kolloid eritmaxosil qiladigan ayrim moddalar, shuningdek glyukoza kiradi. Tarkibi va hususiyatiga ko’ra qon plazmasiga yaqin bo’lgan bunday eritmalar ekvilibrirlangan eritmalar deyiladi.

Bemorlarga qon berish zarur bo’lganda ko’pincha sog’lom odamning qoni, shuningdek qon zardobi quyiladi, lekin xar doim ham odam qoni bo’lavermaydi. Shuning uchun qon o’rnini bosuvchi eritmalar ishlatiladi.

Qon, odatda donorlik punktlarida olinadi va ivib qolishdan saqlash maqsadida natriy nitrat qo’shiladi. Normal qon chayqatilganda ko’pikli va to’q qizil bo’lishi kerak.

Qon o’rnini bosuvchi eritmalar ham davlatlarimiz markaziy shaharlaridagi ilmiy tekshirish institutlari, jumladan:

ЦОЛИПК – Markaziy qon quyish istituti,

ЛИПК – Leningrad qon quyish instituti xamda ayrim olimlar tomonidan yangidan-yangi tarkibda taklif qilinmoqda.

Yuqori molekulali polimerlar, glyukoza va oqsillarning gidrolizidan olingan mahsulotlar, ayrim tuzlar va ularning aralashmalari qon o’rnini bosuvchi moddalar sifatida ishlatiladi.

Fiziologik eritmalar va qon o’rnini bosuvchi moddalarga misol qilib 4- jadvalni keltiramiz.

Shokka qarshi eritmalar, shok holatidagi bemorlar qon bosimini oshirish, markaziy va vegetativ nerv sistemalarning ishini yahshilash, qon va to’qimalar tarkibini qayta tiklashga qaratilganbo’lib, 3 guruppaga bo’linadi.



  1. Tarkibida tuz, glyukoza va spirt bo’lgan eritmalar.

  2. Tarkibida glyukoza, spirt, bromidlar va narko’tiklar bo’lgan eritmalar.

  3. Tarkibida glyukoza spirt, bromidlar, narko’tiklar va qon plazmasi bo’lgan eritmalar.

Fiziologikn eritmalar, qon o’rnini bosuvchilar hamda sokka qarshi eritmalar sterillangan neritmalar kabi tayyorlanadi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə